Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash


Download 471.75 Kb.
bet101/108
Sana03.10.2023
Hajmi471.75 Kb.
#1691173
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
Bog'liq
MARUZA MATNI.

Тayanch so‘z va ibоralar
Hisоbоt shakllariga ilоva, transaksiyalar, aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar, Axbоrоtlashtirish bоsh markazi.
Nazorat savollari
3. Hisоbоt turlarini sanab o‘ting.
4. Kunlik balans qanday tuziladi?
5. Hisоbоtlarni Мarkaziy bankka taqdim qilish tartibini tushuntiring.
7. Balans hisоbоtining tuzilishini tushuntirib bering.
8. Hisоbоt shakllariga ilоvalarda nimalar ko‘rsatiladi?
44. Mavzu: Hisobot tuzish tamoyillari.


Reja:

44.1. Hisobot tuzish tamoyillari haqida tushuncha.


44.2. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.


44.1. Hisobot tuzish tamoyillari haqida tushuncha.

Xar bir hisobot shakli va qaydnomalarini bank raxbari hamda bosh buxgalteri mufassal ko‘rib chiqishi va imzolanishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlariga ulardan tashkari katta kassir yoki kassa mudiri ham imzo chekadi. Banklarda xududiy viloyat boshqarmalari, shuningdek Korakolpokiston Respublikasi boshqarmasi tegishlichi uz banklariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobot topshiradilar.


Yuqori banklarga kelib tushgan buxgalteriya hisobotlari tekshiriladi, taxlil kilinadi va uning asosida zarur boshqaruv karorlari qabul qilinadi.
Hisobot ma’lumotlarida nomuvofiklik borligi aniklansa, uning sabablari eng kiska muddatda topilishi va tartibga solinishi lozim. Banklarning viloyatlardagi (xar kuni), respublikalardagi (xar oyda) raxbarlari balanslarni ko‘rib chiqishlari hamda bosh buxgalterning ularga karashli banklarda buxgalteriya ishi, buxgalteriya hisobi va hisoboti axvoli, shuningdek, bu ishda aniklangan kamchiliklarni kanday bartaraf etilayotgani to‘g‘risidagi axborotni tinglashi kerak.
• - O‘zR Markiziy bankidagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan
- Nostro, overdraft
• - O‘zR MBga to‘lanishi lozim bo‘lgan depozitlar;
• - O‘zR MBga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli va uzoq muddatlkreditlar, shuningdek
• - to‘lash uchun hisoblangan foizlar
• 3) 210-satr "Hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar" bo‘yicha hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli va uzoqmuddatli kreditlar va ular bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlarhamda to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiqlasummasi aks ettiriladi.
• 4) 220-satr "Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar" bo‘yichaquyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar qoldig‘iko‘rsatiladi:
• - boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan -Vostro;• - boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan -Nostro, overdraft;
• - boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan - Depozitlar;
• - boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli va uzoq muddatlikreditlar, shuningdek
• - boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar bo‘yicha to‘lash uchunhisoblangan foizlar.
• 5) 230-satr "REPO va boshqa qarz mablag‘lari" bo‘yicha REPO bitimlaribo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgankreditlar bo‘yicha, O‘zR MB, boshqa banklar va hukumatga to‘lanishi lozim bo‘lgankreditlardan tashqari, to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz mablag‘lari summalariqoldig‘i ko‘rsatiladi.
• 6) Hosilaviy moliyaviy vositalar haqqoniy qiymat bo‘yicha tuzatishlarhisobga olingan holda ko‘rsatiladi va to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlarni o‘zichiga oladi.
• 7) 250-satr "Soliq majburiyatlari" satri bo‘yicha soliqlar bo‘yicha joriymajburiyatlar summasi hamda vaqtinchalik farqlar bo‘yicha tan olingan,kechiktirilgan soliq majburiyati summasi aks ettiriladi.
• 8) Tovar-moddiy qimmatliklar uchun, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha,kechiktirilgan daromadlar bo‘yicha, to‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlarmijozlarning boshqa depozitlari, boshqa hisoblangan xarajatlar, ijaraga doirmajburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisobvaraqlar qoldiqlarisummasi 260-satr "Boshqa majburiyatlar" bo‘yicha aks ettiriladi.
• 9) Chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlar ular bo‘yicha diskont (mukofotlar)chegirilgan holda 270-satrda ko‘rsatiladi.
• 10) 280-satr "Jami: Majburiyatlar" bo‘yicha 190 dan 270 gacha bo‘lgansatrlar qoldiqlarining umumiy yig‘indisi aks ettiriladi
• 3. Xususiy capital
• 1) Oddiy aksiyalar va Imtiyozli aksiyalar to‘langan qiymat bo‘yicha, ya’niularni chiqarishda yuzaga keladigan qo‘shimcha kapitalni hisobga olgan holdako‘rsatilishi lozim
• 2) Sotib olingan xususiy aksiyalar to‘langan kapitalning umumiysummasidan xarid qiymati bo‘yicha chegirib qolish sifatida aks ettiriladi.
• 3) 330-satr "Jami: Aksiyadorlik kapitali" satri bo‘yicha 300 va 310satrlar umumiy summasidan 320-satr chegirib qolingandan keyingi natijako‘rsatiladi.
• 4) Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta baholashzaxirasi bo‘yicha, sotish uchun mo‘ljallangan mavjudinvestitsiyalarni qayta baholashdan, shuningdek xorijiy shu’ba xo‘jalik jamiyatlari moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblashda yuzaga keladigan kurs farqlaridan paydo bo‘lgan zaxiralar bo‘yicha qoldiqlar summasi 340-satr "Qayta baholash zaxiralari" bo‘yicha aks ettirilishi lozim.
• 5) 350-satr "Taqsimlanmagan foyda (jamlangan defitsit)" umumiy zaxira hisobga olingan holda aks ettirilishi lozim.
• 6) 330 dan 350 gacha bo‘lgan satrlarning umumiy yig‘indisi 360-satr "Jami: Xususiy kapital" bo‘yicha aks ettirilishi lozim.
• 7) 280 va 360 - satrlarning umumiy yig‘indisi 370-satr "Jami: Majburiyatlar va xususiy kapital" bo‘yicha aks ettirilishi lozim.
Xar bir hisobot shakli va qaydnomalarini bank raxbari hamda bosh buxgalteri mufassal ko‘rib chiqishi va imzolanishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlariga ulardan tashkari katta kassir yoki kassa mudiri ham imzo chekadi.
44.2. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot.

Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotundan foydalanuvchilarga tijorat bankining moliyaviyahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularnihisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqanito‘grisidagi axborot bilan ta’minlaydi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi:operatsiya faoliyatiinvestitsiya faoliyati moliyaviy faoliyat.


Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chogidaPul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotaxborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchuntijorat bankining pul mablaglarini va ularningekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga bazabo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir.Har uch toifaning pulmablagiga birgalikda ta’sirihisobot davrida pul mablaginingsof o‘zgarishini belgilab beradi.
Pul oqimlari harakatito‘grisidagi axborot bo‘lajak puloqimlari prognozi to‘griliginitekshirish chogida, foyda olish vapul oqimlarining sof harakati vanarx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagialoqalarni tahlil qilish chogidazarur bo‘ladi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot - hisobotdavrida pul mablagi oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchiko‘rsatkichlar yigindisi. Operatsiya faoliyati - tijorat bankining daromad keltiruvchiasosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliyafaoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati. Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmaganuzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarinisotib olish va sotish.
Moliya faoliyat - tijorat bankining faoliyati bo‘lib, uningnatijasida o‘z mablagi va qarz mablaglari miqdori va tarkibidao‘zgarishlar yuz beradi.Tijorat banki bankda mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalanaolmaydigan muhim pul mablaglari va pul ekvivalentlariqoldigi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birgaochib berishi lozim.
Tijorat bankining pul oqimi bilan uningbo‘ginlari o‘rtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlaribo‘ginlar bo‘yicha ochib berilishi lozim. Xo‘jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining bo‘ginlardagi harakatlarini ochib ko‘rsatishzarur.
Bank moliyaviy holatining sog‘lomligini sharti bo‘lib, pul mablag‘larining kirimi, bankning majburiyatlarini qoplayolishidir. Minimal miqdordagi pul mablag‘larining yetishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha mabalag‘larga ega bo‘lish inflyatsiya natijasida pulniqadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag‘lardan samaralifoydalanishga yo‘naltirmaslik natijasida qo‘shimcha daromad ololmasligi mumkin. Shu bois pul mablag‘larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish - aksiyalar va zayomlar, shuningdek boshqa tushumlar va to‘lovlar. Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot tijorat bankining hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini ko‘rsatadi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usuldan iborat bo‘ladi.
Tijorat banklarining o‘z faoliyatlarini olib borishdan asosiy maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko‘paytirish yo‘llarini tijorat banklari o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi. «Taqsimlanmagan foyda» balans hisobvarag‘i doirasida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 31203 – «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»; 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)».
Oldingi moliyaviy yillar davomida bank faoliyati natijasida olingan taqsimlanmagan foyda (zarar) lar hisobi 31203 –«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida 31206 - balans hisobvarag‘idan o‘tkazilgan zararlar, e’lon qilingan dividendlar, har xil fond (jamg‘arma)larga ajratma summalari aks ettiriladi. Analitik hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. Hisobot yilida bankning moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda, hamda ushbu davr davomida elon qilingan dividendlar hisobi 31206 –«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi.
Ushbu hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda summasi, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi, hamda noto‘g‘ri e’lon qilinganbdividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan olinganbzararlar, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foyda, e’lon qilingan dividendlar, hamda zahira kapitaliga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Analitik hisob sof foyda va dividendlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Joriy yilning sof foydasi quyidagicha aniqlanadi:
a) Hisobot davrining yakunida daromad hisobvaraqlari yopilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
b) Hisobot davrining yakunida xarajat hisobvaraqlari yopilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:

Download 471.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling