Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


-MAVZU:  HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI


Download 466.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.08.2017
Hajmi466.91 Kb.
#13982
1   2   3   4   5   6

5-MAVZU:  HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI. 

REJA: 

1. O’zbek tilining lug’at sostavi. 



2.  O’zbek tili serdialekt tillardan biri. 

3.  O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika. 

4.  Stilistik tadqiqotlar. 

 

         Hozirgi  o’zbek tilshunosligi avvalgi rus turkologiyasi eski o’zbek tili 



bo’yicha yozilgan lug’at va filologik  traktatlarni va o’zlashtirish, bu maktablardagi 

lingvistik ideyalarni o’zbek tili materiallariga tadbiq qilish natijasida uzaga keldi. 

SHundan keyin o’zbek tilshunosligi shonli taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, o’zbek 

tili sinxronik, diaxronik, qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik aspektlarda o’rganish 

bo’yicha jiddiy natijalarga erishdi. O’zbek tilshunoslari safi beqiyos kengaydi, 

ularning ilmiy-nazariy tayyorgarligi yaxshilandi. Hozirgi o’zbek tilshunoslari 

safida  o’nlab fan kandidatlari va fan doktorlari bor. O’zbektili masalalari Fanlar 

Akademiyasining A.S.Pushkin nomidagi til va  adabiyot institutida, Toshkent, 

Samarqand va Nukus universitetlarida, respublika va viloyat pedagogika institutida 

va boshqa joylarda o’rganilmoqda. Bulardan tashqari, Moskva, Leningrad kabi 

ilmiy markazlarda ham o’zbek tili bilan shug’ullanuvchi olimlar bor. 

         O’zbek  tilining lug’at sostavi ko’pdan buyon o’rganilib keladi. O’zFA 

A.S.Pushkin nomidagi til va adabayot instituti tomonidan 1957 yilda nashr etilgan 

“Hozirgi o’zbek adabiy tili ”, 1966 yilda nashr etilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” 

asarining birinchi tomida  o’zbek tili lug’at sostavi masalalariga birmuncha o’rin 

berilgan:  O’zbekiston oliy o’quv urtlari filologiya va til-adabiyot fakul’tetlari 

studentlari uchun yozilgan darslik va qo’llanmalarda ham o’zbek tilining lug’at 

boyligiga ancha o’rin ajratilgan. 

          Bu  ishlar  asos  e’tibori    normativ- tasviriy ishlar bo’lgani uchun o’zbek 

tilining so’z boyligi ularda norma va programma talablari asosida tavsif etiladi. 

          O’zbek tili lug’at sostavining ma’lum sohalariga bag’ishlangan monografik 

tadqiqotlar yaratildi. O’zbek tilida inteknasional so’zlar (I.Isroilov, M.Po’latov, 

N.G’ulomova), evfemizmlar (N.Ismatullaev),  eskirgan so’zlar (E.Qilichev), kasb-

hunar leksikasi (N.Mamatov, T.Dadaxonova-Tursunova, N.Bakoeva), 

antroponimlar (E.Begmatov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. 

        S.Ibrohimov  1961  yilda  “O’zbek tilining kasb-hunar leksikasi” degan 

mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 

            O’zbek  tili  frazeologiyasiga bag’ishlangan birinchi yirik ish SH.Rax             

matullaevning 1952 yilda Moskvada himoya qilingan ”Hozirgi zamon o’zbek 

tilidagi obrazli fe’l frazeologik birliklarning asosiy grammatik hususiyatlari” nomli 

kandidatlik dissertasiyasi bo’ldi. Bu ishning kirish qismida akad. 

V.V.Vinogradovning frazeologik konsepsiyasi o’zbek tili materialiga tatbiq etildi. 

SH.Raxmatullaev 1966 yilda “O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” degan 

mavzuda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 

           O’zbek  tili  frazeologik  boyligini to’plash va o’rganish keyinchalik badiiy 

adabiyot tili materialida olib borildi. Muqimiy frazeologiyasi (A.SHomaqsudov), 



 

22

Oydin asarlari frazeologiyasi (M.Husainov), A.Qahhorning frazeologiyasi 



novatorligi (I.Qo’chqortoev) buyicha kandidatlik dissertasiyalarini himoya qildi. 

M.Hakimov 1971 yilda frazeologiyaga oid “YOzuvchi va xalq tili” degan 

monografiya e’lon qildi.  

           Keyingi  yillarda  o’zbek  tilining lug’at boyligi semasiologik planda ham 

o’rganila boshladi. O’zbek tilida sinonim so’zlar (S.Isamuhamedova), antonim 

so’zlar    (B.Isabekov, R.SHukurov), polisemantik   so’zlar (T.Aliqulov) bo’yicha 

kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi; o’zbek tilida polisemiya (M.Mirtojiev), 

so’z ma’nosi va uning valentligi (I.Qo’chqartoev) masalalari bo’yicha 

monografiyalari bosilib chiqdi.  

           I.Qo’chqortoev  1978  yilda “O’zbek tilida nutq fe’llari semantikasi 

(komponent va valent tahlil)” degan mavzuda doktorlik dissertasiyasi himoya qildi.  

           SH .Raxmatullev va uning shogirdlari leksik ma’noni tabiati haqida, 

polisemiya va antonimiya (I. Abduraxmonov), polisemiya va sinonimiya 

(R.Unusov, S.To’ychiev) bo’yicha maqolalar e’lon qilib, dissertasiya yoqladilar. 

            O’zbek  leksikografiyasi 50-yillarda ko’zga ko’rinarli natijalarga erishdi. 

R.Abduraxmonov raxbarligida nashr etilgan “russko-o’zbekskiy slovarp”(1954), 

shuningdek, besh tomlik “russko-o’zbeksiy slovarp (1950-1955), A.K.Borokov tax             

ririda nashr etilgan ”O’zbekcha-ruscha lug’at” (1959)da o’zbek tili so’z boyligini 

deyarli qamrab olindi, o’zbek tilining turg’un birikmalari kengroq izohlandi. 

             O’zbek leksikografiyasining ilmiy prinsiplarini yaratish bo’yicha ham 

birmuncha ishlar qilindi. Bu sohada O.Usmonov, Z.Ma’rufov, S.Akobirov, A.X             

o’jaxonov kabi olimlarning xizmatlari katta bo’ldi. 

             O’zbek  tilida  sinonim  so’zlar lug’ati (A.Xojiev), antonim so’zlar lug’ati 

(SH.Raxmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov), frazeologik iboralar lug’ati 

(SH.Raxmatullaev), ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati (O.Usmonov) va boshqa max             

sus lug’atlar yaratildi. 

              O’zbek leksikografiyasi erishgan utuqlarning natijasi sifatida 1981 yilda 

60000 so’z va so’z birikmasini o’z ichiga olgan ikki tomlik “O’zbek tilining izohli 

lug’ati” nashr etildi.  

             O’zbek tilining fonetikasi hali keng ko’lamda o’rganilmagan.  Bu  sox             

aga bag’ishlangan ishlar sifatida o’zbek tili haqidagi tasviriy asarlar va 

darsliklarning fonetika qismlari, yirik ish sifatida 

V.V.Reshetnikovning”O’zbekskiy yazqk (vvedenie, fonetika)” nomli 

monografiyasini ko’rsatish mumkin. 

 

A.Mahmudov o’zbek tili fonetik sistemasi masalalari bilan ko’pdan buyon 



shug’ullanib keladi. Uning ”O’zbek tilida so’z urg’usi” (1960), ”o’zbek tili 

unlilari” (1968), ”O’zbek tili sonorlari” (1980) kabi monografiyalari bosilib chiqdi. 

 

O’zbek tili grammatikasi ancha tugal o’rganilgan E.D. Palivanov, 



A.N.Kononov va boshqa rus olimlarining umum turkologik va o’zbek tili 

grammatikasi bo’yicha yozgan asarlari bu sohada olib borilgan tadqiqotlar uchun  

nazariy va ilmiy-metodik asos bo’lgan. O’zbek tili grammatikasi bahsining rivojida 

A.G’ulomov, U.Tursunov, F.Kamolov kabi olimlar katta rolp o’ynaydi. 

 

O’zbek tilshunosligida grammatik tadqiqotlar so’z tarkibi,  



 

23

so’z yasalishi, so’z turkumlari va sintaksis bo’yicha olib borildi.  



 

O’zbek tilida so’z tarkibi masalalariga oid tadqiqotlardan so’zlarning 

morfologik tarkibi (O.Kosimxo’jaeva), qo’shma  so’z (B.Madaliev), juft so’z 

(N.Abduraxmonov) bo’yicha amalga oshirilgan  ishlarni ko’rsatish mumkin. 

 

S.Usmonov o’zbek tilida birinchi bo’lib «Umumiy tilshunoslik» (1972) 



darsligini yaratdi. 

 

So’z  yasalishi - o’zbek tilshunosligining max                sus sox                asi. 



Bu sox                aning sistemali o’rganilishi A.G’ulomovning ilmiy 

tadqiqotlaridan boshlandi. U 1957 yilda «O’zbek tilida so’z yasalishi tarix             

iy problemalari» degan  temada doktorlik dissertasiyasi yoqladi. A.G’ulomov 

o’zbek tili bo’yicha bir qancha darslik va qo’llanmalar yozdi, monografiyalar 

yaratdi; akademik grammatikani yozishda etakchi avtorlardan biri sifatida ishtirok 

etdi. 


 

O’zbek tilida so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar bo’yicha kandidatlik 

dissertasiyalari himoya qilindi. (YO.Tojiev, M.Jo’raboev, A.Berdialiev).  

So’z turkumlari bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tematikasi ancha 

keng. O’zbek tilida ravish (S.Fuzailov), numerativ so’zlar  (P.Hamdamov), son 

(S.Nizomiddinova) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi: 

ko’makchilar (X. Berdiyorov), undalma (A.Sayfullaev), tasviriy so’zlar (R. 

Kuyg’urozev), kelishiklar (R.Rasulov, O.Oripov, T.Inoyatov), egalik 

(S.Asliddinov), ish-amal va holat nomlari (F.Isxoqov), fe’l darajalari (S.Ferdaus), 

fe’l zamonlari (A.Suleymonov, J.Jo’raeva), fe’lning funksional formalari 

(S.N.SHox nazarova) maxsus tadqiqotlar ob’ekti bo’ldi. 

A.Xojiev 1968 yilda o’zbek tilida to’liqsiz fe’l bo’yicha doktorlik dissertasiyasi 

himoya qildi. U 1975 yilda nashr etilgan akademik grammatikani yozishda ishtirok 

etdi; “Ko’makchi fe’llar” (1966), “To’liqsiz fe’l” (1970) monografiyalarini, 

“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” (1974) asarini yaratdi. 

Sintaktik tadqiqotlar gap va uning bo’laklari, qo’shma gap sintaksisi 

masalalari bo’yicha olib berildi.O’zbek tilida gap va uning mohiyati 

A.G’ulomovning “Sodda gap” (1955) monografiyasida birinchi bor atroflicha 

yoritildi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (X.Ismatullaev), so’roq gap 

(A.Ahmedov) max                sus o’rganildi, nominativ gap (X .G’ofurov), majhud 

konstruksiya (M.Mujdaboev), deb ravishdoshining sintaktik funksiyalari 

(M.SHaripov), sabab munosabatining ifodalanish yo’llari (S.G’oyibov) bo’yicha 

tadqiqotlar olib borildi. I.Toshaliev “Hozirgi o’zbek adabiy tilida kiritma 

konstruksiyalar” (1976) monografiyasini e’lon qildi. 

I.Rasulov o’zbek tilida bir sostavli gaplar bo’yicha qator asarlar yozdi, 1974 yilda 

“Hozirgi o’zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar” monografiyasini bostirib 

chiqardi. Oradan bir yil o’tgach, shu mavzuda doktorlik dissertasiyasi yoqladi. 

I.Rasulov-o’zbek tili bo’yicha oliy o’quv urtlari studentlari uchun yozilgan bir 

qancha darslik va qo’llanmaning avtorlaridan biri. 

A.Safoev-o’zbek tilida gap bo’laklari bo’yicha ko’zga  ko’ringan  mutax             

assislardan biri. U “O’zbek tilida gapning bosh bo’laklari” (1958), “Hozirgi o’zbek 

tilida gapning (bosh bo’laklari) semantik-sintaktik jihatdan bo’linishi” (1976) 



 

24

monografiyalarini yozdi. 1969 yilda “Hozirgi o’zbek tilida sodda gapning ikkinchi 



darajali bo’laklari” degan temada dektorlik dissertasiyasini himoya qildi.  

Qo’shma gap-o’zbek tilining qizg’in o’rganilayotgan sohalaridan biri. 

O’zbek tilida shart va to’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar (A.Azizova), 

payt ergash gapli qo’shma gaplar (A.Ma’rufov), to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma 

gaplar (X.Rustamov), bir necha ergash gapli qo’shma gaplar (E.Azlarov) bo’yicha 

kandidatlik dissertasiyalarini yoqlashdi. 

O’zbek tili punktuasiyasi bo’yicha qator qo’llanmalar yaratildi.  X             

.G’oziev o’zbek punktuasiyasi tarixiga oid bir qancha asar yozdi. K.Nazarov 

“O’zbek tili punktuasiyasi asoslari” (1971), “Tinish belgilari va yozma nutq” 

(1974), “O’zbek tili punktuasiyasi” (1976) qo’llanmalarini bostirib chiqardi. 

O’zbek tili-serdialekt va sersheva tillardan biri. Uning dialektik sostavi keng 

planda o’rganildi.  

O’zbek tilshunosligida dialektologik tadqiqotlar bir necha yo’nalishda olib 

borildi. 

Ko’p dialektologlar o’zbek tilining muayyan joylarga bog’liq shevalarini 

o’rgandilar. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlarning dastlabki namunalari E.D.Polivanov 

(Toshkent shevasi), K.K.Udaxin (Qorabuloq, Vodil shevalari) tomonidan yaratildi. 

M.Mirzaev 1965 yilda “O’zbek tilining Buxoro gruppa shevalari” degan 

temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. U o’zbek tili shevalari va boshqa 

masalalar bo’yicha bir qancha ilmiy asar yaratdi, oliy o’quv urtlari uchun o’zbek 

tili bo’yicha darslik va qo’llanmalar yozishda ishtirok etdi. 

Adabiy til va shevalarning o’zaro munosabati o’zbek tilshunosligining 

aktual problemalari qatoriga kiradi. SH.SHoabdurahmonov 1963 yilda “O’zbek 

adabiy tili va o’zbek xalq shevalari” temasida doktorlik dissertasiyasi himoya qildi. 

SHu nomda monografiyasi ham nashr etildi. 

O’zbek tilshunosligida tarixiy tematika, asosan, o’tmish yozma yodgorliklari 

tilini, ayrim grammatik kategoriyalarining rivojlanish tarixini va o’zbek adabiy 

taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan bog’lik bo’ladi. 

Bir guruh tilshunoslar X1-X Sh asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarni 

lingvistik o’rganish bilan shug’ullandi. Usuf  Xos Xojib  “Kutadg’u bilik” 

asarining tili (K.Karimov), Ahmad Ugnakiy “Xibbatul xaqoyiq” asarining tili  

(K.Mahmudov) bo’yicha kandidatlik dissertasiyalari himoya qilindi. 

O’zbek tilshunosligida tarixiy tematikaning muhim yo’nalishlaridan biri 

grammatik kategoriyalar taraqqiyotini o’rganish bilan bog’liq bo’ldi.  J.Mux             

torov 1971 yilda “O’zbek tilida sifatdosh formalarning rivojlanish tarixi” degan 

temada doktorlik dissertasiyasi himoya qilindi. 

O’zbek tilini boshqa tillarga taqqoslab o’rganish ma’lum tarixga ega. 

O’zbek va fors-tojik tillarining o’zaro munosabatiga juda qadimdan e’tibor 

qilingani ma’lum. Alisher Navoiy o’zining “Muxokamat-ul lug’atayin” asarida 

eski o’zbek va fors-tojik tillarining poetik imkoniyatlarini bir-biriga taqqoslagan. 

Bu asar o’zbek tili semantikasi va stilistikasining solishtirma-tipologik 

masalalariga bag’ishlangan birinchi jiddiy asardir. 



 

25

O’zbek va rus tillarining o’zaro solishtirib o’rganishining birinchi ilmiy 



namunasi E.D.Polivanov yaratdi. 

O’zbek adabiy tilining ilmiy-akademik tasviriga bag’ishlangan asar “Hozirgi 

o’zbek adabiy tili” nomida G.A.Abduraxmonov tahriri ostida 1965 yilda qaytadan 

nashr etildi. Ikki tomdan tashkil topgan bu asarning birinchi tomida o’zbek adabiy 

tilining fonetik sistemasi, lug’at sostavi va morfologik tuzilishi yoritildi, ikkinchi 

tomida esa o’zbek adabiy tilining sintaktik qurilishi tavsiflandi. 

 

HOZIRGI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI MAVZUSI 



BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 

1.O’zbek tilshunosligida turkologiya bo’yicha qaysi olimlar 

 

shug’ullandilar? 



 

2.Keyingi yillarda o’zbek tilshunosligining qaysi sohalari keng rivojlandi? 

 3.O’zbek 

tilshunoslari 

turkologiya fanining rivoji uchun qanday hissa 

qo’shdilar? 

 

4.O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlari haqida nimalarni bilasiz? 



5.  O’zbek tilshunoslari turnologiya fanining rivoji uchun qanday hissa qo’shdilar? 

6.  O’zbek tilshunosligining so’nggi utuqlariga misollar ayting? 

7.  O’zbek tilshunosligida mazmuniy yo’nalishnign vujudga kelishi. 

8.  O’zbek tilshunosligida sistem tadqiqotlar. 

9.  O’zbek tilshunosligining etakchi olimlari. 

10. O’zbek tilshunosligining turkologiyadagi o’rni. 

 

TAYANCH   ATAMALAR: 



1.O’zbek turkologlari. 

2.O’zbek tilshunosligining maktablari. 

3.O’zbek leksikografiyasi. 

4.Tarixiy tilshunoslik. 

5.Qiyosiy tilshunoslik. 

6.Tarixiy-qiyosiy tilshunoslik. 

 

ADABIYOTLAR: 



1.A.Nurmonov va boshqa. O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi. 

Toshkent. “FAN” 1992 yil. 

2.N.Mahmudov.ANurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent 

o’qituvchi. 1995 yil. 

3.O’zbek tili grammatikasi 1-11 tomlar. 

4.I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

 

 

 



 

 

 



 

26

6-MAVZU: URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI  



  

R E J A: 

1.Ural va oltoy tillarining o’xshashliklari 

2.Ural va oltoy tillarining gnetik qarindoshligi 

3.Arab filologiyalari va ularning asarlari haqida ma’lumot. 

4.  Mahmud Qoshg’ariy va uning asarlari. 

5.  Turkiy tillar sintakti. 

6. Xulosa 

 

Ural tillari oilasi fin-ugor va samodiy tillarini (selp-kun, nenes, nganasan) 



o’z ichiga oladi. Bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning dastlabki vatani Ural tog’lari 

atrofi deb faraz qilinadi. Shu tufayli bu tillar Uraltillari nomi bilan uritiladi. Hozir 

Sibirda yashovchi xanti, mansi, nenes, nganasanlar.Volga bo’yida yashovchi 

mordva, marilar, Kemi ASSR da yashovchi komi, udmurtlar, Boltik bo’yida 

yashovchi eston, karelp, finlar va Markaziy Evropada yashovchi vengrlar Ural 

tillari oilasiga mansub tillarda so’zlashadilar. 

Oltoy tillari ham uchta katta til gruppasini o’z ichiga oladi: turkiy tillar, 

mag’ul tillari, tungusmanjur tillari. Bu tillarda hozir asosan, Osiyo qit’asining 

Sibirp, Mug’uliston, Sharqiy-Shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo, Volga bo’yi, Yaqin 

Sharq, Kavkaz territoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar. 

Ural va Oltoy tillari strukturasida anchagina o’xshashliklar mavjud. Bular 

quyidagilar: 

1.  Bu tillar agglutinativ tipdagi tillar bo’lib, ularda affiks va asos aniq 

chegaralanadi,o’zak so’z-formaga teng keladi, har bir grammatik ma’noni 

boshqa-boshqa forma yasovchi affiks ifodalaydi. 

2.  Bu tillarning deyarli barchasida singarmonizm u yoki bu darajada mavjud. Bu 

fonetik hodisa hind-Evropa, hamit-semit kabi til oilalarida uchramaydi. 

3.  Qarashlilik maxsus grammatik kategoriya bilan ifoda etiladi. 

4.  Grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. 

5.  Bir tipli turlanish xususiyatiga ega _(ya’ni ot, sifat, olmosh kabi so’z turkumlari 

hammasi bir xil turlanadi). Hind-Evropa tillarida, masalan, rus tilida bu so’z 

turkumlari turlanishda o’zaro farqlanishi bilan birgalikda, bir turkumning (ot 

turkumining) o’zida uch xil turlanish formalari sistemasi mavjud. 

6.  Hind-Evropa tillaridagi prelog funksiyasini bu tillarda ko’makchilar bajaradi. 

7.  Aniqlovchi bilan aniqlanmish o’zaro sonda moslashmaydi (bundan fin-ugor, 

tungus-manchjur tillarining ayrimlari mustasno). 

 

XX  asr boshida R. Rask, V.SHott va M.A.Kastrenlar tomonidan ural va 



oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi fikr oldinga surildi va bu fikr O.Betling, 

V.Tomsen, I.Gombos, G.Vinkler kabi olimlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 

Ayni vaqtda ural-oltoy tillarining qarindoshligiga shubha bilan qarash, keyinroq 

esa ural-oltoy tillarininggina emas, balki oltoy tillari oilasiga kiritilgan ba’zi 

tillarning (turkiy, mug’ul, tung’us-manchjur tillarining) ham genetik 


 

27

qarindoshligiga shubha bilan qarash yoki uni rad qilish hollari uchray boshladi. 



Ba’zi olimlar, masalan, vengr olimi U, Nemet, ural-oltoy tillarining hammasi 

emas, balki ugor va turkiy tillargina qarindoshlikni ega deb hisoblaydi. 

R.Ramstedt,Viklund, Andersen, Munkachi, Kollender  kabi tilshunoslar esa ugor-

fin tillari oltoy tillari bilan emas, balki hind-evropa til oilasi bilan qarindosh 

deydilar. V.I.Litkin va K.E. Maytinskaya kabi sobiq ittifoq tilshunoslari ham hind-

evropa va ugor-fin tillaridagi olmosh o’zaklarining mos kelishiga tayanib, bularni 

qarindosh deb hisoblaydilar. 

Taniqli sobiq ittifoq tilshunosi E.D.Polivanov oltoy tillari bilan koreys tili 

genetik qarindosh bo’lishi mumkin degan fikrni bildirgan holda, oltoy tillarining 

ural tillari bilan qarindoshligi masasiga shubha bilan qaraydi. 

Sobiq ittifoq tilshunoslari N.A.Baskakov, G.D.Sanjeev, E.I.Ubryatova va 

boshqalar, oltoy tillari o’zaro genetik qarindosh, deyish bilan birga, oltoy va ural 

tillari genetik qarindosh emas, balki tipologik o’xshash tillardir deb hisoblaydilar. 

Ayrim tilshunoslar, masalan, Dj.Klouson, V.Kotvich. A.M.SHcherbak va 

boshqalar oltoy tillari o’zaro genetik qarindoshligini ham tan olmaydilar va ular bu 

tillardagi umumiy hodisalarni uzoq muddat davom etgan aloqa-aralashuv natijasi 

deb biladilar. (Buning isboti uchun A.M.SHcherbak turkiy, mug’ul, tung’us-

manchjur tillarida boshqa tillar ta’siriga juda kam uchraydigan sonlar hamda asosiy 

lug’at fondini tashkil etuvchi so’zlar o’zaro mos kelmasligini dalil sifatida 

keltiradi). D.Deni “Fin-ugor tilshunosligiga kirish” asarida hind-evropa va fin-ugor 

tillarining qarindoshligi haqidagi fikrga uzil-kesil zarba berdi. 

XX asrning 60-yillaridan boshlab ural-oltoy tillarining qarindoshligi 

masalasiga qiziqish qayta jonlandi. Vengriyada D.Fokash, Finlyandiyada 

M.Ryasyanen va sobiq ittifoqda Dj.Kiekbaevlar o’z asarlarida ural-oltoy tillarining 

genetik qarindoshligini yoqlab chiqa boshladilar. Ural tillari vakillari bilan oltoy 

tillari vakillari uzoq vaqt madaniy va moddiy aloqada bo’lganligi oqibatida bu 

tillarda bir-biriga yaqin hamda o’xshash grammatik hodisalar vujudga kelgan 

degan xulosaga keldilar. Ayniqsa, oltoy tillari o’zaro juda yaqinligini alohida 

ta’kidladilar. Tilshunoslikda bu tillarning tipologik bir xilligidan tashqari, fonetik 

va grammatik jihatdan ham juda ko’p o’xshashliklarga egaligi qayd qilinadi. Biroq 

hozirga qadar ural-oltoy tillari qarindoshligi masalasi uzil-kesil hal qilingan emas. 

 

URAL-OLTOY TILLARINING GENETIK QARINDOSHLIGI 



MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI 

1.Turkologiyada Ural va Oltoy tillarining o’xshash tomonlari haqida qanday fikrlar 

mavjud? 

2. Ural va Oltoy tillarining genetik tasnifi qanday xulosalarga olib keladi? 

3.Ural va OLtoy tillarining qiyosiy tadqiqi bo’yicha qaysi olimlar ko’proq 

shug’ullanganlar? 

11. Ural-Oltoy tillarga  xos umumiy hodisalar nimalarda ko’rinadi? 

12. Oltoy tillariga xos umumiy fonetik xususiyatlarini sanab bering. 

13. Oltoy tillariga xos leksik xususiyatlar. 

14. Bu tillarda singormizm mavjudmi? 



 

28

15. Oltoy tillarini tashkil etuvchi guruhlar. 



16. Ural va Oltoy tillari tuzilishidagi o’xshashliklar. 

17. Oltoy tillari vakillarining geografik joylashuvi. 

 

TAYANCH  ATAMALAR: 



1.  Ural tillari. 

2.  Oltoy tillari. 

3.  Genetik qarindoshlik. 

4.  Qiyosiy tipologiya. 

5.  Genetik tasnif. 

 

                               A D A B I YO T L A R : 



1.  E.Fozilov. O’zbek tilining tarixy morfologiyasi. 

 Toshkent 1965 yil. 

2.  N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie turkskix yazqkov. 

M.1969 g. 

3.  I.Qo’chqortoev. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

 

TURKIY  XALQLAR  VA  ULARNING  TILLARINI O’RGANISHNING   



ILK  DAVRI 

Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining 

vujudga kelishi O’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik 

arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta 

ahamiyatga egabo’ldi. 

Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani ma’lum emas, chunki 

dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib kelmagan. Mavjud 

ma’lumotlar bu fanning UP asrda paydo bo’lganidan dalolat beradi. 

Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda uksak 

natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sagofiy (VIII asr),  al-Basriy  Sibovayx             

iy (VIII asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy  (1Xasr),  az-Zamax             

shariy (XP asr), Abu X ayyom (XSH-XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi 

va grammatikasi haqida mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. 

Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan utuqlarniqo’lga 

kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Faroxidiy (VIII asr) “Kitob-ul-Ayn” lug’atini yaratdi. 

Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi 

hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan zrnini shundan 

bilish mumkin. Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch uz yil keyin yashagan Mahmud 

Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’utiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida 

ta’kidlab ko’rsatadi. 

Arab leksikograflari lug’atning xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy 

(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1Xasr) maqol va matallar lug’ati, 

Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn-

Kutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 



 

29

mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli(Ba’zi manbalarga qaraganda 100 



tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor. 

Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy 

(Xasr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida 

so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. 

Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni faqat arablarning o’zlari 

yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining 

tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda boshqa  x             

alqlarning vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili 

bo’libgina qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan.SHuning 

uchun adabiyotda,fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini 

mukammal bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi.Ingliz sharqshunosi 

E.Braunning”Eron adabiyoti tarixi ”asarida ko’rsatilishicha,islom madaniyatining 

“oltin davri” hisoblanmish abbosiylar sulolasi xukm so’rgan davrda  /749-846 

yillar /arab fani va madaniyatining eng mu’tabar 

Vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa xalqlarning vakillari 

bo’lgan. 

 

Mashhur arab filologlaridan Sibovayxiy eronlik,az-Zamaxshariy xorazimlik, 



Ismoil al-Javhariy turkiy xalqlar vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xusan,arab 

filologiyasi taraqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rolp o’ynaganligini ochiq-

oydin ko’rsatadi. 

 

Arab filologiyasi an’analari ta’sirida taxsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda 



boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar.Bunday 

olimlarning ko’pchiligi mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi.Turkiy 

filologiya  fanining vujudga kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan 

bog’lanadi. 

 Mahmud 

Qoshg’ariy. 

 

Turkiy xalqlar orasidan etishib chiqqan birinchi ensiklopedist turkolog olim 



Mahmud Koshg’ariy 1029-1038 yillar oralig’ida Koshg’ariy tug’iladi. Uning otasi 

qoraxoniylar sulolasiga mansub bo’lgan. Buni M.Koshg’ariyning bobolari haqida 

aytgan gaplari ham tasdiqlangan. M.Koshg’ariyning yozishicha, uning bobolari 

turk shaharlarini somoniylardan tortib olgan qoraxoniylar sulolasiga asos  solgan. 

Mahmud Koshg’ariy Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog’dod kabi 

shaharlarda taxsil ko’radi, arab tilini arab filologiyasi sirlarini puxta 

o’rganadi.Lekin u umrini turkiy xalqlar va ularning tilini tadqiq etishga 

bag’ishlaydi. 

“Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’iz / 

qirg’izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko’p yillar kezib chiqdim, -deb 

yozadi. Ularning lug’atlarini to’pladim,turli xil so’z xususiyatlarini 

o’rganib,aniqlab chiqdim”/ ”Devon”,1,44 /. 

M.Koshg’ariy ko’p yillar davomida to’plagan bu materiallari asosida 

“Devonu lug’otit-turk”/”Turkiy so’zlar devoni “/nomli uch tomli asar yozadi. 

Bundan tashqari, uning yana bir asar yozgani ma’lum. M.Koshg’ariyning hali 


 

30

topilmagan”Kitobi javoxir an-naxv fi-l lug’at at-turk”nomli ikkinchi asarida turkiy 



tillar sintaksisi ustida baxs uritiladi. 

M.Koshg’ariyning”Devonu lug’otit-turk”asari ikki qismdan tashkil 

topgan:1.Kirish  2.Lug’at. 

Kirishda turkiy tillarning mavqei, lug’atning oldiga qo’yilgan vazifalar, 

asarning mundarijasi, turkiy tillarda so’z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va 

ularning tillarining o’ziga xos xususiyatlari yoritiladi. 

Asarning lug’at qismi 8 bo’limdan iborat: 

1/.Hamzali so’zlar /boshida alif, vov, yoy harflari keladigan so’zlar /bo’limi. 

2/solim /tarkibida alif, vov, yoy harflari kelmaydigan so’zlar / bo’limi; 

3/ muzoaf /tarkibida bir harfi ikki marta kelgan takrorlangan so’zlar bo’limi; 

4/ misol /boshida,o’rtasida yoki oxirida alif,vov,yoy harflaridan biri kelgan 

so’zlar /bo’limi; 

5/uch harfli so’zlar bo’limi; 

6/to’rt harfli so’zlar bo’limi; 

7/ gunnalilar /tarkibida burun tovushlari keladigan so’zlar bo’limi; 

8/tarkibida ikki undosh qator kelgan so’zlar bo’dimi. 

Lug’atnig bu tartibda tuzilishi arab leksikografiyasi an’analariga xos edi. 

Muallif lug’at tuzishda mashhur arab tilshunosi Xalil ibn-Axmadning “Kitob-ul-

Ayn”lug’atiga asoslangani alohida ta’kidlaydi. Lekin M.Koshg’ariy Xalil ibn –Ax             

madning tradisiyalariga ko’r-ko’rona ergashmadi,uning ayrim prinsiplarini rad 

etdi. Bu xaqida muallifning o’zi shunday deb yozadi: 

“Kitobni tuzish oldida Xalil ibn-Axmadning”Kitob –ul -Ayn”asarida tutgan 

tartibni qo’llash,iste’moldan chiqqan so’zlarni ham bera borish fikri menda 

tug’ilgan edi.Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o’zib 

borayotgan turk tilini yoritish jihatidan ham yaxshi edi.Lekin men o’quvchilarning 

foydalanisht masalaiga asoslandim.Men iste’moldan chiqqanlarini. Men tuzgan 

tartib to’g’riroqdir”/”Devon”,1, 45-46/. 

M.Koshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan 

foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini va fonetikasini bir-

biriga qiyoslab, ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatdi. 

M.Koshg’ariy ko’pgina faktlarga tarixiy yondashdi. U iste’moldagi va iste’moldan 

chiqqan /ya’ni eskigan, arxoizmlashgan /formalarni aniq chegaralab 

berdi.M.Koshg’ariy tilshunoslikda qiyosiy solishtirma metodning asoschilaridan 

biridir. 

Lug’atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so’z izohlangan/boshqa x             

isblarga ko’ra M.Koshg’ariy izohlangan so’zlarning soni 9000dan oshadi.Bu 

so’zlar turkiy xalqlar hayotining deyarli barcha soxalarini qamraydi: moddiy 

madaniyat predmetlaining nomlari (kiyim-kechak, uy ro’zg’or, bezaklar, musiqa, 

qurol-yarog’, asbob-uskuna, ho’jalik buumlarining nomlari); enonim va 

toponimlar; qarindoshlik nomlari; davlat tuzimiga oid terminlar; taom nomlari; 

xayvonlar va o’simliklarning nomlari; kasallik va dorilarning nomlari; ilmiy, diniy, 

etnografik, geografik terminologik; yil fasllari, oy va xafta kunlaring nomlari; 

tarixiy va mifologik qaxramonlarning nomlari va shu qabilar. 


 

31

M.Koshg’ariy so’zlarning qaysi xalq va qabila tiliga oid ekanligi masalasiga 



alohida e’tibor berdi. Bu jihatdan lug’atda keltirilgan so’zlarni bir necha gruppaga 

ajratish mumkin. 

Barcha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar: bosh, 

boy, yul, esh, ish qabilar. Ozarbayjon tilshunosi A.M.Demirchizoda umumturkiy 

deb atagan bunday so’zlar M.Koshg’ariy lug’atida izohlangan so’zlarning asosiy 

qismini tashkil etadi. 

Bir necha turkiy tillarda bir xil shakl va ma’noda qo’llanadigan so’zlar   s u 

z g a k–cho’mich (arg’u va qipchoo’ tilida ), b o l-asal (suvor va qipchoq tilida) 

qabilar. 

Muayyaan xalq, qabila tiliga oid so’zlar; g e  j a k –kokil (arg’u tilida), u t u 

n ch- q a r z (o’g’uz tilida ),k a r a k l a mo q-o’g’irlamoq, talamoq(yag’mo tilida),  

t u n a k –qamoqxona, zindon (barsagon tilida), s u g’ u t –so’zma (qorluq tilida) 

qabilar. 

M.Koshg’ariy o’zlashtirma so’zlarni ham e’tibordan chetda 

qoldirmadi.Masalan, k a r a t (o’g’irlash,talash) so’zini u turkman tiliga arab tilidan 

o’zlashgan deb taxmin qiladi shu bilan bir qatorda, M.Koshg’ariy turkiy tillardan 

boshqa tillarga o’zlashgan so’zlarga ham to’xtalib o’tdi.”Paxtali tun” ma’nosida yo 

l  m a so’zi xaqida u shunday deb yozadi:”Forslar buni turkiy xalqlardan olib ya l 

m a shaklda talaffuz qiladilar.Arablar forslardan olib yo l m o q shaklida 

qo’llaydilar. Hech kim bu so’zni turklar forslardan olgan deb da’vo qila olmaydi. 

CHunki men bu so’zni eng qirg’oq chegaralarda yashovchi oddiy turk xalqlaridan 

ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan ko’ra, bu xil yomg’ir elpig’ichiga 

muxtojroqdirlar. CHunki bularni urtida  qor, yomg’ir ko’pdir”(“Devon”,SH, 41-

42).  


Relyasion ma’no ham derivasion ma’no ham turkiy tillarda o’zakka 

qo’shimchalar qo’shish yuli bilan ifodalanadi. Bu turkiy tillar strukturasining arab 

tili strukturasidan farqini ko’rsatuvchi asosoy tipologik belgidir.M.Koshg’ariy 

mana shu belgini tshg’ri ko’rsata oldi.Uning mofologik ko’rsatkichlar haqidagi 

fikrlari XTX asrda yaratilgan tpologik nazariyalar (F.Bopp,A.SHleyxer va 

boshqalarning nazariyalari) bilan taqqoslansa, M.Koshg’ariyning qachalik etuk, 

genial tilshunos bo’lganligi yanada yorqinroq ko’rinadi. 

Arab tilshunoslari kabi M.Koshg’ariy ham so’zlarni uch turkumga ajratadi: 

ismlar, fe’llar va harflar. Harf termini yordamchi so’zlar va qo’shimchalarni 

anglatgan. M.Koshg’ariyning yozishicha, qo’shimchalar fe’llardan otlar, fe’lning 

daraja formalarini yasash va shu kabi vazifalarni bajarish uchun x                izmat 

qiladi.          

        M.Koshg’ariy  turkiy  tilar  fonetik  qonunlarining  kashfiyotchisidir. U 

“Devonu lug’atit -turk” asarida fonetik qonununlarining  tovush almashinuvi

tovush tushishi, tovush ortirilishi kabi ko’rinishlarini batafsil izohladi. 

         M.Qoshg’ariy  o’z  asarida  tovushlar garmoniyasi masalasiga alohida e’tibor 

berdi va shu nuqtai nazardan so’zlarni ikki guruhga ajratdi: qattiq so’zlar va 

umshoq so’zlar. Qattiq so’zlar til orqa tovushlaridan tarkib topsa, umshoq so’zlar 

til oldi tovushlaridan  tarkib  topadi. So’zga qo’shiladigan qo’shimchalar shu so’z 


 

32

tarkibidagi tovushlarga moslashadi: qattiq so’zga qo’shimchaning qattiq varianti, 



umshoq so’zga esa qo’shimchaning umshoq varianti qo’shiladi. Masalan, sifatdosh 

qo’shimchasining  -g’an  varianti qattiq so’zlarga, -gan varianti esa umshoq 

so’zlaga qo’shiladi: barg’an, kelgan kabi. 

       M.Koshg’ariy    qattiq  va  umshoq so’zlarni farqlashda  maxsus 

ko’rsatkichlardan  foydalanishga  harakat  qildi. Masalan, tarkibida   k  yoki  g’ 

tovushi kelgan so’zlarni u qattiq so’zlar  gruppasiga, tarkibida  k  yoki  g  tovush 

kelgan so’zlarni esa umshoq so’zlar gruppasiga kiritdi. 

      M.Koshg’ariy  turkiy klassifiksiyasini yaratishiga birinchi bo’lib qo’l o’rgan  

olimdir. Uning klassifikasiyasi ikki prinsipga  tayanadi: 

       1/ tilning  sofligi  prinsipi  

      2/  fonetik-morfologik  prinsipi. 

Bulardan fonetik- morfologik prinsip etakchi prinsip hisoblanadi. Bu prinsipga 

ko’ra M.Koshg’ariy X1 asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga 

gruppalaydi: 

1/ SHarqiy turklar (xoqoniy turklar ) tili;  

2/ G’arbiy turklar tili.    

  M.Koshg’ariy  birinchi  gruppaga  Bolasog’un, Koshg’ar atrofida yashaydigan  x             

alqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, uyg’ur, tuxsi, yag’mo kabi xalq  va 

qabilalarning  tillaridir.  

      Ikkinchi  gruppaga  /  g’arbiy  gruppaga/ o’g’uz, arg’u, qipchoq, totar, suvor, 

yamak kabi xalq va qabilalarning tillarini  kiritdi.  

   SHarqiy va g’arbiy turklarning qator xususiyatlariga ko’ra bir-birdan farqlanadi. 

 

TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARINI O’RGANISHNING ILK 



DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 

 

1.Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish qachondan 



boshlangan? 

 

2.Arab filologiyasining turkologiyaga qanday ta’siri bo’lgan? 



 

3. Dastlabki turkolog olimlar haqida nimalarni bilasiz? 

 

4.Dastlabki turkolog olimlar qanday tadqikotlar olib borishgan? 



 5.Turkologiyaning 

vujudga 


kelishida dastlabki qadam quygan olimlardan 

kimlarni bilasiz? 

 

6.Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar xaqida nimalarni bilasiz? 



 

7. Turkologiyaning ahamiyati haqida gapiring. 

 

8. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 



 

TAYANCH ATAMALAR: 

1.Arab filologiyasi  

2.Arab leksikografiyasi 

3. «Devonu- lug’atit- turk» 

4.Kitob-un-ayn 

5.Qatniq so’zlar 

6.Umshoq so’zlar 



 

33

ADABIYOTLAR: 



1.Abduraxmonov G’., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T.1982 y. 

2.Malov S.E. Pamyatniki drevneturkskixyazqkov pispmennosti.M., 1951g. 

3.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T.  


Download 466.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling