Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 466.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.08.2017
Hajmi466.91 Kb.
#13982
1   2   3   4   5   6

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12

3-MAVZU: QADIMGI YOZMA YODGORLIKLAR 



XIII-XIX ASRLARDA YARATILGAN  

FILOLOGIK ASARLAR 

 

REJA: 


1.Qadimgi yozma yodgorliklar haqida. 

2.Qadimgi yozma yodgorliklar tilining o’rganilishi. 

3.Mirza Mexdixonning “Sangloh” nomli asari. 

4..Xoksorning “Muntaxab –al-lug’at”asari. 

5.Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati  chig’atoyi va Turki  Usmoniy” asari. 

6. Xulosa 

 

O’rta Osiyo va Qozog’iston hududida topilgan yozma yodgorliklar turkiy x             



alqlarning qadimdan o’z madaniyati va adabiy tiliga ega bo’lganligidan guvohlik 

beradi. Turkiy 

xalqlarning 

moddiy 


madaniy xayoti va yozuv tarixi haqidagi 

tarixiy, arxeologik mapmulotlar turkiy tilda so’zlovchi urug’ hamda qabilalarning 

eramizdan ilg’ori mavjud bo’lganligini, jamiyat bo’lib tashkil topganligini 

ko’rsatadi. 

 

Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari  turkumiy  (Urx             



on-Enasoy) va turk uyg’ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali 

etib kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga ham to’la mos, tegishli deb 

bo’lmaydi. CHunki ularda O’rta Osiyo va Qozog’istonda yashovchi turkiy 

xalqlarga tegishli fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini uchratamiz. 

 

Maplumki yozma yodgorliklar bizga yozuv orqali etib kelgan. SHunday 



ekan, turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan?-degan savol tug’iladi. Tarix             

iy va arxeologik manbalarning ko’rsatishicha, O’rta Osiyo va Qozog’istondagi 

turkiy xalqlar oromey, sug’diy, xorazmiy, urxunenasoy, uyg’ur, arab yozuvlaridan 

foydalaganlar. 

 

Runiy (urxun-enasoy) yozuvi oromey yozuvi ta’sirida paydo bo’lgan sug’d 



va xorazmiy yozuvlari asosida shakllangan. Avvalo bu yozuv Enisey qirg’izlariga, 

so’ngra sharqiy turklarga o’tib tarqalgan. Bu yozuvning borligi fan olamiga 18 

asrdagina maplum bo’ladi. Ularning namunalari Enasoy daryosi bo’yida topilgan. 

19 asr oxirida esa rus sayyoxi va yozuvchisi N.M.YAdrinsev Urxun daryosi 

bo’yidan shu xildagi yozuvlarni topadi. Tuzilishi jihatidan german runik 

yozuvlariga o’xshaganligi uchun runiy yozuv, Urxun va Enasoy daryolaridan 

topganligini uchun urxun-enasoy yozuvi deb atagan. 

Runiy yozuvni 1893 yilda Daniyalik professor V.Tomsen o’qishga muyassar 

bo’ldi. U bilan bir vaqtda bu yozuvni rus olimi V.V.Rodlov ham o’qiydi. SHunday 

so’ng bu yozuvlarni o’rganish va topish, ularni o’qish ishiga P.M.Melioranskiy, 

S.E.Malov, I.A.Batmanov, S.V.Kisilev, kabi turkologlar ham o’z ulushlarini 

qo’shadilar. Umuman, runiy yozuvidagi yodgorliklar katta hududlarga tarqalgan 

bo’lib, ular qabr ustiga qo’yilgan toshlar, tayoqlar va qoyalarda saqlangan. Ular 5-

8 asrlardagi turkiy tillarning xususiyatlarini o’rganish uchun qimmatli maplumot 



 

13

beradi. 8 asrda uyg’urlar hujum qilganidan so’ng, runiy yozuvi uyg’ur yozuvi bilan 



almashtirilgan. 

 

Uyg’ur yozuvi yangi sug’d yozuvi asosida shakllangan. Uyg’ur yozuvi 6 



asrlardan tortib 15 asrgacha turkiy xalqlarda va buddachilar orasida hatto 18 

asrgacha  shakllantirib kelingan. 

Uyg’ur yozuvi asosida 9-10 asrlarga tegishli bo’lgan turkiy tillarning yozma 

yodgorliklari paydo bo’ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo’lgan asarlardir. 

 

Uyg’ur yozuviga tegishli yodgorlik Suji, Shins-Usu va Sharqiy Turkistondan 



topilib, ular tosh va qog’ozlarda saqlangan. Bu yozuv eramizning 8 asriga 

tegishlidir. YAglakarxor qabridan topilgan namunani Suji yodgorligi deb, 

Muunchura qabridan topilgan namunani Selenga yodgorligi deb uritadilar. 

Qog’ozda topilganini Turfon yodgorligi deb ataydilar. Uyg’urlarning ko’pchiligi 

budda diniga ham sig’inganlar va o’z yodgorliklarini yaratganlar. Bu 

yodgorliklarni «Suvarn» yoki «Oltin yorug’» deb  uritadilar.  Manix             

eylarga tegishli yodgorliklarni dastlab ingliz olimi A.Shteyn, nemis olimi 

A.Lokok, fransuz olimi P.Pellpi topib fan olamiga maplum qilgan.    

Budda yodgorligi «Oltin yorug’»dan ba’zi parchalarni nemis olimi 

F.M.Muller 1908 yilda e’lon qiladi. Uyg’ur yozuvi asosida paydo bo’lgan boshqa 

yodgorliqlarni topish va ularni nashr etish ishida V.V.Radlov, S.E.Malovning qo’p 

xizmatlari singandir. Ular tomonidan e’lon hujjatlar uyg’ur alfavitining keng 

miqyosda qo’llanganini ko’rsatadi.  

XI-XV asrlarga oid ko’pgina yirik asarlar turk uyg’ur yozuvida tartib 

qilingan. Masalan, «Me’rojnoma»,  

 

Mirza Mexdixon Eron xukmdori Nodirshohning saroyida xizmat qildi. U 



“Sangloh” nomi bilan mashhur bo’lgan lug’atini XVIII asrning o’rtalarida /1760 

yilda/ yaratdi. Eski o’zbek tilidagi 8000 so’zni o’z ichiga olgan bu ulkan asar ikki 

qismdan iborat: 1/grammatik; 2/lug’at. 

 Asarning 

grammatika 

qismi 


“Maboni-ul-lug’at”deb  ataladi.  Mirza  Mex             

dixonning bu grammatik ocherki eski o’zbek tilining o’tmishda yaratilgan eng 

mukammal tasviri hisoblanadi. 

 

Ocherkda dastlab turkiy tillarining o’ziga xos xususiyatlari hakida ma’lumot 



beriladi. Fe’lning asosi, deb yozadi muallif, arab tilida masdar  /infinitiv / bo’lsa, 

turkiy  tillarda ikkinchi shaxs buyruq maylining birlik soniga tug’ri keladi. Turkiy 

tillarda fe’lning boshqa formalari mana shu asosga turli qo’shimchalar qo’shish 

yo’li bilan xosil qilinadi. 

 

Grammatik ocherk olti mabnodan / bo’limdan / iborat. Har qaysi mabno eski 



o’zbek tili grammatik strukturasining biror tomonini yoritadi. 

 

Birinchi mabno o’n bobga ajratilgan. Unda dastlab fe’lning masdar, 



sifatdosh, daraja va mayl formalari hakida fikr uritiladi. Mirza Mexdixon fe’lning 

o’zlik / qaytim / va birgalik darajalarini buyruq maylini alohida-alohida tahlil 

qiladi. 

 

Ikkinchi bob fe’lning o’tgan zamon formalariga bag’ishlanadi. Ishda fe’lning 



o’tgan zamon formasi fe’li moziy deb ataladi. Fe’li moziyga /o’tgan zamon fe’liga/ 

muallif aniq o’tgan zamon fe’lini /-di,-ti qo’shimchalari bilan yasalgan fe’l 



 

14

formalari /,o’tgan zamon ravishdoshining - / i / b,-/i/ p,-/i/bon,-/i/pon formalarini, 



o’tgan zamon sifatdoshining –mish,-gan,-gan,-kan kabi formalarini kiritadi. 

Uchinchi bobda fe’lning hozirgi-kelasi zamon formasi bayon qilinadi. 

Fe’lning bu formasi ichida fe’li muzori deb ataladi. Fe’li muzoriga –gay, -g’ay, -

kay,-qay,-a+di kabi qo’shimchalar vositasida yasalgan fe’llar kiritiladi. 

 

To’rtinchi bobda ish-amalni bajaruvchi nomini yasaydigan formalar 



izohlanadi. Ismi fovil deb nomlangan bu kategoriya muallif  -guchi,-g’uchi,-

kuchi,-quchi tipidagi qo’shimchalar yordamida yasaladigan formalarni kiritadi. 

Ushbu bobda fe’ldan yasalgan boshqa formalar ham tavsiflanadi. Masalan,-kun,-

qun,-gun,-g’un qo’shimchalari bilan yasalgan formalar ham ismi fe’liga kiritiladi. 

 

Beshinchi bobda o’tgan zamon sifatdoshi bayon qilinadi. Ishda bu forma 



ismi mafhum deb ataladi. Ismi mafhulga –mish,-gan/-g’an/,-lig,-lik,-luk,-lug’,-luq 

qo’shimchalari vositasida yasalgan formalar kiritiladi. SHu bobda  tavsiflangan 

formalarning ba’zilari o’tgan zamon fe’liga bag’ishlangan bobda ham tahlil 

qilingan. 

 

Oltinchi bobda fe’lning buyruq mayli bayon qilinadi. Muallif fe’lning bu 



formasini fe’li amr deb atab, fe’li amrni yasaydigan qo’shimchalarga birma-bir 

to’xtaladi. Ettinchi bob buyruq fe’lining bo’lishsizlik formasiga bag’ishlanadi. 

Sakkizinchi bobda fe’lning bo’lishsizlik formasini yasaydigan qo’shimchalar sharx             

lanadi. 


 

To’qqizinchi bobda ravish va ravishdosh, o’ninchi bobda affikslarning fe’l 

o’zagi qo’shishilish yo’llari, bu prosessda affikslarda uz beradigan o’zgarishlar 

ko’rsatiladi. 

 

Grammatik ocherkning ikkinchi mabnosida fonetik hodisalar taxlil etiladi. 



Bu mabnoda fe’l qo’shimchalarining fonetik variantlari va ularning yozilish 

qoidalari ham bayon qilinadi. 

 

Uchinchi mabnoda olmoshlar tavsifi beriladi. Muallif olmoshlarni otlarning 



/ismlarning/ bir turi sifatida izohlaydi. Masalan, ko’rsatish olmoshlarini u asmoiy 

ishora /ko’rsatish ismlari / deb ataydi. Olmoshlarning otlar tarkibiga kiritilishi arab 

grammatik an’anasiga ergashishining natijasidir.  O’rta asrlar arab tilshunosligida 

so’zlar uch turkumga /otlar, fe’llar va yordamchilarga/ ajratilgan. Bu 

klassifikasiyaga muvofiq fe’l va fe’llik xususiyatiga ega bo’lmagan mustaqil 

so’zlarning deyarli hammasi otlar /ismlar/ turkumiga kiritilgan. To’rtinchi mabno 

affikslar harakteristikasiga bag’ishlangan. Affikslar bu asarda harflar deb 

nomlangan. Beshinchi mabnoda gramatik ma’no ifodalaydigan /yoki grammatik 

fuksiyada qo’llana oladigan/ so’zlar tavsiflanadi. Bu xil so’zlar orasida tushmoq, 

olmoq, bilmoq, yozmoq kabi fe’llar taxlili ayniqsa muxim ahamiyatga ega. Mirza 

Mexdixon bunday so’zlarni modal va qo’shimcha /grammatik/ ma’no bildiruvchi 

fe’llar sifatida izohlaydi. Oltinchi mabnoda aso turkiy va o’zlashtirma so’zlarning 

yozilish qoidalari bayon qilinadi. Mirza Mexdixon asarining lug’at qismi 

“Sangloh”deb nomlangan. Forscha sang so’zi “tosh ” degan ma’noni ifodalaydi. 

Sangloh /toshli er/ majoziy ifoda bo’lib, forslar uchun tushunilishi qiyin bo’lgan 

turkiy /eski o’zbek tiliga oid/ so’zlar toshloq, toshli erga o’xshatilgan. Lug’at 

yigirma to’rt bobdan iborat. Bu boblarda so’zlar soni bir xil emas. Ba’zi boblarda 


 

15

atigi to’rt beshda so’z berilgan bo’lsa, ba’zi boblarda mingdan ortiq /xatto ikki 



mingacha / so’z berilgan. Lug’atda, so’zlar bilan bir qatorda, ko’plab turg’un 

brikmalar, frazeologik ibora va sostavli atamalar ham izohlangan. Mirza 

Mexdixonning asari eski o’zbek tili grammatikasi va leksikasi bo’yicha noyob 

manba sifatida bir qancha ilmiy tadqiqotning ob’ekti bo’ldi. Xoksorning-

“Muntaxab-al -lug’at”asari. X orazmda yashab ijod etgan shoir va filolog 

Muhammad Rizo Xoksor “Muntaxab-al-lug’at” /”Saylanma lug’at”/ asarini 1798-

1799 yillarda yaratdi. Asar izohli lug’atlar seriyasiga kiradi. Unda eski o’zbek 

adabiy tilida ishlatilgan arabcha, forscha va ayrim eskirgan o’zbekcha so’zlarning 

ma’nolari eski o’zbek tilida / ba’zan fors –tojik tilida / tavsiflanadi.  

Asarning kirish qismida o’sha davrda mavjud bo’lgan lug’at va filologik 

taraqqiyotlar to’g’risida ma’lumot berar ekan, bu asarlarda yo’l qo’yilgan 

kamchiliklarni, ayrim so’zlarning ularda noto’g’ri izohlanganini ko’rsatib o’tadi.  

Lug’at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o’zbek adabiy tilida 

ishlatilgan arabcha so’zlar, ikkinchi qismda esa forscha-tojikcha va eskirgan 

o’zbekcha so’zlar izohlanadi. ”Muntaxab-al-lug’at”da hammasi bo’lib 2400 so’z 

berilgan. Xoksor lug’atining o’ziga xos xususiyatlaidan yana biri shuki,unda 

so’zlarning to’g’ri /asosiy/ma’nosi bilan bir qatordia, 

ko’chma/x             

osila/ma’nolarga ham izoh beriladi.Lug’atda so’zlar arab alifbosi 28 bobga 

taqsimlanadi.Har qaysi bobda so’zlar oxirgi tovushga /harfga/ qarab gruppalanadi. 

Masalan, alif bilan tugaydigan so’zlar, be bilan tugaydigan so’zlar, te bilan 

tugaydigan so’zlar kabi. 

 

Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy ”asari. 



 

  Sulaymon  Buxoriy –XIX  asrda yashagan mashhur o’zbek olimlaridan biri. 

U Buxorodagi madrasada o’qidi. Turkiyada /Istambulda/ hayot kechirdi. 

Vengiriyada turkologlar anjumanida /1860/ ishtirok etdi. Uning lug’at tuzishiga 

mana shu anjumanda qatnashuvi sabab bo’ldi. 

 

SHayx  Sulaymon Buxoriyning lug’ati taniqli turkolog I.Kunosh tomonidan 



nemis tiliga tarjima qilindi va 1902 yilda Budapeshtda nashr etildi. 

 

Asar uch qismdan iborat. 



 

Birinchi qism muqqaddima bo’lib, u ”Manzumai chig’atoy ”deb nomlangan. 

Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o’zining tarjimai holi va lug’atning 

tuzilishiga oid ma’lumotlarni keltiradi. 

 

Asarning ikkinchi qismi “Kavoid” deb nomlangan. Bu qism asli o’zbek 



tilining grammatik ocherkidir. Unda muallif, til qurilishiga oid tushunchalar bilan 

bir qatorda, chig’atoy tilining o’ziga xos xususiyatlarini, uning boshqa turkiy 

tillarga o’xshash va ulardan farqli tomonlarini ham aytib o’tadi. Turkiy tillarni 

bunday qiyoslash asarning utuqlaridan hisoblanadi. 

 

Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug’at tashkil etadi. Unda eski 



o’zbek tilida ishlatilgan 7000 so’z va turg’un birikma usmonli turk tili vositasida 

izohlanadi. So’z ma’nolarining izohlari Alisher Navoiy va boshqa adiblarning 

asarlaridan olingan misollar bilan asoslab beriladi. 

Sulaymon Bux                oriyning Ushbu asari eski o’zbek tilini o’rganishda 

jiddiy va ishonchli manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega.  


 

16

 



XIII-XIX  ASRLARDA YARATILGAN  FILOLOGIK  ASARLAR MAVZUSI BO’YICHA 

NAZORAT SAVOLLARI 

1.SHu davrda yaratilgan filologik asarlarning asosiy mazmun mundarijasi qanday  bo’lgan? 

2.Mirzo Mexdixon  kim?  Uning «Sangloh» asari haqida ma’lumot bering? 

3.Xoksorning «Muntaxab al-lug’at» asari qanday asar? 

4. «Muntaxab-al-lug’at»asarining tuzilish va mazmuni qanday? 

5. «Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy » asarining muallifi kim?  

6. Asarning o’ziga xos xosliklari? 

7. «Lug’ati chig’atoyi va Turki Usmoniy » asarining mohiyatini gapiring. 

8. «Kavoid» qismiga sharxlar. 

9. S.Buxoriy asarining lug’at qismi haqida. 

10. XIII-CHSHCH asrlarda yaratilgan filologik asarlarda an’anaviylik. 

          

TAYANCH  ATAMALAR 

1. «Sangloh ». 

2. Masdor. 

3. Grammatik asos.(forma). 

4. Ismi fovil. 

5. Muntaxab-al-lug’at. 

6. Saylanma lug’at. 

7. Alifbo. 

8. Manzumai chig’atoy. 

 9. «Kavoid». 

A D A B I YO T L A R 

1.  Fattoxov X. Muhammad Rizo Xaksar i ego Muntaxab-al –lug’at. 

2.  Qo’chqortoev I.Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

3.  Drevneturkskiy slovarp.L.1969. 

 

4-MAVZU:    TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI. 

REJA: 

1.Rossiyada turkiy filologiya masalalarini o’rganishning boshlanishi. 



2.Turkiy filologiyaning Moskva maktabi. 

3.Turkiy filologiyaning Qozon maktabi. 

4.Turkiy filologiyaning Petrburg maktabi. 

 

 



Turkiy tillarning o’rganishning alohida fan sifatida shaklanishi va 

 

rivojlanishida rus turkolog olimlarning ilmiy faoliyati alohida o’rin tutadi. Rus 



turkolog olimlarning lingvistik tadqiqotlari natijasida turkiy tillarning ilmiy 

grammatikasi uzaga keldi, turkiy tillarining qiyosiy-tarixiy planda o’rganishning 

nazariy asoslari ishlab chiqildi, turkiy tillarning mukammal klassfikasiyasi 

yaratildi. 

 

Turkiy filologiya, xususan, turkiy tilshunoslikning Rossiyadagi  taraqqiyoti 



haqida bir qancha asarlar yaratildi. Bu asarlar orasida akad. A.N.Kononovning 

«Istoriya izucheniya turskixyazqkov v Rossii. Do oktyabrskiy period» nomli asari 

o’zining mukammalligi, faktlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu asarda turkiy 

tillarning Rossiyada o’rganishning asosiy bosqichlari, turkiy filologiyaning etakchi  



 

17

maktablari, turkiy tillarni o’rganish   jamiyatlari va bu jamiyatlar a’zolarinin ilmiy 



faoliyati atroflicha yoritiladi. 

 

Ruslar bilan turkiy xalqlarning o’zaro munosabatlari juda qadim zamonlarda 



boshlangan. ”Slovo o polku Igoreve” (XI asr) asaridagi turkiycha so’zlar bu 

munosabatlar tilda ham o’z ifodasini topganligidan dalolat beradi. A.N.Kononov, 

A.N.Baskakov kabi olimlarning ko’rsatishicha, ruslarning turkiy tillarni 

o’rganishiga turkiy xalqlar vakillari bilan fikr almashuv zaruratigina emas, balki 

Oltin O’rda xonlarining buyruq va farmonlarining tushunish, ularni rus tiliga 

tarjima qilish zarurati ham sabab bo’ldi. Qozon (1552), Astraxan (1554) bosib 

olingandan keyin ruslarning O’rta Osiyo xalqlari bilan yaqinlashuviga yo’l ochildi. 

Kavkaz va Sibirp erlarini, bu erlarda yashaydigan xalqlarni o’rganishga imkoniyat 

tug’ildi. Bu tarixiy shart-sharoitlar Rossiyada turkologiyaga, shu jumladan, turkiy 

filologiya masalalariga qiziqishnii ko’chaytirdi. Rossiyada turkiy filologiya 

masalalarini o’rganish an’anasining vujudga kelishini ikki bosqichga bo’lish 

mumkin: 1. Turkiy xalqlar tili va adabiyotiga oid masalalarni to’plash. 2. Turkiy 

xalqlar tili va adabiyotiga oid materiallarni ilmiy o’rganishning boshlanishi. 

 

Turkiy tillar haqidagi dastlabki ma’lumotlar, asosan, leksik ma’lumotlar edi. 



Gollandiya elchilari sostavida Rossiyaga kelgan Nikolas Kornelisson Vitzon 

(1641-1717) ”Severnaya i Vostochnaya Tatariya” nomli asar yozdi. Bu asarda 

turkiy xalqlar toponimikasi va onomastikasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor. O’z 

davrining yirik turkologi Georgiy YAkovlevich Ker (1692-1740) SHarq 

akademiyasi loyixasini tuzadi. Bu loyixa o’z vaqtida amalga oshmagan o’lsa ham, 

G.YA.Ker sharqiy tillar, xususan, turkiy tillarni o’rganish bo’yicha ancha ish qildi. 

U Abulg’ozi Baxodirxonning “SHajarai turk”asarini originaldan nemis tiliga 

tarjima qildi. 

 

Rossiyada turkiy filologiya an’anasining qaror topishida XVIII asrning 



ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar muxim o’rin tutadi. Bu asarlarda turkiy x             

alqlar  adabiyoti, ayniqsa, tillarning o’rganishning chinakam ilmiy asoslarini 

yaratishga intilish seziladi. Tatar va qisman boshqird tillarini ayrim gimnaziya, 

diniy seminariya va maktablarda o’qitishning boshlanishi ham mana shu davrga  

to’g’ri keladi. 

 

Turkiy tillarni XVIII asr davomida    Rossiyada gimnastik planda  o’rganish 



natijalari  I.A.Adelungning”Mitridat”asarida jamlangan. Bu asar 1806-1817 

yillarda Berlinda nashr etildi. I.A.Adelungning qarindoshlaridan F.Adelung bu 

asarni qayta ishlab, 1820 yilda “Barcha ma’lum tillar va dialektlarning obzori” 

nomi bilan bostirib chiqardi. Bu ish aslida “Barcha tillar va shevalarning qiyosiy 

lug’atlari” asarining grammatik izohi hisoblanadi. Unda turkiy tillar gramatikasi 

haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. 

 

Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganishda Moskva Davlat universiteti 



va Sharq tillari Lazerv instituti alohida o’rin tutadi. Bu o’quv urtlarda F.E.Korn, 

A.E.Krimskiy, V.A.Gordlevskiy kabi etuk turkolog olimlar ishlagan. Ularning 

ilmiy va pedagogik faoliyati natijasida turk filologiyasining Moskva maktabi uzaga 

keldi. 


 

18

 



Fedor Evgeng’evich Korsh (1843-1915) Moskva Davlat universitetining 

tarix-filologiya fakulptetida sanskirt, arab va fors tillari bo’yicha taxsil oldi, 

mustaqil ravishda turkiy tillarini o’rgandi. MosDUda dosent, professor 

lavozimlarida ishladi. Sharq tillari Lazerv institutida fors tilidan dars berdi. Rus tili 

va adabiyoti bo’limi bo’yicha 1900 yilda akademik bo’lib saylandi. 

 

A.E.Krimskiyning ukrain tilida yozgan “Turkiy xalqlar, ularning tili va 



adabiyoti” nomli asari turkiy filologiyaga kirish buyicha ajoyib qo’llanma 

hisoblanadi. 

 

Vladimir Aleksandrovich Gordlevskiy (1876-1956) ham Sharq tillari Lazerv 



instituti bilan MosDUning tarix filologiya fakulptetini tamomlagach, ikki yilcha 

Turkiya va Suriyada komandirovkada bo’ladi: arab, fors va usmonli turk tilini pux             

ta egallaydi. 

 

V.A.Gordlevskiy usmonli turk filologiyasi sohasida ilmiy maktab yaratgan 



olim hisoblanadi. Uning ko’p sonli shogirdlari hozirgacha turkiy tillar ustida ilmiy 

tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 

 

Qozon XIX  asrda turkiy xalqlar tillari va adabiyotini o’rganish bo’yicha 



yirik markazlardan biriga aylandi. Qozon DU va Qozon gimnaziyasida turkiy 

filologiyaning mashhur namoyondalari bu fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. 

 

Mirza Aleksandr Kazambek (1802-1870) arab, fors, turk, ingliz, fransuz va 



rus tillarini mukammal bilgan etuk filolog olim edi. U Qozon universitetida tashkil 

etilgan turk–tatar tilshunosligi kafedrasini boshqardi. M.A.Kazambek Peterburg 

universitetida SHarq tillari fakulptetining ochilishida katta rolp o’ynadi. 

  M.A.Kazambek o’z asariga fransuz sharqshunosi A.Joberning 

grammatikasini asos qilib oldi. Lekin fonetik va morfologik material bayonida 

uning asari A.Joberning grammatikasiga o’xshasa ham, sintaksis material bayonida 

u tamom ila original va mustaqil konsepsiyaga tayanadi. 

 

M.A.Kazambekning asari uch qismdan tarkib topgan: 



1.Alfavit, harflar talaffuzi: ismlar: olmoshlar. 

2.Fe’l: ko’makchilar: ravishlar: bog’lovchilar: undovlar. 

3.So’zlar birikuvi. 

 

Bu asar usmonli turk tili grammatikasining rus tilidagi birinchi to’liq tasnifi 



bo’lib, unda turkiy tillar, xususan tatar tili materiallari ham berilgan.  XIX             

asring ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Rossiya universitetlarida bu 

asardan usmonli turk tili bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. 

 

M.A.Kazambek turk tili bo’yicha yozgan ikkichi asari “Uchebniy posobiya 



dlya vremennogo kursa tureskogo yazqka”(1854)deb ataladi.Bu asar ham uch 

qismdan tarkib topgan:1.Grammatika.2.X  restomatiya. 3.Ruscha-turkcha lug’at. 

 

Nikolay Fedorovich Katanov (1862-1922)-xakaslar orasidan etishib chiqqan 



mashhur turkolog-Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-

usmonli  turk-tatar bo’limini tamomlagach Qozon universitetining turk-tatar tillari 

kafedrasida ishladi. Sibirp, Mo’g’uliston, Xitoy Turkistonida bo’lib, bu joylarda 

yashovchi xalqlar tili, etnografiyasi, folpkloriga oid boy faktik material to’pladi. U 

turkologiyaning deyarli barcha sohalarida katta muvoffaqiyat bilan qalam tebratdi. 

Turkiy xalqlar etnografiyasi va folpklori bo’yicha qator asarlar yaratdi: 



 

19

“Istoricheskie pesni kazanskix  tatar” (1899), Musulpmanskie legendi” (1894), ”O 



svadebnix obichnayax tatar” (1897), “Gadanie u jiteley Vostochnogo 

Turkestana”(1894) va boshqalar. R.F.Katanov “Tatarsko-russkiy slovarp” nomli 

lug’at yaratdi. Bu lug’at 1912 yilda nashr etildi. 

           N.F.Katanov 

turkologlar orasida “Opit issledovaniya 

uryanx             

ayskogo yazqka” nomli asari bilan shuxrat qozondi. Bu asarda N.F.Katanov uch 

yirik masalani hal qildi: 

1.  Uryanxay (tuva ) tili ugor-fin tillari oilasiga emas, balki turkiy tillar oilasiga 

mansub ekanligini isbotladi: 

2.   Uryanxay tilining mukammal grammatik tavsifini berdi: 

3.   Uryanxay tilining turkiy tillar orasidagi o’rnini belgilab berdi, buning uchun 

uryanxay tili grammatik qurilishini boshqa turkiy tillar grammatik qurilishiga 

qiyoslab chiqdi. 

        Aslini  olganda  “Opqt  isledovaniya uryanxayskogo yazqka” asari turkiy 

tillarning birinchi haqiqiy grammatikasidir. 

        Peterburg  universitetida  usmonli turk tilining birinchi professori Osip 

Ivanovich Senkovskiy (1800-1858) turk filologiyasi bo’yicha”(1828-1829) nomli 

asar yaratdi. O.S.Senkovskiy 25 yil davomida Peterburg universitetida sharq tillari 

kafedrasini boshqardi.  

        Lazerp  Zaharovich Budagov(1802-1878 ) Peterburg universitetining sharq 

tillari fakulptetida dosent lavozimida ishlab, usmonli turk va ozarbayjon tillaridan 

dars berdi. Uning asosiy asari "Sravnitelpniy slovarp turesko-tatarskix 

            

narechiy " bo’lib, bu lug’atda so’zlar o’zaklar bo’yicha joylashtirilgan. 

         Turkiy  filologiyaning Peterburg maktabi vakillari orasida  Platon  Mix             

aylovich Melioranskiy(1868-1906) alohida o’rin tutadi. U tom ma’noda lingvist-

turkolog edi. Uningcha til yoki adabiyot tarixni o’rganish vositasi emas, balki 

tadqiqot ob’ekti, tadqiqot maqsadi edi.  

         Peterburg universiteti sharq tillari fakulptetining arab-fors-usmonli turk-tatar 

bo’limini tugatgandan keyin  universitetda umumiy tilshunoslikdan leksiya o’qidi. 

Zamondoshlarining e’tirof etishicha, P.M.Melioranskiyning leksiyalari studentlar 

orasida katta qiziqish uyg’otdi.  

         P.M.Melioranskiyning  turkiy filologiyaga oid ishlari to’rt mavzuga 

birlashadi: 

1.  jonli turkiy tillarga doir ishlar.  

2.  turkiy yozma yodgorliklarga doir ishlar. 

3.  rus tiliga o’zlashgan turkiy elementlar haqida ishlar. 

4.  turkiy x alqlar folpkloriga doir ishlar. 

 

            Peterburg turkologlaridan bir guruhi Rossiya Fanlar Akademiyasida ishlar 



edi. Akad. V.V. Velpyaminov-zernov» Slovarp djagataysko-turuskiy»(1868) 

asarini nashr qildi. Bu mashhur «Abushqa»lug’atining qayta ishlangan varianti 

hisoblanadi.  

            O.N.Betlingkning yoqut tili haqidagi asari to’rt qismdan iborat: 

  1.Kirish: 2. Grammatika: 3. Yoqutcha tekstlar: 4. Yoqutcha-nemischa lug’at. 


 

20

Asarning kirish qismi «O yazqka yoqutov. Opit issledovaniya otdelpnogo 



yazqka v svyaze s sovremennim sostoyaniem vseobego yazqko znaniya» deb 

ataladi. Bu qism rus tilida ham bosilib chiqdi.  

Asarning grammatika qismi uch bo’limdan iborat. 

Fonetika bo’limida O.N.Betlingk yoqut tilida 8 unli va 21 undosh borligini, bu 

tilda singormonizm qonuni amal qilishini aniqladi. Asarning morfologik bo’limida 

avtor yoqut tilidagi besh turkumga ajratdi: 1.Otlar 2.Sonlar 3.Olmoshlar 4.Fe’llar 

5.O’zgarmaydigan so’zlar. O.N.Betlingk fe’lni ayniqsa sinchiklab tax                lil 

qildi. E.I.Ubryatovaning yozishicha, asarning bu bo’limi yoqut tili 

morfologiyasining haqiqiy ensiklopediyasi hisoblanadi. Asarning zaif   qismi- 

sintaksis. SHunga qaramay O.N.Betlingkning bu soxadagi kuzatishlari ham 

ma’lum ilmiy ma’rifiy qiymatdan xoli emas. Asarda ilova qilingan yoqutcha-

nemischa lug’atda 4600 dan ortiq so’z izohlangan. Bu-yoqut tili ilmiy 

leksikografiyasining birinchi namunasidir. 

 

TURKIY TILLARNING ROSSIYADA O’RGANILISHI MAVZUSI BO’YICHA 



NAZORAT SAVOLLARI 

 

1.Rossiyada turkiy filologiya masalalariga qiziqish qachon boshlandi? 



2.Rossiyada turkiy filologiyaning qanday maktablari yaratildi? 

3.Turkiy filologiyada maktab yaratgan qaysi rus olimlarini bilasiz? 

4.Qozon maktabi vakillari turkiy filologiyaning qaysi masalalari bilan 

shug’ullandilar? 

5. Eng qadimgi turkologiyaga oid asarlar haqida nimalargni bilasiz? 

6. Ilk turkolog olimlar. 

7. M.Qoshg’ariy ijodi. 

8. Az-Zamaxshariy ijodi. 

9. Ilk turkiy lug’atchiligi. 

10. Turkologiya fanining uzaga kelishi. 

 

TAYANCH ATAMALAR 



1.  Turkologiya. 

2.  Turkiy filologiya. 

3.  Moskva maktabi. 

4.  Qozon maktabi. 

5.   Peterburg maktabi. 

6.  Turkiy yozma yodgorliklar 

 

ADABIYOTLAR 



1.  Katanov F.  Opit issledovaniya uryanxayskogo yazqka. L. 1927. 

2.  Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

3.  SHcherbak A.M. Sravnitelpnaya fonetika turkskix yazqkov. L. 1970             

 

 



 

21


Download 466.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling