Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 379.06 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun | 11
- Mushtariy minbari Sog‘lom avlod uchun | 11
- Falsafiy mushohadalar Sog‘lom avlod uchun | 11
- Ruhiyat manzili Sog‘lom avlod uchun | 11
C vitamini C vitamini (askorbin kislota) moddalar alma- shinuvida, ayniqsa, oqsil va uglevod almashi- nuvida muhim o‘rin tutadi. Odamning immun tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, kapillyarlar tonu- sini bir xil ushlab turadi. Yaralarning tezroq bitishiga, qonda xolesterin miqdorining pasa- yishiga yordam beradi. Agar bu vitamin yetishmasa singa kasalligi yuzaga keladi. Buning natijasida odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib, bo‘shashib qolishi, tishni cho‘tka bi- lan tozalayotganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho‘l mevalar, ko‘katlar, sabzavot- larda, ayniqsa, apelsin, mandarin, limon, ka- ram, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p uchraydi. Inson organizmining C vitaminiga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoji 75 mgni tashkil qiladi. Agar siydik tahlilida oksalat va uratlar aniqlansa, C vitamini me’yoridan ortiq qabul qilingan hi- soblanadi, bu esa buyrakda toshlar paydo bo‘lishiga olib keladi. C vitaminining bir tabletkasi o‘zida 225 mg, 1 litr sharbatda 150 mg, meva va sabza- votlarda bo‘lsa taxminan yana shuncha miq- dorda C vitamini bo‘ladi. Shuni yodda tutish lozimki, har qanday vaziyatda ham vitaminlar qabul qilish oldidan, albatta, shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul. Shifokor sizga zarur bo‘lgan vitaminni tanlashda yordam beradi. Gulhayo NORQULOVA, Toshkent farmatsevtika instituti talabasi.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 25 XXI asr texnika va texnologiya asri deb bot- bot ta’kidlanmoqda. Zamon shiddatimi yoki globallashuv jarayoni oqibatidami insonlar- ning, umuman, jamiyat a’zolarining texnikaga bo‘lgan qiziqishi oldingi yillarga nisbatan an- chagina oshdi. Balki bunga sabab bugungi kunda talabning yuqori darajada ekanligidir. Bu qaysidir jihatdan yaxshi, chunki texnika insonlarning mushkulini oson qiladi, yangilik- larning kashf etilishida katta rol o‘ynaydi. Texnika haqida so‘z ketar ekan, shu o‘rinda bugungi kunda eng ko‘p foydalaniladigan in- ternet, qo‘l telefoni va ularning ijobiy, salbiy tomonlari xususida muxtasargina fikr yuritish- ni lozim topdik. Internet o‘zida uch jarayon, ya’ni televide- niye, radio va matbuot (gazeta, jurnal) ni qamrab olishi bilan ajralib turadi. Internet orqali ham ko‘rishimiz, ham o‘qishimiz mum- kin. Undan o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni tez va oson topib olishimiz, ayniqsa, mamla- katlarda sodir bo‘layotgan yangiliklardan boxabar bo‘lishimiz bizning unga bo‘lgan ta- labimizni yanada oshirmoqda. Internet orqali yangi do‘stlar orttirishimiz, uzoqdagi yaqinla- rimiz bilan g‘oyibona diydorlashib turishimiz mumkin. Bu internetning ijobiy tomoni. Ma’- lumki, barcha ezgulik va kashfiyotlar inson manfaati uchun yaratiladi. Lekin yaxshi nar- salardan hamma ham ezgu maqsad yo‘lida foydalanmasligi hech kimga sir emas. Shu holatni internetda ham ko‘rish mumkin, ma- salan, yoshlar ongini va ma’naviyatini zahar- lovchi keraksiz axborotlar va vahshiy o‘yinlar. Eng achinarlisi esa, ba’zi yoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini internetdagi pornografik (behayo) filmlarni va bema’ni o‘yinlarni ko‘rish va o‘ynash bilan o‘tkazishmoqda. Ayniqsa, In- ternetdagi pochta orqali bo‘ladigan “qiziqarli” tanishuvlar yoshlarni internet qarshisida uz- zukun mixlanib o‘tirishga va ularni tarbiya deb atalmish qo‘rg‘on chegaralarini buzishga majbur qilmoqda. Loqaydlik va bee’tiborlik natijasida yo‘l qo‘yilgan kichik xato kun kelib ildiz otib ulkan muammolar keltirib chiqaradi. Ammo bu paytda kech bo‘ladi. Mening naza- rimda, bunga bir jihatdan ota-onalar va ta’lim muassasalari vakillarining beparvoligi ham sabab bo‘lmoqda. Chunki ular bu holatni vaqtida bartaraf etishmaganligi tufayli yuzaga kelgan. Agar ular bolani o‘z vaqtida nazorat qilsa, qachon qayerda bo‘lganini surishtirib tursa, bu hol chuqurlashib ketmaydi. Bolaning yoshligidanoq oq-qorani ajratishida ota-ona katta rol o‘ynaydi. Ortiqcha pul va bolaning bo‘sh vaqti ularni yanada internetga bog‘lab qo‘yadi. Shuning uchun ota-onalar farzandi- ning bo‘sh vaqtida qo‘shimcha mashg‘ulotlar va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlashi lo- zim. Ertamizning egalari bo‘lgan yosh avlodni ma’nan va jismonan yetuk qilib voyaga yetka- zish oliy burch ekanini anglab yetmog‘imiz joiz.
Shahruza MATYAQUBOVA, O‘zMU jurnalistika fakulteti magistri. INTERNET VA TARBIYA
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 26 Sehrli iplar. Ular yog‘och qo‘g‘irchoqlarda qalb yaratadi. Va shu qalblarga yaxshilik, mehr, muhabbat, shafqat tuyg‘ularini ekadi. So‘ng qo‘g‘irchoqlar chehrasida bizning se- vimli ertak qahramonlarimiz tirila boshlaydi: Zumrad va Qimmat, Oltin baliqcha, Qizil shapkacha, ayyor tulki-yu anqov va mehribon ayiq. Qo‘g‘irchoq qahramonlar bolalarning mur- g‘ak yuragida tug‘ilgan rang-barang tuyg‘ular- ga nom qo‘yadi: botir, yalqov, qo‘rqmas, dangasa, aqlli, odobsiz, sotqin, yaxshi, yo- mon... ular o‘zgalar tafakkurining mahsuli, fantaziyasining vizual ifodasi bo‘lgan, mult- film qahramonlari emas. Ular lo‘ppi yuzli qi- zaloqlar tunlari bilan quchoqlab alla aytgan, qo‘ynidan qo‘ymay birga uxlagan bolalikdagi qadrdon do‘stlar. Qo‘g‘irchoq teatri – bola ko‘zlari bilan dun- yo ranglarini o‘rganayotgan, mitti qalblarni biz o‘sayotgan zamin, biz ko‘rayotgan osmon, biz his qilayotgan quyoshni sevishga o‘rgata- digan, tabiat, hayvonlarga mehr uyg‘otadigan, xotiralarni boyitib, kelajak manzillarni soflik- ka to‘ldiradigan dargoh. Qo‘g‘irchoq teatrlari dunyoning ko‘plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma’lum. Ular har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Dunyo sivilizatsiyasida Fransiyada “Polishinel”, Rossiyada “Petrush- ka”, Angliyada “Panch”, Italiyada “Pulchinel- la”, Eronda “Shabbozi”, Xitoyda “Syansi”, Hindistonda “Kaxpultli” kabi qo‘g‘irchoq te- atrlari tashkil etilgan. Yurtimizda qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari qadimdan milliy qadriyatimizning bir bo‘lagi sifatida rivojlanib kelgan. O‘tmishda qo‘g‘ir- choq teatri san’atining, xususan, qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi tushiriladigan turlari keng tarqalgan (bugungi kunda aktyori ko‘rinadigan qo‘g‘ir- choq tomoshalari ham mavjud). Ular “Chodir jamol”, “Chodir xayol” va “Fonus xayol” deb atalgan. “Chodir jamol”da qo‘g‘irchoqlar qo‘lga kiyib o‘ynatilgan, sujetlar hayotiy voqealarga asoslangan, iplar vositasida bosh- qariladigan “Chodir xayol”da mifologiya, so- yasi tushiriladigan “Fonus xayol”da xalq epos qahramonlari gavdalantirilgan. Qo‘g‘irchoq- bozlar musiqadan yaxshi xabardor bo‘lishgan. Chunki musiqa ham badiiy bezak sifatida, ham qahramonlar holatini belgilovchi vosita bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq o‘yini xalq og‘zaki ijodi- ga hamda badihaga asoslangan ajoyib-g‘aro- yib san’at bo‘lib, uning yozma matni bo‘lma- gan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, yodlash, malaka hosil qilish orqali muayyan sujetlar, vosita va uslublar bilan ustozdan shogirdga, otadan o‘g‘ilga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Hozirda O‘zbekistonda Respublika qo‘g‘ir- choq teatri, Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax,
Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatrlari, Samarqand viloyati “Asror Jo‘rayev” qo‘g‘irchoq teatri, Andijon viloyati “Lola” qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mavjudlik va xayolot o‘rtasidagi parda ko‘tarilganda qo‘g‘irchoqbozlar qo‘lida bir jon tiriladi. O‘z ovozi, o‘z fazilatlari, o‘z qu- surlariga ega bo‘lgan bu qo‘g‘irchoqlar, bir soatgina bolalarga tuyg‘u, go‘zallik, zavq ulashadi. Spektakl nihoyasiga yetgach esa, yaxshilik va yomonlik mezonlarini belgilovchi qahramon bo‘lib, ularning beg‘ubor yuraklari- da umrbod qoladi. Kamolat SHAMSIDDINOVA, O‘zMU talabasi. BIR SOATLIK UMR...
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 27 Bolaligimda voqealarni hikoya qilishda shunday jo‘shib ketardimki, ularni o‘zimdan qo‘shib, davomini to‘qib-bichib tashlardim. Tengdoshlarimning ba’zilari hikoyaning ay- rim joylariga ishonqiramay qarashsa-da, og‘iz- lari lang ochilib davomini kutib turishardi. Aftidan, har xil kitoblardan o‘qigan hikoyalar- ni bo‘lgan voqeaday so‘zlab berishim ularga yoqardi. U zamonlar biz bolalarning yagona ermagi kitob va kino edi. Odatda kechqurunlari sha- har chetidagi yaydoq tepalikda to‘planardik. O‘rtaga o‘tin qalab gulxan atrofidan joy olar- dik. Ko‘kka to‘lin oy balqigan oydin kechalar- ni hanuz qo‘msab eslayman. Qorong‘u os- monda yulduzlar jimirlab sirli manzaraga ay- lanadi.
Ko‘klamda atrofdan endi sabza urgan may- salar va boychechaklarning yoqimli bo‘ylari taraladi. Osuda oqshomda chigirtkalar va qurbaqalarning ovozi jo‘r bo‘lib xuddi musiqa kabi eshitiladi. Tabiatning bu sokin manzara- sini har zamonda kondagi gudokning chinqi- rig‘i buzadi xolos. Biz bolalar gulxan atrofida gurunglashib o‘tirganda oqshom yanada sirli, xuddi ertak kabi sehrli tuyuladi. Men o‘zim o‘qigan ertak va sarguzashtlarni maroq bilan so‘zlayman. Ko‘pincha ularga o‘zimdan ham qo‘shib tash- layman. Voqea adog‘ida “keyinchi, keyin nima bo‘l- di?”, degan savol yog‘iladi. Bu orada gulxani- mizda tomorqadan o‘marilgan kartoshka, to- vuq katagidan musodara qilingan tuxumlar ham pishadi. Kimdir cho‘ntagidan qotgan non bo‘laklarini chiqaradi. Katta gapga quruq kel- ganlar yegulik topib kelish uchun uylariga badarg‘a qilinadi. Biz bir-birimizning aql bo- var qilmaydigan cho‘pchaklarimizni shu qa- dar intiqlik bilan kutamizki, uyga ketganlar qaytib kelguncha sabr qilish og‘ir bo‘lib keta- di. Choparlar birin-ketin uylaridan qaytib ke- lishgandan so‘ng ertaklarimiz davom etadi. Oxirida qo‘rqinchli va g‘aroyib voqealar qo‘shib-chatib aytilardi. Oy mag‘ribga oqib, ko‘chalarda oyoq tingach, uzoq-yaqinlardan bolalarning nomini aytib onalari chaqira boshlagach, cho‘pchaklar baz- mimizni yakunlardik va uy-uyimizga tarqalar- dik.
Shukriy ismli qrim-tatar bolasi bilan yaqin o‘rtoq edik. U onasi vafotidan keyin ikki ukasi bilan o‘gay onaning qo‘lida qoldi. Ko‘zlari boyo‘g‘linikidek chaqchaygan bepusht bu ayol yetimchalarni chiqishtirmasdi. Ishxona- sida boshlig‘ining zug‘umidan, uyda xotini- ning chaquvlaridan joni hiqildog‘iga kelgan Memet og‘a shu yetimchalarni tez-tez kaltak- lab turardi. Shunday kezlarda bechora Shukriy biznikiga qochib kelardi. Alamzada ota qo‘lla- gan tarbiyaviy usulning asoratlarini biz Shuk- riyning yuzi, ko‘zi va badanida ko‘kargan dog‘larda ko‘rardik. U bir gal uyimizga zo‘rg‘a inqillab keldi. Hovliga kirdi-yu, chetan devor oldiga gup- pa quladi. O‘rma qamchi zarbidan uning ba- dani xuddi pichoq bilan tilingandek tilim-tilim bo‘lib ketgan edi. Onam har galgidek “Voy bechora yetimcha” deb hiqillaganicha Shuk- riyning jarohatlariga har xil giyohlardan qilin- gan malhamni qo‘ydi. Tabiatan odamovi, “ichimdagini top” otam Shukriyning jarohatlarini ko‘rgach, “Uh, vah- shiy, uh, bachchag‘ar” deya hayqirgani cha hassasini o‘ynatib Memet og‘aning uyiga yo‘l oldi. Otam ko‘chamizda oqsoqol, uning gapi gap, so‘zi so‘z edi. Memet og‘a otamdan nasi- basini keragidan ziyoda oldi. Zarang tayoq- ning zahri yomon. Memetning ketiga uch marta kaltak tushgach, turgan joyida rezina koptokdek sapchidi. Kecha notinch, alg‘ov- dalg‘ovli bo‘ldi. BOLALIKNING BEG‘UBOR ARMONLARI Hikoya
Ruhiyat manzili Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 28 Ruhiyat manzili G‘azabidan quturib ketgan Memet og‘a ko‘cha bo‘ylab xotinini quva boshladi. Qo‘ni- qo‘shnilarga tekin tomosha topildi. G‘aroyib tomoshadan bebahra qolmaslik uchun hatto nozir ham voqea joyiga yetib keldi. Hayot- mamot poygasi sayxonlikda poyoniga yetdi. Memet og‘a berahm, bepusht xotinini qi- chitqi o‘tlar ichiga ag‘anatib, rosa savaladi. Taajjublanarlisi shundaki, hech kim ularni ajratmadi. Ziyolinamo nozirimiz hatto xo‘ja- ko‘rsinga hushtagini bir marta ham chalib qo‘ymadi. Chunki u ham bu ayolning naqadar bag‘ri qattiqligi, bechora yetimchalarni ne ko‘ylarga solayotganini yaxshi bilardi. Oradan yillar o‘tadi. Memet og‘a jon taslim qiladi. Qarib qolgan o‘gay ona Shukriynikida qoladi. Katta xonada sichqondek pusib ya- shaydi. Lekin Shukriy biror marta o‘gay ona- sining yuziga yoshlikda ko‘rgan sitamlarini solmaydi. Aksincha, bolalariga, nevaralariga hammadan begonasirab yashaydigan kam- pirshoga ozor bermasliklarini tayinlaydi. Bu, albatta, keyin sodir bo‘ladi... Yetimlarning joni qattiq bo‘ladi, deganlari- cha bor ekan. Hafta deganda Shukriy oyoqqa turdi. Maktabda uni kelmadi deb o‘qituvchilar ko‘pam qayg‘urishgani yo‘q. A’lo o‘qiydigan, ammo xulqi chatoq o‘quvchining maktabga kelmagani ayrim keksa ustozlar uchun ayni muddao edi. Darsdan keyin Shukriy bilan uchrashdik. – Bilsang oshna, hozir biror daryo bo‘yida o‘tirgim kelyapti, – dedi Shukriy xo‘rsinib. – Ol-a… Daryo qayoqda-yu biz qayoqda- miz. Posyolkadagi jilg‘aga hatto kovush bot- maydi, – dedim afsuslanib. Men ham biror daryoda baliq tutishni rosa orzu qilardim. Bizning xo‘rsinib uf tortishimizcha bor. Biz katta suv o‘zanlaridan yiroqmiz. Ammo jil- g‘adagi barmoqdek keladigan baliqlarni ush- lashga ishqibozmiz. Aslida jahongashtalik va ovchilik har bir bolaning qonida bor. Agar erk berilsa, bu telba-tezik qon insonni qayoqlarga sudrab ketmaydi deysiz. – Gaping rost oshna, – dedi Shukriy nima- larnidir reja qilgandek. – Amudaryoga yetish mushkul, Sirdaryo esa yiroq... Ammo Zaraf- shon daryosiga borsa bo‘ladi. Ikki soatda ma- shinada yetib olasan. Ammo bizning yoshi- mizdagilarni avtobusga yolg‘iz mindirishmay- di. Qolaversa, pulimiz ham yo‘q… – Shukriy so‘rida chalqancha yotib oyog‘ini chalishtirdi. – Bizga eng yaqini Sangzor daryosi. Bur- nog‘i yili Jizzaxdagi tog‘amnikiga borganda ko‘rganman. Agar tog‘dan borilsa bir yarim kunlik yo‘l, xolos. Piyoda yetib olamiz. Do‘stimning rejasi meni ham rosa qiziqtirib qo‘ydi. Bu biz uchun xuddi kinolarda ko‘rgan olamshumul ekspeditsiyadek edi. Bu haqda birovga gullab qo‘ymaslik uchun dahshatli narsalarni o‘rtaga qo‘yib qasam ichdik. Safar haqida gapirib tengdoshlarimiz- ning og‘zini lang ochtirishni juda-juda istar- dik-u, lekin qo‘rqinchli qasam tilimizni tang- layimizga yelimlab tashlagan edi. Zimdan safar hozirligini ko‘ra boshladik. Shukriy non bo‘laklarini oftobda quritib oladigan bo‘ldi. Men esa qoq sur go‘sht, piyoz va sabzidan g‘amlashim kerak edi. Har gal qaznoqqa chiqqanimda ipga osib qo‘yilgan go‘shtni tishlab uzib, buni qo‘shnining mu- shugiga ag‘darardim. Safarda ovqat tayyorlash uchun qo‘shnimiz Qo‘zivoy akaning urushdan olib kelgan osma dekchasi va salloti suv idishini musodara qi- lishga to‘g‘ri keldi. Bobo buyumlarining yo‘- qolganini payqab, chunonam shovqin ko‘tar- diki... Oziq-ovqat zaxirasi bahorning adog‘ida to‘la qoplandi. Endi bizni hech kim to‘xtata olmasdi.
Tong g‘ira-shira oqarganda uydan sekin sirg‘alib chiqdim. Yordamchi xo‘jalikning te- rakzorida Shukriy allaqachon meni kutib tu- rardi. Odamlar uyg‘onguncha bir amallab shaharchadan chiqib ketdik. Quyosh yoyilib ketganida biz xarsangtosh va har xil butalar qoplangan tog‘ning tepasida turardik. Tog‘ni gilamdek qoplagan maysa sarg‘aya boshlagan. Chuchmoma, lola, nargis gullari ham allaqachon tob tashlagan. Ulkan sahnni egallagan qoqio‘tlar sarg‘ish gullari bilan tabi- atga tarovat bag‘ishlardi. Billur oynadek loju- vard osmonda bir joyda pirillab to‘rg‘ay xonish qilardi. Uning kishiga tetik kayfiyat bag‘ish- lovchi sasiga tog‘ o‘ngirlariga in qo‘ygan shosh bulbullar, kakliklar jo‘r bo‘ladi. Havo shunchalar toza ediki, beixtiyor to‘yib-to‘yib simirasan. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 29 Ruhiyat manzili Biz tova tosh ostida sizib chiqayotgan chash- ma oldida nonushta qildik. Buloq suviga boti- rilgan qoq non ham juda mazali tuyuldi. Ilonizi so‘qmoqdan ketar ekanmiz, tez-tez oldimizdan kaltakesak, tipratikon va toshbaqa chiqib qolardi. Ba’zan pastda, yonbag‘irda o‘tlab yurgan arxarlar ko‘zga chalinardi. Ayniqsa, cho‘ponlarning xachirdek keladi- gan itlaridan ko‘p aziyat chekdik. Odatda bu jonivorlar katta yoshdagilarga hamla qilishsa-da, negadir bolalarga tegish- maydi. Tilka-porangizni chiqarguday bo‘lib qo‘rqinchli vajohat bilan oldingizga yugurib kelishadi-yu, uch-to‘rt qadam qolganda to‘x- tab dumlarini likillatishadi. Qoq non bo‘lakla- ri ish berdi. Ko‘ppaklar xira tilanchidek ancha joygacha ergashib borishar, keyin kimdir buyruq bergandek ortlariga chopib ketishardi. Birinchi oqshomni qorong‘u pastqam dara- da qarshilashga to‘g‘ri keldi. G‘aribgina xira gulxan atrofida bir-birimizni har xil arvoh-u ajinalar bilan qo‘rqitib tong sahargacha mijja qoqa olmadik. Tong g‘ira-shira otib tevarak- dagi narsalar xiyol ko‘rina boshlagach, silla- miz qurib mast uyquga ketdik. Uyg‘onganimizda quyosh tikkaga kelgandi. Sur go‘shtdan sho‘rva tayyorlagunimizcha ik- ki soat o‘tdi. To‘q qorin bilan yo‘l yurish malol kelardi. Shunga qaramay manzil tomon inti- lishimiz zarur edi. Quyuq soyali daradan chiqarkanmiz, Shuk- riy to‘satdan to‘xtab, yuqoriga ishora qildi. Qandaydir mo‘jiza tufayli yashil maysa saqlanib qolgan bir uy siqqulik sahnda bir ona kaklik endi pat chiqarayotgan polaponla- rini ergashtirib yurardi. – Ketdik, bitta qoldirmay hammasini ush- lab qopga tiqamiz, – dedi Shukriy pitillab. So‘ng yuqoriga tirmashib chiqa boshladi. Ona kaklik bizni ko‘rdi, keyin “chivt-chivt” degan ovoz chiqardi. Xuddi yarador bo‘lgandek qa- notlarini sudrab, tog‘ tepasiga qocha boshladi. Yalanglikka chiqqanimizda polaponlar yer yutgandek qayoqqadir g‘oyib bo‘lishgan edi. – Sadqayisar… Ona kaklikni tutamiz. Yara- dorga o‘xshaydi, bugun kaklik kabob yeymiz. Biz yo‘l-yo‘lakay yuklardan xalos bo‘lib, ona kaklikni ta’qib qila boshladik. Parranda go‘yoki so‘nggi kuchini sarflagandek cho‘loq- lanib olg‘a intilar, ba’zan to‘shi bilan yerga urilib ancha joygacha sirg‘anib ketardi. Ammo oraliq masofa hech ham qisqaray demasdi. Ona kaklik bizni tog‘ tepasiga, keyin qo‘sh- ni tepalikka olib o‘tdi. Keyin hech narsa bo‘l- magandek qanotlarini silkitib pastga o‘qdek uchib ketdi. Shukriy poyabzaliga to‘l gan
qumni to‘kib, “La’nati qush, bizni boplab laqillatdi”, – deb to‘ng‘illadi. Ona kaklik o‘zini yarador ko‘rsatib, aslida polaponalaridan bizni uzoqlashtirgan ekan. Ashqol-dashqolimiz ham darada qoldi,- asabiy to‘ng‘illadi Shukriy. – Uyga borgani- mizda yaramas kaklik haqida gullab o‘tirma, keyin bizni hamma ahmoqqa chiqarib kuladi. So‘qir daradan yuklarimizni olib chiqquni- mizcha kun kech bo‘ldi. Bundan buyon yo‘l yurish xavfli edi. Shuning uchun tog‘ tepasi- dagi qoyalar o‘rtasida kecha taraddudini ko‘ra boshladik. Atrofda qurigan buta va tezak ko‘p ekan. Uquvsiz Shukriy gulxanni shunday lang‘illatib yoqdiki, oqibatda toshlar qizib, u yerdan dodlaganimizcha qochib chiqdik. Gul- xanga qo‘yilgan dekchaning suvi qurib, go‘sht bir parcha ko‘mirga aylanibdi. Tog‘larga ko‘nika boshlaganimiz uchun bu kecha o‘zimizni ancha emin-erkin seza bosh- ladik. Iliqqina toshlarga yastanib yotarkanmiz, Shukriy to‘satdan so‘radi. – Qiziq bu tomonlarda qashqir bormikan? – Bilmadim. Eshitishimga qaraganda qash- qirlar yozda uvillamaydi. – Kel oshna, ermak uchun bir uvillaylik. – Kallang joyidami, agar uvillasang miltiq ko‘tarib, to‘rtta ovchi yugurib keladi, axir bo‘rini o‘ldirganlarga katta mukofot beriladi. Biron g‘alva orttirmay desang jim yurib, jim ketaylik. Ikkinchi kuni endi nonushta qilishga o‘tir- gan edik-ki, qoyalar orasida notanish bir kimsa paydo bo‘ldi. U pastdagi qishloqdan bo‘lib, kechasi qo‘radan chiqib ketgan qo‘ylarini iz- lab yurgan ekan. Ochiq havoda daydiy-daydiy rosa ochiqqan shekilli, dekchadagi sho‘rvaga bo‘ktirilgan nonni shoshib yeya boshladi. U bizning bu yerlarda nima qilib yurganimizni surishtirdi.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 30 Ruhiyat manzili – Yaqin qoldi, chiroqlarim. Qichab yursa- laring tushgacha yetib borasizlar, – deya tog‘- ning u yonboshiga tushib ketdi. Haqiqatdan ham peshinga yaqin uzoqdan kamalakdek yarqirab suv o‘zani ko‘zga tashlandi. Daryo men tasavvur etgandek katta emas ekan. U ingichka ariqdek taram-taram bo‘lib oqardi. Tog‘dan pastga hansirab tusharkan- miz, yon tomondagi qirga o‘rmalayotgan bre- zent yopilgan yuk mashinasini ko‘rdik. U afti- dan taqir yo‘l orqali tepalikni kesib o‘tish ni- yatida edi. Ichimlik suvimiz allaqachon tugagan. To- mog‘imiz qaqrab ketgandi. Mashinada suv topilib qolsa, degan umidda baqirib-chaqirib qo‘llarimizni silkita boshladik. Mashina yaydoq tepalikda to‘xtadi. Undan sakrab tushgan odamni ko‘rib turgan joyimiz- da turib qoldik. Yarim harbiycha nusxada ki- yim kiygan bu odam kondagi qutqaruv guru- hining boshlig‘i Ivan Platonov edi. – Xush kelibsizlar, daydi robinzonlar, – de- di u bizga tikilib. – Nima qilib qo‘yganlaringni bilasizlarmi? Sizlarni izlab butun shahar oyoqqa turdi, hamma yoqning tit-pitini chiqa- rishdi. Bu qahramonlar esa bamaylixotir baliq oviga ketishayotganini qarang-a! Uyda ota- onang qon yig‘layapti, – Ivan Petrovich gaze- taga moxorka o‘rab burqsitib torta boshladi. – Yaxshiyamki, shu yerlik bir odam militsiya- ga borib ogohlantiribdi. Aks holda sizlarni iz- lab, yana qancha sarson bo‘lardik. – Amaki, bizni kechiring. Axir biz hech kimga yomonlik qilmoqchi emasdik. Biz faqat, – Shukriyning ovozi titrab, ohangiga yig‘i ara- lashib ketdi, – Sangzor daryosini ko‘rmoqchi edik. Axir jinoyatmi bu? Mashina kabinasida o‘tirgan shopmo‘ylovli o‘rta yashar kishi ko‘zini qisib qo‘ydi. – Petrovich, balki chindan ham ularga daryoni ko‘rsatarmiz. Axir ikki kun yo‘l bosi- shibdi. O‘n besh daqiqa ichida daryoga yetka- zaman. Ikkovining sazasi o‘lmasin, armonlari ushalsin. – Ostavit, ryadovoy Davronov, – dedi qo‘rs ovozda Platonov. – Uyda bularga daryoni ham, kamarni ham ota-onalari ko‘rsatishadi. Bizning vazifamiz ularni sog‘-salomat uyga yetkazish…. Ularni kuzovga chiqar, ehtiyot bo‘l, yana qochib ketishmasin. Yo‘lda mashi- nada tebranib ketarkanmiz, Shukriy ikkalamiz ho‘ng-ho‘ng yig‘lardik. Chunki bizning bolalik armonimiz ushalmagan edi-da. Keyinchalik yillar o‘tib, katta daryo, dengiz hatto bepoyon ummonni ham ko‘rdim. Lekin tog‘ tepasidan ingichka ipdek taram-taram bo‘lib oqayotgan bolalikning beg‘ubor daryosi hamon xotiram- ni bezovta qiladi. Abdurasul MURODOV. Morze alifbosi Amerikalik rassom F. Samuel Morze alifbo harflarining har biri uchun kod o‘ylab chiqdi
kodlarni uzatishga moslashtirdi. Nuqta va vergul ko‘rinishidagi kodlar tok impulsi orqali yuborilgan. Kod uzatuvchi moslama elektr aloqani amal- ga oshirgan, qabul qiluvchi moslama hara- katlanuvchi qog‘oz tasmaga nuqta va vergul chizib borgan. Morze tizimi shoshilinch alo- qani tezlashtiruvchi vositaga aylandi. 1908- yildan beri xalqaro signallar qatoriga yordam to‘g‘risidagi kod – SOS (“Bizning ruhimizni
kiritilgan. Yevropa tunnelini bilasizmi? Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi tunnel 1994-yil 6-mayda ochildi. Poyezd qatnovchi tunnel La-Mansh bo‘- g‘ozining eng tor joyi (33km) orqali o‘tkazil- gan va uzunligi 50 kilometrga yetadi. U uchta tunneldan iborat bo‘lib, ikkitasi poyezd qat- novi uchun, yana bittasi xavfsizlikni ta’min- lash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘l- jallangan. 35 daqiqada zamonaviy poyezd yo‘lovchilarni bir bekatdan ikkinchi bekatga eltib qo‘yadi. Avtomobillar va yuk mashinala- ri maxsus vagonlarga yuklanadi.
Perudagi temir yo‘l tarmoqlaridan biri den- giz sathidan 4800 metr balandlikda joylash- gan. Yevropa tunneli esa La-Mansh bo‘g‘ozi tagidan, dengiz sathidan 120 metr quyidan o‘tkazilgan. Osmono‘par binolar qanday paydo bo‘l gan? Katta shaharlarda yer narxining o‘sishi va texnologik, iqtisodiy taraqqiyot tufayli baland binolarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Birin- chi baland binolar 1879-yilda Chikagoda qu- rilgan. Bu o‘n va o‘n ikki qavatli, balandligi 50 metrlik tosh binolar edi. Uning quyi qismi 3 metr, yuqori qismi devorlari esa ancha yupqa qilib qurilgan. 1883-yil temir konstruksiyali bino paydo bo‘ldi. Bu osmono‘par binolarning devorlari qalinligini kamaytirish va balandli- gini oshirish imkonini berdi. Hozirda ayrim osmono‘par binolar devori to‘liq shishadan iborat.
Dunyodagi eng baland binolar Nomi Joylash gan o‘rni Baland ligi Televizon minora Shanxay, Xitoy 468 m Jahon moliya markazi Shanxay, Xitoy 460 m Petronas-tauer Kuala-Lumpur, Malayziya 452 m Sirs-tauer Chikago, AQSH
442 m Zhihnmaa – os- mon o‘ par binosi Shanxay, Xitoy 421 m
Siti-Plaza Guanchjou, Xitoy 291 m
Empayr-steyt- bilding
Nyu-York, AQSH
381 m Sentral-Plaza Gonkong 374 m
Benk of Chayna Tauer
Gonkong 368 m
Emireyts-tauer Dubay, BAA 354 m Sog‘lom avlod uchun | 11 |
2014 31 Fan va zakovat Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 32 Uyali telefon Uyali telefonlar taxminan 1980-yilda Shvet- siyada (“Erikson”), Finlandiyada (“Nokia”) va AQShda paydo bo‘ldi. Bunday aloqa turining ishlash usuli shundaki, xizmat ko‘rsatiladigan hududlar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya mavjud bo‘lgan uyalarga bo‘linadi. Foydala- nuvchi chaqiruv jo‘natganda tarmoq kerakli abonentni har qanday uyadan avtomatik ra- vishda topadi. Agar abonent so‘zlashuv vaqti- da yo‘lda harakatlanayotgan bo‘lsa, bog‘lanish bir stansiyadan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Uyali aloqa foydalanuvchi va abonentni indentifi- katsiyali SIM-karta orqali aniqlaydi. Mahsulot shtrixkodi nega kerak? Shtrixkodlar tizimi Jerom Lemelson tomo- nidan o‘ylab topilgan. U o‘zidan keyin 500 ga yaqin patent qoldirgan. Shtrixkod – bu tovar- ning o‘ziga xos “guvohnomasi” sanaladi.
Shtrixlar chastotasi va soni quyidagilarni ang- latadi: birinchi ikkita raqam – mahsulot tay- yorlangan mamlakat, navbatdagi beshta ra- qam – ishlab chiqaruvchi firmaning nomi, oxirgi beshta raqam – mahsulot turi. Zamona- viy supermarket va do‘konlarda kodlar ruchka yoki skaner ko‘rinishidagi optik qurilma yor- damida hisoblanadi. Tizim ulangan kompyu- ter kodlarni ma’lumotlarga aylantirib bera oladi.
1894-yil Gulelmo Markoni hech bir elektr simisiz va kabellarsiz 12 kilometr masofaga Morze alifbosi signallarini uzatishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shundan buyon aloqa vositalari doimiy va tez rivojlanib kelmoqda. Sun’iy yo‘l dosh yordamida ayrim televizion dasturlar milliardlab tomoshabinlarni o‘ziga jalb et- moqda. Axborot texnologiyasining taraqqiy etishi va ommalashuvi bois har qanday yangi- likni bir zumda yer sharining u chekkasidan boshqasiga uzatish imkoniyati paydo bo‘lgan. Buning uchun kompyuterning birgina tugma- chasini bosish kifoya. Aloqa va axborot texno- logiyasining bunday sur’atda rivojlanishi nati- jasida yaqin yillarda bundan ham mo‘jizakor ixtirolar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Rustam Boyto‘ra tayyorladi. Kuch – adolatdadir. AMIR TEMUR.
Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O‘z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni anglaysan. I. GYOTE. Burchingni ado etishga harakat qil, shunda dar- hol o‘zingning kimligingni bilib olasan. L. N. TOLSTOY. Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo‘q. A. BLOK.
O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi. SITSERON. Insonni o‘z majburiyatlariga bog‘lab turgan burch hissi – mayda manfaatlar ustidan g‘olib chi- quv
chi yuksak manfaatlarni anglab yetganidan bosh qa narsa emas. N. BENTAM. Burch! Sen avj pardadagi buyuk so‘zsan... Bu shunday buyuklikki, chindan ham insonni o‘zidan- da yuksaklikka ko‘taruvchi buyuklikdir. I. KANT. Kichik bo‘lsa ham har kuni biron-bir burchni ado etish – ajoyib ish. E. DELAKRUA. Ado etilgan burch ulug‘vorligidan ko‘ra zo‘rroq ulug‘vorlik yo‘q, undan zo‘rroq quvonch ham yo‘q. E. RENAN. Hayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan burchdan zavqlanishdir. U. GEZLITT. Burch va nomus yo‘lini hech vaqt tark etmang, bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo‘ldir. J. BUFFON. Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislat- dir. DEMOKRIT. Fan va zakovat tAFAKKUR GULSHANI Download 379.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling