Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


Download 0.78 Mb.
bet3/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

Tadqiqot obyekti va predmeti. Mineral to‘ldiruvchilar: bazalt, maleinlangan polietilen, polipropilen va yuqori zichlikli polietilen nanokompozitlari namunalari hisoblanadi. Modifikatorlar konsentratsiyasi va turli xil modifikatsiyalangan to‘ldiruvchilarning fizik-mexanik nanokompozitlar shakllanishiga ta’sirini tadqiq etish, shuningdek, dispersli hamda tolali to‘ldiruvchilar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan kompozitsion materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: bazalt minerali asosida modifikatsiyalangan dispers va tolali mineral to‘ldiruvchilar bilan yuqori darajada to‘ldirilgan polietilen, polipropilen, polivinilxlorid polimerlari asosida koppozitsion materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
mineral to‘ldiruvchilar bazalt asosida olingan polimer materiallarning termik, fizik-mexanik va olovbardoshlik hususiyatlarini tadqiq etish;
bazalt tolasi asosida polimer materiallar olish va ularning fizik-mexanik xossalarini tadqiq etish;
modifikatsiyalangan dispers va tolali mineral to‘ldiruvchilar: bazalt polimerlar: polietilen, polipropilen, polivinilxlorid asosida yuqori darajada to‘ldirilgan noorganik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bazalt mineralini polietilen suyuqlanmasida aralashtirish usuli bilan yuqori eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan polimer materiallar olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
modifikatsiyalangan turli mineral to‘ldiruvchilar asosida yuqori eksfoliatsiya darajasiga ega bo‘lgan polimer materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadkik kilishdan iborat.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Polimerlar asosida noorganik polimer materiallar yaratish borasida dunyo bo‘yicha quyidagi olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, chet el olimlari: Y.Kojima, J.W. Gilman, R.A.Vaia, H.S. Nalva, Ch.A. Wilkie, A.B. Morgan, M.L. Bras, S. Bourbigot, Y. Mingshu va F. Wang, A.A. Berlin, G.YE. Zaikov tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida: S.SH. Rashidova, A.T. Jalilov, N.R. Ashurov, S.S. Negmatov, X.X.To‘rayev, A.A.Qurbonov, E.R.Turayev, R.X.Do‘sanov, P.J.Tojiyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Ular tomonidan bazalt mineral asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish texnologiyasi yaratilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yangi turdagi mahalliy mineral xom-ashyolar asosida polimer kompozitsion materiallar yaratish quyidagi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi:
mineral to‘ldiruvchilar va organomodifikatorlar o‘rtasidagi ta’sirlashish mexanizmi va sharoitini o‘rganish;
mahalliy mineral xomashyolar asosida oldindan ma’lum xossali noorganik materiallar yaratish, polimer materiallarning fizik-mexanik, xususiyatlarini to‘ldiruvchilar tabiati va tarkibiga bog‘liqligini aniqlash;
mahalliy mineral xomashyolar asosida qulay va arzon texnologik va ekspluatatsion xossalarga ega polimer materiallar olish texnologiyasini yaratish, ularni keng ko‘lamda ishlatish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling