Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Shahnoza Azimova bilan suhbatda bo‘ldik
Download 379.06 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Qandli diabetning qanday turlari bor hamda hozirda qaysi turi ko‘proq kuzatil yapti
- – Farzandi qandli diabetga chalingan otaonalar oldida turgan vazifalar nimalar dan iborat
- Salomatlik olami Sog‘lom avlod uchun | 11
- – Qandli diabet bilan og‘rigan bola yoki o‘smir qanday hayot tarzi olib borishi ke rak
- – Homilador ayolning ushbu kasallik bi lan og‘rishi tug‘ilajak bola hayotiga qan chalik xavf soladi
- – Hozirda qandli diabetni davolash bora sida qanday ishlar amalga oshirilyapti
- – Mazmunli va foydali suhbatingiz uchun rahmat!
- 2. Ta’lim muassasalarining bilimlarni ha yot tarziga aylantirishdagi o‘rni 3. Yoshlarimiz uchun hayotning maqsadi nimada bo‘lmog‘i lozim
- Yoshlar va jamiyat Sog‘lom avlod uchun | 11
- Sport – sog‘lik garovi Sog‘lom avlod uchun | 11
Shahnoza Azimova bilan suhbatda bo‘ldik. – Bolalar va o‘smirlarda qandli diabet ka salligi qanday belgilar bilan namoyon bo‘ ladi? – Qandli diabet kasalligi surunkali kechuv- ga ega bo‘lib, qondagi qand miqdorining oshishi, organizmda mutlaq va nisbiy insulin yetishmovchiligi bilan kechuvchi, autoimmun va nasliy beriluvchanlik holatidir. Bolalar va o‘smirlarda uchraydigan bu kasallik qandli diabet birinchi tur deb nomlanadi. Kasallik paytida quyidagi simptomlar yaqqol ko‘zga tashlanadi: – tez chanqash; – ko‘p suv iste’mol qilish; – ko‘p peshobga chiqish; – ozib ketish; – kuchayib boruvchi holsizlik; – bosh og‘rig‘i; – dastlab ishtahaning baland bo‘lishi va keyinchalik umuman yo‘qolishi; – qorindagi og‘riqlar; – ko‘ngil aynishi va qayd qilish. Bunday ko‘plab belgilar sababli shifokorlar aniq tashxis qo‘yishga qiynalib qoladi va nati- jada davo muolajasining qisman kechiktirilishi- ga sabab bo‘ladi. Bu kabi tashxislar sirasiga o‘tkir qorin holati, appenditsit, ovqatdan za- harlanish va boshqalarni kiritishimiz mumkin. – Qandli diabetning qanday turlari bor hamda hozirda qaysi turi ko‘proq kuzatil yapti? – Qandli diabetning ikki turi mavjud bo‘lib, qandli diabet 1-tur bolalar va o‘smirlar bilan birga, asosan, 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar- da kuzatiladi. Qandli diabet 2-tur esa katta yoshdagi odamlarda uchraydigan holatdir. Hozirgi paytda qandli diabetning 2-turi ko‘p- roq kuzatilmoqda. Bunga sog‘lom turmush tarzining buzilishi, kamharakatlilik va nasliy beriluvchanlik asos bo‘lmoqda. Afsuski, ho- zirgi paytda 2-tur qandli diabet bolalar va o‘smirlar orasida ham uchrayapti, bu – bola- larda kattalar diabetining namoyon bo‘lishi deyiladi. Ushbu holatning asosiy sababi or- tiqcha vazn bilan bog‘liq.
– Farzandi qandli diabet bilan og‘rigan ota- onalar quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishla- rini so‘ragan bo‘lardim: farzandingizga qandli diabet tashxisi qo‘yildimi, bu endi uning o‘zi- ga xos tarzda turmush kechirishini anglatadi. Unutmang, qandli diabet bu hukm degani emas. Shifokor ko‘rsatmalariga aniq rioya qi- ling, insulin bilan davolash muolajalarini qol- dirmang, rejali profilaktik ko‘ruvlardan o‘tib DIABET… HUKM DEGANI EMAS!
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 14 turish va tavsiyalarga rioya qilish kerak, diabet maktabiga faol qatnashib, bilim darajangizni oshirib boring. Asosiysi, qandli diabet bilan to‘g‘ri yashash turmush tarzini tashkillashti- rish lozimdir va albatta bolangizning jismoniy tarbiya bilan me’yorida shug‘ullani shini nazo- rat qilib boring. – Qandli diabet bilan og‘rigan bola yoki o‘smir qanday hayot tarzi olib borishi ke rak? – Ota-ona nazoratidan tashqari asosiy mas’uliyat bemorning o‘ziga tushadi. Avvalo, to‘g‘ri turmush tarzi olib borish, uglevod, non mahsulotlarini non birliklari asosida hisoblay olish va xos insulin birligini qabul qilish, par- hez, ya’ni o‘ta shirin va konditer mahsulotla- ridan, notabiiy oziq-ovqatlardan, gazli ichim- liklardan va birdaniga ko‘p miqdorda non mahsulotlarini iste’mol qilishdan o‘zlarini tiya olishlari, bir so‘z bilan aytganda shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishlari zarur. Ba’zida o‘smir yoshidagi bolalarda gormonal holatlar sababli kasallik jarayonida tushkunlikka tu- shish, qiziqishlarining yo‘qolishi singari ho- latlar kuzatilishi mumkin. Bunda shifokorlar psixolog sifatida ishlab, bolaning kechinmala- rini tushunishga, u bilan do‘stlashishga hara- kat qilishi, ota-onasiga aytmagan dardlarini bilishga va ularni imkon qadar hal qilishga yordam berishi kerak.
– Qachonki qand miqdori me’yorida bo‘lsa va asoratlar kuzatilmasa, qandli diabet bilan homiladorlikka qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Ho- miladorlik rejalashtirilganda kamida 3 oylik o‘rtacha qand miqdori kompensatsiya holati- da, ya’ni qondagi qand miqdorining o‘rtacha ko‘rsatmasi olinadi, bu miqdor 7.5% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Agar ayolda qandli diabet birinchi tur uchrasa, bola uchun xavf 3% ni, ikkinchi turda esa 40–60% ni tashkil etadi. Shuningdek, qandli diabet bilan kasallangan onalarning bolalarida tug‘ma nuqsonlar sog‘- lom ayollar farzandlariga nisbatan ko‘proq saqlanib qoladi. Biroq ba’zida ota-onada qandli diabet kuzatilganda bolada bunday asorat kuzatilmasligi mumkin, ota-onasi qandli diabet bilan xastalangan bolalar ham shu kasallik bilan og‘riydi degani emas.
– “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga aso- san 2014–2015-yillarda qandli diabet bilan og‘rigan bolajonlarimizni 30 ta insulin pom- palari bilan bepul ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, markazimizda 14-noyabr – Dia- betga qarshi kurash kunida bu kasallikka qarshi kurashib qondagi qand miqdorini 7.5% dan ko‘tarmagan bemor bolalarga minnatdor- chilik bildirib, homiylar tomonidan berilgan turli kitoblar, esdalik sovg‘alarini topshiramiz va ma’ruza sifatida qand miqdorini doim na- zoratda ushlab turish va asoratlardan uzoqda bo‘lish haqida eslatib o‘tamiz. Eng asosiysi, markazda tashkil etilgan diabet maktabi so‘nggi yillarda samarali faoliyat yuritib kel- moqda. Unda bemorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olib, darslarda ke- rakli tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalarga ega bo‘lishyapti. Bundan tashqari aholi xona- donlarida, mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari faol olib borilyapti. – Mazmunli va foydali suhbatingiz uchun rahmat! Gulhayo NAIMOVA suhbatlashdi. Salomatlik olami Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 15 HAYOT IZLANISHDAN IBORAT 1. Yoshlarning o‘zini anglashida ustozlar qanday yordam berishi kerak? 2. Ta’lim muassasalarining bilimlarni ha yot tarziga aylantirishdagi o‘rni? 3. Yoshlarimiz uchun hayotning maqsadi nimada bo‘lmog‘i lozim? 4. Avlodlarning xalq taqdiriga ta’siri qay tarzda kechadi? Ushbu savollar bilan O‘zMU o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi Dilmurod Bozorov ga murojaat qildik. 1. O‘zlikni anglash katta ma’naviy va mod- diy safarbarlikni taqozo etadigan jarayon . Bu borada ustoz-murabbiylar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi. Yoshlarda real hayotni anglashga, ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlarni aql nuqtayi nazaridan baholashga intilish kuchli bo‘ladi. Biroq bu anglash jarayonini to‘g‘ri yo‘lga solib turadigan va turli xavf-xatarlardan himoyalovchi insonlar aynan ustoz-murab- biylar hisoblanadi. Ustoz yoshlarni ko‘proq ongli va bilimli qiladi, ularni o‘zining botiniy- ruhiy olamiga chuqurroq nazar tashlashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham inson borki, ta’lim bergan, unga dunyo xazinasini ochuv- chi buyuk zotni ustoz deb ataydi. Chunki olamdagi barcha yaxshilik, ilm-u ma’rifat, mehr-saxovat ayni shu ulug‘ zotlar tufaylidir. Ustoz o‘z shogirdiga ham ta’lim, ham tarbi- ya berishga harakat qiladi. Agar tarbiya masa- lasiga jamiyatda jiddiy e’tibor qaratilmasa, bozor munosabatlari shakllanayotgan bugun- gi kunda bizning turmush tarzimizga nafaqat azaliy madaniyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalar kirib keladi, balki odamlar orasida faqat hi- sob-kitoblarga asoslanadigan munosabatlar ustuvor o‘ringa chiqib olishi mumkin. To‘g‘ri, bunday muammolarni bartaraf etish borasida ta’lim tizimi, san’at, badiiy ijod, kinematogra- fiyada sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Lekin axborot ochiqligi sharoitida jamiyati- mizga “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sha- roitida bu ishlarni ancha jiddiyroq yondash- gan holda hal etish dolzarb muammolardan hisoblanadi. “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” deydi xalq. Shogird us- tozidan o‘zishi zarur, bu azaliy haqiqat. Us- tozlar bergan tarbiya hech qachon unutilib ketmaydi, imkoni tug‘ilganida ular qayta jon- lanadi va qalbi ezgulik bilan yo‘g‘rilgan yosh- larimizning maslagiga, e’tiqodiga aylanadi. 2. Ta’lim tizimiga qarab jamiyatning o‘zi, uning ma’rifatlilik darajasi va kelajagi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Shunday qilib, so‘nggi yillarda jahonda yuz bergan voqealar ta’lim tizimi mamlakatning milliy barqarorlik omili ekanligini ko‘rsatadi. Jumladan, Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqa- ro biznes-maktablardan biri – “INSEAD” to- monidan 2012-yilda inson kapitalining taraq- qiyot darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot na- tijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda 5-o‘rinni egallaganligi ham e’tiborga molikdir. Ta’lim tizimi dunyoda yuz berayotgan o‘z- garishlar va rivojlanish jarayonlariga, ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tizimni davr talablariga muvofiq o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan yoki o‘zgarti- rishni istamagan, o‘zgartirishga ulgurmagan mamlakat rivojlanishdan orqada qolishi mum- kin. Yuksak taraqqiyot tendensiyasini belgilab beruvchi modernizatsiya va innovatsion faoli- yat yuksak texnologiyalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi, bunga esa faqat eng yangi bilim- larni egallash orqali erishish mumkin. Ta’lim shu nuqtayi nazardan bugungi kun ehtiyojla- ridan ildamroq yurishi lozim. Bunda bilimning o‘zigagina emas, balki undan maqsadli foyda- lana olishga ham alohida urg‘u berilishi dar- Yoshlar va jamiyat Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 16 kor. Insonni hozirgi dunyo voqeligi bilan mos ravishda yashashga o‘rgatish – ta’lim tizimi- ning eng muhim vazifasi hisoblanadi. OTM (oliy ta’lim muassasalari) hayot ehtiyojlarini qay darajada to‘la qondirsa, jamiyat hayotida- gi boshqa sohalarning rivojlanishiga uning ta’siri shu darajada kuchli bo‘ladi. Shu sabab- li fan va ta’lim tizimi o‘rtasida vujudga kelgan tafovutni bartaraf etish OTMning kun tartibida turgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. OTM yoshlarda tanqidiy va tahliliy tafakkurni ijodiy rivojlantirishni nazarda tutishini angla- tadi, zero hayot tinimsiz ilgari suruvchi no- standart vazifalarni faqat shu yo‘l bilan yechish mumkin. Demak, bilimni muttasil yangilashga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlash, rag‘bat- lantirish ta’limning muhim unsuri hisoblana- di. Bu esa, o‘z navbatida, egallangan bilimni hayotiy maslakka aylantirishni nazarda tutadi. Bugungi kunda OTMning vazifasi mustaqil fikrlovchi, mustahkam ishonch-e’tiqodli yosh- larni tarbiyalashdan iborat bo‘lib bormoqda. O‘z navbatida OTMda olingan bilimning jami- yat hayotiga maqsadli tatbiq etilishi muhim masalalar sirasiga kiradi. Chunki bilim bu hayotiy maqsadni amalga oshirishdagi muhim omil sanaladi. Bilim o‘zlashtiriladi, shuning uchun ham uni hayotiy tajriba mahsuli bilan uyg‘unlashtirish muhim hisoblanadi. Zero, hayot cheksiz, beto‘xtov izlanishdan iborat. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, OTM professor-o‘qituvchilari yoshlarga nafaqat bi- lim berishda, balki egallagan bilimlarini hayo- tiy maslakka aylantirishlarida qo‘llaridan kel- ganicha yordam bermoqdalar. Menimcha, OTM professor-o‘qituvchilari oldidagi eng muhim masala ta’lim sifatini yanada yuksak- roq bosqichga olib chiqishdan iborat bo‘lishi lozim.
3. Asl maqsad inson hayotining ma’no va maqsadini to‘g‘ri ko‘rsatib bera oladigan hamda uning faoliyatini shunga muvofiq yo‘naltira oladigan g‘oyalar, tasavvurlar va his-tuyg‘ularning maqsadli birligidir. Inson o‘zligini anglashni o‘zining hayotiy maqsadi qilib olishi zarur. Shundagina u hayoti davo- midagi ko‘pgina muammolarni bartaraf eta oladi. Shunga ko‘ra barcha hikmat egalari, buyuk mutafakkirlar asl haqiqatga tashqi tabi- atni bilish orqali emas, balki inson o‘zligini bilish orqali erishish mumkinligini ta’kidlab kelganlar. O‘zlikni bilish esa inson butun diqqat e’tiborini tashqi olamga emas, balki o‘z ichki olamiga yo‘naltirilishini taqozo eta- di. Kimdir hayotiy maqsadni atrofidagi odam- lar hurmatini qozonishda desa, boshqasi – vijdonni pok saqlab yashash bilan qanoatla- nishda, uchinchisi – atrofdagi odamlarni o‘ziga bo‘ysundirishda, to‘rtinchisi – boy-badavlat bo‘lib yashashda deydi. Bizning nazarimizda hayotiy maqsad kundalik turmushimizdan yuksalgandagina zavqlanib yashashimiz, um- rimizni yanada mazmunli o‘tqazishga umid qilishimiz mumkin bo‘ladi. O‘z hayotiy maqsadiga ega kishi mohir chopqirga o‘xshaydi. Chopqir yugurib bora- yotganida orqasiga o‘girildimi, tamom, u muqarrar yutqazadi. Shuning uchun ham yoshlarimizdan buyuk maqsadlar sari ildam qadam bosishlari talab etiladi. Ba’zi yoshlarda esa bunday maqsad bo‘lmaganligi yoki uni ro‘yobga chiqarishdagi irodasizligi tufayli shaxsiy hayotida ko‘pgina muammolarga duch kelayotganligini kuzatamiz. 4. Insoniyatning har bir avlodi ajdodlari to- monidan yaratilgan madaniy boyliklarni me- ros sifatida qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik jamiyat va insoniyat, uning madaniy ravnaqi shartidir. Ajdodlar merosidan xabardor bo‘lish yoki o‘z shavkatli o‘tmishini bilish yosh av- lodda nafaqat o‘z tarixi bilan faxrlanish tuyg‘usi, balki buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, ulardan o‘rnak olish mas’uliyati- ni ham shakllantiradi. Olimlar yana bir masa- lada qiziqarli tadqiqot-tahlillarini e’lon qildi- lar. Unga ko‘ra, tarixda jahon miqyosida ming nafar alloma o‘tgan bo‘lsa, besh yuz nafari Sharqda, shundan ikki yuz nafari esa bizning vatanimizda kamol topgan ekan. Bu barchamizga juda katta faxr va g‘urur bag‘ishlabgina qolmay, ajdodlarimizga muno- sib voris bo‘lish mas’uliyatini ham zimma- mizga yuklaydi. Bugungi yoshlarimiz ichida ham kelajakda buyuk insonlar chiqishiga ishonch bildirilishini muhim ijtimoiy-tarixiy zarurat deb hisoblayman. Hayot yangi avlod- ning kelishiga zamin tayyorlashi bilan ham ahamiyatli sanaladi. Chunki bu hayot sahna- siga kelgan har bir yangi avlod vakili o‘zligini anglab, yaratib yashashga va hayotni yanada
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 17 ulug‘lashga harakat qiladi. Kelajakda buyuk davlatni barpo etishday ulug‘ ishni amalga oshirish bugungi kunda shakllangan barkamol avlodning zimmasidagi ulug‘ va sharafli vazi- fa hisoblanadi. Bugungi kun yoshlarining ichi- da ham shunday ulug‘ va sharafli ishlarni amalga oshirayotganlarining borligi ham bizni nafaqat quvontiradi, balki o‘z kelajagimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi. O‘z navbatida bugungi kunda yoshlarning kuch-g‘ayrati, shijoati, zamon bilan hamnafas harakat qilish xususiyatlaridan samarali foy- dalanish mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy va intellektual taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tillaniso ESHBOYEVA yozib oldi. Mamlakatimizda sport sohasida keng qam rovli islohotlar olib borilmoqda. Jumla- dan, bolalar sportiga katta e’tibor qaratilib, qator tadbir va o‘zgarishlar amalga oshiril- moqda. Yurtimizning barcha hududlarida sport inshootlari davr talablari doirasida qu- rilib, ular zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bunday harakatlar bolalar- ning sportga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga olib keladi, albatta. Umuman, xalqning turmush tarzi, hayot faoliyatining o‘zgarishida jismoniy tarbiya va sportning roli katta bo‘lib, davlatimiz tomo- nidan joylarda olib borilayotgan sportni ri- vojlantirishga doir islohotlar xalqimizning ruhiyatiga monand tarzda bo‘lmoqda. Chun- ki joylarda xalqimizning yangi sport turiga munosabati, uni qabul qilishi aynan shu sport turining rivojlanishini belgilab beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi- gan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayon- da o‘zbek sportining kelajagi, xalqaro may- dondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning asosi bo‘lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirishning noyob tizimiga asos so- lindi. Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-ok- tabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivoj- lantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘ ri sida”gi va 2004-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Bo- lalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoli- yatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘- risida”gi Farmonlari bolalar sportini rivoj- lantirishda muhim dasturulamal bo‘layotir. Bolalar va yoshlarni sport bilan faol, muntazam shug‘ullanishga ommaviy jalb qi- lish tarbiya jarayonining yana bir uzviy qis- midir. Negaki, sport salomatlikni mustah- kamlash bilan birga, insonda fe’l-atvor, iroda, qiyinchiliklarni yengish qobiliyatini shakl- lantiradi. Mamlakatimizda maktab o‘quv- chilarining “Umid nihollari”, kollej va litsey o‘quvchilarining “Barkamol avlod” hamda talabalarning “Universiada” bellashuvlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli sport muso- baqalari tizimi tashkil qilindi. Bugun barcha o‘quv yurtlari, shu jumladan, qishloqlarda xalqaro standartlarga mos jihozlangan sport zallari, komplekslari faoliyat yuritmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2010-yil 1-aprelda qabul qilingan “Qishloq joylarida- gi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan SOG‘LOM TURMUSH – MUHIM YUMUSH
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2014 18 ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlanti- rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qizlarni, ayniqsa, qishloq joylaridagi qizlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish, bolalar sporti obyektlari uchun yuqori mala- kali, professional ayol ustoz kadrlarni tay- yorlash, ularning mehnatini moddiy rag‘bat- lantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Azaldan o‘zbek xalqi sportni sevib kelgan va sportsevarlik qoniga singib ketgan. Fikri- mizning isboti sifatida xalqimizning qadimiy va navqiron belbog‘li kurashini misol qilishi- miz mumkin. Bugun buyuk ajdodlarimiz ruhini shod etib, azal-azaldan xalqimizning milliy g‘ururiga aylanib qolgan o‘zbek bel- bog‘li kurashining jahon maydoniga chiqishi, uning tan olinishi barchamizni bag‘oyat qu- vontiradi. Prezidentimiz Islom Karimov: “Men ishonaman, dunyoga mashhur pahla- vonlarimizning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma’naviy turmush tarzining ajral- mas qismiga aylangan kurash bugundan e’tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg‘ulotiga aylanadi”, – deb
ta’kidlaydi. Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy- mafkuraviy barkamollikka erishishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Tarix- chilarning shahodat berishicha, Turon zami- nida er.av. III–I asrlardayoq ajdodlarimiz kurash, nayza otish, qilichbozlik, kamondan otish, shaxmat, uloq, poyga kabi insonni kamolga yetkazuvchi musobaqalarni omma- viy ravishda o‘tkazib kelgan. Fidoyi xalqimiz necha yuz yillar davomida har bir o‘yinni qalb qo‘ri bilan yaratdi, sayqalladi va mu- kammallashtirdi. Saralangan o‘yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab keldi. Chunki jismoniy tarbiya va sport jismoniy, axloqiy barkamollikka erishishning muhim omilidir. Sport irodani, odamning maqsadga erishishga intilishini mustahkamlaydi, qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan chidashga o‘rgatadi, odamda g‘alabaga ishonch tug‘diradi. Vatanimiz, xalqimiz shon-shuhratini ja- hon hamjamiyati oldida ulug‘laydi, yutuq- lardan faxrlanish hissini tarbiyalaydi. Shu- ning uchun ham bugungi kunda yoshlarda faol hayotiy pozitsiyani, ma’naviyatni, ezgu- lik va insonparvarlik ideallarini tarbiyalash jismoniy tarbiya va sport vositalari, shakllari va usullaridan foydalanishning ustuvor yo‘- nalishlaridan biriga aylanmog‘i kerak. Biz belbog‘li kurash ixtisosligida tahsil olayotgan talabalar orasida quyidagicha tadqiqot o‘t- kazdik.
Download 379.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling