Belgi, ifodalanish, ifodolovchi
Download 201 Kb.
|
VARIANT 21-22
O’qigan joylari. Tilshunoslik fani bu haqida to’liq ma’lumotga ega emas. Bibliograflarning yozishicha, F. do’ Sossyur maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq yunon va lotin tillaridan tashqari, Boppning grammatikasi asosida sanskrit tilini mustaqil o’rgangan. Jeneva universiteti professori, lotinshunos va hindshunos P.Oltramar (Oltramare) bilan aloqa bu borada unga hech narsa bermaydi: uning hind-evropa tillari, xususan, got tili bo’yicha bilimlari sayozligicha qoladi. Shunga qaramasdan, canskrit va mumtoz (lotin va yunon) tillar ustida olib borgan izlanishlari natijasi u hind-evropa tilida sonant burun tovushi bo’lishi kerak, degan farazni olg’a suradi.
F. do’ Sossyur dastlab Bern yaqinidagi Hofvil (Hofwyl) shaharchasidagi kollejga, 1873 yilda (A.A.Xolodovichga ko’ra, 1870-1871 yilda) Martin institutiga (A.A.Xolodovichga ko’ra, xususiy pansionga) o’qishga kiradi va u erda Haas (Haas) grammatikasi asosida yunon tilini o’rganadi (bu paytga kelib, u frantsuz, nemis, ingliz va lotin tillarini chuqur egallagan edi) va “Tilning umumiy tizimi”ni (un “système général de langage”) yaratishga harakat qiladi. Asar qo’lyozmasini 1872 yilda “Tillar bo’yicha ocherklar” (“Essai sur les langues”) nomi bilan yozib tugallaydi va uni ustozi Piktega bag’ishlaydi. 1872 yilning kuzida ota-onasi hali gimnaziya uchun “pishmagan” deb, uni bir yilga kollej-internatga (au Collége public) zo’rlab o’qishga qo’yadi. Bir kuni dars paytida “hali pishmagan” 16 yoshli bu bola yunon tili grammatikasidagi ko’plab “istisnolar”dan birida, aniqrog’i, τετίχαταί so’zida sonant burun tovushi borligini K.Brugmandan (1848-1919) uch yil oldin kashf etadi. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling