Har bir qul va hur uchun, xoh u kichik yoshda bo‘lsin, xoh katta bo‘lsin, yarim so’ bug‘doy yo bir so’ xurmo yo arpa berib fitr sadaqasini ado qilinglar.
Bu qullarga Mudabbar va Ummi Valad ham kiradi. Imom A’zam (r.a) va Abu Yusuf (r.a) nazdlarida agar ularning o‘z mulki bo‘lsa, xo‘jayin shu mulkidan beradi deyishadi. Bunga Imom Muhammad (r.a) xilof qilgan. Er o‘z xotini uchun, voyaga yetgan farzandlari uchun agarchi bular uning qaramog‘ida bo‘lsalar ham. Agar bular iltimos qilmasalar, ham ota ular uchun ham fitr sadaqasi bersa bu joiz. Yana valiy o‘z mukotabi uchun ham fitr sadaqasi bermaydi.
Chunki unga u ega yemas. Mukotab qul o‘zi uchun ham fitr sadaqasi bermaydi. Chunki uning o‘zi faqirdir. Yana xo‘jayin savdo niyati uchun saqlayotgan qullari uchun ham fitr sadaqasi bermaydi. Chunki xoja bunday qul uchun zakot beradi, agar fitr sadaqasi ham bersa, 2 marta zakot bergan bo‘lib qoladi. Bu Imom Shofiiy(r.a)ga xilofdir. Sheriklik qulga 2 sherik ham fitr sadaqasi bermaydi. Chunki ikkovida ham to‘la egalik huquqi yo‘q. U qul bitta bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham farqi yo‘q.
Imomlar aytishadiki har bir xoja o‘ziga tegishli qulga beradi va o‘rtadagi bo‘linmaydiganga berilmaydi deganlar. Lekin bir rivoyatga ko‘ra uchchala imom ham bermaslikka ittifoq bo‘lgan, deyiladi. Xoja kofir quli uchun ham fitr sadaqa beradi. Bunga yuqoridagi "qul" lafzini umumiyligi va Ibni Abbos (r.a) rivoyat qilgan ushbu hadisga ko‘ra:
“Har bir hur uchun va har bir yahudiy, nasroniy yo majusiy qul uchun fitr sadaqasi beringlar” deganlar.
Xoja qochib ketgan quli uchun fitr sadaqasini bermaydi: Magar u iyd kuni iyd namozigacha qaytib kelsa, uning uchun xoja beradi.
Endi fitr sadaqasi miqdori haqida so‘z yuritamiz:
Rasululloh (s.a.v) fitr zakotini xurmodan bir so’ arpadan bir so’ miqdorida farz qildilar. Uni odamlar namozga chiqishidan oldin ado etishga amr qildilar. Bir so’qancha? Aslida so’ bir idish bo‘lib g‘alla va shunga o‘xshagan narsalar o‘sha idish bilan o‘lchangan. Keyin og‘irlik o‘lchovlari chiqqanida unga solishtirilgan. Abu Hanifa (r.a) va Iroq faqihlari nazdida bir so’ = 3,800 gr ga tengdir.
Rasululloh (s.a.v) “Vazn ahli – Makkaning vazni, (idish) o‘lchov – ahli Madinaning o‘lchovi” – dedilar. 4 – mudd – 1 so’: Fitr sadaqasi berish iydi fitr kuni tong otishi bilan vojib bo‘ladi, dedilar Hanafiy mazhabi ulamolari. Imom Shofiiy (r.a) esa "Iyd kuni kun botishi bilan vojib bo‘ladi" deydilar. Iyd kechasi islomga kirgan yo tug‘ilgan bolaga fitr sadaqasi vojib emas deydilar bu zot.
Ammo Ramazonning avvalidan beraversa bo‘ladi. Maboda iyd namozigacha bera olmasa, namozdan keyin beradi, savobi uncha bo‘lmaydi, ammo berish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |