Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi
Download 410.4 Kb.
|
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’ilish raisi: M.Alqarov Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. S.Ismailova “ Oila instituti oliy tarbiya maktabi” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin. 3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin. 4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Yig’ilish raisi: M.Alqarov Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING Bayonnomasi №32 2023-yil -12-may Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov Maktab xodimlari: 37 nafar xodim Kun tartibidagi masala: “ Jamiyatda adolat mezonini ta`minlash oshkoralik va jamoat nazoratining o`rni” Axborotchi : M.Turaxonov Kun tartibidagi masala yuzasidan M.Turaxonov so’zga chiqib “ Jamiyatda adolat mezonini ta`minlash oshkoralik va jamoat nazoratining o`rni mavzusida gapirdi: Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi. Shu ma’noda aytish joizki, yuqorida keltirib o‘tilgan demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan mo‘‘tabar Qomus — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi. Mana, qariyb yigirma besh yildan beri, hayotimizning Asosiy qomusi bo‘lmish, davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat buguni, balki kelajagini ham belgilab, ezgu maqsadlarimizning huquqiy poydevorini muhrlab beruvchi Konstitutsiyamiz qoidalari asosida yashab kelmoqdamiz. Shu davr mobaynida barchamiz vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalq farovonligining huquqiy kafolatini o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamizda zikr etilgan maqsad va muddaolarga erishish yo‘lida mehnat qilmoqdamiz. Mana shu yigirma besh yil mobaynida jamiyatimizda, har qaysi oila va vatandoshlarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga oid qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati ham insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iboratdir. Konstitutsiyaning asosiy mohiyatlaridan yana biri bo‘lib, jamiyat va uning a’zolari oldiga maqsad qo‘yishi va ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etishida ifodalanadi. Asosiy qomusimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgani sababli, mazkur hujjat hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali, muvaffaqiyatli bo‘lishini huquqiy jihatdan kafolatlamoqda. Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: 1. M.Turaxonov “ Jamiyatda adolat mezonini ta`minlash oshkoralik va jamoat nazoratining o`rni” mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish M.Turaxonov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin. 3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin. 4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Download 410.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling