Belgi, ifodalanish, ifodolovchi
Tilshunoslikning so’qmoqli yo’llarida
Download 201 Kb.
|
VARIANT 21-22
Tilshunoslikning so’qmoqli yo’llarida. 1875 yilda 18 yoshli F. do’ Sossyur gimnaziyadagi o’qishini tashlab, ota-onasining xohish-irodasi bilan Jeneva universitetida fizika va ximiya fanlaridan ma’ruzalar tinglay boshlaydi. Ammo u o’ziga ustozi A.Pikte tomonidan singdirilgan soha – til haqidagi fanni unuta olmaydi va qo’shimcha tarzda falsafa, san’at tarixi, tilshunoslik fanlaridan o’qilgan ma’ruzalarga qatnaydi. Kafedra mudiri, prof. Shults Verthaymer ma’ruzalaridan qoniqmagan do’ Sossyur privat-dotsent Lui Morelning yunon va lotin tillari bo’yicha o’tkazilgan darslariga qatnaydi, undan ham Leyptsigda bir yil oldin o’qiganlarini eshitadi va hafsalasi pir bo’lib, 1876 yilning 13 mayida Parijda yaqinda ta’sis etilgan Tilshunoslik jamiyati (à la Société de Linguistique de Paris)ga qabul qilinadi. Uning birdan-bir maqsadi tilshunos bo’lish edi. Endi ota-onasi ham uning bu maqsadiga qarshi emas.
Yosh tilshunos Germaniyaning yirik ilmiy shahri Leyptsigga jo’naydi. U bu shaharda 1876 yilning kuzidan to 1880 yilning iyun-iyul oylarigacha yashaydi. Sossyurning Leyptsigga kelishini birov tasodif deb baholasa, boshqa birov uni shu universitetda o’qiyotgan do’stlari chaqirgan deyishadi. Aslida Leyptsig – ota-onasining tanlovi bo’lgan. Muhimi F. do’ Sossyurning Leyptsigga qanday kelib qolgani emas, balki o’zi bilmagan holda ko’z o’ngida paydo bo’layotgan yangi lingvistik harakat, keyinchalik Tsarnke hazillashib, yosh grammatiklar deb atagan va shu nom bilan tarixda qolgan jamiyat epitsentriga kelib qolganligidir. Shunisi e’tiborga molikki, do’ Sossyur o’zining “Memuar”ini chop etgan yili A.Leskun, G.Osthof va K.Brugman yosh grammatiklar maktabi manifestini e’lon qilgan edilar. F. do’ Sossyur yosh grammatiklarga hech qachon qo’shilmagan, g’oyalarini tap tortmay tanqid qilgan, ular asos solgan maktabni g’o’r, bir yoqlama, tor maktab sifatida baholagan. F. do’ Sossyur Leyptsigda o’qigan davrda universitetda Bopp asos solgan maktabning Georg Kurtsius, Avgust Loskun (1840-1916), Georg Osthof (1847-1909) va Karl Brugman (1843-1919) kabi eng yorqin namoyandalari faoliyat ko’rsatardi. Leyptsig universitetida do’ Sossyur G.Kurtsius, A. Leskun (litva va eski slavyan tillaridan), Vindish (1844-1918) (qadimgi irland tilidan), Gyubshman (qadimgi fors tilidan), Braun (nemis tili tarixidan) ma’ruzalarini tinglaydi, hind-evropa tillarining qiyosiy grammatikasi bilan juda qiziqsa-da, uni Osthof va Brugman o’qiganlari uchun ma’ruzalarga deyarli qatnashmaydi, yosh grammatiklarning bu ustozlari bilan hech qanday aloqa qilmaydi. Buning uchun unda istak ham, xohish ham yo’q edi; uning butun vujudi, qalbida tugib yurgan rejani amalga oshirish – hind-evropa tilida o’zak va unlilar tizimini qayta tiklash, o’zi yaratmoqchi bo’lib yurgan nazariyaning xom qolipini yaratish orzusi bilan band. Yosh olimning bu orzusi 1878 yil dekabr oyida ushaldi: 21 yoshli F. do’ Sossyur “Hind-evropa tillarida unlilarning dastlabki tizimi haqida memuar” (tadqiqot) (“Le Mémoire sur le système primitif des voyelles dans les langues indoeuropéennes”) nomli fundamental asarini e’lon qildi. F.do` Sossyur ta’limotida til falsafasi (til va tafakkur, ularning o`zaro munosabati masalasi do` Sossyur, Kurtene, Krushevskiy talqinida). F.do` Sossyurning yozishicha, til tushunchasi bilan nutqiy faoliyat tushunchasi bir narsa emas: til - nutqiy faoliyatning juda muhim tarkibiy qismi, ijtimoiy mahsulotdir. Nutqiy faoliyat rang-barang va xilma-xil. U ayni paytda ham fizik, ham fiziologik, ham ijtimoiy soqaga taalluqli. "… uni inson qayoti hodisalarining muayyan kategoriyasiga kiritish mumkin emas" (25-bet). Til, aksincha, o`zicha yaxlit, keyingi tasniflar uchun boshlanqich nuqtadir. Shuning uchun nutqiy faoliyatni o`rganishni aynan tildan boshlash kerak, chunki faqat til unga ma`lum yaxlitlik baqishlaydi. IV. F.do` Sossyur til/nutq dixotomiyasi ilmiy nuqtai nazardan birinchi bo`lib asoslab bergan olimdir. Unga ko`ra, til bilan nutqni o`zaro farqlash: 1) ijtimoiy hodisani individual hodisadan; 2) muhim (birlamchi) narsani muhim bo`lmagan (ikkilamchi), u yoki bu darajada tasodifiy narsadan farqlash deganidir. Til - tayyor mahsulot, nutq esa - individual akt mahsuli. Til va nutqni qiyoslab o`rganish asnosida do` Sossyur quyidagi xulosalarga keladi: 1. Til - nutqiy faoliyatning tarqoq (uyushmagan) hodisalari orasida o`zini juda aniq namoyon etadigan hodisa. U nutqiy faoliyatning jamiyat, individ faoliyatiga nisbatan tashqi tomonidir. 2. Tilni, nutqdan farqli o`laroq, mustaqil o`rganish mumkin. U nutqiy faoliyatning boshqa sohalarisiz ham faoliyat ko`rsatadi. Boshqacha aytganda, til – bu sohalar aralashmagandagina o`zini yaqqolroq namoyon etadi. 3. Nutqiy faoliyat mohiyatan har xil hodisa bo`lsa, til - bir xil hodisa, ya`ni belgilar tizimidir. Undagi yagona muhim narsa - ma`no va akustik obraz mushtarakligidir. 4. Tilning aniqligi nutqning aniqligidan kam emas va bu uni izchil o`rganishda juda qo`l keladi. "Aynan til hodisalarini qayd etish mumkinligi luqat va grammatikani uning haqiqiy ifodalovchilariga aylantiradi: til - bu akustik obrazlar xazinasi, yozuv esa unga real shakl bag`ishlaydi, xolos" (32-bet). Yuqorida bayon qilinganlardan do` Sossyur shunday xulosalarga keladi: - til nutqiy faoliyatdan farqli o`laroq, inson hayotida alohida o`ringa ega; - til ham usqurtma, biroq ijtimoiy, huquqiy va boshqa usqurtmalardan jiddiy farq qiladigan sotsial usqurtmadir; - til - tushunchalarni ifodalovchi belgilar tizimi. Shuning uchun uni yozuv, kar-soqovlar alifbosi, ramziy marosim, boadoblik shakllari, harbiy signal va shu kabilar bilan qiyoslash mumkin. Til - faqat shu tizimlarning eng muhimidir; O`zbekiston Respublikasining “Lotin alifbosiga asoslangan yangi o`zbek yozuvi to`g`risida”gi Qonuni va shu alifboning milliy o`zbek tili talaffuziga mosligi. O'zbek lotin yozuvi - lotin grafikasiga asoslangan harf tovush (fonografik) yozuv turi. O'zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O'zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o'tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929 yil 15-23 may kunlari Samarqand shahri (O'zbekistonning o'sha davrdagi poytaxti)da bo'lib o'tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929 yil 10 avgustda tasdiqlangan. Samarqand konferensiyasida qabul qilingan “lotinlashtirilgan o'zbek alifbosi” 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat bo'lgan. Konferensiyada singarmonizm o'zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o'zini oqlamadi, amalda imloda boshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so'z bir necha xil yoziladigan bo'ldi. Natijada bu masala 1934 yil yanvarda bo'lib o'tgan Til va imlo masalalariga bag'ishlangan respublika qurultoyida qayta muhokama qilinadi va alifboga tegishli o'zgarishlar kiritiladi. O'tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o'zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940 yilda yangi alifbo qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan to O'zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo'lgan davrda rus grafikasi asosidagi o'zbek alifbosining qo'llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto “ikkinchi ona tili” darajasiga ko'tarilishiga, o'zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo'llanish doirasining torayishiga olib keldi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng respublikada o'zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o'tkazish haqida fikr- mulohazalar o'rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida”gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o'zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi: Aa — rus grafikasidagi “a” tovushi, Bb - “b”, Cc - “s”, Dd - “d”, Ee - “e”, Ff - “f”, Gg - “g”, Hh - “h”, Ii - “I”, Jj - “j” (jonli, jo'ra), Kk - “k”, Ll - “l”, Mm - “m”, Nn - “n”, Oo - “o”, Pp - “p”, Qq - “q”, Rr - “r”, Cc - “s”, Tt - “t”, Uu - “u”, VV - “v”, Xx - “x”, Yy - “y”, Zz - “z” Çç - “ch”, Ğğ - “g'”, Jj - “j” (ajdod), Ňg - “ng”, Ŏŏ - “o'”, Şş - “sh”, (‘) tutuq belgisi (apostrof). Ushbu alifboni va shu asosda tayyorlangan “O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling