Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


– MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHIDA TURK


Download 466.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.08.2017
Hajmi466.91 Kb.
#13982
1   2   3   4   5   6

8 – MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHIDA TURK 

HOQONLIGI DAVRI. 

REJA: 


1.  Xunlarning g’arbga siljishi 

2.  912 yili qirg’izlarning o’z hokimiyatini yuqotish 

3.  X  asr oxirlarida  Qoraxoniylar davlati 

4.  XU asrda Shayboniylar davlati. 

 

Turk etnonimi eramizning 6 asrlaridan boshlab yozma manbalarda tez-tez 



tilga olina boshlaydi. Tomsen va Bartol-lpdlar tomonidan aniqlashicha, turk 

etnomi dastlab ijtimoiy termin bo’lgan, keyinchalik xalq va til oilasining atamasiga 

aylangan, yapni avval ayrim urug’i yoki qabilaning nomi bo’lmagan bu so’z 

qabilalar uushmasini ifodalay boshlagan va sekin-asta xalq nomi-etnonimga 

aylangan. 

Turk so’zining etimologik ma’nosi ham uqoridagi avtorlarning aniqlashicha, 

«uushgan, birlashgan, kuchli, qudratli» demakdir. 

Xunlarning g’arbga siljishi natijasida Mugiliston territoriyasida hokimiyat 

eramizning 1 asridan syanpbi qabilalari qo’liga o’tadi. 4 va 5 asrlardan boshlab bu 

erda turkiy qabilalar ko’chaya boshlaydi. Eramizning birinchi ming yilligining 

ikkinchi yarim Markaziy Osiyoda qadimgi turk davri deb uritiladi. Qadimgi turk 

davri Manchjuriyadan Vizantiyaga qadar bo’lgan territoriyada vujudga keltirilgan 

birinchi Evraziya imperiyasidan boshlanadi. Bu imperiyaning asoschilari Bumin va 

uning ukasi Istamilar \ 5302531 y.\ edi. Aka-uka bir-biridan mustaqil holda 

sharqda va g’arbda harbiy urishlar uushtiradi. 581 yili Xitoy imperatorining tazyiqi 

bilan Markaziy Mo’g’ulistonda Sharqiy turk imperiyasi va markazi Ettisuvda 

G’arbiy turk imperiyasi vujudga keladi. Bu imperiyaga faqat turkiy tilda 

gaplashuvchi qabilalargina emas, shu territoriyada yashovchi mo’g’ul,  x             

ind-evropa, fin-ugor tillarida gaplashuvchi boshqa qabilalar ham turklar tazyiqi 

ostida birlashgan edi. Sharqiy turk imperiyasi 630 yili, G’arbiy turk imperiyasi esa 

659 yili Xitoy asoratiga tushadi. 50 yildan so’ng Sharqiy turk imperiyasidan Xitoy 

mustamlakachilari quvib chiqariladi. Sharqiy turk xoqonligida hokimiyat o’g’iz 

qabilalari qo’lida edi. Sharqiy turklar bir necha marta G’arbiy turklar ustida 

muvaffaqiyatli urish qiladi. O’g’uz qabilalarining hukmronligi to 745 yilgacha 

davom etadi. Bu davrga kelib uyg’ur qabilalari ko’chaydi va Sharqiy turk 

hokimligini o’g’uzlardan tortib oladi. O’g’uzlarning bir qismi uyg’urlar bilan 

aralashib ketadi, bir qismi esa g’arbga va janubga tomon majbur bo’ladi. Bu 

davrda G’arbiy turk hoqonligi territoriyasidagi \Ettisuv, O’rta Osiyo chegaralarida\ 

kuchli qabilalardan bo’lgan tirgashlar arablar tomonidan tor-mor etilgach, Oltoy 

tog’lar va Irtish daryosi oralig’ida yashovchi turkiy qabilalardan bo’lgan qorluqlar 



 

42

tirgashlar teritoriyasini egallaydi va keyinroq Qoraxoniylar davlatining vujudga 



kelishiga zamin tayyorlaydi. 

     G’arbga  siljishga  majbur  bo’lgan  o’g’uz qabilalari esa Sirdaryoning o’rta va 

quyi oqimidagi boshqa qabilalarni birlashtirgan holda o’z davlatini vujudga 

keltiradi. Mo’g’uliston, Zabaykalpe territoriyasida o’z hukmronligini o’rnatgan 

uyg’ur qabilalari bu erda shahar hayotini yo’lga qo’yadilar, ayrim o’g’uzlar ruda 

qazish va eritish ishari bo’yicha mutaxassislashadilar. Uyg’urlar hukmronligi 

davrida madaniyat uksak darajada taraqqiy etdi. Urxun-Enisey yodgorliklarning 

asosiy qismi ham shu davrda yaratildi. Bu madaniyat O’rta Osiyo turkiy x             

alqlari madaniyatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Uyg’urlar hukumronligiga Enisey 

bo’ylarida yashagan boshqa turkiy qabilalar-qirg’izlar barham berdi \ 840 y\. 

Mo’g’uliston territoriyasidan quvilgan uyg’urlar Ganpsu va yoshbaliqda ikkita 

yangi beklik vujudga keltiradi va ular bu erda o’rtoqlasha boshlaydilar. 

912 yili qirg’izlar Xitoy va mo’g’ul qabilalarining tazyiqi ostida o’z 

hokimiyatini yo’qotadi. Bu bilan hozirgi Mo’g’uliston territoriyasida turkiy tilda 

gaplashuvchi xalqlarning hukmronligiga zil-kesil zarba beriladi. Qirg’iziston yana 

Enisey atrofiga ketishga majbur bo’ladi va XII asrdan boshlab hozirgi 

territoriyasiga joylasha boshlaydi. 

 

O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan avvalgi 



birinchi ming yillik o’rtalariga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi 4-3 asrlarda 

Ettisuv va Issiqko’l territoriyasida Sirdaryoning narigi tomonidagi saklar bilan 

aralashgan turkiy usun qabilalari xukmronlik qiladi. Eramizdan avvalgi 2 asrda 

sharqdan kelgan xun qabilalari usunlarni engib. O’rta Osiyoda o’z hukmronligini 

o’rnatadi, lekin tez orada xun qabilalari sak va usun qabilalari bilan chatishib, 

singib ketib, O’rta Osiyo xalqlarining etnogenezida ishtirok etadi. 

Eramizning Xasrida sharqdan kelgan boshqa qabilalar xujumi natijasida 

usunlarning bir qismi Tyanshanp va Pomirga joylashgan. Amudaryoning uqori 

qismida yashagan janubiy usunlardan toharlar so’g’dlar  bilan  birgalikda  tojik  x             

alqi etnogenezining asosini tashkil etadi. Usun qabilalaridan bo’lgan qang’lilar esa 

\ular Amudaryoning quyi oqimida yashagan\ xorazmliklar etnogenezida asosiy 

rolp o’ynagan. Usun qabilalaridan hisoblangan g’arbiy o’g’uz qabilari alanlar bilan 

aralashgan holda turkmanlar enogenezida ishtirok etadi. SHunday qilib, O’rta 

Osiyo xalqlarining etnogenezisi shu erlik tub aholi asosida tashkil topa boshlaydi. 

 

10 asr oxirlarida Ettisuv va Koshg’arda qorluqlarning  Qorax             



oniylik davlati vujudga keladi va tez orada ular Movarounnaxrda hukmronlik 

qilgan Somoniylar davlatiga barham beradi \999 y.\. Qoraxoniy Satuk Bug’raxon 

davrida islom dini qabul qilinadi. Bu davrida Xurosonda G’aznaviylar davlati 

\bular ham turkiy sulola edi\ vujudga keladi. Qoraxoniylar bilan g’aznaviylar 

to’qnashuvi g’aznaviylar foydasiga hal bo’ladi. Movarounnaxrdagi juda katta 

territoriya g’aznaviylar qo’liga o’tadi. 

 

Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida o’z davlatini vujudga keltirgan o’g’uz 



kon federasiyasi sharqiy turk va mahalliy substratlarning aralashuvidan vujudga 

kelgan  bo’lib, ularning ichida turkiylashgan xind-evropa va fin-ugor qabilalari 

ham bor edi. 10 asrda Sirdaryoning o’rta oqimida yashagan o’g’uz-turkmnlar 


 

43

orasida kinik qabilasidan bo’lgan Saljuq urug’ining mavqei ko’chayadi. Saljuqlar 



islom dinini qabul qilgach, majusiy o’g’uzlarga qarshi «muqaddas» urush eplon 

qiladilar. O’g’uzlarning islom dinini qabul qilgan qismi «turkman» nomi bilan 

atala boshlaydi. Saljuqlarning  to’liq g’alabasi «o’g’uz» nomi o’rniga «turkman» 

nomining keng qo’llanishiga olib keladi. Qipchoqlarning kuchli tayziqi ostida bir 

qism o’g’uzlar Sharqiy Evropa va Kichik Osiyoga ko’chib ketadi. Saljuqiylar esa 

tezda g’aznaviylar sulolasi hamda qoraxoniylar sulolasiga barham beradi. 

 

Saljuqiylar bilan birga o’g’uzlar Kichik Osiyo va Zakavkazpe territoriyasiga 



kirib boradilar va borgan joylarida turkiylashish prosessini ko’chaytirib uboradilar. 

Zakavkazpe va Kichik Osiyo aholisi tilining turkaliylashuvi bu erlarga 11-12 

asrlarda Saljuqiylar davrida o’g’uz qabilalarning ko’plab kirib kelishi bilan 

boshlanadi. Kichik Osiyo va Zakavkazpega o’g’uzlar bilan birga ko’plab qipchoq, 

uyg’ur, qang’li qabilalari ham ko’chib kela boshlaydi. Kichik Osiyo va 

Zakavkazpdagi mahaliy aholi bilan turkiy o’g’uz qabilalarning aralashuvi turk va 

ozarbayjon xalqlariniing shakllanishida muhim rolp o’ynadi. Mo’g’ul  tillosi esa 

O’rta Osiyo, Zakavkazpe, Kichik Osiyo xalqlarida boshlangan turkiylashish 

prosessini yanada ko’chaytirdi va tezlashtirdi. 

 

O’rta Osiyo territoriyasiga turkiy xalqlarning kirib kelishi eramizdan ancha 



avval boshlangan bo’lib, 8-13 asrlarda bu prosess ayniqsa ko’chayadi.  Qorax             

oniylar davlatining asosini tashkil qilgan qorluq, uyg’ur, chigil, yag’mo kabi 

qabilalar O’rta Osiyo, jumladan, hozirgi O’zbekiston territoriyasiga joylashib, 

o’troqlasha boshlaydilar. Ular mahalliy sug’d, sak, xorazmliklar kabi sharqiy 

eroniylar bilan aralashib \bu qabilalar bilan aralashish ancha oldin boshlangan edi\  

hozirgi o’zbek va uyg’ur xalqlarning etnogenezisiga  asos soldilar. Mana shu 

davrdan boshlab bu erda xukmron bo’lgan sug’d, xorazmiy tillar sekin – asta o’z 

o’rnini turkiy tilga bo’shatib bera boshlaydi. Sug’d va xorazmiy tillari 

shakllanayotgan yangi turkiy tilda tapsir qoldirgani holda 14 - asrda  mutlaqo 

istpemoldan chiqib ketdi. Biroq O’rta Osiyo sharqiy eron tillaridan fors va tojik 

tillarida uchramaydigan bapzi elementlar o’zbek tilida uchraydi. O’zbek tilidagi 

ayrim turkiy bo’lmagan so’zlar, fonemalar, sug’d, xorazmiy kabi sharqiy eron 

tillarining qoldig’i hisoblanadi. Masalan, tojik tilida va o’zbek tilining o’g’uz, 

qipchoq, shevalarida farqlanidigan x va h fonemalari, dastlab sug’d hisoblangan

keyinchalik turkiylashgan shahar  aolisi \masalan, Toshkent\ tilida farqlanmaydi. 

Bunga sug’d yozuvida \tilida\ x   tovushi va uning ifodasi bo’lganligi ham asos 

bo’lgan. O’zbek tili va uning bapzi shevalaridagi archimoq \xorazmiycha 

«tozalamoq»\, matoh \xorazmiycha madak-«kapital»\, uy \xorazmiycha uyak\, bel\ 

yazg’ulom tili shimoliy eron tillariga kirib, yagnob tili bilan birgalikda sug’d tiliga 

juda yaqin hisoblanadi \tilida belopatka\, kalta\ yazg’ulom tilida ham shu 

ma’onda\, kalla \yazg’ulom tilida kal-bosh\ so’zlari sug’d, xorazmiy tillari 

materiallari asosidagina izohlanishi mumkin. 

 

Umuman, o’zbek xalqining yadrosi uqorida nomlari tilga olingan turkiy va 



eroniy qabilalarning aralashuvi natijasida 11-14 asrlarda shakllanadi. 1 asrda 

SHayboniy boshchiligidagi ko’chmanchi o’zbeklarning kirib kelishi bilan shu 



 

44

territoriyadagi mahalliy turkiy tilda gaplashuvchi ko’pchilik aholi o’zbek degan 



nom bilan atala boshlandi. 

 

7 asrning 30 – yillarida Kavkazoldi va Azov dengizi bo’yi cho’llarida 



Kubanp bulg’orlari boshchiligida kuchli qabila ittifoqi vujudga keldi. Bu «Buuk 

Bulg’oriya» davlati Kubrat davrida \7 asr o’rtalari\ Turk xoqonligidan ajralib 

chiqdi. Bu ittifoq, turkiy, fin-ugor va alan qabilalaridan tashkil topgan edi. Kubrat 

o’limidan keyin bu qabila ittifoqi tarqab ketdi va turkiy qabilalardan bo’lgan  x             

azarlarning ko’chayishiga sharoit tug’ildi. Kubratning  o’g’li  Asparux             

boshchilidagi bir qism bulg’orlar Dunay tomonga siljidilar va Dunay astrofidagi 

mahalliy aholini o’ziga bo’ysundirib, o’zlari tez orada ular bilan aralashib ketdilar.  

8 asrda o’z erida qolgan bulg’orlarning bir qismi Povoljpega tomon urdilar va 9 

asrda bu erda o’z davlatiga asos soldilar. Bu davlat mo’g’ul istilosi davrigicha 

saqlandi. Mo’g’ullar bilan birga va ulardan avval Povoljpega juda ko’plab turkiy 

qabilalar kelib joylashdi. SHunday qilib, chuvash, tatar va boshqird xalqlarining 

shakllanishiga asos solindi. Chuvash tili eski bulg’or tili xususiyatlarini saqlagan 

va fin-ug’or tillari hamda slavyan tillarining tapsiriga uchragan bo’lsa, tatar va 

boshqirdlar tiliga qipchoq qabilalari tili tapsir o’tkazdi.   

 

 

 



TURK X OQONLIGI  DAVRI  MAVZUSI  BO’YICHA 

NAZORATSAVOLLARI 

1.  Xunlarning g’arbga siljishining boshlanishi qaysi davrlarga to’g’ri keladi? 

2.  Xunlarning g’arbga siljishi natijasida qanday davlatlar vujudga kelgan? 

3.  Qoraxoniylar davlati asosini qaysi qabilalar tashkil etgan? 

4.  Bu davrda turkiy tillarning holati qanday bo’lgan? 

5.  Qoraxoniylar davrida til va madaniyat. 

6.  Turk etnonimi haqida. 

7.  O’rta Osiyoga  turkiy qabilalarning kirib kelishi. 

8.  O’zbek etnonimining kelib chiqishi. 

9.  Turk hoqonligi davrining turkiy tillar rivojiga ta’siri. 

10. Mavzu bo’yicha hulosa chiqaring. 

               

TAYANCH ATAMALAR: 

1.  Etnonimlar. 

2.  Turk imperiyasi. 

3.  O’g’uz qabilalari. 

4.  Etnogenez. 

5.  Qabila tillari. 

 

ADABIYOTLAR: 



1.  Abdurahmonov G. Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent. 1982 y. 

2.  Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. T. 1984 y. 

3.  Baskakov N.A. Vvedenie v izuchenie turkskixyazqkov. M.1969. 

 

 



 

45

QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARNING O’RGANILISHI 



MAVZUSI BO’YICHA  NAZORAT SAVOLLARI 

 

1.  Eng qadimgi turkiy yodgorliklar haqida nimalarni bilasiz? 



2.  «Oltin yorug’» qanday yodgorlik. 

3.  O’rxun va Enisey yodgorliklarining asosiy xususiyatlari haqida gapirib bering. 

4.  Qadimgi yodgorliklar bizgacha qaysi yozuvlar orqali etib kelgan? 

5.  Arxeologik manba deganda nimalar tushiniladi? 

6.  Oromey yozuvining o’ziga xos xususiyatlari. 

7.  O’rxun-Enisey yodgorliklarining lingvistik belgilari. 

8.  Uyg’ur yozuvi yodgorliklari. 

9.  «Oltin yorug’» yodgorligining til xususiyatlari. 

10. Qadimgi yozma yodgorliklarni o’rganishning ahamiyati. 

 

9-MAVZU: TURKIY TILLARINING 



TOVUSH SISTEMASI VA GRAMATIK QURILISHI 

REJA: 


 

1.  Turkiy tillarning unlilar sistemasi. 

2.  Hozirgi turkiy tillirda unlilar mosligi. 

3.  Turkiy tillarning undoshlar sistemasi. 

4.  Turkiy tillirda sinxron nuqtai nazaridan undoshlar mosligi. 

5.   Turkiy tillarda o’zak va affiks. 

6.   Ealik, kelishik  va  grammatik  kategoriyalar. 

7.   Turkiy  tillarning  sintaktik  xususiyatlari. 

 

Har bir til oilasining boshqa til oilalaridan ajratib turuvchi xususiyatlari 



mavjud. Masalan,turkiy tillir oilasi uchun xos bo’lgan sigarmronizim,so’z boshida 

undoshlarning kema-ket kela olmasligi, gap bo’laklarining joylashish tirtibi kabi 

xususiyatlari uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Mana shunday til 

xususiyatlarining yigindisi shu til oilasining til qurilishi deyiladi. Til oilasining 

qziga xos hususiyatlari gapirilganda, muayyan davr nazarda tutiladi, chunki tilga 

xos xususiyatlar qotib qolgan, doimiy bo’lmay, o’zgaruvchandir. Biroq shuni ham 

nazarda to’tish kerakki, turli tillardagi o’xshash hodisalar doimo uning bir 

manbadan kelib chiqishiga bog’lik bo’lmaydi. Genetik  qarindoshlik natijasi 

bo’lgan umumiy o’xshash hodisalar hamda tillirning bir-biriga ta’siri natijasida 

vujudga kelgan o’xshashliklardan farqlash kerak. 

 

Turkiy tillirni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan 



farqlovchi xususiyatlaridan biri leksik sostavning bir-biriga juda yaqinligi va 

grammatik qurilishning o’xshashligidir. Shuning uchun  chuvash va yoqutlardan 

boshqa hamma turkiy xalq vakillari o’z ona tillirida gaplashganlarida bir-birini 

muayyan darajada tushuna oladi. 

        Turkiy  tillarning  unlilar  sistemasi. 


 

46

Dunyodagi barcha tillirda bo’lgani kabi turkiy tillirda ham unli  va  undoshlar  



oppozisiyasi  mavjud. 

 

Hozirgi turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori bir xil emas. Ba’zi 



turkiy tillirda unlilarning  miqdori 20 tadan ortiq /masalan, tuva,g agauz, chulim-

tatar tillarida /,ko’pchiligida 8ta / hozirgi o’zbek adabiy tilida xatto  6 ta /.Undosh 

tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq  yuq. Turkiy tillir fonetikasiga 

bag’ishlangan asarlarda undoshlar miqdori 20 tadan kam ko’rsatilmaganidek,  30 

tadan ortik ham  qayd  qilindaydi. 

 

Hozirgi  turkiy tilarning deyarli hammasida har bir unli paydo bo’lish 



o’rniga ko’ra oppozisiya xosil qiladi /hozirgi o’zbek tili bundan mustasno /, ya’ni 

old qator  unlilar \o’zarol farqlanmaydi: 

 

Orqa qator unlilar     Old qator unlilar  



             a, o, u, y                        a, o, u, y,    

 Bu sakkizta unli V.V.Radlovning fikricha, umumturkiy bobotil  davrida ham  

mavjud  bo’lgan. 

 

Turkiy tillardagi sigarmonizim hodisasi unlilarning mana shu tipda bir-



biridan farqlanishga  asoslanadi. 

 

Sigarmonizm hodisasi oldingi bo’g’indagi  /yoki o’zakdagi / unliga keyingi 



bo’g’indagi /yoki bo’g’inlardagi / unlilarning, ba’zan undoshlarning artikulyasiya 

o’rni va usuliga ko’ra moslashuvidir. A. M. Shcherbak ta’kidlaganidek, bir 

bo’g’inli so’zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo’lib, ko’p bo’g’inli  

so’zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo’g’inga muvofiklashadi. Masalan, bar, 

gan, -lar,  kol-ga,  kolga  /o’zbek tili  qipchoq  shevalari  /,yuk-soltmak /ozarbayjon 

tili /. 


 

Bu hodisalarning birinchisi va uchinchisining birinchi bo’g’inida orqa qator 

/qattik / unli bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlarda ham shunday unlilar kelgan. 

Ikkinchi va to’rtinchi misollarning birinchi bo’g’inida oldingi qator /umshok /unli 

bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlardagi  unlilar  va  undoshlar unga moslashgan. 

Singarmonizmning bu ko’rinishi poatal yoki tanglay singarmonizmda birinchi 

bo’g’in unlisi mustaqil bo’lib, keyigi bo’g’indagi unlilar unga tobe bo’ladi, ya’ni 

birinchisiga  moslashadi. 

 

Hozirgi turkiy tillarda labial singarmonizm ham mavjud: birinchi bo’g’inda 



lablangan unli kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham unlilar keladi. Masalan: quldor 

/"qullar" qirgiz  tili /, kolu /" kuli" turk tili /. 

 

Singarmonizmning bu ikki ko’rinishidagi birinchisi eng qadimgi bo’lib, u 



turkiy bobotil davriga borib taqaladi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan hozirgi 

uyg’ur tilida singarmonizmning boshqa ko’rinishi ham mavjud. Bu tilning o’ziga  

xos  hususiyati  asl turkiy  bir bo’g’inli so’zlarda /ba’zan ko’p bo’g’inli so’zlarda 

ham /keyingi bo’g’indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo’g’indagi keng  a  

unlisi torayadi,   a   tovushiga o’tadi: bash-beshi, bala-balasi. 

 

Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg’ur 



tilidan tashqari, o’zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: 

belik / baliq /,  joy-jeyim, tom-teming, yangi-engi. 



 

47

 



Palatal singarmonizm ko’p bo’g’inli so’zlarning oxirgi bo’g’inlarida o’z 

kuchini yo’qotishi mumkin: keyingi bo’g’inlardagi unli birinchi bo’g’indagi unliga 

artikulyasiya o’rniga ko’ra moslashmay qo’yadi. Bunga, birinchidan, bo’g’inning 

ko’payishi va ta’sir o’tkazuvchi markazdan o’zakdan uzoqlashish, ikkinchidan, 

singarmonizim qoidasiga bo’ysunmaydigan ayrim affikslarning mavjudligi sabab 

bo’ladi. Masalan, turkman tilida: b ladur, b lamayduran: turk tilidagi-dash,-iston,-

ki,-yor: chuvash tilidagi- dash,-iston,-ki,-yor: chuvash tilidagi-sam,-e kabi affikslar 

tarkibidagi unlilar singarminizimga bo’ysunmaydi. 

 

Turkiy  o’zaklar tarkibidagi unlilar  turkiy tillarda, hatto bir turkiy til 



doirasida bir xil bo’la bermaydi: ayni bir so’zning birinchi bo’g’ini bir turkiy tilda 

yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda / shevada / orqa qator unlisi 

kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada sigarmonistik variantlar deb 

uritiladi  /masalan, qadimgi uyg’ur tilida: turna tirna, qirg’iz tilida: chomul-

chomul, qozoq tilida: shay-shay, ozarbayjon tilida: okuz-okuz. 

 

Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo’lishida labning 



ishtirokiga asoslanadi: o,o,u,u, unlilari lablangan, a,a,q,i, unlilari lablanmagan 

unlilardir. Masalan, turkum, duioloro /tuyalarga /, oglonloro /o’g’illarga /, qirg’iz, 

qopoloq /kapalak/, tundo /tunda/, koldorunuzdun /qo’llaringizdan /. Labial 

singarmonizm ayniqsa qirg’iz tilida yaqqol ifodalangan. Singarmonizmning bu turi 

o’g’uz gruppa va qipchoq gruppa tillarda ancha tarqqiy etgan. CHunki  o’zbek,  x             

akas kabi turkiy tillarda deyarli yo’q darajada. 

 

Turkiy tillarning ichida hozirgi o’zbek adabiy tili singarmonizmning 



butunlay yo’qligi bilan ajralib turadi. O’zbek tiliga oid dastlabki yozma 

yodgorliklar tilida, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy asarlarida 

singarmonizmning buzilish hollari uchraydi. Bu o’zbek tilida singarmonizmning 

buzilishi o’zbeklarning xalq sifatida shakllanishi jarayoni bilan bir davrda 

boshlangan degan fikrga olib keladi. O’zbek tilida singarmonizmning buzilishi, 

birinchi navbatda, o’zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida uz berdi. Bu boshqa 

turkiy tillardagi singarmonizmga bo’ysumaydigan affikslar, singarmonistik 

variantlarning mavjudligi ham ko’rsatadi. Biroq bu prosessning tezlanishida 

so’g’d, xorazmiy, sak va tojik kabi sharqiy eroniy tillarining ham roli katta 

bo’lgan. Bu til vakillarining juda katta qismi turkiy qabilalar bilan aralashishi, 

uzoq vaqt ikki tilning hukm surishi oqibatida turkiy tilning /eski o’zbek tilining/ 

fonetikasi, leksikasi, grammatikasida ayrim o’zgarishlar paydo bo’ldi. Qisqa qilib 

aytganda, turkiy asosda buzila boshlagan singarmonizmning butunlay yo’qolishida 

sharqiy eroniy tillar va arab tili katalizatorlik rolini o’ynadi. 

 

Turkiy tillirning bir qanchasida, jumladan, oltoy, gagaus, qirg’iz, tuva, 



turkman, yoqut kabi tillarda va o’zbek tilining Qorabuloq shevasida unlilar uzun va 

qisqaligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Bu fiziologik farq bo’lib, ma’noni 

farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan,  qorabuloq  shevasi:  a:  t-ism,  at-ot  /x             

ayvon /, a: ch-korni och -eshikni och. 

 

Bular birlamchi cho’ziq unlilar hisoblanib, o’sha so’z tarkibida azaldan 



cho’ziq holda mavjud. Hozirgi turkiy tillarda so’zdagi ayrim fonetik o’zgarishlar 

natijasida vujudga kelgan cho’ziq  unlilar  ham  mavjud.  Masalan,  uyg’urcha  o:         



 

48

gak /o’roq /, o: dak /o’rdak /kabi  so’zlarda birinchi unli cho’zib talaffuz qilinadi. 



Bunday unlilar turkologiyada ikqilamchi cho’ziq unlilar deb uritiladi. 

 

Yirik turkolog olimlardan E.D.Polivanov, E.Ligeti va boshqalar birlamchi 



cho’ziq unlilar turkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan degan fikrni 

bildiradilar. Cho’ziq unlilar mo’g’ul tillarida ham uchraydi va cho’ziq bo’lmagan 

unlilar bilan fonematik oppozisiya hosil qiladi: sas / kor /, saas /qog’oz /, ur /oila /, 

uur /uya /. 

Hozirgi turkiy tillarda unlilar moslashuvi . 

Har bir til oilasida bo’lgani kabi, turkiy tillir orasida ham unlilar mosligi mavjud. 

Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi 

qarindosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi. 

Masalan o’zbek tilidagi e tovushiga tatar tilida i tovushi mos keladi : kel / / qil, et / 

/it,  bet / /bit kabi o’zbek tilidagi e tovushiga ozarbayjon tilidagi  a tovushi mis 

keladi : men / /man, kel / /gal, ellik/ / alli kabi. 

 

Hozirgi turkiy tillar ichida chuvash tili o’zining fonetikasi /ayniksa, leksikasi 



/ jihatidan alohida ajralib turadi. SHuning uchun boshqa turkiy tillar bilan chuvash 

tili unlilarining mosligini solishtirish diqqatga sazovordir. Boshqa turkiy tillardagi  

a unlisiga ko’pincha hozirgi chuvash tilida u unlisi mos keladi. 

Boshqa turkiy tillarda                         Chuvash tilida: 

bar//par 

     pur/bor/ 

kaz//gaz 

     xur/goz 

atla//xatla 

     o’t/hatlamoq 

jat 

      jut 



baliq 

      pula/baliq 

bayan 

      pujan/boy 



alti 

      ult/olti 

 

  Tovush  mosligi  muayyan  qonuniyat asosida sodir bo’ladi. Tovush 



mosligining kashf qilinishi bilan /R.Rask tomonidan 1818 yilda kashf qilingan/ 

tarixiy fonetika vujudga keldi Tarixiy fonetika tildagi tovushlar taraqqiyotida 

qonuniyatlarni o’rganuvchi fandir. Uqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, 

o’zbek tilidagi E,  tatar tilidagi I, ozarbayjon tilidagi A tovushlari turkiy 

bobotildagi bir tovushning, ba’zan har-xil vaziyatdagi tovushlarning taraqqiyoti 

natijasidir. Bunday tovushlar mosligi til taraqqiyotiga xos ma’lum bir davr, ya’ni 

sinxronik nuqtai nazardan belgilanadi. Tovush mosligi bir tilning yoki qarindosh 

tillarning turli davrdagi xolati, ya’ni diaxronik nuqtai nazardan ham belgilanishi 

mumkin. Masalan, Alisher Navoiy davridagi U tovushiga hozirgi tilimizda  

ma’lum pozisiyada A tovushi mos keladi:  Turur-turar,    kelur-kelar,    bilur-bilar. 

TURKIY  TILLARNING UNDOSHLAR SISTEMASI. 

       Turkiy  tillarning  undoshlar  sistemasida ham xos xususiyatlar mavjud. 

Undoshlarning har bir turkiy tilda  o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan birga, 

umumiy o’xshash tomonlari ham ko’p. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so’z 

sostavida qo’llanish pozisiyasi nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy 

so’zlar  sonor tovush bilan boshlanmaydi /bunday so’zlar uchrasa, ular boshqa 

tildan o’zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot natijasida uzaga kelgan bo’ladi/. 


 

49

Sonorlar ko’proq so’zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo’lmagan undoshlar 



esa so’zning boshida ham, oxirida ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarix             

ining eng qadimgi davrlarida kuchli bo’lgan. Turkiy bobotil va undan keyingi 

davrlarda hatto jarangli undoshlar ham so’z boshida juda kam qo’llangan. 

Umuman, turkiy tillar taraqqiyotida so’z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan 

qochish harakterli hol bo’lgan. Masalan, prof. A.SHcherbak tiklagan bir bo’g’inli 

turkiy bobotil o’zaklari ichida na /nima/ o’zagidan boshqa birorta sonor yoki 

jarangli undosh bilan boshlangan o’zak uchramaydi /bundan y bilan boshlangan 

o’zaklar mustasno/. Hozirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan 

o’zaklar fonetik o’zgarishlar hosil bo’lgan ikqilamchi hodisadir. 

 

So’z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning 



hammasida bir xil sodir bo’lmaydi. Ba’zi turkiy tillarda bu prosess juda tor doirada 

voqea bo’lib, boshqalarida esa juda keng tus olgan. 

 

Turkiy tillarning o’g’uz gruppasida /turkman, turk, ozarbayjon tillarida/ so’z 



boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so’z 

boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o’rnida bu tillarda g, b, m, d 

jarangli undoshlar keladi. Masalan, o’zbek tilidagi kel, kur, tog, tosh so’zlari 

ozarbayjon tilida gal, gur, dag, dash ko’rinishiga ega. So’z boshida undoshlarning 

jaranglilashuvi qorluq, qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan, o’zbek tili va 

uning dialektlarida bir so’zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi 

jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud: qozoq tilida 

bayg /poyga/, di rmen/ tegirmon/ kabi so’zlar jarangli tovush bilan boshlanadi. 

So’z boshida jarangsiz undoshlarning ko’proq saqlanishi Sibirp arealidagi turkiy 

tillar va chuvash tili uchun harakterli hodisadir. 

       Turkiy tillarga xos fonetik hodisalardan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz 

undoshlarning intervokal pozisiyada jaranglilashuvidir. Shu nuqtai nazardan turkiy 

tillarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: 

1/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’ladigan turkiy tillar: 

 

2/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’lmaydigan turkiy 



tillar. 

 

 



Birinchi gruppa tillarda bir bo’g’inli o’zaklarga unli bilan boshlanuvchi 

affiks qo’shilsa, o’zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglashadi. Masalan, xakas 

tilida: pas-pazq / bosh-boshi/, at-adi/ot-oti/: tuva tilida: as-azqp/ osib/: qozon tilida: 

shqk-shqgib / chiqib/, t k-t gib/tikib/, kap-kabq /kopi/: tatar tilida: ak-agqm /oqim/ 

kabi. 

Ikkinchi gruppa tillarida bir bo’g’inli o’zaklarga har qanday sharoitda ham 



jarangsiz undosh saqlanadi. Masalan, o’zbek tilida:ot-oti, ek-ekib, oq-oqib, lekin 

bu tillarda ko’p bo’g’inli so’zlarning oxiridagi k, k, p jarangsiz undoshlari 

intervokal pozisiyada jaranglilashadi: o’zbek tilida : o’rtoq-o’rtog’i, o’simlik-

o’simligi: uyg’ur tilida: yazlik-yazligi /ezligi/ , ayak-ayigim kabi. Bunday 

jaranglilashuv undoshlardan keyin egalik affiksi qo’shilgandagina sodir buladi, 

boshqa hollarda esa ular jarangsizligicha qoladi: qishloqi, uynoqi, qo’riqib, qiziqib 



 

50

kabi. Qorluq va o’g’uz gruppa  tillariga boshqa tillardan kirgan so’zlarda ham bu 



undoshlar jaranglilashmaydi. 

Turkiy tillarda ayrim jarangli undoshlarning /masalan, b, d, undoshlarining/ 

so’z oxirida kelishi nihoyatda chegaralangan, shuning uchun o’zbek tiliga boshqa 

tillardan jarangli undoshlar bilan tugagan so’z qabul qilinsa, bunday undosh  

jarangsizlashadi. Masalan, o’zbek tilida : kitop, et / kitob, ed/ , uyg’ur tilida: javop, 

qirim-tatar tilida : sharap, qozoq tilida: mekteb kabi. Bu so’zlarga unli bilan 

boshlanadigan affiks qo’shilsa, ular yana jaranglilashadi: kitobi, edida, javobi, 

sharobi, mektebi kabi. 

      Turkiy  tillarning  konsonantizmida turli-tuman mulohazalar tug’ilishiga sabab 

bo’lgan hodisalardan biri undoshlar geminasiyasi asli undoshning miqdor jihatdan 

o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ya’ni ikqilanishidir. YOzuvda bunday undoshlar 

ikkita bir xil harfni ketma-ket yozish bilan aks ettiriladi. A.SHcherbakning 

fikricha, intervokal pozisiyada undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo’lgan 

tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Intervokal pozisiyada undoshlarning 

jaranglilashuvi esa hamma turkiy tillarga xos. Demak, turkiy bobotil davrida ham 

undoshlar geminasiyasi mavjud bo’lgan. 

 

Undoshlar geminasiyasining assimilyasiya natijasida vujudga kelishi turkiy 



tillarda eng ko’p tarqalgan: o’zbek tilida: etti /etdi /, shahari /shaharni /: kumik 

tilida: minni /mindi /, ulanna /ulgonda /: qozoq tilida: atti /otni/, soldattar /soldatlar 

/ kabi. 

 

Geminat tovushlarning o’zak tarkibida uchrashi turkiy  tillarda  bir  x             



il emas. Qorluq, o’g’uz va bulg’or gruppa tillarida bunday tovushlar ancha ko’p 

uchrasa, qipchoq gruppasida va Sibirp arealidagi tillarda /yoqut tili bundan 

mustasno/ bu hodisa kam uchraydi yoki mutlaqo uchramaydi. Masalan, o’zbek 

tilida: dogguz, chuvash tilida taxhar, qozoq tilida: toguz qirg’iz tilida: togus. 

 

Turkiy tillarda sinxron nuqtai nazardan undoshlar mosligi. 



Turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro juda yaqinligiga qaramay, har bir gruppa 

turkiy tillar va alohida olingan turkiy til o’ziga xos fonetik taraqqiyoti jarayoniga 

ega. SHuning uchun turkiy bobotilda ayni bir undosh bo’lgani holda, konkret 

turkiy tillarda boshqa-boshqa undosh qo’llanila boshlagan. Bu jihatdan ayniqsa  y-

j-d-ch  undoshlarining qo’llanilishi harakterlidir. Qiyoslang: 

O’zbek tilida: turkman tilida: qozoq tilida: oltoy tilida:  

yil                       yil                      jil                     dil           

yuk                   yok                       jok                  dok 

tuva tilida: 

chil 


chok 

 

Misollardan ko’rinib turibdiki qorluq va o’g’uz gruppa  tillarida so’z boshida 



keladigan  y  tovushi o’rnida qipchoq va Sibirp gruppa tillarida j, d va  ch 

tovushlari qo’llanadi. 

 

Qorluq, qipchoq va Sibirp tillarida so’z boshida keladigan k, t tovushlari 



o’rnida o’g’uz tillarida g, d tovushlari ishlatiladi, ya’ni g, d tovushlari k, t  

tovushlarining funksiyasini bajaradi: 



 

51

o’zbek t : ozarb t : uyg’ur t : turkm t : yokut t : tatar t : boshk t : 



kel         gal         kal          gel          kel       kil        kil 

tosh        dash        tash         dash         tas       tash        tash 

 

Bulardan tashkari,turkiy tillarda sh-s /uzb yanga shor.nena 



uzb. yomon -sagay.naman /kabi undoshlar mosligi hodisasi ham mavjud. 

 

Turkiy tillar fonetik mosliklari orasida eng diqqatga sazovori rotasizm 



hodisasidir. Rotaszim yo tovushining r tovushi bilan mosligi bo’lsa, labdaizm sh 

tovushining l tovushiga mosligidir. 

 Rotasizm 

va 


labdaizm 

chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovush 

mosligida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi uz, ez, to’qqiz, qozon, 

kuz, eshik, eshit, etmish, oltmish so’zlari chuvash tilida ser r, taxhar, x             

uran, ker, alak /darvoza /, ilt, s itmel, utmal ko’rinishlariga ega. Bu jihatidan 

chuvash tili mug’ul tillariga ancha yaqinroqdir. Mo’g’ul tillari bilan boshqa turkiy 

tillar orasida ham l-sh mosligi mavjud /tanil -tanish/. Bu holat chuvash mo’g’ul 

kontakti ancha uzoq vaqt davom etganidan dalolat beradi. 

 

Rotasizm va labdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi: 



o’zbek tilida: semir-semiz, ko’rar-ko’rmas, sergak-sez: ozarbayjon va turkman 

tillarida: deshik-delik /teshik/: boshqird tilida: kashik,kalak /choy qoshiq /. 

 

Uqorida qorluq va qipchoq gruppa tillarida y-j mosligi mavjudligi haqida 



gapiriladi. Lekin bu umumiy fonetik qonuniyatdan chekinish xollari ham uchraydi. 

Masalan, qorluq gruppa tillarida so’z boshida ba’zan y emas j keladi. Masalan, 

uzb, jo’namoq, jun: uyg’ur. jurak /urak/ kabi: o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida t 

o’rnida d tovushining qo’llanishi harakterli bo’lgani holda, ozarbayjon tilida ayrim 

so’zlarda aksincha: tanish, tarla /dala /, tutashma /ushlamoq/ kabi: o’zbek tilida 

so’z boshida y va d  tovushlarini parallel qo’llash hollari ham mavjud: dumaloq // 

umaloq / kabi. 

 Turkiy tillar faqat kelib chiqish jihatidan qarindosh tillar bo’lib qolmasdan, 

hozirgi paytda tipologik jihatdan ham bir xil:tillarning morfologik klassifikasiyasi 

bo’yicha agglutinativ tillar gruppasiga kiradi. Turkiy agglutinativ tillarning o’ziga 

xos hususiyati quyidagilardan iborat: 

 

1.So’z doimo o’zakdan boshlanadi. 



 

2.O’zak, asosan,  o’zgarmaydi. 

 

3.So’z formalari asosan affikslar vositasida hosil bo’ladi. 



 

4.So’z formalari faqat bir o’zakdan xosil qilinadi. 

 

5.O’zak va affiks organiq birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara aksariyat 



xollarda aniq va ravshan bo’ladi. 

 

Masalan, boshlandi so’z formasida bosh - o’zak, -la -fe’l yasovchi affiks va -



di- zamon yasovchi, bular bir-biridan ajralib turadi. 

 

6.Har bir grammatik ma’noni ifoda etishda alohida affiks qo’shiladi, shuning 



uchun bir so’z formasida bir necha affiks ketma-ket  keladi: 

Masalan: so’zlashganingizni,  sez = le = sh = gan =ingiz = i. 

 

Turkiy tillarda so’z o’zak va affikslarga ajratiladi. Turkiy tillarda o’zak 



fonetik jihatdan quyidagi qurinishlarga ega: g- unli, S-undosh, GS  ol-ot ,SG-na 

(nima), ma:SGS- bosh,  qo’l, yoz: SGSS-turt, tort: SGSG-bola. 



 

52

 



O’zakning bir ko’rinishlari ichida SGS strukturasi ko’p tarqalgan. G va SG 

tip kam uchraydi.Turkiy tillarda o’zakning strukturasi va uning taraqqiyoti hakida 

turli fikrlar mavjud.Ba’zi tadqiqotchilar uqorida ko’rsatilgan o’zak tiplarining 

hammasi azaldan mavjud desalar, boshqalari esa SGS tuzilishi o’zaklar turkiy tillar 

uchun tipik bo’lib,  qolgan  ko’rinishdagi  o’zaklar esa ana shu SGS tipi 

o’zaklarning taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Masalan, 

mana shu olimlardan biri N.A.Baskakov. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa SGS 

tip o’zaklarning taraqqiyoti natijasida xosil bo’lgan deydilar. SGStip o’zak 

birlamchi ekanini isbotlash maqsadida, masalan, bol-fe’lining taraqqiyot natijasida 

o’g’uz gruppa tillarida ol, ikki tovush holatiga kelib qolganini ko’rsatadilar. 

SGStip o’zakka nisbatan keyingi hodisa deb hisoblovchilar esa hozir uch tovushga 

ega anchagina o’zaklar turkiy yozma yodgorliklaridan misol keltiradilar. sa- (sana), 

bo-(bogla ) yu (uv), si-(sin) qabilar. 

 

Demak, turkiy o’zak hakida uch xil fikr mavjud bo’lsa, bulardan 



chinchisitugrirokdir. CHunki, birinchidan,turkiy o’zak daxlsiz bulib, har qanday 

uzgarish,asosan, nutk oqimida o’zakdan keyin qo’shilgan vositalar yordamida 

sodir bo’ladi, ikkinchidan, agglutinasiya qoidasiga binoan yangi ma’no o’zakdan 

muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan uzaga keladi. 

Turkiy tillar taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi so’z o’zakka affiks 

qo’shish bilan xosil kilinadi. Turkiy tillarda affikslarning turlaridan affikslar 

mavjud bulib,o’zakdan keyin kushiladi. Prefiks,infiks kabi affiks turlari turkiy 

tillarda bulmaydi.Agar biror turkiy tilda prefiks uchrasa,masalan,o’zbek tilida, u 

boshqa tilni ta’sirida paydo bo’lgan,ya’ni uzlashgan buladi.Turkiy tillardahar bir 

kelishikning bitti affiksi buladi,shunga kura turkiy tillarda bitta turlanish tipi 

mavjud :qaysi so’z turkumi va birlik yokiko’plik formasida bulishdan kathiy 

nazar,kenlishik affikslari bir xil buladi. 

 

Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan uncha ko’p farq kilmaydi. 



O’zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida 6ta, qozoq tilida 

7ta xakas va suvoli tilida 8ta, yokut tilidaesa 9ta kelishik bor.Turkiy tillarda hozir 

ishlatilmaydigan,lekin qadimda keng qo’llanilgan boshqa kelishik formalari ham 

mav jud bo’lgan.Bu formalar ayrim so’zlar tarkibida kotib kolgan holda hozir ham 

uchraydi. Masalan, qozoq, korakolpok, nugay, x akas, qirg’iz tillarida hamma so’z 

turkumlari junalish kelishigida-ga formasiga ega bulsa, kishilik olmoshlari esa shu 

kelishikda menga, senga, unga formasida emas,balki maga, magan, sogan, ogan, 

kabi ko’rinishda qo’llaniladi. 

 

Urxun-Enisey yozuvi yodgorliklarida,"Devonu -lug’otit turk" asarida hozirgi 



turkiy tillardagi ayrim so’zlar tarkibida vositi kelishigi formalarisaklanib kolgan. 

Masalan,yozin-kishin, ostin ustun qabilar.Qadimgi turkiy tillarda junalish-urin 

kelishigi ham bulib,uning formasi ra-ru ko’rinishlariga ega bo’lgan.Bu kelishik 

affiksi ichra,sungra, uzra kabi so’zlar.tarkibida o’zak bilan birlashgan holda 

uchraydi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma’nosi ifoda 

etuvchi formalar keng tarkalgan bulib,til taraqqiyoti prossesida bu ma’noni ifoda 

etuvchi formalar,miqdor jihatdan ancha kam. 


 

53

 



Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va ko’plik formalarining 

oppozisiyasidan tashkil topadi.Birlik turkiy tillarda nolg’ ko’rsatkichli 

bulsa,ko’plik-lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi.Lekin 

turkologiyada turkiy tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha 

ifodalash ham mumkin.Bu nuqtai nazarga kura turkiy tillarda grammatik son 

kategoriyasi birlik va ko’plik formalariga ega emas.Turkiy tillarda-lar affiksi 

olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi,ya’ni kitob so’zi yakkat 

kitobni ham: kitoblar yigindisi ham ifoda etadi.SHu asosda K.M.Lubimov-lar 

affiksi kushilmagan formani noaniq son formasi deb nomlaydi.Turkiy tillardagi 

ko’plik formasi hisoblangan-lar,ko’plik ma’nosini ifodalashdan tashkari boshqa 

funksiyalarni ham bajarish xususiyatiga ega: 

 

1)Ekspressiya ifodalaydi:             (xayrli tong) 



 

2)Makon va vaktni  kengaytirish ma’nosini ifodalaydi: 

          u yoklarda. 

 3.Xurmat 

ma’nosini 

ifodalaydi: 

 

(Xurmatli Alining xonimi) 



 

Shuni ham aytish kerakki,qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda    -lar affiksi 

nixoyatda kam ishlatilgan -lar formasining hozirgi turkiy tillardagi funksiyasi ham 

bir xil emas.Masalan,- lar o’zbek va turk tillarida xurmat ma’nosini ifodalash 

uchun qo’llansa, qozoq, qirg’iz tillarida bunday funksiyani bajarmaydi. 

 

Umuman,turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa F lektiv 



tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq 

qiladi.Ko’plik formasi-lar faqat ot tkrkumida so’zlarga emas,balki barcha mustakil 

turkum so’zlarga ham kushiladi.Grammatik son kishilik  olmoshlarida  o’ziga  x             

os ravishda ifoda etiladi.Keyinroq barchi turkiy tillarda biz,siz olmoshlari ikkinchi 

shaxs birlikni ifodalay bolagach,ko’plik uchun bizlar,sizlar formasi vujudga 

kelgan.Egalik kategoriyasi faqat turkiy tillarga xos bulmay turkiy tillardan 

tashkari,ko’pchilik agglutinativ tillarda,semit tillarida,xatto ayrim xind-Evropa 

tillarida ham mavjud.Egalik kategoriyasi krashlilik ma’nosini ifoda etadi,ya’ni 

egalik formasini olgan so’z anglatgan predmetga karshlik buladi.Egalik 

kategoriyasining formalari qaratkich kelishigining formasi bilan boglik.Egalik 

formasi bilan qo’llangan so’z oldida juda ko’p xollarda qaratkich kelishi 

formasidagi so’z keladi. Masalan, (mening) kitobim. SHuning uchun ba’zi 

olmoshlar egalik kategoriyasini qaratkich kelishigi bilan boglab o’rganganlar. 

SHunday o’rganish asosida B.A.Serobrennikov turkiy tillarda dastlab qaratkich 

kelishigining hamda prefikslarning yukligi bu tillarda egalik formalarini vujudga 

keltirgan deb hisoblaydi. 

 

Egalik affikslar kishilik olmoshlari asosida,uzaga kelgan. 



Masalan,men - m, sen -ng, biz - miz. Shu sababli egalik affikslar aynivaktda shax             

s va son ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, kitobim misolida-im affiksi birinchi shax             

sni hamda birlikni ifoda etadi. 

 

Kumakchilar turkiy tillarga xos yordamchi so’z turkumi bulib,ularni turkiy 



tillarga mansub eng qadimgi yodgorliklarda ham uchratish mumkin.Urx             

un-Enisey yozuvi yodgorliklarida qo’llangan teng (-day, kabi) ,tegi (-gacha,to 



 

54

)kabi kumakchilarning juda ko’pchiligi ayrim fonetik uchragan holda hozirgi 



turkiy tillarda ham ishlatiladi.Hozirgi turkiy tillarda tirixiy tirakkiyot jarayonida 

mustakil ma’noli so’zlardan yangi-yangi kumakchilar ham paydo 

buldi.Masalan,gura (kura),son (sung).Ma’lumki, ikki soitavli gaplarning asosini 

ega va kesim o’rtasidagi toblanishga asoslangan birikma tashkil etadi.Turkiy 

tillarda ega va kesim shaxsda mislashuvi shart.Masalan,men keldim.Ot bilan 

ifodalangan kesim 1 va 2 shaxsda ega bilan kesimlik affiksi olib 

moslashadi.Masalan,men odamman, sen injenersan. 

 

Turkiy tillarda ega va kesim son jihatidan ham moslashadi.Masalan,men 



keldim.Biz keldik.Lekin ular keldilar. 

 

Tobelanish asosidagi brikmaning eng keng tarkalgan  formalaridan biri 



aniqlovchi aniqlanmish munosabatidir. Aniqlovchi aniqlanmish munosabatida ham 

turkiy tillar o’ziga xos ajrilib turuvchi xususiyatlarga ega. Turkiy tillarda 

sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv yuli bilan tobelanadi. Masalan, qizil kitob, qizil 

kitoblar. 

 

Sifatlovchi bilan sifatlanmishning sonda va kelishikda o’zaro moslashuvi 



boshqa tip tillarining kuchli ta’siriga uchragan karaim tilidagina kuzatiladi. 

Aniqlovchi qaratkich kelishik formasidagi so’z bo’lganida, turkiy tillarda 

aniqlanmish doim egalik afffisi bilan qo’llanadi. Masalan, ozabayjonlar. Bqzim 

kitabqmqz. Turkiy  tillarda aniqlovchining yana bir turi borki  u   tilshunoslikda 

turkiy izofa deb ataladi  Turkiy izofa tashqi ko’rinishdan  urni almashtirilib 

kuyilgan forsiy izofani bildiradi. Masalan, Toshkent shahri, Navoiy ko’chasi.  

 

Turkiy tillarda gap bo’laklari, boshqa til oilalardagiga masalan, xind-evropa 



tillari oilasidagi nisbatan o’zining muntazam joylashish tartibiga ega. Agar 

so’zlovchida tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko’rsatish maqsadi bulsa, 

odatda, gapning boshida ega o’z sostavi bilan gapning oxirida kesim keladi. 

 

O’zbek tilida aniqlovchi va kesim ning urni boshqa bo’laklarga nisbatan 



katiy ekanligi o’zbek tilida gap bo’laklarining urni rus tiliga nisbitan ancha turg’un 

ekanligini kusatadi. 

 

Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, 



bu tillarda qo’shma gapning ergashgan qo’shma gap tipidan tashkari,funksianal va 

struktural jihatdan boshqa til vakillaridagi ergash gapga teng keluvchi teng 

keluvchi ravishdosh,sifatdosh, iboralari keng tarakkiy etgan. Masalan, qozoqlarda 

kg’tibqn bala ubadq. Ruscha tarjimasi bilan kiyos kilsak  Uchenik katoriy knigu 

derjal ne chistom vide, ocheng’ otkqdilsya. O’zbek tilida: men Salimning kecha 

Toshkendan kelganini eshitdim. Kiyoslasak: YA slqshal chto Salim vchera 

vernulsya iz Toshkenta. 

 

TURKIY TILLARNING GRAMMATIK QURILISHI MAVZUSI BO’YICHA 



NAZORAT SAVOLLARI 

1.Agglutinativ tillarning o’ziga xos xususiyatlarini sanab bering? 

2.Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdori knday farqlanadi? 

3.Turkiy tillarda egalik va kelishik kategoriyasi qanday farqlanadi. 

4.Turkiy tillarda negiz hosil bo’lishi. 


 

55

5.Turkiy so’zformalarining o’ziga xosliklari. 



6.Turkiy affikslar. 

7.Egalik kategoriya. 

8.Kelishiklar, ularning gramatik belgilari. 

9.Turkiy tillarda so’z birikmasining shakllanishi. 

10.Turkiy tillarda gap qurilishi. 

TAYANCH   SO’Z  (IBORA)LAR 

1.Morfologik tasnif. 

2.Flektiv va agglutinativ tillar. 

3.So’z formasi. 

4.Turkiy o’zak. 

5.Grammatik kategoriya. 

6.Sintaktik munosabat. 

7.Turkiy izofa. 

 

ADABIYOTLAR 



 

1.I.Ko’chqortoev,B.Isabekov."Turkiy filologiyaga kirish" T., 1984. 

2.I.A.Baskakov. V vedenie v izuchenie turkiskixyazikov. M., 1974. 

3.X.SHayxulov V vdenie v izuchenie altayskiy yazikov.M.,1969. 

 

 

TURKIY TILLARNING TOVUSH SITEMASI. 



MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 

1.Turkiy tillarda unlilar miqdori qanday? 

2.Singormanizm hodisasi hozirgi turkiy tillarning qaysilariga xos? 

3.Turkiy tillarda unlilar moslashuvi qanday kechadi? 

4.Turkiy tillarning undoshlar sistemasiga xos bo’lgan asosiy belgilarni sanab 

bering? 


5.Lambdaizm qanday hodisa? 

6.Turkiy tillarda unlilar tasnifi. 

7.Turkiy tillar unlilarining o’ziga xosliklari. 

8.Turkiy tillarda undoshlar tasnifiga oid. 

9.Turkiy tillarda portlovchi va sirg’aluvchi undoshlar. 

10.Barcha turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan tovushlar. 

 

T A YA N CH     A T A M A L A R 



1.Unlilar tizimi. 

2.Undoshlar tizimi. 

3.Singarmonizm. 

4.Palatal singarmonizm. 

5.Sanorlar. 

6.Intervakal pozisiya. 

7.Labdaizm. 


 

56

A D A B I YO T L A R 



1.A.M.Shcherbak. Sravnitelnaya fonetika tur.yazqkov.L.,1970. 

2.N.A.baskakov. Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.,1969. 

3.Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish.1984 y. 

 


Download 466.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling