Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


Download 0.78 Mb.
bet9/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

Qovushqoqlikni aniqlash. Osvald va Ubbelod kapillyar vizkozimetrlari polimer suyuqlanmalarining qovushqoqligini aniqlash uchun eng keng qo‘llaniladigan usullardandir. Osvald vizkozimetrlari qovushqoqlikni bir xil konsentratsiyada aniqlash uchun ishlatiladi.Agar turli konsentratsiyalarda qovushqoqlik qiymatini o‘rganish kerak bo‘lsa, Ubbelod viskozimetrida o‘lchov olish qulayroq. Agar idishga uchinchi shisha kapilyar kiritilsa, kapilyar oxirida eritma oqimini to‘xtatadi("to‘xtatilgan" daraja deb ataladi), shuning uchun, suyuqlik oqimining vaqti idishdagi eritma darajasiga bog‘liq emas.Ostvald viskozimetridan foydalanilganda, viskozimetrga bir xil miqdordagi eritma (yoki erituvchi) quyilishi kerak, shunda vizkozometr sharidagi daraja har doim bir xil bo‘ladi.Ubbelodviskozimetridan foydalanishda bu shart ixtiyoriy, shuning uchun, eritmani suyultirish viskozimetrning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
Polimer eritmasining qovushqoqligini aniqlash uchun berilgan o‘zgarmas haroratda ichki diametri 0.54 bo‘lgan VPJ-1 viskozimetrining kapillyari orqali erituvchi va eritmaning o‘tish vaqti, teng hajmlari o‘lchandi. Eritmaning konsentratsiyasi(C) 100 ml erituvchiga gramm bilan ifodalanadi.Qovushqoqligini o‘lchash uchun, kamida 1g/100ml konsentratsiyasi bilan eritmalari ya’ni suyultirilgan eritmalar ishlatiladi.Suyultirilgan eritmaning nisbiy qovushqoqligi eritma yoki suyuqlanmaning o‘tish vaqti t ning erituvchining o‘tish vaqti t0ga nisbatidir. Nisbiy qovushqoqlik 2.1 formula orqali aniqlanadi.
η нис =t/t0 (2.1)
Eritmaning oqish vaqti tva erituvchining oqish vaqti t0aniq bir o‘zgarmas haroratda aniqlanadi, chunki eritma qovushqoqligi haroratga bog‘liq.Erituvchiga polimer qo‘shib orttirilgan qovushqoqlikning toza erituvchi qovushqoqligiga nisbati solishtirma qovushqoqlik deyiladi va u quyidagi formula orqali ifodalanadi:
η=ηо -1 (2.2)
Solishtirma qovushqoqlikning eritma konsentratsiyasiga(S) nisbati keltirilgan qovushqoqlikni beradi
η келсол/С (2.3)
Eritma konsentratsiyasi ortishi bilan hatto suyultirilgan eritmalarning ham nisbiy, solishtirma va keltirilgan qovushqoqliklari ortadi. Keltirilgan qovushqoqlik va eritma konsentratsiyasi orasidagi munosabatdan S=0 gacha ekstrapolyatsiyalab xarakteristik qovushqoqlik ([η]) deb olgan keltirilgan qovushqoqlikning o‘ta kichik qiymati hisoblanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling