Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 379.06 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport – sog‘lik garovi Sog‘lom avlod uchun | 11
- Tarbiya tadqiqotlari Sog‘lom avlod uchun | 11
- – Duduqlanish qanday kasallik va uning kelib chiqish sabablari nimada
- Mutaxassis maslahati Sog‘lom avlod uchun | 11
- – Kasallik qay tarzda namoyon bo‘ladi va alomatlari nimalarda ko‘rinadi
- – Duduqlanishning oldini olish uchun nimalar qilish kerak Qanday davolash usullari mavjud
- – Bolaning nutqida muammo bo‘lsa ham, u istagan umumta’lim maktabiga borishi mumkinmi
- – Duduqlanayotgan bolaning yaqinlari dan nimalar talab qilinadi
- Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun | 11
№ savollar javoblar ha (%) yo‘q (%) 1 Belbog‘li kurashga munosabatingiz qanday? 86 14
aylanishiga ishonasizmi? 81 19 3 Ushbu sport turi bilan shug‘ullanayotganingizdan faxrlana- sizmi?
72 28 4 Ota-onangiz ushbu sport turi bilan shug‘ullanayotganingiz- dan xursandmi? 77 23 5 Kelajakda belbog‘li kurash sport turi orqali yurtimizni dun- yoga tanitishingizga ishonasizmi? 75 25
milliy qadriyatlarni shakllantirishga ta’sir qiladimi? 76 24 7 Belbog‘li kurash usullarida va mashg‘ulotlarida milliy xusu- siyatlar mavjudmi? 52 48
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 19 Yozma nutq inson ongida kechayotgan fikrlarni ifodalab berish vositasidir. Yozma nutqdagi kamchiliklar nihoyatda murakkab nutq nuqsonlaridan biri hisoblanadi. Bunday nutq buzilishining oldini olishga doir amallar- ni bolaning ilk maktab yoshidan boshlash lo- zim.
Bolani o‘qish va yozishga o‘rgatish, yozma nutqdagi buzilishlarning oldini olish, bartaraf etish muammolari pedagogik, psixologik, me- todik, defektologik adabiyotlarda keng yoritil- gan hamda olimlar tomonidan qimmatli naza- riyalar yaratilgan. Logoped va metodist olimlar (M.Y. Xvatsev,
og‘zaki nutqning yaxshi rivojlanmaganligi natijasida yuzaga keladigan nuqson deb bilib, ularni og‘zaki nutqni rivojlantirishning butun sistemasi ustida izchillik bilan maxsus ishlar olib borish orqali bartaraf etish metodikasini tavsiya etgan. Ushbu metodikaga ko‘ra mash- g‘ulotlarda tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap va bog‘langan nutq ustida ishlash talab etiladi. Biroq bu ishlarning yo‘nalishi, mundarijasi yozma nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan kishi- larning umumiy bilim doirasi, o‘qish va yoz- ma qobiliyati, qanday xatolar qilishi, ularning kelib chiqish sabablarini hisobga olgan holda belgilanadi. Yozma nutq mexanizmlari murakkab bo‘l- ganligi tufayli uni shakllantirib borishda turli xil qiyinchiliklar kuzatiladi. Yozma nutq og‘- zaki nutq asosida shakllanadi. Og‘zaki nutq- dagi har qanday nuqson yozma nutqni o‘z- lashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z vaqtida yozma nutqida kamchiligi bo‘l- gan o‘quvchilarga tegishli yordam ko‘rsatil- masa, ularning yozuvidagi xatolar (bo‘g‘inlar- ni tashlab ketish, so‘zlarni qo‘shib yozish, eshitilishi jihatidan o‘xshash harflarni almash - tirish, tovushlarni qoldirib ketish) yuqori sinf- larda ham saqlanib qoladi. Ba’zi mualliflar yozuvdagi fonetik xatolar- ning sabablarini analizatorlar faoliyatining buzilishi, bilish faoliyati darajasining pasayi- shi bilan bog‘laydilar. Buning natijasida eshi- tish va kinestetik analizatorlar buziladi. Aynan shu omillar mutaxassislarning fikriga ko‘ra, NUTQ BUZILISHI QANDAY BARTARAF ETILADI ? Tadqiqotimizda bildirilgan ilmiy-nazariy fikrlar va o‘tkazilgan tadqiqot natijalari aso- sida xulosa qilib quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: birinchidan, joylarda aholining sport turiga bo‘lgan qiziqishi, milliy qadri- yatlar bilan uyg‘unligini o‘rganish, tadqiq etib borish sport turlarining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi; ikkinchidan, bolalar sporti rivojlanishiga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish yosh- larning nafaqat salomatligida, balki ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘usining shaklla- nishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davr farzandlari millat kelajagi uchun ulkan ishlarni amalga oshirib borishida salo- matlik va ishonch zarur. Ushbu ehtiyoj qondirilishini bolalar sporti ta’minlashi shub- hasizdir. Uchinchidan, yoshlarning belbog‘li kurashga bo‘lgan munosabati va qiziqishini o‘rganib borish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etib borish, mamlakatda ushbu sport turining keng miqyosda rivojlanishiga olib keladi. Zohid ArTIKOV, O‘zDJTI “Milliy va xalqaro kurash turlari va uslubiyati nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, jahon chempioni.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 20 yozuvning fonetik prinsipida to‘g‘ri yozish asosi bo‘lgan so‘zni fonematik tahlil qilishga salbiy ta’sir qiladi. Agar bola yozuvda harflar- ni aralashtirib yuborish bilan birga talaffuzda ularga mos keladigan tovushlarni ham ajrata olmasa (differensiatsiya qilmasa), bu qo‘pol nutq buzilishlariga olib keladi. Nutq o‘stirish jarayonida bolalarga so‘zlar- ni aniq-ravon og‘zaki yetkazish va aytib turib yozdirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Undan tashqari ertak, she’r, topishmoq, tez aytishlar ustida ishlash asosida og‘zaki nutqni o‘stirish yo‘li bilan bolalarni yozma nutqni o‘zlashti- rishga tayyorlash, yod oldirish orqali xotirasi- ni o‘stirish, kichik hajmdagi asarlarni rolli ijro etish mashg‘ulotlari uyushtiriladi. Bolaning bilish jarayoni ustida korreksion ish olib borishda uning tafakkuri, xotirasi, diqqati, eshituv, ko‘rish qobiliyatiga asosiy urg‘u bermoq lozim. Ana shunda bolada o‘qi- tuvchi tomonidan ko‘rsatilayotgan xatolarni ko‘rib, eslab qolish malakasi shakllanadi. Bu- ning uchun turli xil mashqlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish lo- zim. Jumladan, ko‘rish qobiliyatini rivojlanti- rishda biz quyidagi mashqlarni qo‘l laymiz: 1. “Yetishmaydigan qismini top” mashqi. Rasmda ko‘rsatilgan narsalarning chizilmay qolib ketgan qismini bola topib berishi kerak. Masalan, stulning oyog‘i, mashinaning g‘ildi- ragi, filning xartumi, choynakning bandi kabi. 2. Bolaga har xil geometrik shakllar tasvir- langan rasmlar ko‘rsatiladi: uchburchak, kvad- rat, oval, doira. Keyingi bosqichda xuddi shu shakldagi buyumlar ko‘rsatiladi. Bular: kop- tok, likopcha, shaxmat taxtasi, uyning tomi, kitob, tuxum, qovun boshqalar. Shu yo‘l bilan bolada ko‘rib, eslab qolish qobiliyati rivojla- nadi.
3. Bolada bilish qobiliyatini rivojlantirish uchun “Geometrik shakllar” joylashtirilgan jadvaldan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda bola nafaqat shaklni, balki ranglarni va har bir qatorda joylashgan shakllar o‘rnini, nechtadan joylashganligini ko‘rsatib berishi lozim. Shu yo‘l bilan bolaning diqqati, xotira- si, tafakkuri, fazoviy idroki rivojlanadi. O‘quvchilarda uchraydigan yozma nutq buzilishlari, ularning turlari, kelib chiqish sa- bablari rang-barang. Biz o‘z ish tajribamizga asoslangan holda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishga harakat qildik. Farzandlarimizning tili chiqishi bilan to‘g‘ri nutq madaniyati, to‘g‘ri o‘qish va yozuv mala ka- sini o‘zlashtirishiga e’tibor qaratsak, ularni bar- kamol inson qilib tarbiyalashdagi asosiy hara- katlardan birini amalga oshirgan bo‘lamiz. Valida RAHMONOVA, Nizomiy nomidagi TDPU professori. Adolat AKROMOVA, Nizomiy nomidagi TDPU magistri. Tarbiya tadqiqotlari Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 21 DUDUQLANISH: SABAB VA OQIBATLARI E’tibor berib qarasangiz, ba’zi bolalar tutilib gapiradilar yoki qaysidir so‘zni aytishga qiy- nalib, duduqlanadilar. Xo‘sh, bu qanday ka- sallik va nima sababdan kelib chiqadi? Uning oldini olish va davolash uchun nimalar qilish kerak? Ushbu savollarimizga javob olish uchun poytaxtimizdagi Yakkasaroy tumani Markaziy poliklinika logopedi Mavluda Xodji- matovaga murojaat qildik. – Duduqlanish qanday kasallik va uning kelib chiqish sabablari nimada? – Duduqlanish, ya’ni tutilib gapirish nutq maromining buzilishi bilan bog‘liq kasallik hisoblanadi. U nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutq ohangining buzili- shi sanaladi. Bunday holat ko‘proq 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Du- duq bola tovush va bo‘g‘inlarni tutilib-tutilib yoki bir necha bor takrorlab talaffuz qiladi. Ayrim hollarda uning qo‘li yoki oyog‘i beixti- yor qimirlab, yuz muskullari uchib turadi. Shuningdek, bolada ichki duduqlanish ham ko‘zga tashlanadi. Bunday holatlarda u nima deyish kerakligini biladi-yu, ammo ayta ol- maydi. Bu holat sirtdan qaraganda sezilmaydi. Duduqlanish uch darajaga ajraladi. Birin- chisi, yengil duduqlanish sanaladi. U kishi asabiylashgan holatida yoki tez gapirayotga- nida yuz beradi. Ikkinchisi, o‘rtacha duduqla- nish darajasi bo‘lib, bunda kishi tinch, odat- dagi vaziyatda oson gapiradi, kam duduqla- nadi, his-hayajonli damlarda esa duduqlanish kuchayadi. Og‘ir duduqlanish – kishining bu- tun nutqi davomida, doimiy chalg‘ituvchi ha- rakatlar bilan namoyon bo‘ladi. Duduqlanish davom etishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: a) doimiy duduqlanish – paydo bo‘lgach, turli nutq shakllari va vazi- yatlarda bevosita namoyon bo‘ladi; b) to‘lqin- simon duduqlanishda bu holat goh kamayadi, goh kuchayadi, lekin butunlay yo‘qolmaydi; v) qaytalanuvchi duduqlanish yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi, ya’ni qaytalanish yuzaga kela- di, uzoq muddatli erkin tutulishsiz nutqdan so‘ng qayta paydo bo‘ladi. Duduqlanish sa- bablarini hozirda shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablar. Birinchi guruhga quyi- dagilar kiradi: – ota-onalarning nevropatik kasallanishi; – duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar; – nasliy buzilish; – bosh miyaning turli davrlardagi rivojlani- shida ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikast- lanishi.
Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida ana- tomik-fiziologik, ruhiy va ijtimoiy sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Anatomik-fizi- ologik sabablar: ensefamitik oqibatlari bo‘lgan jismoniy kasalliklar, jarohatlar, miyaning or- ganik buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasal- liklar natijasida asab tizimining tamoman iz- dan chiqishi yoki o‘ta charchashidir. Shuning- dek, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, hiqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va nutq to‘liq rivojlanmaganligi hollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal ri- vojlanmaganligi. Ruhiy va ijtimoiy sabablar: qisqa va uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, surun- kali kechinmalar, ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar, ruhiy ezilish, kuchli va bexosdan paydo bo‘ladigan iztiroblar, vahimaga tushish va o‘ta shodlanish holati, nutqning bolalikda noto‘g‘ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani haddan ortiq nutq materiallari bilan tanishti- rish, zo‘riqtirish, juda yoshligidan birdaniga turli xil tillarni o‘rganish duduqlanishni kelti- rib chiqarishi mumkin. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruhiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust – bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga majburiy o‘rgatish, doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyati- ni izdan chiqarib, duduqlanish bilan birga
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 22 nevratik va psixopatik holatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri mu- nosabatda bo‘lishi, haddan ortiq qattiqqo‘llik ham duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo‘ladi. – Kasallik qay tarzda namoyon bo‘ladi va alomatlari nimalarda ko‘rinadi? – Bunda bemor biror tovush, bo‘g‘in yoki so‘zni bir necha bor takrorlaydi, ayrim so‘zlar- ni aytishdan oldin unli tovush ustida “taqalib” qoladi. Gap boshida so‘zning birinchi bo‘g‘ini- ni yoki so‘zning o‘zini to‘liq qaytaradi, so‘z- lashdan oldin esa so‘zning birinchi harfini takrorlab qiynaladi. Bolada duduqlanish qaysi turda bo‘lmasin, bu bilan u tengqurlaridan aql jihatdan ortda qolayapti degani emas. Duduq- lanish intellektual faoliyatga ta’sir qilmaydi, chunki bu nutq apparatining mushak faolligi nuqsonidir. Hozirgi davrda duduqlanish belgilarining bir-biriga o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita guruhi ajratiladi: biologik (fiziologik) va sotsial (psixologik). Fiziologik alomatlarga, nutqning hosil bo‘- lishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy nerv tizimi va jismoniy salomatligi- ning, umumiy va nutq harakatlarining buzili- shi kiradi. Duduqlanishning paydo bo‘lishiga, shu- ningdek, umumiy va nutq motorikasining turlicha buzilishlari xosdir. Ular zo‘raki va ixtiyoriy tutilib qolish tarzida bo‘lishi mum- kin. Duduqlanuvchilar o‘zlarining qiyin nut- qini niqoblash yoki yengillashtirish maqsadida bunday harakatlardan foydalanadi. Duduqla- nishning ijtimoiy asosi shunday ruhiy asoski, uning natijasida “nutqning zaiflashuvini idrok etish” paydo bo‘ladi. O‘zining noto‘kisligini his etish nevrotik kasallikning rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomat- lariga qanchalik ko‘p e’tibor bersa, u shun- chalik zo‘rayib boraveradi. Natijada og‘ir ah- vol yuzaga kelib, bemor undan sira qutula olmaydi. Kasallik alomati paydo bo‘lganidan cho‘chish uning butun e’tiborini chulg‘ab oladi, buning oqibatida duduqlanish yanada kuchayadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga e’ti- borni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat-e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqda tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha hissiyot bilan munosabatda bo‘lish kabilar.
– Albatta, har qanday kasallik singari du- duqlanishning ham oldini olish uni davolash- dan ko‘ra osonroq. Bu asosan kattalarga bog‘liq. Avvalo, ota-ona farzandini qo‘llab- quvvatlasagina davolash foyda beradi. Agar bola o‘zining nutqi yaxshi emasligini kattalar- dan avvalroq sezib qolsa, shuningdek, bosh- qalar unga duduqligini eslatib, o‘ylamay-net- may tanbeh beraversa, unda logonevroz – nevrotik holat yuzaga keladi. Bu esa so‘zlash qobiliyatini mutlaqo yomon tomonga o‘zgarti- rib yuborishi ehtimoldan xoli emas. Qolaver- sa, ota-onaning bolasi duduq ekanligi haqida haddan ziyod ortiqcha qayg‘urishi ham uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bola- dagi qo‘rquvni battar kuchaytirib yuborishi mumkin. Oilada tinch sharoit yaratish, bola aybdor bo‘lgan taqdirda ham uni uru shish
yoki jazolash vaziyatga yanada salbiy ta’sir etadi. Keskin holatlarda kichkintoyga tabas- sum bilan muomala qilgan foyda.
– Bugungi kunda nutqida nuqsoni bor bola- lar uchun mo‘ljallangan maxsus bog‘chalar faoliyat yuritmoqda. Kichkintoylarda bu ka- sallikning ilk belgilari sezilgandayoq yo‘llan- ma asosida maxsus bog‘chaga yuboriladi. Bola maktab yoshiga yetgunga qadar davola- nish bilan birga, bevosita boshqa bog‘chalar singari maktabga ham tayyorlab boriladi. Maktab yoshiga yetgan bolaga yakuniy xulo- sani mutaxassis-shifokorlar beradi. Agar nutqi ravonlashgan bo‘lsa, istalgan umumta’lim maktabiga borishga haqli.
– Duduqlanuvchi bola uchun musiqa mash- Mutaxassis maslahati Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 23 Vitaminlar faol moddalar bo‘lib, organizm- ning moddalar almashinuvi jarayonida ishti- rok etadi. Birinchi bo‘lib 1880-yilda rus olimi N. I. Lunin hayvonlar organizmida vitaminlar mavjudligini aniqlagan. 1912-yilda esa bu moddalarga K. Funk tomonidan vitamin deb nom berildi. “Vitamin” so‘zi lotin tilidan o‘gi- rilganda “Hayot manbayi” degan ma’noni anglatadi. Barchamizga ma’lumki, vitaminlar immu- nitetni mustahkamlab, qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Butun dunyo olimlarining fikriga ko‘ra, organizmga tushgan ortiqcha vitaminlar foydadan ko‘ra, ko‘proq ziyon kel- tirishi mumkin ekan. Keling, vitaminlarning foydali va zararli xususiyatlari haqida so‘z yuritsak. A vitamini Bu vitamin teri, shilliq pardalar funksional holatini normal saqlashda, organizmning o‘sish va rivojlanishida, ko‘rish o‘tkirligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu vitamin organizmni saraton kasalligi- dan himoya qiluvchi eng zarur element hisob- lanadi. Kimda teri quruqlashuvi, bolalar va o‘smirlarda organizmning o‘sishi va rivojla- nishi susaysa yoki ko‘rish o‘tkirligining pasa- yishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa, A vitamini tavsiya qilinadi. A vitamini tuxum sarig‘ida, baliq yog‘ida, mol jigari, sabzi, o‘rik, qizilqalampir tarkibida ko‘proq uchraydi. A vitaminini ko‘p iste’mol qilish “Karotinli sa- riqlik” deb nomlanuvchi kasallik rivojlanishi- ga sabab bo‘ladi. A vitaminiga boy mahsulot- larni ko‘p miqdorda qabul qilish ham bu ka- sallikni keltirib chiqarishi mumkin. Natijada terining sarg‘ayish holati kuzatiladi. D vitamini Organizmda kalsiy (Ca) va fosfor (P) al- mashinuvining me’yorida kechishida ishtirok etadi. U ayniqsa, suyaklarning to‘g‘ri shaklla- nish, o‘sish va rivojlanishida, bolalarda raxit, ayollarda osteoporoz kasalligining oldini olish- da muhim ahamiyatga ega. D vitamini tuxum YANA VITAMINLAR HAQIDA g‘uloti katta ahamiyatga ega. Chunki bu mash- g‘ulot nutq a’zolari, nutq tezligi va maromi- ning to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bola nutqini shoshilmasdan, sabr-toqat bilan tuza- tib borish, uni tabiiy ravishda biroz sekinroq gapirishga odatlantirish joiz. Bola bilan birga- likda ko‘rilgan rasmlar, o‘qib chiqilgan matn- lar mazmuni to‘g‘risida tez-tez suhbatlashib turish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bunday paytda unga turli so‘zlardan foydalanib javob qaytarishiga imkoniyat yaratish zarur. Boladagi duduqlikni davolashda qo‘g‘ir- choqlar ham o‘ziga xos “shifokor” vazifasini o‘taydi. Bog‘chada va uyda bolaga qo‘g‘irchoq berib, uni gapirishga undash kerak. Chunki qo‘g‘irchoq bilan “suhbatlashayotgan” bola shoshilmasdan aniq so‘zlaydi. Bu esa duduq- likni davolashda ayni muddao sanaladi. Bola- ning to‘p yoki stol tennisi o‘ynashi ham du- duqlikni yo‘qotishda yaxshi samara beradi. Bir so‘z bilan aytganda, duduqlanuvchi o‘g‘il- qizlarga to‘g‘ri nutq rejasi asosida mustaqil so‘zlashlari uchun imkon yaratib berish maq- sadga muvofiqdir. O‘z navbatida, tarbiyachi- lar duduq bolaning ota-onasi bilan doimiy hamkorlikda ish yuritishlari, ularga uyda far- zandlarining yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘rqinchli ertaklarni aytmasliklari, bolalariga kattalarbop teleko‘rsatuvlarni ko‘rishga ruxsat bermasliklari, ularni ortiqcha erkalatmaslikla- ri, qorong‘ulikda yolg‘iz qoldirmasliklari, qo‘rqitmasliklari, huda-behuda jazolayver- masliklari kerakligini tushuntirishlari lozim. Ota-onalar esa dilbandining doimo logoped va psixonevrolog kuzatuvida bo‘lishini ta’min- lashlari kerak. Charos DO‘STMATOVA suhbatlashdi.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 24 sarig‘ida, baliq yog‘ida, sut va sut mahsulotla- rining tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Agar D vitamini katta miqdorda uzoq muddat da- vomida qabul qilinsa, suyaklardan mineral moddalarning chiqib ketishi kuzatiladi, ya’ni suyaklarga mustahkamlik berib turuvchi kal- siy suyaklardan yuvilib ketadi. Buning natija- sida suyaklarning tez-tez sinishi kuzatiladi.
B guruh vitaminlariga B 1 (tiamin), B 2 (ri- boflavin), B 6 , B 12 , B
15 va boshqalar kiradi. B1 vitamini (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining oldini olishda, odamning aqliy faoliyati va xotirasi yaxshi bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Agar bu vitamin yetishmasa, odamning aqliy faoliyati pasayadi, ya’ni o‘zlashtirish, esda saqlash, diqqat bilan bog‘liq qobiliyatlarning susayishi, holsizlik va tez charchash alomat- lari kuzatiladi. Arzimagan narsaga jahli chiqa- digan bo‘lib qoladi. B 12
elementi tashkil etib, bu vitamin organizmda ishtirok etadi. Ushbu vitamin tuxum sarig‘i, mol jigari, bug‘doy non, loviya, no‘xat, yon- g‘oq hamda guruch po‘stlog‘i tarkibida bo‘ladi. Download 379.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling