Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Download 410.4 Kb.
bet9/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov
PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING
Bayonnomasi №9
2022-yil 11-noyabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 47 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
1. Farzand tarbiyasida tanaffus bo`lmaydi!
Axborotchi : I.Obidov
Kun tartibidagi masala yuzasidan Tarbiya fani o’qituvchisi I.Obidov so’zga chiqib, Farzand tarbiyasida tanaffus bo`lmaydi!” mavzusida gapirdi:
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 260 million bola maktabga borish imkoniyatiga ega emas. Yana 400 milliondan ortig‘i na yozish, na o‘qishni biladi. Agar bu holatga qarshi zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib, yosh avlod vakillarining 800 millionga yaqini ishga joylashish uchun o‘tkaziladigan suhbatlarda oddiygina savollarga ham javob berolmaydigan darajaga tushishi mumkin.
Albatta, yuqoridagi raqamlar hammani chuqur mushohadaga chorlaydi. Zero, inson bilim, ko‘nikma va kasbu korga ega bo‘libgina qadr topishi, e'zozlanishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, yurtimiz aholisini savodli qilish, zamon uchun kerakli mutaxassis sifatida shakllanishiga ko‘maklashish, salohiyatini keng namoyish etishiga imkoniyat yaratish davlatimiz yuritayotgan siyosatning tub mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi...” yoki 64-moddadagi “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” degan jumlalar zamirida farzandlarimiz kamoloti, baxtini ko‘rishdek ezgu g‘oya mujassam.
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. Tarbiya fani o’qituvchisi I.Obidovning “Farzand tarbiyasida tanaffus bo`lmaydi!” mavzusida ma’ruzasini har bir pedagog xodim individual o’rganib chiqishi va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish I.Obidov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling