Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala
Download 410.4 Kb.
|
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)
Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING Bayonnomasi №13 2022-yil 9-dekabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov Maktab xodimlari: 47 nafar xodim Kun tartibidagi masala: “Ommaviy madaniyatning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida Axborotchi : MMIBDO’ O.Ungalov Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO’ O.Ungalov so’zga chiqib “ Ommaviy madaniyatning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida gapirdi: XXI asrning katta muammolaridan biri «mafkuraviy taʼzyiq»dir. Uning yoshlarga yetkazayotgan taʼsirlari koʼpgina davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʼtmadi. Fan va texnika taraqqiy etgan ushbu asrda, ayniqsa, axborot texnologiyalari aql bovar qilmaydigan darajada rivojlanib bormoqda. Shuning bilan birga “Ommaviy madaniyat” zararlari ham kirib kela boshladi. Аvvalo madaniyat soʼzi haqidagi allomalar fikrini koʼzdan kechirsak. Qori Niyoziy ushbu soʼzning keng qamrovli tushuncha ekani haqida shunday deydi: “Madaniyat tarixi gʼoyat darajada murakkab boʼlib, uning hamma tomonlarini oʼz ichiga olgan kitob hech qaysi bir tilda yoʼq va boʼlishi ham mumkin emas”. Ishoqxon Ibrat esa madaniyatni oziqlantirib turuvchi omil yaxshi axloq ekanini taʼkidlaydi: Madaniyat jahondan osoyish, Xulq husni anga oroyish. Madaniyat xaloyiqqa rohat, Koʼrmagay gʼamni hech soat. Eʼtibor bersak, bu tushunchaning negizi ezgulikdan iboratdir. Biroq, bugun tilimizda qoʼllanayotgan “ommaviy madaniyat” iborasi bu mazmunni inkor etayotgani rost. Yoshlar ongidagi gʼoyaviy boʼshliqdan foydalanib, chetdan kirib kelayotgan, biz uchun yot boʼlgan, maʼnaviy va axloqiy tuban illatlarni oʼz ichiga olgan bu “madaniyatlar” koʼplab falokatlarning ibtidosidir.“Ommaviy madaniyat” degan ibora ostida biz tasavvurimizga ham sigʼdirolmaydigan koʼplab axloqiy buzuqlik gʼoyalari mavjud. Xususan, zoʼravonlik, individualizm, egotsentrizm gʼoyalarini tarqatish, ana shu axloqsizlik orqasidan boylik orttirish, boshqa xalklarning qadim anʼana va qadriyatlari, turmush tarzining maʼnaviy negizlariga bepisandlik, ularni qoʼporishga qaratilgan xatarli tahdidlar ana shular jumlasidandir. Аyniqsa, ayni paytda keng tarqalgan axloqsizlikni “madaniyat” deb atalishi, yoyinki, ming yillik maʼnaviy qadriyat va anʼanalarni bepisandlik bilan “eskilik sarqiti” deyilishi yoshlarning tarbiyasiga jiddiy xavf solmoqda. solmoqda. Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: 1 MMIBDO’ O.Ungalovning “ Ommaviy madaniyatning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish MMIBDO’ O.Ungalov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin. 3. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin. Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Download 410.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling