3. “Iyeroglif” atamasiga izoh bering.
Iyerogliflar (
qadimgi yunoncha
: muqaddas va oʻyiq) — bir soʻz, boʻgʻin yoki tovushni
ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. Iyerogliflarning eng qadimgisi
Misr yozuvi
belgilari
boʻlib, miloddan avvalgi 4-ming yillik oxirida qoʻllangan. Hozirda 5 mingga yaqin Misr
iyeroglifi maʼlum. Misr iyerogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar
(30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik
ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun soʻzni ifodalash uchun
ideogrammalar; 4) determinatlar — soʻz maʼnosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz
etilmaydigan) ideografik belgilar.
14-BILET
1. Ilk oʻrta asrlarda Xorazm davlati.
Ilk oʻrta (IV—VIII asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar
(Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino
qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa
va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga
sazovordir.
Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli
xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma
(temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Miloddan avval VI—
V asrlarda roʻy bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab,
xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar V— VI asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa,
Guldursun qalʼa,
Kot
va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining
ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht
bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch;
Sulton
Takashning
maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular
jumlasidandir).
Do'stlaringiz bilan baham: |