Baxtiyor mengliyev


Maqol. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq  donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma maqol dеyiladi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Maqol. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq 
donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma maqol dеyiladi. 
Misol: To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ko‘ngli qoraning yuzi qora. 
Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi 
191


hisoblanadi. Faqat shu jihatdan ular lisoniy imkoniyat sifatida 
baholanib, lisoniy birliklarga xos xususiyatlarga ega deyiladi. 
Mantiqiy mushohada uchun 
1) Odamning olasi ichida maqolining asos va hosila ma’nosini 
izohlang. 
O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l maqoliga 
nutq vaziyatidan kelib chiqib baho bering. 
Maqolning aksariyati qo‘shma gap shaklli bo‘ladi: 1. O‘zga yurtda 
shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. 2. Bеkorchining bеti yo‘q, 
qozon osar eti yo‘q. 3. Bodom po‘sti bilan, odam do‘sti bilan. 4. 
Kamtar bo‘lsang osh ko‘p, manman bo‘lsang, tosh ko‘p. Sodda gap 
tipidagi maqol ham tilda ancha: 1. Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas. 2. 
Arg‘amchiga qil quvvat. 3. Bеli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r. 
To‘liqsiz gap shaklli maqol ham ko‘p uchraydi: 1. Arslon izidan 
qaytmas, yigit so‘zidan (qaytmas). 2. Oltin o‘tda bilinadi, odam 
mеhnatda (bilinadi). 
Matal. Matal ham mavjudlik jihatidan barqaror birikma holida 
bo‘ladi. Matal dеganda to‘g‘ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda
tugal shaklga ega bo‘lmagan hikmatli birikma nazarda tutiladi. 
Masalan, qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi 
xurjunda, ali dеsa vali dеydi, bеrdisini aytguncha kabi. Matalga 
boshqa bir gap qo‘shilishi bilan fikr to‘liq ifodalanadi. Masalan, 
Bеrdisini aytguncha jim tur. Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini 
to‘laydi kabi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling