Belgi, ifodalanish, ifodolovchi


Download 201 Kb.
bet2/9
Sana08.01.2022
Hajmi201 Kb.
#236763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
VARIANT 21-22

Fonologiyaning ta`rifi: F. do` Sossyur fonologiya sohasida ham o`z so`zini aytgan, unga doir qimmatli fikrlar bildira olgan yetuk fonolog olim ham edi. Uning "hindevropa tillarida unlilarning dastlabki tizimi haqida me’muar" mavzusida yoqlagan doktorlik dissertatsiyasi fikrimizning yorqin isbotidir. Agar biz, - deya yozadi Sossyur, - nutqning yozuv yordamida hosil qilinadigan obrazini miyamizdan chiqarib tashlasak, ko`z o`ngimizda shakl-shamoyilimiz modda (massa) hosil bo`ladi. Bu cho`milishgà o`rgatilayotgan kishining belidan po`kak kamarni echib olishni eslatadi. Shuning uchun sun`iy narsani tabiiy narsa bilan imkon boricha tez almashtirish kerak. Buning esa iloji yo`q, chunki til tovushlarè yaxshi o`rganilmagan. Yozuv bilan ifodalanmagan tovushlari qandaydir g’ayritabiiy narsani eslatadi. Shuning uchun dastlabki tilshunoslar harfni kashf etgan va tovushlarni imlosiz tasavvur etmagan. F. do` Sossyur esa boshqacha yo`l tutadi. Uning fikricha, tovushni harf (imlo) siz o`rganish ilmiy haqiqat tomon qo`yiladigan dastlabki qadamdir. Chunki tovushni o`rganishni uning o`zidan boshlash kerak.
Ma`lumki, fonetika va fonologiya yo bir xil fan deb yoki boshqa-boshqa fanlar deb qaraladi. Bu chalkashlik hozir ham hukmron. Tovushlar fiziologiyasining, ko`pincha, fonetika deb atalishini do` Sossyur ma`qul ko`rmaydi. Shuning uchun u tovushlar fiziologiyasi terminini fonologiya termini bilan almashtiradi, chunki fonetika dastlab tovushlar evolyutsiyasi degan ma`noni anglatgan va hozir ham shunday ma`noni anglatishi kerak. Qolaversa, bir nom bilan ikki narsani atash aslo mumkin emas. Fonetika - tarixiy fan. U voqea - hodisa va o`zgarishlarni tahlil qiladi hamda zamonda harakat qiladi. Filologiya esa zamondan tashqarida turadi, chunki artikulyatsiya mexanizmi doimo o`zicha qolaveradi.
Ko`rinadiki, fonetika va fonologiya bir fan emas, ular hatto o`zaro qarama-qarshi qo`yilishi ham  mumkin. Sossyurga ko`ra, fonetika til haqidagi fanning asosiy  bo`limlaridan biri. Fonologiya esa tilshunoslik uchun yordamchi (Bu fikrni u qattiq turib qimoya qiladi), faqat nutqqa tegishli fan , xolos  Fonemaning ta`rifi. Rus va sobi? ittifo? tilshunosligida Boduen de Kurtene va Sossyur bir-birining ishlaridan xabardor bo`lmagan holda  fonemani ta`riflagan deyiladi va adabiyotlarda unga B.de Kurtene tomonidan berilgan ta`rif keltiriladi. Manna o`sha ta`rif : "Tilning o`z ma`nosiga ega bo`lmagan eng kichik birligi".  Ko`paymoqchi Sossyur fonemaga qanday ta`rif bergan ekan.
F.do`.Sossyur ko`plab fonologlarning fonatsiya jarayoniga, nutq organlari (hiqildoq, og’iz bo`shlig’i va sh.k.) tomonidan tovushlar hosil  qilinishiga, ya`ni ularning fiziologik tomoniga e`tibor haratib, tovushlarning akustik tomoniga e`tibor qilmay kelayotgani haqida gapiradi va bunday yondashuv noto`g`ri ekanligini ta`kidlaydi.


  1. Grammatika (grammatika va uning bo`limlari, grammatikaning ta’rifi, an’anaviy bo`linishi va ratsional bo`linishi).

Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo‘lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so‘z turkumlari, sintaksisda so‘z birikmalari, gap turlari o‘rganiladi, Grammatika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “o‘qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Sintaksis ham grekcha so‘z bo‘lib, “tuzish” demakdir.

Har bir tilning grammatik sathi so‘zlarning grammatik formasi, so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tilning boshqa sathlari kabi grammatikaning ham o‘z birliklari bor. Eng kichik grammatik birlik morfema bo‘lib, morfemalardan so‘zlar yasaladi, so‘zlar esa o‘z navbatida so‘z birikmalari va gaplar qurilishida qatnashadi. Gap grammatikaning yirik va mustaqil birligidir. Gapdan katta birliklar ham mavjud: murakkab sintakik (birlik) butunlik, abzas va matn.

Til grammatik strukturasining o‘ziga xos xususiyatlari bor.


Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling