Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING
Bayonnomasi №29
2023-yil -21-aprel
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 34 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
“ Internet saytlari: Axborot xurujlari va uning jamiyat va inson ongiga salbiy ta`siri ”
Axborotchi : S.Marqayev
Kun tartibidagi masala yuzasidan S.Marqayev so’zga chiqib “ Internet saytlari: Axborot xurujlari va uning jamiyat va inson ongiga salbiy ta’siri mavzusida ”gapirdi:
Axborot xurujiga berilgan turlicha ta`riflar mavjud.Rossiyalik ayrim mutaxassislarning fikricha axborot xurujibu - raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operasiyalar majmuasidir. Mamalakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o`rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, parokandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.Shuni ta`kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta`sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma`lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir.XXI asrda axborot urushinig o`ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko`paygani, takomillashganida ko`rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. S.Marqayevning “ Internet saytlari: Axborot xurujlari va uning jamiyat va inson ongiga salbiy ta`siri ” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |