Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Mustaqil ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
1.3. Mustaqil ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari
Ma’lumki, ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat: ta’lim oluvchilarning turli fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish; olgan nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish; ijodiy qobiliyatini rivojlantirish; mustaqil fikrlashni rivojlantirish orqali dunyoqarashini kengaytirish; amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘stirish; 12 zamonaviy ta’lim texnologiyalarining shakl va usullari bilan tanishtirish; egallayotgan kasbi bo‘yicha har bir yangilikni o‘z vaqtida o‘zlashtirish malakalarini shaklantirish; ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish; qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, internet, elektron va multimediali mashg‘ulotliklar kabilardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish; fan, texnika va texnologiyaning oxirgi yutuqlaridan xabardor qilish va h.k.. Mustaqil ishlarni ko‘zlangan maqsadidan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilar tomonidan bajariladigan ishlar yuzasidan qo‘yiladigan vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Bilimlarni dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydigan vazifalar. Bunda ta’lim oluvchilar ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi muhim hisoblanib, asosiy vazifa ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 2. O‘zlashtirish uchun ma’lumotlar, ularni xotirada saqlash, qayta esga tushurish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda, avval egallangan bilimlarni faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar qaraladi. 3. Avval o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan bilimlar asosida to‘plangan tajribalar natijasida hosil bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarga yangicha nuqtai nazardan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni bajarishda berilgan masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish, yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling