Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Xorijda davolanish uchun quyidagi huj­


Download 379.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.09.2017
Hajmi379.06 Kb.
#15238
1   2   3   4   5

Xorijda davolanish uchun quyidagi huj­

jatlar kerak bo‘ladi:

1. Ariza. 

2. Bemorning asosiy kasalligiga tegishli tib-

biy hujjatlar (ambulator kartadan va kasallik 



tarixidan ko‘chirma hamda zarur bo‘lganda 

rentgen tasviri)

3. Hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmasi 

tomonidan bemorning respublikadan tashqa-

rida davolanishga muhtojligi to‘g‘risida beril-

gan xat.

4. Bemorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi gu-

vohnomasi hamda ota-onasining pasport 

nusxalari.

5. Bemor kasalligining turiga qarab, qo‘-

shim cha qon hamda peshob tahlillari so‘rali-

shi mumkin. 

Yuqoridagi uch tomonlama hamkorlik shart-

nomasi doirasida 1 yoshdan 12 yoshga 

cha 


bo‘lgan va Respublikamiz hududida operatsi-

ya qilishga imkon bo‘lmagan, shuningdek, 

uzoq muddatli bir nechta operatsiyaga muhtoj 

bo‘lgan bemor bolalar xorijga davolanish 

uchun yuboriladi.

Har yili (mart-aprel oylarida) Germaniya-

ning “Friedenzdorf Interneyshnl” xalqaro tash-

kilotining mutaxassislari Respublikamizning 

barcha viloyatlarida sog‘liqni saqlash bosh-

qarmalari, fondning hududiy filiallari bilan 

hamkorlikda bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan 

o‘tkazishadi. Tibbiy ko‘rik natijasida xorijda 

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor bolalar-

ning kasallik varaqalari xorijlik mutaxassislar 

tomonidan tanlab olinadi. Mazkur kasallik 

varaqalari Germaniya klinikalarida muhoka-

ma qilingach, ularni davolash imkoniyati 

o‘rganilib, yakuniy xulosaga kelinadi va shun-

dan so‘ng bemor bolalar Germaniya klinikala-


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

8

Fond faoliyatidan

riga davolanishga taklif etiladi. Bemorlar 6 

oydan 3 yil muddatga qadar ota-onalarsiz da-

volanishga yuboriladi. Davolanishga yubori-

ladigan bemor bolalar quyidagilar: rivojlani-

shida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan, operatsiyaga 

muhtoj bo‘lgan (siydik yo‘llarining tug‘ma 

nuqsoni, oshqozon ichak tizimi, yuqori nafas 

yo‘llari hamda yuz-jag‘ sohasining tug‘ma 

nuqsoni, kuyishdan keyingi tananing chan-

diqli kontrakturalari, osteomielit asorati) 12 

yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar davolanish 

uchun tanlab olinadi.

Nevrologik xastaliklar, jumladan bolalar 

serebral falajligi, gematologik, onkologik, ko‘z 

va somatik kasalliklar, bosh miya va umurtqa 

pog‘onasi kasalliklari, son suyagining tug‘ma 

chiqishi, tug‘ma yurak nuqsonlari hamda or-

gan transplantatsiyasiga muhtoj bo‘lgan be-

mor bolalar yuborilmaydi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya 

fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saq-

lash vazirligi, Janubiy Koreyaning JCI tash-

kiloti, Pundan Cha universiteti klinikalari 

o‘rtasida imzolangan 4 tomonlama shartnoma 

doirasida tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan be-

mor bolalar Janubiy Koreya klinikalarida sog‘-

lomlashtirilmoqda. 

Har yili O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 

ishlar vazirligi ko‘magida Janubiy Koreyaning 

JCI tashkiloti tomonidan koreyalik mutaxas-

sislar Respublikamizga tashrif buyurishib, 

tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar-

ni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi. Ko‘rik natija-

sida 5–6 nafar operatsiyaga muhtoj bolalar 

tanlanib, Janubiy Koreya klinikalarida xayriya 

yo‘li bilan operatsiya qilinmoqda.

Fond tomonidan Germaniya 

klinikalariga davolanishga yubo-

riladigan bemor bolalarning bar-

cha sarf-xarajatlari Germaniyaning 

“Friedenzdorf Interneyshnl” xal-

qaro tashkiloti tomonidan qop-

lanadi. Yuboriladigan bemor 

bolalarni ota-onalari kuzatib 

borishga ruxsat etilmaydi. Ular 

bilan fond shifokorlari bori-

shadi. 


Janubiy Koreya klinikalarida 

davolanishga yuboriladigan be-

mor bolalarning sarf-xarajatlari 

(yo‘l chiptasi hamda operatsiya xarajatlari) 

Janubiy Koreyaning JCI tashkiloti tomonidan 

qoplanadi. Agar bemor bolani ota yoki onasi 

kuzatib bormoqchi bo‘lsa, ular o‘z hisobidan 

yo‘l chiptasini olishlari lozim bo‘ladi. 

Xorijga davolanishga yuborilayotgan be-

mor bolalar asosan kam ta’minlangan oila 

farzandlari hisoblanadi. “Sog‘lom bola yili” da 

“Sog‘lom avlod uchun” fondi, O‘zbekiston 

Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va 

Turkiyaning TIKA tashkiloti ko‘magi bilan jo-

riy yilning 10–18-oktabr kunlari Farg‘ona vilo-

yat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari-

dan lab-tanglay hamda kuyishdan keyingi ta-

naning chandiqli kontrakturalari bo‘lgan 105 

nafar bola Turkiya hamda respublikamiz 

plastik jarrohlari hamkorligida operatsiya qili-

nib sog‘lomlashtirildi. Shulardan 6 nafari 

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilaridir. 

Shuningdek, joriy yilning 13–19-noyabr 

kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayri-

ya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 

saqlash vazirligi hamda Singapurning “Ope-

reyshn smayl” tashkiloti hamkorligida Tosh-

kent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida 

lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni 

Singapur, Malayziya, Yaponiya va boshqa 

davlatlardan kelgan xorijiy jarrohlar hamkor-

ligida operatsiyalar amalga oshirildi.

Svetlana INAMOVA, 

“Sog‘lom avlod uchun” fondi

Boshqaruvi raisi. 


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

9

Bugungi murakkab globallashuv davrida 

yoshlarimiz ongini turli zararli g‘oyalar ta’siri-

dan himoya qilish, ularda daxldorlik tuyg‘usi-

ni shakllantirish, Vatanga muhabbat ruhida 

kamol toptirish dolzarb vazifalardan biridir.

Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat 

taraqqiyoti o‘sib kelayotgan avlod ta’lim dara-

jasining, huquqiy savodxonligining yuqorili-

giga bog‘liq. Yoshlar huquqiy faolligini oshi-

rish fuqarolik jamiyatining eng muhim talabi 

sanaladi.

Prezidentimiz rahnamoligida jamiyatda 

yuksak ma’naviyatli yoshlarni kamol topti-

rish, o‘sib kelayotgan avlodni milliy an’anala-

rimiz, urf-odatlarimiz, umuminsoniy qadri-

yatlarga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash, 

ularni milliy ma’naviyatimizga yot zararli 

g‘oyalar ta’siridan himoyalash va yoshlarda 

huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada 

yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib 

borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 

Karimov 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis 

Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majli-

sidagi “Mamlakatimizda demokratik islohot-

larni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik ja-

miyatini rivojlantirish konsepsiyasi” dasturiy 

ma’ruzasida: “Jamiyatning demokratiya yo‘-

lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga 

oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, 

ko‘p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va 

huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. 

Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik ja-

miyat poydevori va huquqiy tizimning yetuk-

lik ko‘rsatkichidir. Shu munosabat bilan, bu-

gungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan 

holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va 

ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tar g‘i-

botini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan 

maq sadli keng ko‘lamli chora-tadbirlar dastu-

rini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning 

amalga oshirilishi aholining inson huquq va 

erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosa-

batda bo‘lishini, fuqarolarda qonunga itoat-

korlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’min-

laydi”, – deb qayd etib o‘tgan edi.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllanti-

rish muammolari yoshlarda huquqiy madani-

yatni yuksaltirishga katta e’tibor berish kerak-

ligini ko‘rsatmoqda. Chunki bugungi kunda 

mamlakatimiz aholisining 40 foizini 18 yosh-

gacha, 64 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 

tashkil etadi. Huquqiy ta’limni takomillashti-

rish maqsadida ilk bor huquqiy ta’limning 

davlat ta’lim standartlari yaratildi. Talaba 

yoshlarda huquqiy tarbiyani yanada yuksalti-

rish maqsadida ta’lim muassasalarida uzluk-

siz huquqiy ta’lim aniq bir maqsadlarga qara-

tilgan yoshga doir alohida-alohida bosqichlar-

ga ajratildi. Jumladan, birinchi bosqich – oila-

dagi huquqiy ta’lim-tarbiya. 

Ikkinchi bosqichda – maktabgacha ta’lim 

muassasalarida ilk huquqiy ta’lim-tarbiya be-

rila boshlanadi. Ayniqsa, bugungi globalla-

shuv jarayonida talaba yoshlarning huquqiy 

madaniyatini yanada yuksaltirishda oliy o‘quv 

yurtidagi huquqiy ta’lim va tarbiyaning o‘rni 

juda muhim. Jumladan, hayotimizning asosiy 

Qonuni bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va aha-

miyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o‘r-

ga nish, yoshlar ongi va qalbiga singdirish maq-

sadida 2001-yil 4-yanvarda O‘zbekiston Res-

publikasi Prezidentining “O‘zbekiston Res-

publikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil 

etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 

o‘rganish” o‘quv kursining asosiy maqsadi – 

Konstitutsiya va qonunlar bo‘yicha chuqur 

nazariy va amaliy bilimlar berish, Konstitutsi-

yaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, 

uning mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga 

singdirish, qonunlarga hurmat uyg‘otish ham-

da huquqiy davlatni bunyod etishda faol ishti-

rok etadigan komil insonni tarbiyalashga qa-

ratilgan. 

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘t-

ga nidek “… o‘z haq-huquqlarini taniydigan, 

HUQUQIY MADANIYATNI 

SHAKLLANTIRISH OMILLARI 

Shaxs kamoloti


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

10

Shaxs kamoloti

o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, at-

rofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga 

mustaqil munosabat bilan yondashadigan, 

ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamla-

kat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda 

ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol in-

sonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida 

biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”.

Har bir xalqning urf-odati, qadriyatlari 

mavjudki, ular xalqning ma’naviy omili bo‘lib 

xizmat qiladi. Jumladan, o‘zining boy tarixiga 

ega bo‘lgan xalqimizning ham o‘ziga xos urf-

odati, qadriyatlari milliy mentalitet doirasida 

shakllangan bo‘lib, asrlar davomida ma’naviy 

qadriyat sifatida avloddan-avlodga o‘tib kela-

di. Buni biz oilada mavjud bo‘lgan tarbiyaviy 

ko‘rinishlarda kuzatishimiz mumkin. Bu xu-

susda Yurtboshimiz shunday degan edi: “… Ke-

lajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya 

masalasiga e’tibor berilmasa, kelajak boy be-

riladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. 

Ma’naviy va axloqiy poklanish iymon, insof, 

diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi 

chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan kel-

maydi. Hammasining zamirida tarbiya yota-

di”. Bugungi yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar-

dan himoyalash ana shu tarbiyaning markaziy 

muammosiga aylanadi. Bu borada ota-bobo-

larimizdan bizga tarbiyaviy meros bo‘lib kel-

gan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning o‘r-

nini alohida ta’kidlash zarurdir.

Jamiyatimizda saqlanib 

qolgan urf-odatlar, an’-

analar tarixi uzoq o‘t-

mishga borib taqaladi. 

Bu esa yoshlarimizni 

milliy an’analarimiz va 

milliy qadriyatlarimiz-

ga sodiqlik va daxldor-

lik ruhida tarbiyalash-

ga yordam beradi. 

Bunday tarbiya jami-

yatdagi mavjud 

axlo qiy  qoida-

larni yoshlar 

ongiga singdi-

rib boradi. Jami-

yatdagi  ax loqiy  qo-

idalarni buzmasdan turib 

huquqiy normalarni buzib 

bo‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarimizga 

huquqiy ta’lim bilan bir qatorda milliy qadri-

yatlarimizni, urf-odatlar, an’ analarimizni ham 

singdirib borishimiz lozim.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini davr 

talablariga mos ravishda yuksaltirmay, fuqa-

rolik jamiyatining mustahkam poydevorini 

yaratish qiyin. O‘z huquqini yaxshi bilgan, 

qonunlardan xabardor, demokratiya sharoiti-

da qonunlarga muvofiq yashashga o‘rgangan 

yoshlargina fuqarolik jamiyatini barpo etib, 

uni ezgu tilakdan real hayotiy haqiqatga ay-

lantirishlari mumkin. Bugungi kunda yoshlar-

ning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniya-

ti qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy munosa-

batlarda shuncha qonun-qoidalardan, huquq 

normalaridan foydalanishi oson bo‘ladi.

 Agar yoshlarda huquqiy ong bilan huquqiy 

madaniyat bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, 

huquqbuzarlik, qonunga rioya qilmaslik yoki 

boshqa nojo‘ya harakat amalga oshmaydi. 

Huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning 

tarkibiy qismi sifatida talaba-yoshlarning mam-

lakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini shakl-

lantirish uchun hamjihatlikda faoliyat yuri-

tishlarini ta’minlashi lozim bo‘ladi. 

Talaba-yoshlarda huquqiy madaniyatni 

yanada yuksaltirish uchun huquqiy ta’lim va 

tarbiya ishlarini olib borar ekanmiz, eng avva-

lo, talaba-yoshlarning huquqiy bilimi, 

ularning yoshi, qaysi muhitda o‘sgani, 

qanday ijtimoiy maqsadlar bilan ya-

shayotgani kabi subyektiv jihatlarga 

alohida e’tibor berishimiz lozim 

bo‘ladi. Ushbu ijtimoiy va indivi-

dual ruhiy-ma’naviy ji-

hatlarni hisobga olmas-

lik, huquqiy tarbiya ja-

rayonini, huquqiy ma-

daniyatni shakllanti-

rishga qaratilgan tad-

birlar samaradorli-

giga o‘z ta’sirini 

ko‘rsatadi.

G‘ulomjon  

PIRNAZAROV, 

Toshkent to‘qi-

machilik va yengil 

sanoat instituti  

o‘qituvchisi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

11

Onalar maktabi

Bola tarbiyasi ta’limdan, unga tabiat, jami-

yat, umuman olganda olam haqida bilim be-

rishdan, keyinchalik esa mana shu ilmlar 

asosida uning shaxsini hayotga yo‘naltirish-

dan, shu yo‘nalishda tarbiyalashdan boshla-

nadi. 

Ammo biz kattalar chaqaloqning tarbiyaviy 



imkoniyatlari haqida kam ma’lumotga ega 

ekanligimizni hamisha ham anglayvermay-

miz. Bu bolaning chaqaloqlik paytida tashqi 

tovushlarga eshitish a’zolari moslashmaganli-

gini bilmasligimizda ham ko‘rinadi. Bilsak 

ham, ba’zan bu qoidalarga amal qilmaymiz. 

Bolaning oldida qattiq gapirmaslik lozim. 

Uning atrofida havo mo‘tadil bo‘lishi, ko‘zla-

riga o‘ta yorqin nurlar tushmasligi va shunga 

o‘xshash minglab kattalar inobatga olishi za-

rur holatlar borki, bu talablar bajarilmaganda 

chaqaloqning yig‘lashi tabiiy hol ekanligini 

tushunish kerak. Psixologlar tili bilan aytgan-

da, bola yon-atrof bilan faqat yig‘i va sezgi 

organlari orqali muloqotga kirishishini unut-

mang. 


Bola tarbiyasida eng katta xatolarimizdan 

biri shundan iboratki, biz bolani hali hech 

narsa bilmaydi deb qabul qilamiz. Vaholang-

ki, bola hatto ona rahmidayoq, tashqi dunyo 

bilan aloqadorlikda undan ta’sir olib o‘zgarib 

borishi allaqachon tasdiqlangan. Shunday 

ekan, bola tug‘ilgandan keyin oiladagi har bir 

tovush, har bir so‘z uning ongiga singib bori-

shini unutmaslik lozim. Dunyo olimlari al-

laqachon chaqaloqning oiladagi tovushlar 

chastotalarini ham o‘ziga singdirib borishini 

isbotlashgan. Uning oldida o‘zimizni qanday 

tutsak, bir-birimiz bilan qanday muloqotda 

bo‘lsak, u keyinchalik bizdan o‘rgangan bi-

limlarini shunday namoyish qiladi.

Biz – tarbiyachilar ota-onalarga tarbiyaning 

turli sirlari bilan bir vaqtning o‘zida eng oddiy 

talablardan biri bo‘lgan – bola oldida so‘zlarni 

buzib gapirmaslik lozimligini takrorlashdan 

tolmaymiz, ya’ni yosh bolaning oldida biror 

so‘z ham buzib aytilmasligi lozim.

Bu davrda tarbiyaning salbiy ta’sirlaridan  

yana biri bolaning tartibsiz ovqatlanishidir. 

Tug‘ilgandan to bir yoshgacha bolani ovqat-

lantirish tizimi jiddiy o‘zgarib boradi, bir oylik 

va uch oylik chaqaloqning ovqatlanish tartibi 

bir yoshdagi bolani ovqatlantirish tartibiga si-

ra ham to‘g‘ri kelmaydi. Aynan mana shu 

davrda bola ovqatlanish tartibiga o‘rgatiladi. 

Tartibsiz ovqatlangan bola keyin chalik ham 

tartibsiz ovqatlanishga va bu tartib siz ovqatla-

nish orqasidan umuman, boshqa tartibsizlik-

larga ham moyil bo‘ladi.

Fe’l-atvori shakllanib kelayotgan bolaga 

bizning har bir ta’sirimiz uning hayotiy tajri-

basi sifatida juda katta ahamiyatga ega ekanli-

gini ko‘pincha e’tibordan qochiramiz. Keyin-

chalik bola gapirishni boshlagandan so‘ng biz 

unga “buni ol, buni olma”, deb gapirishimiz 

mumkin. Ammo hali gapirishni bilmagan bola 

oldida qilmasligimiz lozim bo‘lgan harakatlar, 

tovushlardan o‘zimizni tiyishimiz lozimligini 

ko‘pchiligimiz bilmaymiz, bilganlarimizni unu-

tamiz. 


Vaholanki, bolaga biz uning issiq kiyinishi, 

qattiq tovushlarga e’tiborsizligi, tartibsiz ov-

qatlanishlarni o‘rgatsak va boshqa shunga 

o‘x shash minglab ko‘nikmalarni uning ruhiga 

joylashtirib ulgursak, keyinchalik bizning bi-

ror aytgan yoki buyurgan ishlarimizga u e’ti-

roz bildirsa, “buni qayerdan o‘rgandi”, deb 

o‘zimiz hayron bo‘lamiz. 

Chaqaloq va uning tarbiyasi bilan bog‘liq 

yana bir holat borki, buni ham chetlab o‘tib 

bo‘lmaydi. Bu ham bo‘lsa bola yig‘isi. Odatda, 

bu masalaga fiziologlar ko‘proq to‘xtaladi. 

Masalaning psixologik tomoni shundaki, bola 

yig‘isini onalarning ko‘pchiligi asabiy holda 

qabul qilishadi. Umuman olganda bola yig‘-

lashi kerak, uning bu paytdagi yig‘isi siz 

uchun bolaning kattalar bilan muloqoti sifati-

da qabul qilinsa, masala mohiyati tezroq oy-

dinlashadi. Bu degan so‘z bola tinmay va ko‘p 

yig‘lasin degani emas. 

Bolaning beozor yig‘isi va uning biror joyi 

ONALARNING YOQIMLI SIMFONIYASI

 

YOXUD BETAKROR SINOV



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

12

og‘riyotgandagi yig‘isi bir-biridan juda katta 

farq qiladi va buni har bir ona yaxshi biladi. 

Demak, mana shu beozor yig‘ini onalar to‘g‘ri 

qabul qilishlari zarur. Tarbiyaviy jihatdan ol-

ganda bolaning mana shu beozor yig‘isiga 

monand muomalada bo‘lish va bu yig‘ini tu-

shunish, unga tezda javob topib bolani tinch-

lantirish aslida onalik san’atigina bo‘lib qol-

may, sizning bolangiz bilan muloqotingiz 

madaniyati sifatida qabul qilinadi. Siz bolan-

gizning chaqaloqlik paytidagi beozor yig‘isini 

o‘zingiz uchun eng yoqimli simfoniya sifatida 

qabul qilishga o‘rganing. 

Emizikli davr bola va ona uchun alohida 

bir sinov davri hisoblanadi. Mana shu davrda 

bola avval o‘tirishni, keyinchalik turishni va 

nihoyat yurishni o‘r ganadi. Bu paytda katta-

larning bola bilan qanday gaplashishi, unga 

qanday muomalada bo‘lishi va nimalarni o‘r-

gatishi ko‘plab kitoblarda keltirilishiga qara-

masdan, bu davrning nihoyatda muhimligini 

ko‘pchilik kattalar unutishadi. Bola o‘zi uchun 

oiladagilarning tovush templarini, oilaviy va 

mahalliy shevalarigacha aynan mana shu 

davrda o‘ziga singdirishini unutmaslik kerak. 

Ma’lumki, 1–1,5 oylik bola tovushlarga re-

aksiya bildiradi, yorqin, rangdor narsalarni 

ko‘zi bilan kuzata boshlaydi. Demak, ona bu 

holatdan foydalangan holda unga yaxshi mu-

omalada bo‘lish bilan bir paytning o‘zida bo-

laga rangdor narsalarni ko‘rsata boshlashi, 

ranglarni almashtirib, uning ko‘zlarida hara-

katni kuzatishi lozim. Bu bilan bolaga nafaqat 

ranglarni, qolaversa uni harakatga o‘rgatayot-

ganingizni unutmang. 6–8–oylardan boshlab 

bolangiz o‘tirishni, kulishni, ba’zi tovushlarga 

o‘z munosabatini bildirishni boshlar ekan, al-

batta, bu paytga kelib u alohida bo‘g‘inli to-

vushlarni takrorlay boshlaydi. Mana shu 

paytdan boshlab sizning bolangiz alohida 

so‘zlarni aytishga kirishganini unutmasligin-

giz kerak. Ilgari uning oldida ba’zi so‘zlarni 

buzib aytgan bo‘lsangiz ham, endi biron 

so‘zni uning yonida buzib aytmaslikka hara-

kat qilishingiz kerak. Siz uchun bolangizga 

so‘z, til, gaplashish va umuman muloqot ma-

daniyatini singdirish payti boshlangani uning 

siz aytgan ba’zi so‘z yoki bo‘g‘inlarni takror-

lashida ham ko‘rinadi. 

Axir, yana salgina vaqtda tishi chiqishi, 

bolangizning bir yoshga yaqinlashishi bilan 

uning bevosita muloqotga kirishganiga, “da-

da”, “oyi”, “ona”, “ota” degan so‘zlarni ayta 

boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Bu payt onalik-

ning eng go‘zal paytigina bo‘lmasdan bolalik-

ning ham eng go‘zal, ota-ona uchun tarbiyaviy 

jihatdan olganda bolaga xohlagan narsani 

singdirish va bola uchun esa dunyodagi so‘z 

va boshqa boyliklarni murg‘ak jismiga to‘plash 

davri hisoblanadi. Ota-ona birinchi tarbiyachi 

sifatida buni unutishga haqlari yo‘q. 

M. YO‘LDOSHEV,

psixologiya fanlari nomzodi.



Onalar maktabi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

13

Ham jismonan, ham ma’nan yetuk farzand-

lar yurt kelajagidir. Ularning har tomonlama 

barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun olib 

borilayotgan ustuvor yo‘nalishlar samarasi 

mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mu-

him o‘rin tutmoqda. Xususan, bolalar va 

o‘smirlar orasida endokrin kasalliklarning ol-

dini olish, ularning asoratlari bilan kurashish 

va sog‘lom turmush tarzini hayotga tatbiq 

etish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan 

endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot marka-

zida samarali ishlar olib borilyapti. Jumladan, 

markazning bolalar endokrinologiyasi bo‘li-

mida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar 

shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga oli-

nib, ularga faol hayot kechirishlari uchun 

 

nazariy va amaliy yordam ko‘rsatib kelin-



moqda. Bolalar va o‘smirlarda qandli diabet 

kasalligi va uning oqibatlari, davolash usullari 

xususida markazning bolalar bo‘limi mudiri 


Download 379.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling