Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi


Download 410.4 Kb.
bet34/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:

1. B.Tursunqulovaning “ O`zbekiston – bag‘rikeng mamlakat”, “O`zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.


2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.


Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov

PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING


Bayonnomasi №34
2023-yil -22-may
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 34 nafar xodim


Kun tartibidagi masala:Ilm va bilim – o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik” mavzusida
Axborotchi : A.Namozov

Kun tartibidagi masala yuzasidan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi A.Namozov so’zga chiqib “ Ilm va bilim – o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik” mavzusida gapirdi:

Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin! Yoshlik — umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim — oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!Prezidentimizning ushbu soʻzlari yoshlarga qarata aytilgan boʻlsa-da, aslida har birimiz, har bir avlod uchun oʻta kerak va foydali hikmatdir. Xavfsizlik kengashining oʻtgan hafta boshidagi yigʻilishida ham aynan shu omil diqqat markazida boʻldi, desak adashmaymiz. Harbiy bilimsiz — harbiy taʼlim yoʻq, deya oʻziga xos tenglama yaratib berganining oʻziyoq davlat va millat xavfsizligini taʼminlashda ilmfanning oʻrni har qachondagidan koʻra kuchliroq va zarurroq ahamiyat kasb etayotganining tasdigʻidir, albatta. Mudofaa tizimini esa gapirmasa ham boʻladi. Negaki, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlari aynan shu tarmoqda tugʻilib, soʻng vaqti soati kelib ommalashishi anʼanasini hali hech kim bekor qilganicha yoʻq, qilolmaydi ham deb ishonamiz. Uzoqqa bormasdan, kompyuterlar tarmogʻining butunjahon tizimi — internet 1969-yili AQSH Mudofaa vazirligi buyurtmasiga binoan yaratilgan ARPANET ning mevasi ekanini eslashning oʻzi yetarli.Oʻzgacha boʻlishi mumkin ham emas. Chunki xavfsizlik, xalqchil aytganda esa tinchlik-xotirjamlik masalasi barcha zamon va xalqlar uchun doimo birinchi oʻrinda turgan. Shuning uchun ham davlat va jamiyatning eng sara, koʻp imkonlari — odam, mablagʻ, bilim, kasb-kor va boshqalar mazkur yoʻnalishga safarbar qilingan.Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan, faqat kuch tuzilmalari emas, balki markaziy va mahalliy hokimiyatning deyarli barcha yoʻnalishdagi idoralari, jamoat tashkilotlari qatnashuvidagi yigʻilishi anʼanaga aylandi. Bu ham bejiz emas, deb oʻylaymiz.


Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:

1. A.Namozovning : “Ilm va bilim – o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.


2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling