Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
- Mustaqil ishni
1. Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.
Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsada, ungacha boshqacha nuqtai nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni ma’lumotlar to‘plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishda ta’lim oluvchilarning shaxsan o‘zlari esa quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullar va vositalarni aniqlash malakalariga ega bo‘lishi; axborot manbalaridan samarali foydalana olishi; an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; elektron o‘quv-ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishi; internet tarmog‘idan maqsadli foydalana olishi; ma’lumotlar bazasini tahlil eta olishi; ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash malakalariga ega bo‘lishi; topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondasha olishi; ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va hay’at a’zolari oldida himoya qilishi va h.k.. Mustaqil ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Mustaqil ishni tashkil etishning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uni 14 ta’lim oluvchining o‘zi tashkil etib, mazkur jarayonda samaradorlikka erishish uchun uning o‘zi ishlarni rejalashtiradi va amalga oshiradi. Mazkur jarayonda yangi bilimlarni egallash va ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil ravishda amalga oshirilib, bunda ular tomonidan vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda quyidagilarni hisobga olishi muhim hisoblanadi: a) mustaqil ish – bu ta’lim olishning, aqliy mehnatning alohida turidir; b) ta’lim oluvchi mustaqil ta’lim jarayonida zarur ma’lumotlarni asosan o‘zi mustaqil ravishda egallaydi. Bunda: turli o‘quv adabiyotlar va internet tarmog‘i materiallarilardan mustaqil ravishda foydalanadi. Eslatma: Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik, innovasion va axborot kommunikasiya texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi faqatgina ta’lim berishdan iborat bo‘lib qolmasdan, ta’lim oluvchilarni mustaqil ta’lim olishga o‘rgatishdan ham iboratdir. Shuning uchun ta’lim oluvchilarga ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni o‘rgatish ham mustaqil ta’limni samarali hamda sifatli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Mustaqil ta’limning yana bir muhim jihati shundan iboratki, unda har bir ta’lim oluvchi mustaqil ta’lim olish vaqtini o‘zi belgilaydi. Bunda ta’lim oluvchining mustaqil ishi o‘quv rejasidagi muayyan fanni (Masalan: “Matematika o‘qitish metodikasi” fanini) o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining tarkibiy qismi bo‘lib, bevosita ta’lim jarayonini tashkil etishdan keskin farq qiladi. Chunki, uni bajarish vaqtini ta’lim oluvchi o‘zi imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Mustaqil ishni bajarish uchun ta’lim oluvchida xohishni shaklantirish muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun, har bir ta’lim oluvchini: Mustaqil ishni Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling