Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


I . MUSTAQIL TA’LIM VA UNI TAShKIL ETISH ZARURATI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

I . MUSTAQIL TA’LIM VA UNI TAShKIL ETISH ZARURATI 
 
"Sen o‘zingni o‘zing majbur qila olmasang va o‘z oldingga talab qo‘ya 
olmasang, oldingda yuz o‘qituvchi turgan bo‘lsa ham, bunga ojizlik qiladi". 
V.A.SUXOMLINSKIY 
1.1. Mustaqil ta’lim
Mustaqil bilim olish ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib 
turadi va uning asosiy vazifasi har bir kasb egasidan yoki bo‘lg‘usi kasb 
egasidan kasbiy mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish va o‘z-
o‘zini kamol toptirish maqsadida amalga oshiriladigan ochiq va masofaviy 
ta’lim kurslarida ta’lim olish malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Odatda 
“Mustaqil ta’lim” tashkil etish shakliga ko‘ra uchta turga ajratilgan holda 
qaraladi:
Mustaqil ish. Bunday turdagi mustaqil ta’lim o‘quv xonalarida tashkil 
etilib, unda o‘tilgan mavzu ustida qayta ishlash, egallangan bilimlarni 
kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi. Shuningdek, o‘quv 
dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan 
vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi 
topshiriqlar ham mustaqil ish tarzida bajarilishi mumkin.
1. Mustaqil bilim olish (o‘rganish). Bunday turdagi mustaqil ta’lim 
auditoriyadan tashqarida amalga oshirilib, unda ijodiy va ilmiy tadqiqot 
harakterdagi topshiriqlar bajariladi. Mustaqil ta’limning bunday turidan 
foydalanish orqali o‘rganilayotgan yoki o‘rganilgan mavzu bo‘yicha yangi 
bilimlarni egallash yoki kengaytirish uchun axborot izlash, yig‘ish, tahlil qilish, 
taqqoslash va yakuniy xulosa chiqarish kabi faoliyatlar ta’lim oluvchi 
tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
2. Ochiq hamda masofaviy ta’lim kurslari yordamida bilim olish. 
Mustaqil ta’limning bunday turida har bir ta’lim oluvchining qiziqishlari va 



intellektual salohiyatini hisobga olgan holda individual tarza ta’lim beriladi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda ham mustaqil ta’limning bunday turidan 
foydalanish borasida yetarli darajada amaliy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Mustaqil ta’limni samarali amalga oshirish uchun quyidagi mezon va 
talablarga rioya etish talab qilinadi:

mustaqil ta’limni tashkil qilishga tizimli yondashish;

uning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;

mustaqil ta’lim topshiriqlarining bajarilishi ustidan qat’iy nazorat 
o‘rnatish;  

mustaqil 
ta’limning 
o‘quv-uslubiy 
ta’minotini 
yaratish 
va 
takomillashtirib borish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling