Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Abdulla Qodiriy 
 
Bo‘yoqsiz leksika. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi leksemaning 
ko‘pchiligi so‘zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‘yoqdan 
xoli bo‘ladi. Bunday birlik – bo‘yoqsiz leksema. Masalan, bor, yo‘q, 
katta, mazali, daryo, urmoq, chiroyli, tez, husn kabi leksemalar borliq 
hodisalarini boricha aks ettiradi va unga so‘zlovchining munosabatini 
ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, bo‘yoqsiz leksemaning kishi 
hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semalari nol darajada bo‘ladi. 
Biroq bu leksemaning bo‘yoqsizligi nisbiy, ya’ni faqat lisonda. 
Nutqda har qanday bo‘yoqsiz leksema ham bo‘yoq kasb etishi 
mumkin. Masalan, katta leksemasining lisoniy mohiyati – sememasi 
bo‘yoqsiz. Biroq u nutqda boshqa nolug‘aviy tajallilar bilan qorishib, 
bo‘yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi gapida fonetik tajalli ta’sirida 
katta leksemasi bo‘yoqdor nutqiy birlikka aylangan.
188


Bo‘yoqdor 
leksika. 
Bunday 
leksemaning 
kishi 
hissiy 
munosabatini ifodalovchi ifoda semasi bo‘rtib turadi: ulkan, badnafs
qiltiriqoniytashriforazyovqurmahliqobadbashara va h. 
Bo‘yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi 
mumkin. Shunga ko‘ra bo‘yoqdor leksemalar ijobiy bo‘yoqdor 
leksema va salbiy bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi. 
Ijobiy bo‘yoqdor leksema so‘zlovchining borliq hodisasiga ijobiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari 
ijobiy bo‘ladi. Misollar: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis 
va mehribon chehrang bo‘lar namoyon (G‘.G‘ul.). 2. U hamisha 
kulib, jilmayib turadigan mehribon chehrani ko‘rmadi (M.Ism.). 3. 
Orazin yopqoch, ko‘zimdan sochilur har lahza yosh (Nav.)
Salbiy bo‘yoqdor leksema borliq hodisasiga so‘zlovchining salbiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni 
ifodalovchi sema bo‘rtib turadi. Misollar: 1. So‘ngra yakkam-dukkam 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling