11
An’anaviy ta’lim metodlari yordamida ta’lim
jarayonini tashkil etishda
asosiy maqsad bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib,
shaxsni rivojlantirish ko‘zda tutilib, uning metodlari yordamida o‘qitishda
ta’lim oluvchilarning
mustaqil ta’lim olish qobiliyatlari rivojlantirilmaydi.
Natijada, ularda mustaqil fikrlash, tanqidiy fikrlash kabi qobiliyatlar to‘la
shakllanmaydi. Bu o‘z navbatida kelgusida ularda boqimandalik kayfiyatini
rag‘batlantirishga olib keladi.
Muqaddas hadislarimizdan birida “
Beshikdan to qabrgacha ilm o‘rgan”
– deyiladi. Hozirgi kunda ana shu muqaddas tamoyilga asoslanmasdan turib,
ta’lim jarayonining hozirgi kun talablari darajasiga erishib bo‘lmaydi. Shuning
uchun ham ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bugungi kun talabi bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda
bu borada tan olish kerakki, qisqa tarixiy davrda juda katta
amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, olimlar va soha mutaxassislari tomonidan olib
borilgan ilmiy-pedagogik,
ilmiy-metodik kuzatishlar, tadqiqotlar, tahlillar
natijasi ta’lim jarayonining markaziga ta’lim oluvchini qo‘ymasdan turib, ta’lim
jarayonini shaxsni rivojlanishiga va uning tabiiy imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga
chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratmasdan turib mamlakatimiz intelektual
salohiyatini rivojlangan mamlakatlar darajasiga
olib chiqish orzudan boshqa
narsa bo‘lmasligi ayon bo‘ldi. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim va axborot
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy qilgan holda bu borada ijobiy
yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: