Belgi, ifodalanish, ifodolovchi
Download 201 Kb.
|
VARIANT 21-22
Bolalik yillari. Sossyur nomdor ajdodlari kabi tabiatshunoslik bilan emas, balki tilshunoslik bilan juda erta qiziqqan. Buning sabablari bor:
- ona tomonidan bobosi Aleksandr-Jozef Purtalening boy kutubxonasidan bemalol foydalanish imkoni; - shu bobosi bilan etnolingvistika va etimologiya fanlari xususida olib borilgan suhbatlar. “Meni doimo tilshunoslik o’ziga tortardi” va “men ona tomondan bobomning kutbxonasidan … va u bilan kechgan suhbatlardan oziqlanardim”, - deb yozgan F. do’ Sossyur o’sha saodatli kunlarini eslab ; - 12 yoki 13 yoshida keksa matematik, tilshunos va faylasuf, san’at va adabiyotning zukko bilimdoni, “olim va ayni paytda shoir” [F. do’ Sossyur], lingvistik paleontologiya (hind-evropa tillari materiallari asosida) asoschisi, “Les origines indo-europénnes ou les Aryas primitifs” (1859) va “Essai de paléonthologie lingvistique” (1863), nomli ikki jildlik fundamental asar muallifi, nemis faylasuflari Hegel (Hegel) va F. Shellingning shogirdi va do’sti, V. fon Shlegelning jo’rasi, Kuzenning yaqin do’sti va safardoshi Adolf Pikte (1799-1875) bilan uchrashgani, u bilan kechgan samimiy, do’stona va ilmiy suhbatlar. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling