Bargsimon ko’rinishda forpress kunjarasini ekstraksiyaga tayyorlashning texnologik sxemasi (10. 1-rasm)
Purkash usuli bilan distillyatsiyalash
Download 246.23 Kb.
|
ahmadillo kursovoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plyonkada distillyatsiyalash
Purkash usuli bilan distillyatsiyalash shunisi bilan harakterlanadiki, unda forsunkadan oqim ko’rinishida chiqayotgan missella yuzaning ozod energiyasi minimal bo’lgan statik barqaror holatga intiladi. Bu narsa yuza shakliga muvofiq bo’lib, unga ko’ra suyuqlik oqimi statik beqaror bo’ladi. Agar biror sababga ko’ra oqim diametri o’rtacha qiymatdan chetlashsa, unda o’ta ingichka joylar paydo bo’ladi. Ularda, yuza tarangligi tufayli bosim oshadi, suyuqlik oqimining yo’g’onroq qismiga o’tadi, oqim ma’lum joylarda yana ingichkalashadi va
Purkash usuli bilan birlamchi distillyatsiyalash uchun faqat qaynash davrining mavjudligi xarakterli sanaladi, lekin ma’lum sharoitda bug’lanish davri ham mavjud bo’lishi mumkin, tugal distillyatsiyalashda esa qaynash davrining mavjudligi kuzatilmaydi. Plyonkada distillyatsiyalash (yupqa parda)ni bug’ oqimi ta’sirida harakatlanishiga qarab, pastga tushayotgan plyonkada distillyatsiyalash va yuqoriga ko’tarilayotgan plyonkada distillyatsiyalashga ajratiladi. Plyonka oqimining har ikkala turi moy-ekstraksiya zavodlarida keng qo’llaniladi. Plyonka harakatining birinchi turi ND-1250 liniyasidagi tugal distillyatsiyalashda qo’llaniladi. Ikkinchi turini esa asosan ND-1250 liniyasida missellani birlamchi distillyatsiyalash bosqichlarida uchratish mumkin. Plyonka qalinligi missellaning fizik xossalariga, plyonka hosil bo’ladigan yuzaning xususiyatlariga, bu yuzani joylashishiga va distillyatsiya jarayonining sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Plyonkani isituvchi yuza bo’ylab yuqoridan pastga tushish mexanizmi bug’ ko’piklari hosil bo’lishi tufayli yuzaga keladigan bir qator xususiyatlarni namoyon etadi. Yuza harorati oshganda dastlab mayda, sekin kattalashadigan ko’piklar hosil bo’ladi, keyin esa kattaroq, tez kattalashadigan ko’piklar hosil bo’ladi. Natijada suyuqlikni yupqa pardasi buziladi va uziladi. Ma’lum bir isitish haroratida yupqa parda tekis bo’ladi, chunki jadal hosil bo’layotgan ko’piklar o’z energiyasini suyuqlikni butun yuza bo’ylab bir tekisda taqsimlashga sarflaydi. Keyingi qizdirish butun yuza bo’ylab ko’piklarni hosil bo’lishiga va yupqa parda bilan aralashishiga olib keladi. Bunda diametri 30 mm ga yetgan yirik ko’piklar pastga oqib tusha boshlaydi. Va nihoyat, yuza haroratini keyingi ko’tarilishi undan suyuqlik yupqa pardasini oqim holida ajralishiga olib keladi. Suyuqlik yupqa pardasini oqim bo’ylab harakati mexanizmi quyidagilardan iborat. Aniq ifodalangan to’lqinlar bir-biriga nisbatan har xil masofada ko’tariladi. Yupqa parda butun trubka uzunligi bo’ylab tinch holatda joylashadi, chunki alohida bir to’lqinning shakli va amplitudasi amalda o’zgarmay qoladi. Gaz oqimining tezligi kamayganda ular truba bo’ylab halqa ko’rinishida ko’tarila boshlaydi. Ko’tarilayotgan plyonka doimiy qalinlikka ega bo’lmaydi. Plyonka oqimi aniq ifodalangan pulsasion harakterga ega bo’lib, u asosan gaz tezligi kichik bo’lganda yaxshi kuzatiladi. Bunda oz impuls olayotgan plyonka tezligini yo’qota boshlaydi va gaz oqimining impulsi uning yuqoriga ko’taruvchi energiyaga ega bo’lmaguncha pastga sirg’alib tusha boshlaydi. Yupqa pardadan erituvchini yo’qotish asosan erkin yuzadan yo’qotishdek sodir bo’ladi. Bu jarayonni o’ziga xos xususiyati va jadalligi yuqorida ko’rib o’tilgan. Yupqa parda tipidagi apparatlarning asosiy afzalliklariga bug’ning ruxsat etilgan tezligini yuqoriligi, yuqori unumdorlik va gidravlik qarshilikni kichikligi kiradi. Yupqa pardadagi bug’lanishni jadallashtirish uchun, eng muhimi, bu yupqa parda hosil bo’ladigan yuzani qizdirishning borligi yoki yo’qligidir. Yupqa parda isitiluvchi yuzada isitilmaydigan yuzaga nisbatan tez bug’lanadi. Bunga sabab yuza yupqa parda uchun faqatgina qo’shimcha issiqlik manbai bo’libgina qolmay, balki unda massa o’tkazish mexanizmi ham o’zgaradi. Plyonka harorati qaynash nuqtasiga yaqinlashganda yoki tenglashganda, konvektiv massa o’tkazish miqdori sezilarli darajada oshadi. Biroq, bu isitiluvchi yuza o’simlik moylaridagi termolabil moddalarni o’zgarishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Pastga tushuvchi yupqa pardadagi bug’lanish isitilmaydigan yuzada juda sekin boradi, chunki bunda bir tomonlama issiqlik almashish bo’lib, plyonkani turbulentligi kichik bo’ladi. Misselladan erituvchini bug’latish plyonkani barqaror qiluvchi yuza tarangligini oshishiga olib keladi va bu konsentrasiyasi yuqori bo’lgan misselladan plyonkada erituvchini haydash jadalligini kamaytiradigan sabablardan biri bo’lishi mumkin. Download 246.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling