Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash


Download 471.75 Kb.
bet99/108
Sana03.10.2023
Hajmi471.75 Kb.
#1691173
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   108
Bog'liq
MARUZA MATNI.

Тayanch so‘z va ibоralar

Hisоbоt shakllariga ilоva, transaksiyalar, aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar, axbоrоtlashtirish bоsh markazi.


Nazorat savollari

1. Hisоbоtlarni Мarkaziy bankka taqdim qilish tartibini tushuntiring.


2. Мarkaziy bankda hisоbоtlar qanday tartibda tekshiriladi va nimalarga e’tibоr
beriladi?
3. Balans hisоbоtining tuzilishini tushuntirib bering.
4. Hisоbоt shakllariga ilоvalarda nimalar ko‘rsatiladi?
43. Mavzu: Moliyaviy hisobotga ilovalar.

Reja:


43.1. Moliyaviy hisobotlarni tuzish tamoyillari.


43.2. Moliyaviy hisobotlarining turlari va ularni tuzishning ahamiyati.


43.1. Moliyaviy hisobotlarni tuzish tamoyillari.

Xo‘jalik sub’ekti moliyaviy ahvoli haqida eng to‘liq ma’lumot taqdim etish uchun 1-sonli "Moliyaviyhisobotni taqdim etish" Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti asosida tuziladigan va taqdim etiladigan umumiy yo‘nalishdagi moliyaviyhisobotning barcha shakllarida, shu jumladanbanklarda ham 1 -sonli BHXS qo‘llanilishi shart . Jahon iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan vaziyatbanklarning naqadar iqtisodiy holatga bog‘liqekanligini, unda bo‘layotgan har qanday o‘zgarish banklarfaoliyatiga ta’sir etmay qolmasligini va aksinchayirik tijorat banklarda bo‘lgan inqirozlar butun birdavlat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishini amaliyot isbotlab turibdi.


Ushbu holatda, banklarning erishayotgannatijalari, ularning holati oshkora, albattaqonunchilik doirasida aks ettirilishi aholining,investorlarning ishonchini ortishiga sabab bo‘ladi.Bank faoliyati natijalari ularning moliyaviyhisoblarida o‘z aksini topadi va ularning to‘g‘rituzilishi hamda taqdim etilishi muhim hisoblanadi.
1-sonli BHXS: "Umumiy yo‘nalishdagi moliyaviy hisobot muayyanma’lumot olish uchun qo‘yiladigan alohida talablarga javob beradiganhisobotni talab etish imkoniyati bo‘lmagan foydalanuvchilarningtalablarini qondirish uchun tayyorlanadi. U alohida taqdim etiladiganyoki ommaviy hujjatlarning bir qismini taqdim etadigan hisobotshakllarini o‘z ichiga oladi." Moliyaviy hisobotlar - bu xo‘jalik birliklarni pul qiymatidagimodellaridir.
Garchi hisobot ishlarning haqiqiy holatini to‘liq aks ettira olmasa ham(hamma narsani ham pul bilan o‘lchash mumkin emas), ammo bungaerishishda buxgalter tomonidan qilingan xarakatlarning engoqilonasidir. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq moliyaviy hisobotning to‘liq majmui quyidagilarni o‘z ichiga kiritadi:balans yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot;xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;pul mablag‘larning oqimi to‘g‘risidagi hisobot;hisob siyosati va tushuntirish xatlari.
Hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgankalendar yil hisoblanadi.Moliyaviy hisobot bank aksionerlari va ta’sischilariga,Markaziy bankga, soliq idoralariga, davlat statistikaidoralariga, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda boshqaidoralarga taqdim qilinadi.Moliyaviy hisobotlar har chorakda yil boshidan o‘sibboruvchi yakun bilan tuzilgan holda taqdim qilinadi.Moliyaviy hisobotning maqsadi bankning moliyaviyahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarto‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat .
Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan butun axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; bankning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; tijorat bankiga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; bank boshqaruvi ishiga baho berish.
Bank balansi va uni tuzish tartibi.
• Buxgalteriya balansi - bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Tijorat banklarining buxgalteriya balansi bu bankning moliyaviy va moddiy mablag‘larining pul ifodasida ma’lum bir sanadagi xolati va xarakati to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zida aks ettiruvchi maxsus jadvaldan iborat. Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Unda bankning o‘z
mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larining holati ifodalanadi.
Bundan tashqari oylik, choraklik va yillik hisobot balanslari ham tuziladi. Balans ikki qismdan, ya’ni aktiv va passiv qismlardan iborat . Aktiv va passiv tomonlarning o‘zaro tengligi balans to‘g‘ri chiqarilgani - bank ish kuni to‘liq yakunlanganligini bildiradi. Bank balansida quyidagi tenglik o‘rinli hisoblanadi:


Aktiv = Majburiyatlar + Kapital


Balans hisobotida qoldiqlarni satrlar bo‘yicha aks ettirish tartibi
quyidagicha bo‘ladi:
• 1. Aktivlar
• 1) 010-satr "Naqd pullar" bo‘yicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi ko‘rsatilishi lozim:
• - aylanma kassadagi naqd pullar;
• - limitdan ortiqcha naqd pul mablag‘lari sverxlimitnыe nalichnыe denejnыe sredstva;
• - cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari;
• - bankomatlardagi naqd pullar.
• 2) 020-satr "Bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olishi lozim bo‘lgan summalari" bo‘yicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi ko‘rsatilishi lozim:
• - O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan - Nostro;
• - O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan - Vostro, overdraft;
• - O‘zR MBdan olinishi lozim bo‘lgan naqd pullar;
• - O‘zR MBdagi majburiy zaxiradan olinishi lozim bo‘lgan summalar;
• - O‘zR MBdan olinishi lozim bo‘lgan depozitlar;
• - O‘zR MBga berilgan kreditlar va bo‘naklar;
• - olinishi lozim bo‘lgan foizlar.
• 3) 030-satr "Bankning boshqa banklardan olishi lozim bo‘lgan summalari" bo‘yicha quyidagi hisobvaraqlardagi qoldiqlar summasi ko‘rsatilishi lozim:

Download 471.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling