Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


-MAVZU:   OLTOY VA XUN DAVRI


Download 466.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.08.2017
Hajmi466.91 Kb.
#13982
1   2   3   4   5   6

 

7-MAVZU:   OLTOY VA XUN DAVRI 

REJA: 


1.  Oltoy davri xaqida 

2.  Mangol tilining umumiyligi, hozirgi turkiy tillarning qaysi birida saqlanmoqda? 

3.  Ural – Oltoy tillarining genetik qarindoshligi xaqida. 

4.  Turkiy tillarning xronologik ramkadagi fan tomonidan aniqlanmagan eng  

      qadimgi rivojlanish davri- bu oltoy til muomala davri edi. 

5. Xunlarning antropologik tuzilishi xaqida 

6.Xunlarning xayoti va yashash tarzi 

7.Xunlarning madaniyati va dini 

8.Xunlarning tili va yozuvi 

9.Xunlarda ijtomoiy tuzum 

 

 

«…Mongol tili turk va to’ngus tillari bilan» – deb yozgan edi akademik 



B.YA.Vladimirsov, -shartli ravishda oltoy tili deb ataladigan yagona umumiy 

bobga ega. 

 

Oltoy tili alohida holda ma’lum emas, lekin oltoy tillari mongol, turk to’ngus 



tillari oltoy tillari rivojlanishi prosesida paydo bo’ladi. 

 

Shunday qilib hozirgi zamon turk , mongol, to’ngus tillarida fonetik, leksik 



va grammatika qirrallari saqlangan umumiy qadimgi til mavjud bo’lib deb 

hisoblanadi.  

 

Ushbu guruh til gruppasi rivojlanishda oltoy davri fanda alohida 



ko’rsatilmagan. Hatto, tarixiy yodgorliklarda til yodgorliklarida ham bu davr 

xalqlari, tillari haqida aniq ma’lumot berishi mumkin bo’lgan biror narsa 

kelmagan. Bu davr tillari haqida va ularning qirralari haqida biz solishtirma – 

(qiyosiy) tarixiy metodning gipotetik qayta tiklash bilan hozirda hayot bo’lgan va 

yo’q bo’lib ketgan tillarni qadimiy elementlaridan bilib olamiz. 

 

Bular ancha keyin tillarni ikki katta gruppaga deferensaniya bo’lib ketganini 



ko’rsatadi. Bular hozirgi zamonda: bir tomondan to’ngus-manchjur va ikkinchi 

tomondan turk-mongol til gruppalaridar. 

 

Differenisiasiya belgilarining eng qadimgi va harakterli tomonlaridan biri 



shuki-kuzatilgan tillarda hozirgi zamon tillarida fonetik undoshlarining o’x             

shashligi ya’ni to’ngus bilan manchjur tillarining undoshlari mongol-turk 

undoshlariga o’xshashligi mos kelishidir. Ba’zi bir turk tillarida saqlanib qolgan 

oltoy til muomila davri boshqa tillar bilan qadimdan bog’lanishi bor. Bu tillarga 

yoqut, xoqas, boshqirtlar kiradi. To’ngus tilidagi (chutin) manchjur tilidagi (gusin) 

bilan o’x shash, mongollarda (guchin) deyiladi. (bu 30 degani) Manchjur tilidagi (x             

usin), mongol tilidagi (kuchin), oltoy tilida (kuch), xokaslarda (kus), yoqut tilida 

(kuus), boqirt tilida (kos), deiladi. Oxirgi misollarimiz shuni ko’rsatadiki, yoqut, x             



 

34

okos, boshqirt tillari bilan, to’ngus-manchjur tillari bilan qadimdan yaratilish 



mobaynida genetik bog’lanish bo’lgan. 

 

Chuvash va boshqa turk tillarida o’xshashlikni taqqoslaymiz. M, (chor) 



chuvash tilida «komno» (boshqa tillardagi tiz: tize: diz:dize) chuvash tilidagi 

(cheren) nogotp (tirnoq) dir. Ko’p xollarda turk tili bilan chuvash tili esa mongol 

tili bilan yaqinlashadi. 

 

Oltoy davrida turk tillarini rivojlanishi shunday harakatlanadiki, birinchidan, 



mongol, turk, to’ngus-manchjur tillarida dif-si yagona umumiy tilga birlashadi, 

ikkinchi tomondan esa o’sha yagona tilni ikkiga bo’lishgan. 1.Turk-mongol va 

2.To’ngus-manchjur tillariga bo’linadi. Bu bo’limlarni har bittasi o’zini dif-siyasi 

holatida o’zini fanatik, grammatik belgilariga ega bo’ladi. 

 

Oltoy davriga to’ngus-manchjur guruhlarini o’zinigina emas,balki turk va 



mongol tillarining ikki mustaqil gruppaga ajratish prosessini ko’rsatadi. 

 

Hozirgi mongol tillarida ko’rsatilishicha bir tomondan turk tillari, ikkinchi 



tomondan fonetik belgilari harakterlanadi mongol va turk tillaridagi 

differensiyalashga (rotasizm) va (lambdaizm) ni qirg’izish mumkin. Mongol 

tilidagi undoshlar r va l turk tilidagi undoshlar z va sh va l ni saqlanishi alohida, 

faqat qadimgi va hozirgi chuvash tillariga kiradi. 

 

Ko’p xollarda fonetik o’xshashliklar t-s, ch-sh hozirgi turk tillarida yoqut, 



xokas, bashqird qadimgi umumiy fonetik, to’ngus-manchjur chiziqlarini saqlagan. 

 

Mongol tili umumiyligi hozirgi turkiy tillarning birida saqlanmoqda, ya’ni 



chuvash tilida. 

 Misol. 


Chuvash t. r                                    boshqa turk tillarida z     

varam                                    « uzun» 

 

uzun 


varax                                     «dolge» 

 

uzuq 



ier                                 

«sled» 


 

iz 


ker                                        «kuz»  

 

kuz 



par                                        «led»   

 

buz 



tir                                          «kanizivatp» 

diz 


xer                                        «kiz»   

 

kiz 



xur                                        «gusp» 

 

kaz 



xuran                                     «kotelp» 

 

kazan 



cher                                        «koleno»   

diz 


                                              «chertilp»   

siz 


ser                                         «seditp» 

 

so’z 



shur                                       « boloto»   

saz 


ser                                         « sto-uz»   

yuz 


sul                                         « yil»  

 

yash //  jas 



pilek                                     «besh» 

 

bii // bes 



tel                                          «vremya»   

tush// tus 

                                              «selp» 

    telek                                        «son» 

 

 

tush // tus 



xel                                        «zima» 

 

kish // kis 



 

35

chul                                        «kamenp»   



tash// tas 

                            

 

   


 

 

tosh     



shal                                        «zub» 

 

tish// tis 



alak                                        «dverp» 

 

eshiq// esiq 



gelt                                              «slushatp» 

eshit// esit 

 

Chuvash tili  R.      Boshqa turk tillarida z. 



      r-z  l-sh           bog’lanishlari shu bilan izohlash 

mumkin-ki, ular nafaqat xos, balki boshqa turk tillarida ham ham uchrashi 

mumkin. Bu belgilar turk tilini leksikasida tarixiy sinonimlar holatida yoki boshqa  

so’zlar x olatida uchrashi mumkin. 

 

Qadimgi  r  turk tillarini ichidagina emas, boshqa turk tillarini ichida ham z 



ga o’xshashdir, faqat bulargina emas yana  r  d    va    y  undoshlariga  ham  o’x             

shashdir. Bu turk tillarini keyingi rivojlanishida alohida belgilari differensasiya 

mobaynida turk tillarini nechta alohida gurux                lar tashkil qilingan. 

Chuvash tili                                    boshqa turk tillarda 

shar   -siy- 

ura   -ayak-  ayoq 

varan 

  -ayan- 



 

keru   -kuyyov- 

 zyatp 

sar 


   -yay- 

  yoy 


taran 

  -toy- 


  taran 

xuran 


  -kayinp 

kayin 


 

 

Ural tillari oilasi fin-ugor va samodiy tillarini o’z ichiga oladi. Bu tillarda 



gaplashuvchi xalqlarning dastlabki vatani Ural tog’lari atrofi deb faraz qilinadi. 

Shu tufayli bu tillar Ural tillari nomi bilan uritiladi. Hozir Sibirda yashovchi xanti, 

mansi, ichonasanlar, Volga bo’yida yashovchi mordva, marilar, komi ASSRda 

yashovchi komi, udmurtlar, Boltiq bo’yida yashovchi eston, karelp finlar va 

Markaziy Evropadayashovchi vengerlar Ural tillari oilasiga mansub tillarda 

so’zlanadilar. 

 

Oltoy tillari ham uchta katta gruppasini o’z ichiga oladi: turkiy tillar, 



mo’g’ul tillar, to’ngus tillari. Bu tillarda hozirda asosan Osiyo qit’asining Sibir, 

Mo’g’iliston SHarqiy-shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo, Volga bo’yi, YAqin SHarq, 

Kavkaz territoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar. 

 

Ural va Oltoy tillari strukturasida anchagina o’xshashlik mavjud. Bular 



quyidagilar: 

1.  Bu tillar aglutinetiv tipdagi tillar bo’lib, ularda affiks va asos aniq 

chegaralanadi, o’zak so’z-formaga teng keladi, har bir grammatik manoni 

boshqa-boshqa forma yasovchi affiks ifodalaydi. 

2.  Bu tillarning deyarli barchasida singarmonizm u yoki bu darajada mavjud, 

bu fonetik hodisa Xind-Evropa, hamit –semit kabi til oilalarida uchramaydi. 

3.  Qarashlilik maxsus grammatik kategoriya bilan ifoda etiladi. 

4.  Grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. 



 

36

5.  Bir tipli turlanish xususiyatiga ega (ya’ni ot, sifat, olmosh kabi so’zlar 



turkumlari hammasi bir xil turlanadi), Xind Evropa tillarida, masalan rus 

tilida bu so’z turkumlari turlanishda o’zaro farqlanishi bilan birgalikda, bir 

turkumning o’zida uch xil turlanish formalari sistemasi mavjud. 

6.  Xind-Evropa tillaridagi predlog funksiyasi bu tillarda ko’makchilar bajaradi. 

7.  Aniqlovchi bilan aniqlash o’zaro sonda moslashmaydi (bundan fin-ug’or, 

to’ngus-manchjurlar tillarining ayrimlari mustasno). 

 

OLTOY DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI: 



1.  Oltoy davriga xos asosiy belgilari hozirgi qaysi turkiy tillarda saqlanadi? 

2.  Oltoy davrining o’ziga xosliklari. 

3.  Oltoy tillari nechta til guruhini tashkil etdi? 

4.  Oltoy tillariga xos umumiy xususiyatlarni sanab bering? 

5.  Oltoy tillariga xos leksik xususiyatlar. 

6.  Bu tillarda singormanizm qaysi darajada saqlangan? 

7.  Oltoy tillarini tashkil etuvchiguruhlar. 

8.  Ural va Oltoy tillari tuzilishidagi o’xshashliklar. 

9.  Oltoy tillari vakillarining geografik joylashuvi. 

10.  Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 

 

TAYANCH ATAMALAR 



1.  Oltoy davri 

2.  Mongo’l tillari 

3.  To’ngus-manchjur guruhi 

4.  Oltoy tillari guruhlari 

5.  Singormanizm. 

 

ADABIYOTLAR 



1.  Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. «O’qituvchi» 1984 y. 

2.  Baskakov N.A. Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov. M.1960 g. 

3.  SHayxulov N.G. Vvedenie v izuchenie Altayskixyazqkov. Uchebnoe posobie 

po speskursu. L. 1970 g. 

 

XUN DAVRI 

Hozirgi tilshunos, tarixchi va boshqa olimlar xunlarni til jihatidan to’ngus 

yoki mug’ul emas, balki turkiy deb ko’rsatadilar. Qadimgi Xitoy manbalarida ham 

6 asr turklari xunlaring bevosita avlodi sifatida qaraladi. Biroq, Markaziy Osiyodan 

to Volga daryosi bo’yigacha bo’lgan territoriyadagi xunlar bir xil tilda gaplashgan 

deb bo’lmaydi. Xun davrida qabila va urug’larning tili bir-biridan farq qilgan. 

Lekin bu farq bir til oilasi ichida elementar tarzda bo’lgan. Xunlarning yozuvi 

bo’lganligi xaqida ayrim ma’lumotlargina mavjud, lekin bu youv aks etgan 

yodgorlik topilmagan. Xitoy manbalarida esa xunlarning o’z yozuvi bo’lganligi 

haqida shunday deyiladi: Xitoy elchisi 245-250 yillarda Kambodjaga boradi va 

qaytib kelgach, quyidagicha axborot beradi: «Ular yozuvi xun yozuvigaux             


 

37

shaydi», bundan tashqari, Xitoy manbalarida xunlar soliq to’lovchilarning mol-



mulkini hisobga oluvchi kitob tutganligi ham aytib o’tiladi. Ba’zi olimlar turkiy 

runik yozuv xun yozuvining taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan deb 

hisoblaydilar va buni asoslashga harakat qiladilar. Umuman, xun davlatining, 

madaniyatining taraqqiyot darajasi ularda yozuv  bo’lishini taqozo qiladi. Bu 

yozuv xunlarning o’zi tomonidan ixtiro qilinganmi yoki ular boshqa  x             

alqlarning yozuvidan foydalanganmi har holda ko’pchilik bu yozuv, agar mavjud 

bo’lgan bo’lsa, g’arbdan kelgan degan fikrni yoqlaydi., bu hozircha noma’lum. 

Xunlarda ijtimoyi tuzum. 

Markaziy Osiyodan Dunay buylarigacha etib borgan birinchi turk davlatini 

xunlar tuzgan edi. Dastlab Gobi saxrosining janubi-g’arbida paydo bo’lgan xunlar 

eramizdan avvalgi 12 asrda G’arbdan Sharqqa o’tadilar va bu erdagi ko’chmanchi 

qabilalarni bo’ysundiradilar. Eramizdan avvalgi 9 asrdan boshlab xunlarning Xitoy 

bilan urushi boshlanadi. Mana shu payitda Xitoy chegarasida paydo bo’lgan uzchji 

qabilalari ham ko’chaya boshlaydi. Bir necha asr davom etgan kurashdan keyin x             

unlar qabilalari cho’l zonasida gegemonlikni o’z qo’liga kiritadi. Eramizdan 

avvalgi 165 yilda uzchjilar va usunlar G’arbiy Tyang’-Shan hamda Ettisuvga 

chekinadilar. Xun davlati ayniqsa  shanuy Mode (eramizdan avvalgi 209 yil) 

davrida ko’chayadi. 

 

Xun davlati urug’-qabilachilik asosida vujudga kelgan edi. Urug’ saylangan 



oqsoqol tomonidan boshqarilar edi. Xun davlati 24 urug’ning uushmasidan tashkil 

topgan. Har bir urug’ining o’z oqsoqoli bo’lgan. Ana shu 24 urug’ oqsoqoli 

ichidan eng obro’lisi xunlarning shang’uyi (urug’, buuk) bo’lgan. Shang’uy mutloq 

hokim bo’lgan emas. Shang’uy avval saylangan bo’lsa, keyinroq u meros bo’lib 

o’ta boshlagan. Xunlar Mode davridan boshlab harbiy tartibga katta e’tibor 

berganlar. Xoinlik qilganlar, harbiy intizomni buzganlar o’limga mahkum qilingan. 

O’g’irlik qilganlarning mulki, ba’zan oilasi ham musodara qilingan. Er davlatining 

asosi hisoblangan va har bir oila va urug’ning o’z qishki va yozgi yaylov bo’lgan. 

Xunlarda ko’llar ham bo’lgan, lekin ulardan uy ishlarida foydalnilgan. Asosan, 

urushda asir tushganlar qulga aylantirilgan. 

 

Xun erkaklari tug’ma jangchi bo’lgan, ya’ni urush paytida urushga 



yaroqlilarning hammasi ishtirok etgan. Boyishning asosiy manbai urush paytida 

olingan o’lja bo’lgan. Shuning uchun urush ularning xayotida muhim yashash 

manbai hisoblangan. Xun askarlari asosan o’q-yoy bilan qurollangan. Urushda 

xunlar qo’llagan asosiy taktika tasodifan, shiddat bilan hujum qilib chekinishdir. 

Agar dushman hujumga o’tsa, xunlar hujumni qabul qilmay, turli tomonga 

chekinib, yana to’planib hujumga o’tganlar. Shuning uchun ularni haydab uborish 

oson, engish qiyin, tor-mor keltirish mumkin emas edi. 

 

O’sha davrda xun ayollari taraqqiy etgan davlatlarda, masalan, Xitoy, 



Hindiston va Eronda bo’lgani kabi kamsitilmagan aksincha, ular ijtimoyi hayotda 

aktiv ishtirok etganlar. 

 

Eramizning 215 yili Xitoy bilan olib borilgan davomli urush natijasida 



hamda ko’chayayotgan syanpbi qabilalarining ta’sirida xunlar to’rt tarmoqqa 

bo’linib ketadi: 



 

38

1.  Shimoliy xunlar: bular Sibirga siljib, ug’or qabilalari bilan aralashib ketadilar 



2.  Uebanp ta’srida bo’lgan xunlar 

3.  Xunno-syanpbi aralash qabilalar 

4.  Xitoy xunlari: bular 5 asrga kelib to’liq xitoylashib ketadilar 

 

Evropada gunn nomi bilan uritilgan istilochilar asli syanpbi qabilalari 



ta’ziyqidan qochib, Ural tog’lari atrofiga kelib qolgan va u erdagi ugor qabilalari 

bilan aralashib ketgan shimoliy xunlarning avlodlari edi. 150 yil davomidagi bu 

aralashuv xunlarning qiyofasi va psixikasini ham o’zgartirib ubordi. 350 yildan 

boshlab xunnlarning Evropada urishi boshlandi. 

Xun davri. 

Tarixiy manbalarda xunn, xun, gun nomalari bilan uritiladigan qabilalar haqida 

eng dastlabki ma’lumotlar Xitoy manbalarida va keyinroq Evropa tarix             

chilari asarlarida uchraydi. Bu manbalarda, ayniqsa Hitoy manbalarida aytilishicha. 

Xunlar Gobi sahrosining janubiy tomonida yashagan xyanpun va xunpun 

qabilalarining shu sahrodan o’tib, Shimoliy Xitoy, Mongoliya, Zabaykalpe 

territoriyasidagi aborigenlar va xitoy elementlarining aralashuvidan tashkil topgan. 

Bu hodisa taxminan eramizdan avalgi ikkinchi ming yillikning oxirlariga to’g’ri 

keladi. 

Xunlarning antropologik tuzilishi haqida. 

Ma’lumki, dunyoda uch xil inson irqi mavjudligi aniqlangan: evropoid, 

mongoloid va negroid. Irq insonning tashqi tuzilishi asosida belgilanadi. Bu 

belgilar quyidagilar: terining rangi, bo’yining past-balandligi, kalla suyagiing 

tuzilishi, sochining rangi, ko’rinishi, burun tuzilishi, ko’z tuzilishi, labning qalin-

upqaligi, ikqilamchi jun sistemasining rivojlanish darajasi va hokazo. 

Arxeologik qazilmalarning ko’rsatilishicha, xunlar yashagan territoriyalarda 

o’sha darda evropoid va mongoloid qabilalar ham yashagan. Xitoy janubidagi Di, 

Sayan-Oltoy va shunga yaqin territoriyalarda yashagan dinli qabilalari evropoidlar. 

Manchjuriya territoriyasida yashagan dunxu, syanpbi qabilalari mongoloidlar 

bo’lgan. Xunlar antropologik jihatdan qadimgi barcha yirik qabilalar kabi bir xil 

bo’lmagan. Antropologlarnign tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, xunlarning evropoid 

va mongoloid  elementlarining aralashuvi aks etgan. Shuning uchun ular 

antropologik jihatidan poleosibir tilini qiladi. Ular uzining kichikligi, bo’yining 

balandligi, burnining kattaligi bilan shimoliy mongoloidlardan ajralib to’rgan. 

Keyinroq borib, xunlar ichida shimoliy mongoloidlarga xos belgilar ham paydo 

bo’lgan. (Shimoliy mongoloid qabilalari, jumladan, dunxu qabilalari kallasinign 

kattaligi, uzining kengligi bilan farqlanganlar). Umuman, qadimgi davrda (hozirda 

bo’lgani kabi) bir qabila, xalq ichida turli irqqa xos elementlarni uchratish 

mumkin. 

Shunday qilib, xunlar evropoid va mongoloid irqlarning arlash tipi bo’lib, turli 

davrlarda ijtimoiy sababalarga ko’ra ularda dam evropoidlik, dam mongoloidlik 

elementlari ustunlik qilgan. 

Xunlarning hayoti va yashash tarzi. 


 

39

Xunlar ko’chmanchi chorvador bo’lganlar, asosan yilqichilik, qoramolchilik, 



qo’ychilik bilan shug’ullanganlar. Bundan tashqari, ular tuya va eshak ham 

boqishgan. Har bir oila o’z podasiga ega bo’lib, yozda tog’lik yaylovlarga, qishda 

esa pasttekislikka ko’chib urishgan. Albatta, ko’chmanchilik sharoitida otning roli 

alohida ajralib to’rgan. U ham transport vositasi sifatida xizmat qilgan, ham go’sht 

uchun boqilgan. Xunlarning otlari, o’rta va baland bo’yli, tez chopadigan va 

chidamli bo’lgan. 

O’rmon-cho’l zonasidagi xunlar daraxtlardan urtlar va xun aravalari yasaganlar. 

Bu zonada ovchilik ham taraqqiy etgan. Ular, asosan, burgut ovlab, patidan yoy 

uqi tayyorlaganlar. Ularning ovqati asosan go’sht, sut. qimiz bo’lgan. Kiyimlar quy 

junidan tuqilgan yoki terilardan tayyorlangan. Terini  oshlash  va  tayyorlashni  yax             

shi bilganlar. Ipak va ipak kiyimlar Xitoydan keltirilgan.    

Dehqonchilik bilan muntazam shug’ullanmaganlar. Ba’zi xun qabilalarining 

o’rmon-cho’l zonasida bug’doy, tariq ekkanligi ma’lum. Lalmikor erlarga (ya’ni 

sug’orish shart bo’lmagan joylarga) ekin ekib, yig’ishtirib olish dehqonchilikning 

eng keng tarqalgan formasi bo’lgan. 

  Arxeologik qazilmalar xunlarning metall eritish bilan,  

xunarmandchilik bilan shug’ullanganini ko’rsatadi. Zabaykalpe va Mongoliya 

territoriyasi eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikdayok bronza 

metallurgiyasining markazlaridan biri edi. 

  Xunlarda, keng tarqalgan bo’lmasa ham, shahar hayoti mavjud edi.  

«Xun shaharlari taxminan to’rt burchak shaklida bo’lib,… xunarmandchilik 

mahallari, hukmdorlar saroylari hamda turar joylardan iborat edi». 

 Xunlarda 

madaniyat. 

Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda 

Zabakaykalpe va Markaziy Mongoliyada xunlarning ilk mustaqil madaniyati 

vujudga keladi. Bu tarixda «plitali kabr madaniyati» deb uritiladi. Bu madaniyat 

bronzadan yasalgan juda ko’p yodgorliklarni o’z ichiga oladi. Ularning ba’zilari 

bug’u tasviri bilan bezatilgan bo’lib, bular ularning juda katta mahorat egasi 

bo’lganligini ko’rsatadi. Eramizdan avvalgi 3 asrga kelib bronza o’rniga temir 

ishlatila boshlaydi. 

  Xunarmandlar qimmatbaho toshlardan turli bezak va taqinchoqlar 

yasaganlar. Ayollar kiyimidagi ayrim naqsh formalari o’z nafisligi bilan ajralib 

turadi. 


  N.K.Antanovning aytishicha, xunlarga tegishli badiiy buumlar dunyoning 

barcha yirik muzeylarida mavjud bo’lib, tasviriy san’atning «hayvon stili» deb 

nomlanadigan turining ixtirochisi va tarqatuvchisi ham eramizdan avvalgi ikkinchi 

va birinchi ming yilliklarda Markaziy Osiyo territiriyasida yashagan qabilalar, 

jumladan, xunlar bo’lgan. Bu yodgorliklarda ko’p shoxli afsonaviy bug’u tasviri 

ko’p uchraydi, bundan tashqari, bug’uga hujum qilayotgan sher, ot qabilar ham 

tasvirlangan. 

 Xunlarda 

din. 

Xunlarda ko’p xudolilik hukm so’rgan. Xunlarning hukmdori (shanpuy) har 



kuni chiqayotgan quyoshga, kechqurun oyga topingan. 

 

40

Ular har yili bahorda ajdodlariga, osmonga, erga va ruxlarga qurbonlik 



qilganlar. Xunlarning hukmdori «osmon bilan erdan tug’ilgan, quyosh va er irodasi 

bilan tayinlangan» degan unvonga ega bo’lgan. Tarixchilarning fikricha, shimol 

xalqlarida bunday din bo’lmagan, bu din ularga g’arbdagi qo’shnilari – uechji yoki 

dinlilardan kirib kelgan. Osmon jismlaridan ulduzlarga ham sig’inganlar. Harbiy 

urishlarda ulduzlar holatiga qaralgan. Xunlar narigi dunyodagi hayotga ham 

ishonganlar. Shuning uchun marhumning nariga dunyoga kerak deb hisoblangan 

narsalar bilan qo’shib ko’mganlar. Ba’zi hollarda hukmdorlar murdasi bilan birga, 

ularga narigi dunyoda xizmat qilishi uchun asirlar ham qo’shib ko’milgan 

(ayniqsa, dovurak asirlar qadrlangan). Ajdodlar ruhiga ba’zi asirlar qurbonlik 

qilingan. Bular xunlarning diniga ilk xitoy shamanizmining ta’siri deb ko’rsatiladi. 

Umuman, ajdodlar ruhiga ishonish, ya’ni o’tmish ota-bobolarning ruhi kishilarning 

hayotiga aralashadi deb qarash xunlarda, keyinroq turkiy xalqlar hayotida uzoq 

paytgacha saqlab kelingan. 

 

Xunlarning tili va yozuvi. 



 

Xunlarning tili haqida tarixiy manbalarda xilma-xil fikrlar bildirilgan. 

Chunki ularning tilida yozilgan birorta yodgorlik bizgacha etib kelmagan.  

Xitoy manbalarda bizgacha etib kelgan sanoqli xun so’zlari ham xitoy 

transkripsiyasida ifoda etilgan bo’lib fonetik jihatdan juda o’zgartirib uborilgan. 

Kastren, Ramstedt kabi ba’zi tilshunoslar xun tilini turkiy va mo’g’il tillari uchun 

umumiy bobo til bo’lgan, degan fikrni bildirdilar. A.N.Baskakov xun tili turkiy 

tillar taraqqiyotida umumiy bir davrni tashkil qiladi, degan fikrni, V.V.Bartolpd 

esa xun tili hozirgi chuvash tili, o’lik tillardan bulg’or, xazar tillari bilan birga bir 

gruppani tashkil qiladi, degan fikrni ilgari suradi. 

 

XUN DAVRI MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 



1.Xunlarning ijitmoyi hayoti haqida nimalarni bilasiz? 

2.Xunlar qaysi hududda yashaganlar? 

3.Xunlarning tili va yozuvi haqida qanday ma’lumotlar mavjud? 

4.Xun davriga xos xususiyatlar hozirgi turkiy tillarning qaysi birida saqlanib 

qolgan? 

5.  Xun davri san’atida «Hayvon stili». 

6.  Xun tilining hozirgi qaysi tillarga ta’siri kuchli? 

7.  Xun yozuvi haqida. 

8.  Xunlarning keyingi tarmoqlari. 

9.  Shimoliy xunlar. 

10. Xunlarga syanpbi qabilalarining ta’siri. 

 

TAYANCH ATAMALAR: 



1.Xun davri 

2.Xunlar antropologiyasi 

3.Ugor qabilalari 

4.Xun yozuvi. 

 


 

41

ADABIYOTLAR: 



1.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1984 yil. 

2.Abduraxmonov G’., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. T. 1982 y. 

 


Download 466.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling