Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Download 410.4 Kb.
bet2/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov

PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING


Bayonnomasi №2
2022-yil 16-sentyabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 54 nafar xodim


Kun tartibidagi masala:
Jaholatga qarshi marifat” degan ezgu g`oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va dostlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishi mavzusida.


Axborotchi : Sh.Mamasodiqov

Kun tartibidagi masala yuzasidan Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh.Mamasodiqov so’zga chiqib, Jaholatga qarshi marifat” degan ezgu g`oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va dostlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishi mavzusida gapirdi:


Sh.Mamasodiqov davlatimiz rahbari mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.


Darhaqiqat, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni e’zozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-ma’rifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz bo‘lgan yoshlarimizga yetkazib berishga qaratilgan tizimli, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Islom dini insoniyatni ezgulikka boshlaydi. Haqiqiy musulmon, hadisi shariflarda ta’kidlanganidek, o‘zgalarga ozor bermaydigan, o‘zidan yaxshilik, ilm-ma’rifat, hidoyat taratadigan insondir. Mazkur haqiqat bugun butun dunyo hamjamiyati anglashi, bag‘rikenglik va ahillikni hayotiy mezon sifatida qabul qilishi lozim bo‘lgan dolzarb masala hisoblanadi.


“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqdilar. Bu masalani BMT 72-sessiyasi darajasiga ko‘tardilar. Sessiya ishtirokchilariga "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish murojaatida: “Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat”, degan edilar. Darxaqiqat, dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, xalqaro ekstremizm, diniy qarama-qarshilik kuchayib borayotgani, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamizni xavotirga solmoqda. Bugungi kunda yurtimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hususan yoshlar oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda,” – deya o’z fikrlarni aytib o’tdi.


Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
Buyuk ajdodlar merosi yoshlarga ibrat. Ulug’ mutafakkir A.Navoiy, hamda shoh, shoir va sarkarda X.Meliboyevning ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilin.

Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish A.Norbo`tayev va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.


Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.


Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling