Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala


Download 410.4 Kb.
bet22/34
Sana09.06.2023
Hajmi410.4 Kb.
#1471235
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)

Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: Sh.Mamasodiqov

PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING


Bayonnomasi №22
2023-yil -24-fevral
Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov
Maktab xodimlari: 38 nafar xodim
Kun tartibidagi masala:
Bugungi dunyoning mafakuraviy manzarasi, globallashuv sharoitida mafkuralar to`qnashuvi va uning oqibatlari”
Axborotchi : Sh.Mamasodiqov

Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ Sh.Mamasodiqov so’zga chiqib Bugungi dunyoning mafakuraviy manzarasi, globallashuv sharoitida mafkuralar to`qnashuvi va uning oqibatlari” mavzusida gapirdi:


Insoniyat taraqqiyotining ilk davrlarida deyarli barcha xalqlarda mifologiya universal xarakterga ega bo`lgan bo`lsada, bir tomondan, o`ziga xos xususiyatlarga ega ijtimoiy guruhlar va ularning ayricha manfaatlari ifodasi bo`lgan mafkuraviy tizimlar shakllanmagani, ikkinchi tomondan, Yer yuzining turli nuqtalari o`rtasidagi aloqalar rivojlanmagani, kishilik jamiyati yagona organizmni tashkil etmagani uchun duyoning yaxlit mafkuraviy manzarasi haqida gapirish mumkin emas.


Xalqlar, davlatlar o`rtasidagi ijtimoiy aloqalar kuchsiz bo`lgan bir davrda monoteistik dinlarning yuzaga kelishi, ularning o`z hukmronligini o`rnatish yo`lida olib borgan kurashi natijasida esa dunyoning diniy qarashlar ustivor bo`lgan ilk mafkuraviy manzarasi shakllandi.
Jahon dinlari tarqalgan hududlar nisbatan barqarorlashgan (to`g`rirog`i muayyan diniy ta`limotlarni yoyish uchun olib borilgan urushlar asosan to`xtagan) bir sharoitda dunyoda iqtisodiy hikmronlik uchun kurashning boshlanishi, ilmiy bilimlarning rivojlanishi, xalqlar, davlatlar o`rtasidagi aloqalar qamrovining kengayishi dinning g`oyaviy regulyatorlik rolining asta-sekin pasayishiga olib keladi.
Qisqa vaqt davomida alohida mavqega talabgorlik qilgan natsizmni inobatga olmaganda, asosan sotsialistik va burjua mafkuralari orasida borgan kurash esa ("uchinchi yo`l”ga da`vogarlik qilganlar ham aslida u yoki bu darajada ularning ta`siri ostida edi) dunyoviy mafkuraviy manzarasi rivojidagi yangi bosqichni boshlab berdi. U hukmronlik uchun kurashda g`oyaviy omilning o`rni va ahamiyati yanada oshganini ko`rsatish barobarida global konfrontatsiya asosiga qurilgan mafkuraviy manzaraning shakllanishiga olib keldi.
Ushbu ideologiyalar o`rtasidagi kurash barham topgan hozirgi davrda esa o`ziga xos xususiyatlarga ega dunyoning yangi mafkuraviy manzarasi qaror topib bormoqda.

Download 410.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling