Belgi, ifodalanish, ifodolovchi


Download 201 Kb.
bet6/9
Sana08.01.2022
Hajmi201 Kb.
#236763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
VARIANT 21-22

Tug’ilgan yili va joyi. Ferdinand do’ Sossyur 1857 yilning 26 noyabrida Shveytsariyaning  poytaxti Jeneva shahrida tug’ilgan. Uning bobokalonlari XVI asrda  Frantsiyada avj olgan  g’azovot paytida Lotaringiya viloyatining Sossyur Mozelot (Mozelot daryosi sohilida joylashgan Sossyur (Saulxure-sur-Moselotte) shaharchasidan  Shveytsariyaga ko’chib kelganlar.  Millati frantsuz – shveytsariyalik frantsuz.
Ajdodlari. Sossyurlar oilasi Jenevaning eng mashhur, eng nufuzli va eng qadimiy oilalaridan biri bo’lgan. Unga asli lotaringiyalik  bo’lgan, shu viloyat gertsogining maslahatchisi lavozimida ishlagan Mongjing (yoki Mongjsn) Shuel asos solgan. Uning lavozimi va boyliklariga egalik qilgan o’g’li Antuan (1514-1569) Kalvin tarafdori bo’lgani, yosh gertsog Sharlni diniy islohotlar o’tkazishga da’vat qilgani uchun 1550 yilda  qamoqqa olingan va u erdan  qochishga muvaffaq bo’lgan, yaqinlari bilan Nyukasl, Strasburg, Lozan (Losanne), Jeneva orasida kechgan sarson-sargardonliklardan keyin biroz mol-dunyo to’plab, mayda savdogarlar  darajasiga ko’tarilgan, Jenevaga ko’chib kelib, shu erda yashab qolgan.
Sossyurlarning  keyingi avlodlari XVIII asrning boshida Myuling degan joydan chiroyli bir uy, bir necha yildan keyin, 1723 yilda Kro’ (Sreix) do’ Janto degan joydan yozgi dala hovli sotib olishadi. Aynan shu davrda Sossyurlarning birinchi avlodi Nikola dunyoga  keladi. Nikolá do’ Sossyur (1709-1991) advokat, Evropada ma’lum va mashhur ziroatchi mutaxassis bo’lgan, o’z sohasi bo’yicha  o’sha davr entsiklopediyasi bilan hamkorlik qilgan va 1778 yilda unda chop etilgan maqolalarini to’plab, “Vignes, raisins, vendanges et vins” (“Tokzorlar, uzumlarning  navlari, uzum terish va vino”) nomli monografiya ham e’lon qilgan.
Nikola do’ Sossyurning o’g’li Oras-Benedikt do’ Sossyur (1740.17.02-1799.22.01) XVIII asr Jeneva fozillarining (ehtimol, Jan-Jak Russodan keyingi) eng buyuk namoyandasidir. U 22 yoshida Jeneva akademiyasi falsafa va tabiiy fanlar professori, 1774-75 yillarda shu akademiyaning rektori lavozimida ishlagan, botanika, elektrologiya, mexanika, minerologiya, gidrologiya, geologiya fanlari ustida tadqiqotlar olib borgan, asarlar yozgan.
Oras Benedikt do’ Sossyurning ikkala o’g’li ham – Albertin-Adrien (1766-1841) va Nikola-Teodor (1767-1845) oila an’anasini davom ettirib, tabiiy fanlar bilan shug’ullanganlar.  Nikola-Teodor (F. do’ Sossyurning bobosi) mashhur fizik, ximik, tabiatshunos bo’lgan, Jeneva universitetida geologiya va minerologiya fanlari professori lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Uning o’simliklar fiziologiyasiga  doir ishlari juda mashhur. Ferdinand do’ Sossyurning  buvikaloni, Nikola-Teodor do’ Sossyurning opasi Albertina-Adrienna do’ Sossyur (1766-1841) – mashhur frantsuz yozuvchisi do’ Stal hamda, ko’plab nemis shoirlarining do’sti, F. do’ Sossyurning  birinchi ustozi  Adolf Piktening yaqin kishisi bo’lgan, o’zi ham kitoblar yozgan.
F.do’ Sossyurning otasi Anri do’ Sossyur (1829 yil 27 noyabr – 1905 yil 20 fevral) 25-27 yoshlarda Antil orollarida, Meksika va AQShda ilmiy safarlarda bo’lgan, u erlarda entomologiya va mineralogiyaga doir juda boy material to’plagan, Vataniga qaytgandan keyin, qolgan umrini batamom geologiyaga  bag’ishlagan. Uning ikkita ukasi ham  o’z davrining etuk olimlari bo’lgan: 1. Leopold do’ Sossyur (1866-1925) vetnam va xitoy tillari hamda qadimgi xitoy astronomiyasi mutaxassisi, Vene do’ Sossyur (1868-193…) esa matematik bo’lgan, tabiiy va sun’iy tillar bo’yicha qator asarlar yozgan.  Do’ Sossyurlar xonadonidan faqat uning o’zidan  keyingi ukasi Oras do’ Sossyur (1859-1926), garchi ilm bilan  shug’ullanmagan bo’lsa-da, iste’dodli musavvir-portretist va peyzajist bo’lgan.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling