Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


Namunalarning Vik usuli bo‘yicha issiqlikka chidamliligini aniqlash


Download 0.78 Mb.
bet12/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

Namunalarning Vik usuli bo‘yicha issiqlikka chidamliligini aniqlash.
Ushbu sinovlar plastikning tez yumshay boshlaydigan haroratini aniqlaydi. Plastik namuna bo‘lagi yuzasiga harorat bir maromda ko‘tarilishi bilan ma’lum bir bosim ostida ko‘ndalang kesimi yuzasi 1 mm2 bo‘lgan yassi uchli yumaloq igna kirgiziladi.
Vik usuli bo‘yicha issiqlikka chidamlilik (yumshash harorati) ignaning 1 mm kirgandagi harorat hisoblanadi. Ushbu ishda namunalarning Vika bo‘yicha issiqlikka chidamliligi GOST 15088-83 bo‘yicha aniqlandi.
Kompozit materiallarning chiziqli termik kengayish koeffitsientini (CHTKK) aniqlash
Termik kengayish koeffitsienti material qizdirilganda qanday darajada kengayishini ko‘rsatuvchi xususiyati hisoblanadi. Issiqlik kengayishini aniqlashda ishlatiladigan asosiy usul – dilatometriya hisoblanadi. Haqiqiy (CHTKK) harorat ta’sirida namuna uzunligining nisbiy o‘zgarishi orqali aniqlanadi. Haqiqiy CHTKK qiymati odatda ma’lum bir haroratda kengayish koeffitsienti to‘g‘risida bilish zarur bo‘lganda ishlatiladi. Berilgan harorat oralig‘idagi o‘rtacha CHTKK - bu namuna uzunligining ma’lum bir harorat oralig‘iga nisbatidir. Ushbu ishda CHTKK ni aniqlash uchun namunalar uzunligi 50 mm, kengligi 6 mm va balandligi 4 mm bo‘lgan bruslar shaklida bo‘ladi. Dilatometrik o‘lchovlarda kengayish koeffitsienti a quyidagi formula bilan aniqlanadi:
α = 1/L0 · ΔL/Δt, grad-1
bu erda L - namunaning t haroratdagi uzunligi, ΔL - namunaning harorati Δtga o‘zgargandagi uzunligining o‘zgarishi.
Kompozitlarni arminirlangan tolalar bilan presslash orqali tayyorlash
Mustahkam kompozitlar laboratoriya pressida 180°S haroratda tayyorlandi. Kompozitlar 40 kgs / sm2 bosimda 5 daqiqa, 80 kgs/ sm2 bosimda 5 daqiqa, 120 kgs/ sm2 bosimda 5 daqiqa, 150 kgs / sm2 bosimda 5 daqiqa davomida bosildi. Shundan so‘ng kompozitsion material 10 daqiqa davomida sovuq suvli hammomda sovutildi. Presslashda qalinligi taxminan 0,8-1,5 mm bo‘lgan mato bilan mustahkamlangan kompozitlar olingan. Sinovga namuna tayyorlash maxsus pichoq yordamida amalga oshirildi va kurakcha shaklida namunalar olindi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling