Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


XULOSA VA TAKLIFLAR………………………….....……………………71


Download 0.78 Mb.
bet2/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

XULOSA VA TAKLIFLAR………………………….....……………………71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI….............……………72
ILOVALAR
KIRISH
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Dunyo bo‘yicha sanoatda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda o‘sishi noorganik polimer materiallarga bo‘lgan talabning yildan yilga ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda noorganik polimer materiallarning fizik-mexanik, termik xususiyatlarining yuqoriligi, past haroratga va ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligi tufayli ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi vaqtlarda komponentlarining o‘lchamlari noorganik polimer materiallarning yangi sinfi keng tarqaldi. Shunga ko‘ra, nanodispersli to‘ldiruvchi moddalar - qatlamli silikatlar, jumladan, bazalt asosida polimer materiallar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz kimyo sanoatini modernizatsiya qilish natijasida, ishlab chiqarish korxonalarida mahalliy xom ashyolar asosida import o‘rnini bosadigan yangi turdagi polimer materiallar ishlab chiqarish borasida muhim ilmiy va amaliy natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»[1] kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, kompozitsion materiallarning termik, mexanik va olovga chidamlilik kabi xususiyatlarini kuchaytirish maqsadida mineral to‘ldiruvchilar bazalt asosida termik destruksiyaga chidamli polimer materiallar yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni, 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3246-sonli «Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi, 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli «Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi va 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling