Belorussiya (Belarus), Belorussiya Respublikasi


Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana07.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1173583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Belarus — УзЭнц

Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием
cookie-файлов.
Дополнительная информация
ОК


Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y.
muqaddam); 
neolit davrida
(miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha)
dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri
— 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga
oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom
Sofiylik sobori
Dunyo qasri
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием
cookie-файлов.
Дополнительная информация
ОК


etdi
[5]
. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi,
dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil
topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida 
Rossiyaning
gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va
tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi.
Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belorus
atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi.
Beloruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva
knyazligi Belarus va 
Ukrainadagi
hukmronligini mustahkamlash uchun 
1569-yilda
Polsha
bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib,
Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir
oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning
mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini
oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 
1595-yilda
S. Nalivayko boshchiligidagi
ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651 yillarda ukrain xalqining ozodlik
kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib
oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21
yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus
xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 
1772-
yilda
 Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi 
Rossiya
imperiyasiga
 qoʻshib olindi, 
1793-yilda
 Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi
oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko
boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 
1795-yilda
Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib
olindi. 
1812-yilgi
urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belorus shlyaxtasi Buyuk Litva
knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida
demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular
Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 
1861-yilda
Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon
burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling