Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)


Qalin qatlamda distillyatsiyalash


Download 246.23 Kb.
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi246.23 Kb.
#1531552
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ahmadillo kursovoy

Qalin qatlamda distillyatsiyalash qaynash harorati yuqori bo’lgan, yuqori konsentrasiyali (80-85%) missellalar uchun qo’llaniladi. Bunday holatda erituvchini yo’qotish bug’latish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonni jadallashtirish uchun apparatda vakuum hosil qilinadi, missellaning qalin qatlamiga esa barbatyor orqali ochiq bug’ beriladi.
Qalin qatlamda distillyatsiyalashda misselladagi bosim yuqori va pastki qatlamlarda bir xil bo’lmaydi, demak, eritmaning harorati ham qatlam balandligi bo’yicha turli xil bo’ladi. Suyuqlikni pastki qatlamida turgan bug’ pufakchalari qatlam orqali uni bosimini yengib o’tishi lozim, binobarin, u yuzadagiga nisbatan yuqori bosimga ega bo’lishi kerak. Shu sababli quyi qatlamdagi missellaning qaynash harorati yuqori bo’ladi.
Erituvchini yo’qotish va missella konsentrasiyasining oshishi bilan gidravlik bosim ko’tarilib boradi, chunki bunda olinayotgan missella zichligi ortadi. Qatlam qalinligi qancha kichik bo’lsa, gidravlik bosim ta’siri shuncha kam bo’ladi. Bu narsa yupqa pardada distillyatsiyalashda amaliy jihatdan to’liq yo’q qilingan.
Yog’-moy sanoatini yanada rivojlantirish, har bir korxonada zamonaviy va raqobatbardosh texnologiyalarni ishlab chikarishga joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilaydigan, yuqori unumdorli, jumladan distillyatsiya uchun ham, qurilmalarni yaratishni talab etmoqda.
Modernizatsiya qilingan ND-1250 ekstraksiya tizimida missellani distillsiyalashning texnologik sxemasi (13.2-rasm). Distillyatsiya uch bosqichli sxema bo’yicha boradi. Konsentrasiyasi 12-20%, harorati 40-60C bo’lgan missella missella yig’gichdan nasos (1) yordamida trubkali issiqlik almashgich (2) (isitish yuzasi 20m2) orqali I bosqich distillyatsiyaga beriladi. Bunda missella birlamchi distillyator(3)ning korpusidagi patrubkaga beriladi. Patrubka kirayotgan missellani aylanma harakatini ta’minlash maqsadida korpus aylanmasiga urinma holatida joylashtirilgan.
Harorati 60-85C bo’lgan, 55-60%gacha bug’latilgan missella birlamchi distillyator separatorini ostki qismiga yig’iladi va nasos (10) orqali tuzilishi I bosqich distillyatori bilan bir xil bo’lgan II bosqich distillyatori(4)ga beriladi. Yopiq bug’ parametrlari ikkala bosqich distillyatorlarida, ham harorati 180-200C va bosimi 0,3MPa gacha bo’ladi.
I va II bosqich distillyatorlari atmosfera bosimida ishlaydi.


Download 246.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling