Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash
Download 471.75 Kb.
|
MARUZA MATNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45. Mavzu: Joriy va yillik hisobotlar. Reja
- 45.2. Yillik hisobotlar to’g’risida tushuncha.
Тayanch so‘z va ibоralar
Hisоbоt shakllariga ilоva, transaksiyalar, aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar, Axbоrоtlashtirish bоsh markazi. Nazorat savollari 3. Hisоbоtlarni Мarkaziy bankka taqdim qilish tartibini tushuntiring. 4. Balans hisоbоtining tuzilishini tushuntirib bering. 5. Hisоbоt shakllariga ilоvalarda nimalar ko‘rsatiladi? 45. Mavzu: Joriy va yillik hisobotlar. Reja: 45.1. Joriy hisobotlar to’g’risida tushuncha. 45.2. Yillik hisobotlar to’g’risida tushuncha. 45.1. Joriy hisobotlar to’g’risida tushuncha. Tijorat banklari moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari bo‘yicha tasnif qilish yo‘li bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak. Xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha tasnif qiladigan tijorat banklari xarajatlarningturlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bogliq xarajatlarni, xom ashyo va xalq iste’moli mollaridan foydalanish xarajatlari bo‘yicha qo‘shimchaaxborotlarni ochib berishga majburdir. Aksiyadorlik kapitalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi. Tijorat bankining moliyaviy hisobotiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda: - tijorat bankining moliyaviy hisobotini tuzishda va uning hisob siyosatida tanlab olingan va qo‘llanilayotgan asos to‘grisidagi axborot bo‘lishi lozim - BHMS talab qiluvchi, hech bir joyda moliyaviy hisobotda ko‘rsatilmagan axborotni ochib berish moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va to‘gri tasavvur etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tahliliy axborotni keltirish lozim. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar muntazam ravishda tushuntirish xati tarzida bo‘lishi kerak. Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga bog‘liq ravishda taqdim etilishi lozim. Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq anglab yetishda va ularni boshqa tijorat bankilarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordamberadi: buxgalteriya hisobining milliy standartlarigamuvofiqligi haqidagi hisobot; ulchov asosi va buxgalteriya hisobida qo‘llanilayotgan siyosat to‘grisidagi hisobot; moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot . Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldida alohida hisobot tarzida keltirilishi kerak. Tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan hisobot shakllariga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi: a) 19997-"Boshqa aktivlar» hisobvarag‘i, 29802 - "Boshqa majburiyatlar» hisobvarag‘i, 16505-"Tugallanmagan qurilish" hisobvaraqlarining qoldiqlaribo‘yicha qaydnomasi ma’lumotnomalari; b) aniqlanishi lozim bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha o‘tkazilgan summalar qaydnomasi. Shuningdek, qaydnomaga 17301- «Tranzit hisobvarag‘i», 23202 - "Kliring transaksiyalari", 17305 va 23206- "Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar" hisobvaraqlari bo‘yicha qoldiqda turgan har bir summa kiritiladi. Yuqorida aytilgan hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasa, bu haqda balans hisobotiga yozib qo‘yiladi. Ushbu hisobot shakli va qaydnomalari bank rahbari hamda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarga, ulardan tashqari katta kassir yoki kassa mudiri imzo chekadilar. Tijorat banklarining o‘z faoliyatlarini olib borishdan asosiy maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko‘paytirish yo‘llarini tijorat banklari o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi. «Taqsimlanmagan foyda» balans hisobvarag‘i doirasida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 31203 – «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»; 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)». Oldingi moliyaviy yillar davomida bank faoliyati natijasida olingan taqsimlanmagan foyda (zarar) lar hisobi 31203 –«Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Hisobvaraqning debetida 31206 - balans hisobvarag‘idan o‘tkazilgan zararlar, e’lon qilingan dividendlar, har xil fond (jamg‘arma)larga ajratma summalari aks ettiriladi. Analitik hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. Hisobot yilida bankning moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda, hamda ushbu davr davomida elon qilingan dividendlar hisobi 31206 –«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Ushbu hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda summasi, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi, hamda noto‘g‘ri e’lon qilinganbdividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan olinganbzararlar, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foyda, e’lon qilingan dividendlar, hamda zahira kapitaliga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi. 45.2. Yillik hisobotlar to’g’risida tushuncha. Xo‘jalik sub’ekti moliyaviy ahvoli haqida eng to‘liq ma’lumot taqdim etish uchun 1-sonli "Moliyaviyhisobotni taqdim etish" Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti asosida tuziladigan va taqdim etiladigan umumiy yo‘nalishdagi moliyaviyhisobotning barcha shakllarida, shu jumladanbanklarda ham 1 -sonli BHXS qo‘llanilishi shart . Jahon iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan vaziyatbanklarning naqadar iqtisodiy holatga bog‘liqekanligini, unda bo‘layotgan har qanday o‘zgarish banklarfaoliyatiga ta’sir etmay qolmasligini va aksinchayirik tijorat banklarda bo‘lgan inqirozlar butun birdavlat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishini amaliyot isbotlab turibdi. Ushbu holatda, banklarning erishayotgannatijalari, ularning holati oshkora, albattaqonunchilik doirasida aks ettirilishi aholining,investorlarning ishonchini ortishiga sabab bo‘ladi.Bank faoliyati natijalari ularning moliyaviyhisoblarida o‘z aksini topadi va ularning to‘g‘rituzilishi hamda taqdim etilishi muhim hisoblanadi. 1-sonli BHXS: "Umumiy yo‘nalishdagi moliyaviy hisobot muayyanma’lumot olish uchun qo‘yiladigan alohida talablarga javob beradiganhisobotni talab etish imkoniyati bo‘lmagan foydalanuvchilarningtalablarini qondirish uchun tayyorlanadi. U alohida taqdim etiladiganyoki ommaviy hujjatlarning bir qismini taqdim etadigan hisobotshakllarini o‘z ichiga oladi." Moliyaviy hisobotlar - bu xo‘jalik birliklarni pul qiymatidagimodellaridir. Garchi hisobot ishlarning haqiqiy holatini to‘liq aks ettira olmasa ham(hamma narsani ham pul bilan o‘lchash mumkin emas), ammo bungaerishishda buxgalter tomonidan qilingan xarakatlarning engoqilonasidir. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq moliyaviy hisobotning to‘liq majmui quyidagilarni o‘z ichiga kiritadi:balans yoki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot;xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;pul mablag‘larning oqimi to‘g‘risidagi hisobot;hisob siyosati va tushuntirish xatlari. Hisobot davri bo‘lib 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgankalendar yil hisoblanadi.Moliyaviy hisobot bank aksionerlari va ta’sischilariga,Markaziy bankga, soliq idoralariga, davlat statistikaidoralariga, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda boshqaidoralarga taqdim qilinadi.Moliyaviy hisobotlar har chorakda yil boshidan o‘sibboruvchi yakun bilan tuzilgan holda taqdim qilinadi.Moliyaviy hisobotning maqsadi bankning moliyaviyahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarto‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat . Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan butun axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; bankning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; tijorat bankiga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; bank boshqaruvi ishiga baho berish. Bank balansi va uni tuzish tartibi. • Buxgalteriya balansi - bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Tijorat banklarining buxgalteriya balansi bu bankning moliyaviy va moddiy mablag‘larining pul ifodasida ma’lum bir sanadagi xolati va xarakati to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zida aks ettiruvchi maxsus jadvaldan iborat. Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Unda bankning o‘zmablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larining holati ifodalanadi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotundan foydalanuvchilarga tijorat bankining moliyaviyahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularnihisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqanito‘grisidagi axborot bilan ta’minlaydi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi:operatsiya faoliyatiinvestitsiya faoliyati moliyaviy faoliyat. Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chogidaPul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobotaxborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchuntijorat bankining pul mablaglarini va ularningekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga bazabo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir.Har uch toifaning pulmablagiga birgalikda ta’sirihisobot davrida pul mablaginingsof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakatito‘grisidagi axborot bo‘lajak puloqimlari prognozi to‘griliginitekshirish chogida, foyda olish vapul oqimlarining sof harakati vanarx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagialoqalarni tahlil qilish chogidazarur bo‘ladi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot - hisobotdavrida pul mablagi oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchiko‘rsatkichlar yigindisi. Operatsiya faoliyati - tijorat bankining daromad keltiruvchiasosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliyafaoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati. Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmaganuzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarinisotib olish va sotish. Moliya faoliyat - tijorat bankining faoliyati bo‘lib, uningnatijasida o‘z mablagi va qarz mablaglari miqdori va tarkibidao‘zgarishlar yuz beradi.Tijorat banki bankda mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalanaolmaydigan muhim pul mablaglari va pul ekvivalentlariqoldigi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birgaochib berishi lozim. Download 471.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling