Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja


-rasm. Joyga chiqib nazorat o’tkazish jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari


Download 136.53 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2023
Hajmi136.53 Kb.
#1237804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish

3-rasm. Joyga chiqib nazorat o’tkazish jarayoniga tayyorgarlik bosqichlari


Joylarda nazorat o’tkazishning afzalliklari



  • Joylarda nazorat o’tkazishning afzalliklari shundan iboratki, inspeksiya xodimi nafaqat kamchilikni topadi, balki uni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatib beradi va ayrim xollarda bu jarayonda o’zi ham ishtirok etadi. Nazorat obyekti faoliyati qoniqarsiz deb topilganda MB o’z otalig’iga olgan holda kuzatuvchisin bank faoliyatini joyida doimiy nazorat qilib borilishini ma’qul topadi.

Shuni xulosa qilish mumkinki,

  • Inspeksion-joyida nazorat qilish bank faoliyatini oydinlashtiradi;

  • Bank hisobotlari to’g’riligi tasdiqlaydi;

  • Obyektni xalqaro auditning kiritilishiga tayyorlaydi.



  1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati


Mamlakatimizda bank tizimi barqarorligini qo’llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazorati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston
Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi 154-I-son qonuni4849 va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, davlatning mulki hisoblanadi va o‘z sarfxarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib kuyidagilar belgilandi50:
birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflyatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pulkredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish; uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish; to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish,

aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;


beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish; oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5296-sonli Farmoniga muvofiq Markaziy bankning vazifalaridan kelib chiqib, tarkibiy tuzilishida ham da ham bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy vazifasi bank xizmatlari ist’emolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish bo‘lib hisoblangan Markaziy bankning Bank xizmatlari ist’emolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
Bundan tashqari, asosiy vazifalari tegishlicha bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘lib hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining nazorat qo‘mitasi va Kredit qo‘mitasi o‘z faoliyatini boshlaydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, yuqoridagi farmonda qayd etilishicha 2018 yil 1 sentabr kuniga qadar ilg‘or xorijiy tajriba va umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganib, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlari loyihalari yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 25 apreldagi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi qonunning 44-moddasida “Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi” deb belgilab qo’yilgan.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo’yicha o’z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operasiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bankning nazorat qilish sferasi hozirgi kunda kengaydi va uni quyidagicha tasvirlaymiz
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki



Tijorat banklar ustidan nazorat
Mikrokredit tashkilotlari ustidan nazorat
Кredit uyushmalari ustidan nazorat


Download 136.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling