Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi


Download 410.4 Kb.
bet12/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1.Maktab psixologi M. Chimirovning“ Oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik- psixologik asoslari va “Ma`naviy tarbiya jarayoni” mavzusidagi ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin va xulosalar chiqarishi barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab pedagog hodimlar o`rtasida tushuntirish ishlarini olib borish M. Chimirovga topshirilsin.
3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.


Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov

PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING




Bayonnomasi №12


2022-yil 2-dekabr
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 47 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
Inson omili va mezoni: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat”


Axborotchi : huquq fani o`qituvchisi M. To’raxonov
Kun tartibidagi masala yuzasidan huquq fani o`qituvchisi M. To’raxonov so’zga chiqib “ Inson omili va mezoni: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat” mavzusida gapirdi:

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.


Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targʻibotning ilgʻor va taʼsirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy gʻoyani mustahkamlash;
Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. Huquq fani o`qituvchisi M. To’raxonovning “ Inson omili va mezoni: Huquqiy ong va huquqiy madaniyat” mavzusidagi ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh. Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin.
3. Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin.
Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.



Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling