Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!
farzandi.
13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni
tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 yillarda
Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon)
bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas,
ikiras, durban, tatar va hokazo qabilalarni boʻysundiradi. Biroq,
keyinchalik ular orasiga
adovat tushgan. 1204 yil Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini
egallaydi. 1206 yil moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz"
(tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila,
urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga
solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi.
Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan
iborat otliq armiyani
shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 —
15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi.
Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka
mahkum etilgan. 1224 yil Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va
Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-
asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi
Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: