Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Tasviriy ifoda. Tasviriy ifoda – prеdmеt, voqеa va hodisani o‘z 
nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali 
ifodalovchi barqaror birikma: oq oltin – paxta, oq oltin ijodkori – 
paxtakor, kumush tola – pilla, zangori kеma kapitani – mеxanizator va 
h. 
Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko‘tarinkilik, 
obrazlilik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kеlib chiqib, 
lug‘at tarkibini boyitadi.
Leksema ma’nosining kеngayishi va ko‘chgan holda qo‘llanishi 
tilning, ayniqsa, lug‘at tarkibining boyligini oshiruvchi omildan 
biridir. Leksemani ko‘chma ma’noda qo‘llash – lug‘at boyligini 
bоyituvchi, uslub ravonligi, ifoda mazmundorligini ta’minlovchi, 
obrazlilik yaratishga xizmat qiluvchi muhim vosita. 
Tasviriy ifoda ko‘proq ot va sifat turkumiga mansub bo‘ladi. 
Ba’zan ikki prеdmеtga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – 
matеmatika, shaxmat) yoki bitta prеdmеtga ikkita tasviriy ifoda 
qo‘llanishi (zangori ekran, oynai jahon – tеlеvizor) mumkin. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Demagogiya 
Demagog atamasi (gr. demagogos) so‘zma-so‘z tarjima qilinganda 
“xalq yo‘lboshchisi”, “xalq yetakchisi” degan ma’nolarni anglatadi. 
So‘z Afina demokratiyasi zamonlarida paydo bo‘lgan. Bu davrda 
siyosat oshkora yuritilar – siyosiy masalalar xalq majlislarida 
ommaviy muhokama qilinar edi. Shuning uchun Afinada siyosatchi 
195


(demagog)lar notiqlik san’atini puxta egallagan, ommaviy yig‘inlarda 
qizg‘in nutq so‘zlaydigan kishilar bo‘lishar edi. Afinada og‘ir sharoit, 
siyosiy inqiroz hukm surgan paytlarda demagoglar o‘zlarining so‘z 
qo‘llash mahoratlarini ishga solib, jazavaga tushgan olomonni, garchi 
bu davlat manfaatlariga butkul zid bo‘lsa ham, o‘z fikrlariga 
ishontirib, orqalaridan ergashtirishar edi. Omma demagoglarning 
qutqusiga uchib, hatto mamlakatni inqiroz holatidan chiqarishga qodir 
buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Protagor, Suqrot, kichik Perikl kabi 
daholarini ham qatl qilishgan edi. Bunday voqealardan keyin odamlar 
o‘z manfaatlari yo‘lida hatto davlatga ziyon yetkazishdan ham 
toymaydigan notiqlarni demagoglar deb atay boshlashdi. Shu tariqa 
demagogiya atamasi “tuturuqsiz siyosatdon”, “shuhratparast” degan 
ma’nolarga ega bo‘lib qoldi.
Demagogiya – vaziyat va sharoit nuqtayi nazaridan o‘rinsiz 
bo‘lsa-da, 
xuddi 
to‘g‘ridek 
tuyuladigan 
fikrlarni 
ko‘tarinki, 
balandparvoz, obrazli ifodalarni qo‘llash bilan bayon etishdir. 
Demagogiya bugungi kunda masalaning oqilona yechimi yo‘lidan 
bormay, tinglovchilarning hissiyotlarini junbushga keltirish (ko‘proq 
qo‘rquv va nafrat uyg‘otish) mazmunida tushuniladi. Demagogiya – 
noo‘rin, balandparvoz va havoyi notiqlik. U ommaning sog‘lom 
fikrini chalg‘itishning eng eski va keng tarqalgan usuli

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling