Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash
Moliyaviy hisobotlarining turlari va ularni tuzishning ahamiyati
Download 471.75 Kb.
|
MARUZA MATNI.
43.2. Moliyaviy hisobotlarining turlari va ularni tuzishning ahamiyati.
• - boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan -Nostro; • - boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan -Vostro, overdraft; • - boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan naqd pullar; • - boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan depozitlar; • - boshqa banklarga berilgan kreditlar va bo‘naklar (qisqa muddatli, uzoq muddatli); • - olinishi lozim bo‘lgan foizlar. • Ushbu satrda sof qoldiq, ya’ni ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash bo‘yicha tashkil etilgan zaxiralar ayirilgan holda ko‘rsatilishi lozim. • 4) Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari diskont (mukofot) summasi, haqqoniy qiymat bo‘yicha tuzatishlar va ular bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (ya’ni 040 yoki 041-satrga qo‘shgan holda) ko‘rsatilishi lozim. • 5) Hosilaviy moliyaviy vositalar haqqoniy qiymat hisobga olingan holda, shuningdek ushbu moliyaviy vositalarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni ("oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari" sifatida yoki oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar"ni xedjirlash sifatida tasniflangan hosilaviy moliyaviy vositalar bo‘yicha xarid qilish xarajatlari bundan mustasno) hisobga olgan holda (ya’ni 050-satrga qo‘shgan holda) ko‘rsatilishi lozim. • 6) Sotishga mo‘ljallangan mavjud ivestitsiyalar diskont (mukofot) summasi,haqqoniy qiymat bo‘yicha tuzatishlar va ular bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek investitsiyalarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni, ular bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (ya’ni 060-satrga qo‘shgan holda) ko‘rsatilishi lozim. • 7) So‘ndirilguncha saqlab turiladigan investitsiyalar diskont (mukofot) va ular bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda, shuningdek investitsiyalarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni va ular bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda (ya’ni 060-satrga qo‘shgan holda) ko‘rsatilishi lozim. • 8) 070-satr "Teskari REPO" bo‘yicha REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar natijalari bo‘yicha qoldiqlar summasi ular bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda ko‘rsatilishi lozim. • 9) 080-satr "Mijozlarga berilgan kreditlar va bo‘naklar" bo‘yicha bank tomonidan berilgan qisqa muddatli, uzoq muddatli kreditlar, ushbu kreditlar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar bo‘yicha qoldiqlar summasi aks ettiriladi, shuningdek kreditlarni taqdim etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar summasi kiritiladi. • 10) Kreditlar va debitorlik qarzi, jumladan kredit berish bo‘yicha majburiyat bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari qoldiqlari summasi 081-satr "Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari" bo‘yicha kredit portfeli sifatining tasnifiga muvofiq ko‘rsatilishi lozim. • 11) 080-satr va 081-satr o‘rtasidagi farq sifatida mijozlarga berilgan kreditlar va bo‘naklarning netto-qoldig‘i 082-satr "Sof kreditlar va bo‘naklar" bo‘yicha ko‘rsatiladi. • 12) Bank tomonidan berilgan moliyaviy ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisobvaraqlar qoldig‘i summasi, shuningdek ushbu ijara bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar, ijara bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda 090-satr "Moliyaviy ijara" bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. • 13) Qaram xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarga qilingan investitsiyalar ular bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi ayirilgan holda 100 va 101-satrlar bo‘yicha aks ettirilishi lozim. • 14) Kompaniyalarni xarid qilishda yuzaga keladigan gudvill, har qanday qadrsizlanish summasi ayirilgan holda 110-satr "Gudvill" bo‘yicha aksnettirilishi lozim. • 15) Asosiy vositalar va Nomoddiy aktivlar sof balans qiymatin bo‘yicha, ya’ni ular bo‘yicha jamlangan eskirish (amortizatsiya) ayirilgannholda ko‘rsatilishi lozim. • 16) 150-satr "Soliq talabnomalari" bo‘yicha soliqlar bo‘yicha joriynbo‘nak to‘lovlari summalari hamda vaqtinchalik farqlar bo‘yicha tan olingan, kechiktirilgan soliq talabnomalari summalari qoldig‘i, kechiktirilgan soliq talabnomalarining qadrsizlanishi zaxirasi chegirilgan holda aks ettiriladi. • 17) Boshqa debitorlik qarzlari, oldindan to‘langan xarajatlar, olinishi lozim bo‘lgan dividendlar, ombordagi zaxiralar va boshqa aktivlar summasi 160-satr "Boshqa aktivlar" bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mavjud bo‘lgan boshqa aktivlar ushbu zaxira chegirilgan holda aks ettirilishi lozim. • 18) 170-satr "Jami: Aktivlar" bo‘yicha 010 dan 160 gacha bo‘lgan barcha satrlarning umumiy yig‘indisi, 080 va 081-satrlar chiqarilgan holda ko‘rsatiladi. • 2. Majburiyatlar • 1) 181 dan 185 gacha bo‘lgan satrlar qoldig‘i umumiy summasi, jumladan ular bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan foizlar 190-satr "Jami: Depozitlar" bo‘yicha ko‘rsatiladi. • 2) 200-satr "Markaziy bankka to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar" bo‘yicha quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar qoldig‘i ko‘rsatiladi: • - O‘zR Markiziy bankidagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan - Vostro; Download 471.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling