Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.  O`zbek adabiyoti. Toshkent, 1959. 
2.  O`TA. 1991. №4. 
3.  O`TA. 1991. №1. 
4.  A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995.  
5.  P.Shalkiev., S.Ibrohimov. O`zbek klassik asarlari uchun qisqacha 
lug`at.Toshkent, 1953. 
   
A.Navoiyning turkiy va turkiy bo`lmagan tillarga munosabati  
 
Reja: 
1. Navoiy davri adabiy tili. 
2. «Muhokamatul-lug`atayn» asarida Navoiyning ona tiliga bildirgan 
munosabati 
3. «Muhokamatul-lug`atayn» asarida so`z yasalishi. 
 
Navoiy o`zining «Chor devon», «Xamsa», «Mahbubul qulub» kabi asarlari 
bilan o`zbek adabiy tilini amaliy jihatdan asoslagan bo`lsa, «Muhokamatul-
lug`atayn» asarida nazariy asosladi. 
Bu asar Navoiy umrining oxirlarida-1499 yilda yozilgan. 
«Muhokamatul-lug`atayn»da eski o`zbek tili bilan fors-tojik tili bir-biriga 
chog`ishtiriladi. Bu bilan A.Navoiy noqardosh tillarni qiyosiy o`rganish usulini 

 
69
boshlab berdi. U o`zbek tilini fors-tojik tili bilan chog`ishtirar ekan, o`zbek tilining 
ham boy imkoniyatlari mavjudligini ko`rsatadi. 
Navoiy bu asarida tillarni qiyosiy o`rganish bilan umumiy tilshunoslikka doir 
fikr va mulohazalar bildiradi. «Muhokamatul-lug`atayn»da til til va tafakkur, 
tillarning kelib chiqishi haqida mulohaza yuritadi. 
Navoiy  til va tafakkurning umumiy masalalarini to`g`ri hal qilgani holda, 
tilning kelib chiqishini aziz avliyolarga bog`laydi. Bu undagi sxolostik falsafa va 
islom aqidalarining ta`siridir. 
Navoiyning «Muhokamatul-lug`atayn» asarida olga surilgan va o`zbek tili 
tarixi uchun qimmatli bo`lgan fikrlar quyidagilardan iborat: 
1. O`zbek tilini fors-tojik tili bilan chog`ishtirib, uning fors tilidan 
qolishmasligini ko`rsatadi va yozuvchilarni o`zbek tilida asarlar yozishga 
rag`batlantirdi. 
2. Navoiy ikki tilni chog`ishtirish bilan o`zbek tili lug`at boyligining ustunligini 
ko`rsatadi. Asarda 100 fe`lni keltirib, ularni tahlil qildi va o`zbek tilini xazina deb 
bildi. Lekin u xazinaning atrofini, Navoiy ta`biri bilan aytganda, ilonlar va 
tikanlardan qo`rqmasdan, o`zbek tilidan foydalanishga yozuvchilarni da`vat etdi. 
3. Navoiy o`zbek tilining so`z yasalishi borasida ustunligini ko`rsatib, 
«Muhokamatul-lug`atayn»da o`zbek tilidagi so`z yasalishi borasida ustunligini 
ko`rsatib, «Muhokamatul-lug`atayn»da o`zbek tilidagi so`z yasalishi haqida 
qimmatli fikrlar bildirdi. Ayniqsa, uning ot yasovchi –chi/-chi, vul affikslari haqida 
fikrlari diqqatga sazovordir. 
4. O`zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir original fikrlar mavjuddir. Navoiy u, 
v va i, e tovushlarining turlicha talaffuz etilishlari natijasida so`z ma`nolarining 
o`zgarishini quyidagicha ifodalaydi: «Va ko`k lafzin ham necha ma`ni bilan 
iste`mol qilurlar. Biri ko`k-asmanni deyarlar, yana ko`k ahangdur, yana 
ko`ktegrada ko`klamdur, yana ko`k sabza va alangni dagi derlar». 
5. O`zbek va fors-tojik tillarini chog`ishtirish jarayonida o`zbek tili 
uslubiyatiga xos xususiyatlarni ham bayon etadi. 
O`zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, o`zining qaysi janr va 
uslubda asarlar yozganligini alohida ta`kidlaydi. Navoiy o`zi aytgandek, 
so`zlarining martabasi yuqorilikdan pastga tushmaydi. Uning asarlari qayta-qayta 
nashr etilib, xalqimiz tomonidan chuqur o`rganilmoqda. 
A.Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida yozgandek, so`z bir dur bo`lib, 
uning daryosi ko`ngildur. 
Bu shuncha o`xshaydiki, gavhar daryodan g`avvos vositasi bilan chiqazilmadi. 
Uning qiymati esa toshiga qarab ma`lum bo`ldi. So`z duri ham ko`ngildan so`zga 
chechan kishi vositasi bilan nutq sharafiga erishadi, uning qiymati ham o`zining 
shuhrat qozonadi va hamma yoqqa yoyiladi. 
Buyuk shoir fikridan shu anglashiladiki, so`z qiymati o`zi tashigan ma`nosiga 
ko`ra baholanadi. 
Umuman, A.Navoiy tilining tovush tarkibini aniqlashda birdan-bir tarkibini 
aniqlashda birdan-bir manba uning o`z so`zlaridir. U o`zining «Muhokamatul-
lug`atayn» asarida tovushlar tavsifini berishda qiziq bir usulda foydalangan. 
A.Navoiy unli tovushlarning turlicha talaffuz haqida gapirib, yozilishi bir xil, 

 
70
talaffuzi har xil bo`lgan so`zlardan bir nechtasini misol keltiradi va ularga etarli 
izoh beradi. 
Navoiyning ko`rsatishicha, u, v, i, e (ey) harflari fors tilida qofiyadosh 
so`zlarning faqat ikkitasida kelishi mumkin. Masalan: dud-xud, nur-zo`r, shir-bir 
kabilar. 
Turkiy tilda esa bu harflarning har biri uch-to`rttadan qofiyadosh so`zlarda kela 
oladi. Masalan, u v(vov) harfi to`rtta qofiyadosh omonimda kela oladi: ut (moling 
tukini olovda kuydirish), ut (yutmoq), ut (olov), ut (o`tmoq). 
Navoiy yashagan davrda o`zbek adabiyoti, o`zbek adabiy tili yangi taraqqiyot 
bosqichiga ko`tariladi. 
Bu adabiyot va adabiy tilining rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy, Yaqiniy, 
Amiriy, Atoiy, Sakkokiy va ayniqsa, Lutfiy o`z asarlari katta hissa qo`shdilar. Bu 
haqda Navoiy shunday deydi: «… Xuloguxon (Haloku xon) zamonidin, sultani 
sohibqiron Temur Ko`ragan zamonidin farzandi Xalofi Shohruh Sultanning… 
Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy, Amiriy va 
Gadoiydek va Forsiy mazkur bo`lg`on shu aro muqobalasida kishi paydo bo`lmadi, 
bir Mavlono Lutfiydin o`ga kim bir nechta matla`lari borkim, tab` ahli qoshida 
o`qusa bo`lur». 
Shunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy g`oyaviy jihatidan yuksak 
asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy tili va jonli so`zlashuvning, tilining boy 
imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi 
shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboratda bu nav` 
daqoyiq ko`p durkim, bu kunga degancha hech kishi haqiqatg`a mulohaza 
qilmagan jihatdan bu yashirun qolubdir». 
Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot 
yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, 
uslub rang barangligi va imkoniyatlari buyuk so`zsan`atkorlari tomonidan 
mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors-tojik tili va adabiyoti haqida, uning 
imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar jazkiralar ham yaratilgan edi. Shu 
sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish asarlar yozish birmuncha osonroq 
va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z 
asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy tilida 
qayd qiladi: «Va hunarsiz turkning sitam zarif yigitlar osonliqqa bo`la forsiy alfoz 
bila nazm ayturg`a mashg`ul bo`lub turlar». Holbuki, turkiy elatning nufuzi ancha 
ko`paygan, mavkei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq 
tilida so`zlashishi lozim edi. Buning ustiga, o`zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini 
tashqari, xalqining asosiy ko`pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni 
yaxshi tushungan Navoiy «Arbani» asarida bunday deydi:  
Forsiydur aylabon idroq, 
Oriy erdi bu naf`din atrok. 
Istadimki, bu xalq ham bori`, 
Bo`lmag`aylar bu naf`din oriy. 
Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo`lgan 
ikki tilni bir-biriga qiyoslab o`rganish orqali o`zbek tilining ham boy tillardan 

 
71
bo`lib, g`oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega 
ekanligini isbotlaydi. 
«Muhokamatul-lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik, tuzilishi va 
grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini, 
predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham, qisqa va aniqroq 
ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. A.Muxtorov., U.Sanaqulov. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 
2. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev.  O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 
1982. 
 
XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotida Bobur va M.Soliq asarlarining 
o`rni 
 
Reja: 
1.  XVI asrda o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti. 
2.  M.Boburning «Boburnoma» asarining tili va uslubi. 
3.  M.Soliqning «Shayboniynoma» asarining tili va uslubi. 
 
XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotinin o`rnashishda Zaxriddin Muxammad 
Bobur Muxammad Soliq asarlari tilining ahamiyati kattadir. 
Zaxriddin Muxammad Bobur dunyoviy adabiyotning go`zal immunalarini 
yaratgan lirik shoir va zo`r ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo`lgan memuar asar 
«Boburnoma»ning muallifidir. 
Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri-tilining soddaligidir. U o`z 
asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarni ham shunday yozishga chaqirdi. Bu 
haqida Boburning o`z o`g`li Xumoyunga yozga xati ajralib turadi. O`g`lining 
dabdabali uslubda yozgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: «Mundin nari 
betakalluf va ravshan va pak alfaz bila biti, qam sanga tashvish azraq bolur ham 
oңug`uchig`a». 
Boburning sodda uslub va til bilan yozishni talab etishi va shunga o`zining 
amal qilishi ijobiy xodisadir. 
Bobur parallelizm, tazod, laf va nashr, o`xshatish, mubolag`a va boshqa turdagi 
usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni yaxshiroq yoritishga erishdi. 
U xalq boyliklarini, xalq og`zaki ijodidagi askiyachilik maxoratini yaxshi 
o`rgandi. Natijada u omonim va polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan 
ustalik bilan foydalanib, o`zbek tilida tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi. 
Qadimni firaq mexnati ya qildi (eydek egdi). 
Kunglum g`amu anduq otig`a yiqildiyu (kuydi). 
Halimni sabag`a aytib erdim, ey gul. 
Bilmam, senga sharq qilmadi ya qildi (eki qildi). 
Badiiy asar namunasi bo`lgan «Boburnoma» ham o`z davriga nisbatan sodda 
va obrazli tilda yozgandir. Boburning bu asari juda qimmatli tarixiy-badiiy asar 

 
72
bo`lib, unda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning XV asr 
oxiri XVI asr boshlaridagi ahvoli, jo`g`rofiyasi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
hayoti o`z aksini topgan. Bu asar XV asr oxiri XVI asr boshlaridan tarixiy 
voqealarni to`g`ri aks ettirishi jihatidan qimmatli bo`lib qolmay, u o`sha davrdagi 
o`zbek tili ahvolini o`rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi. 
Muallif «Boburnoma» asari orqali xalq jonli tilining boyliklarini chuqur 
o`rganib va egallab olganligini, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun 
harakat qilganligin ko`ramiz. Bobur tilo boyligining oshishiga va tilning sodda 
bo`lishiga, barqaror qo`llanilmagan ko`p ishlatishga harakat qiladi va ulardan 
o`rinli foydalanadi. 
«Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq 
maqollariga hamda ta`birlarga katta e`tibor beradi. Unda faqat o`zbek 
maqollarigina emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz.Ular asar 
tilining shirali, ommaga tushunarli bo`lishi uchun xizmat qilgan. 
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, 
soddaligi va ravonligidir. Buning uchun shoir so`zlarni tanlab ishlatishga, oz so`z 
bilan ko`proq fikrni bayon etishga xarakat qiladi. O`zbek tilining so`z boyligidan 
samarali foydalanib, undagi sinonim, omonim va antonim so`zlarni keng va o`rinli 
ishlatadi. 
Asarning tili o`zining quyidagi xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:  
1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlarga 
egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –din/-din, -tin/-tin 
affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o`zbek tilidagi kelishik 
qo`shimchalariga o`xshashdir. 
2. «Boburnoma»da sifat yasovchi –li otlar yasash uchun –lig`/-lig, -luq/-luk 
affikslari ishlatiladi. Masalan: Bu ataluq, og`ulluq Tambalg`a arqalanib, bunday 
harakatlar bunyad qildilar. 
3. «Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yasalgan 
donalik sonlar, -tadan bilan yasalgan ulush sonlar –tacha bilan yasalgan chama 
sonlar –lab bilan yasalgan chama –ulushi sonlar uchramaydi.  
4. Uchinchi shaxs kishilik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi 
shakli namoyon bo`ladi: ul-ani, aning, anga, andin. 
Hozirgi o`zbek tilidagi so`roq olmoshlaridan tashqari, ne, nechuk qatu 
olmoshlari mavjud. 
5. Hozirgi o`zbek tilida ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda 
hozirgi tilimizda bo`lmagan arsu, orti ravishlari juda ko`p ishlatiladi. 
6. «Boburnoma»da qo`llangan so`ng ko`makchilar hozirgi o`zbek tilidagiga 
o`xshaydi. Lekin unda sayin ko`makchisi bilan bir qatorda sayi ko`makchisi 
«bilan» ko`makchisining bila, birla, ila, la muqobillari mavjud. Old va yan 
ko`makchilar o`rnida ko`proq qash ko`makchisi ishlatiladi. Masalan: Sangralar 
Sulton Maqmudxan qashig`a bardi. 
7. «Boburnoma» tilida o`timli fe`llarning majxul darajadagi shakli tushum 
kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga egadir. Bu shakl o`zbek tilida 
uchramaydi. Masalan: Urduning va urdu otrusin mazbud va mustaxkam qilildi. 

 
73
Hozirgi –kelasi zamon fe`li –dur affiksini qo`shish bilan yasaladi: keladurman, 
keladursan kabi. 
8. «Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri 
keladi. Unda kyapincha dag`i, vale, vaya bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi. 
«Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uning Qosim nomli kotib 
tomonidan ko`chirilgan nusqasi Venada saqlanmoqda. Dostonni shu nusqa asosida 
G.Vamberi 1885 yilda nemis tilida nashr etadi. 1904 yilda turkolog olim 
P.M.Melioranskiy chop ettiradi. Faqat 1961 yilga kelib «Shayboniynoma»ning 
o`zbekcha tanqidiy matni tayyorlanib, nashr etiladi. 
«Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to`ng`ich asari bo`lib, unda 
muayyan tarixiy voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm badiiy eng muhim 
xususiyatlaridan biriga aylangandir. Bu holat dalillarning mazmunidagina emas, 
balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy usullarida, badiiy til vositalarida, 
xullas, mazmun bilan shakl birligida ko`rinadi. 
Muhammad Soliq adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, bu til xazinasidan 
foydalanib, adabiy tilni boyitishga, adabiy asarni tushunarli qilishga intildi. 
Badiiy til vositalarini yaratish uchun shoir o`zbek tilining so`z boyligidan va 
grammatik xususiyatlaridan unumli foydalandi. Unda quyidagi grammatik 
xususiyatlarni ko`rish mumkin: 
1. «Shayboniynoma» tilida tushum kelishigi –ni, -i affiksi bilan kelgan: 
ar`:g``:n`:, el qach`:sh`:n, shahar hal`:n, so`zumni kabilar. 
Jo`nalish kelishigi uchun –g`a, -a affikslari ishlatilgan: yaxshiraq sen menga 
o`z o`g`l`:md`:n, ko`zuma kabi. 
Chiqish kelishigi –din, -tin affikslari bilan yasalgan. 
Qush ucha almas edi jarlar`:din 
Xan an`: quchd`: vav opti yuziddin. 
2. «Shayboniynoma»da sonlar hozirgi o`zbek tilidagi kabi shakllarga ega. 
Faqat tartib sonlar –inch affiksi bilan yasaladi: to`rtinchi kabi. «O`n ming» 
ma`nosida tuman, «Yuz ming» ma`nosida esa lak, million ma`nosida yuz lak 
so`zlari ishlatiladi. 
3. Asar tilidagi kishilik olmoshlari hozirgi kishilik olmoshlariga to`g`ri keladi. 
Faqat uchinchi shaxs «ul» olmoshi bilan birga «ani, ani» shakllari ham uchraydi. 
Gumon olmoshi sifatida hozirgi olmoshlardan tashqari kimsa, kimarsa, falon 
so`zlari ham keladi. Masalan: kelfalan kecha, falan kocha sari. 
Hozirgi so`roq olmoshlaridan tashqari asar tilida ne, nelar olmoshlari ham bor. 
4. Fe`l, uning grammatik kategoriyalari, ma`nolari asar tili bilan hozirgi o`zbek 
adabiy tilida bir xillikka ega bo`lsa ham, ba`zi farkli tomonlari ham bor. 
Buyruq fe`lining ikkinchi shaxs birligi –g`il/-gil affikslari orqali yasaladi: 
dergil, o`turg`il, qopg`il, -g`il/-gil affikslari o`rnida -gin/-g`in affikslari ham 
qo`llangan, bu ko`chmanchi o`zbeklarda kuchli bo`lgan. Ko`chmanchi o`zbeklar 
bilan o`troq o`zbeklar tilining chatishish jarayoni asar tiliga bu shaklning kirishiga 
sababchi bo`lgan. 
5. «Shayboniynoma» tilidagi ravishlar hozirgi ravishlarga o`xshaydi ammo 
hozirgi tilda uchramaydigan anda, asru, g`aliyba, filxal ravishlari ham bor. 

 
74
Masalan: bar emish anda qamish asru qalin. Anda ravishi ba`zan ko`plik 
qo`shimchasini ham oladi: andalar. 
6. Hozirgi o`zbek tilidagi ko`makchilardan tashqari asarda qatida, qashida, uza, 
bikin, tegru, degin, tegi, burna kabi ko`makchilar ham uchraydi: xan qatida, ulus 
qashig`a, taxti uza, shaharning tegrasiga xan kelishidan burna kabilar. 
7. Asar tilida hozirgi bog`lovchilardan farqli vale, lek, yo`q ersa, yo`q esa, gar, 
chu, chun bog`lovchilari bor. Masalan: O`fkalarman yoq esa banda senga. Lek el 
andin emasdur xushnud. Chun bu so`zlarni eshitti sulton… 
Muhammad Soliq ushbu asarida forscha, arabcha so`zlarni kam ishlatishga, 
mumkin qadar jonli tildagi so`zlarni ko`proq ishlatishga harakat qiladi. 
«Shayboniynoma»da bir kancha zoonim, oronim va o`zbekcha toponimlarni 
uchratamiz. Unda Adaq, Alvand, Andaxud, Ashkamish, Varzob, Qavirxon, 
Qo`xaq, Taysun, Tashqon kabi jo`g`rofiy nomlar ham uchraydi.  
Bobur o`zining asarlari bilan til donishmandi bo`lganligining va til 
boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganligini 
ko`rsatadi. Natijada o`zbek badiiy nasri etarli tajribaga ega bo`lmagan bir davrda 
bu sohada katta muvaffaxiyatni qo`lga kiritdi. 
Zahariddin Muhammad Bobur tilida bo`lgan soddalik, ravonlik va ixchamlik 
XVII asrda Ablug`ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan «Shajariy turk» va 
«Shajariy tarokima» asarlarida davom ettiriladi. 
Muhammad oliq Alisher Navoiyning adabiy til taraqqiyoti uchun kurash yo`lini 
davom ettirgan shoirlardan biridir. U  «Shayboniynoma» dostonida o`zbek adabiy 
tilining so`z boyligi va jonli tildan foydalanib, grammatik shakllarning barqarorligi 
uchun intildi. Doston xalqimizning sevimli asarlaridan biri bo`lib qolishiga sabab 
ham ana shunda. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. Sanaqulov U. O`zbek tili tarixi. Toshkent, 1998. 
2. Abduraxmanov G`., Mamajanov S. O`zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995. 
3. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali. 1992 yil, 8-son. 
4. Ne`matov. O`zbek tilining tarixiy fonetikasi. Toshkent, 1996. 
5. Irisqulov K. Tilshunoslikka kirish. Toshkent, 1985. 
6. Aliev A., Sodiqov Q. O`zbek tilshunosligi tarixidan. Toshkent, 1998. 
 
 
 
XVI asr va XIX asrning birinchi yarmi o`zbek adabiy tili 
 
Reja: 
1. XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotini o`rganishda Bobur asarlari tilining 
ahamiyati. 
2. Abdulg`ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarining fonetik, leksik va 
morfologik xususiyatlari. 

 
75
3. Muhammad Hoksorning «Muntahabul lug`at» asarining o`zbek adabiy tili 
ilmiy atamashunosligidagi roli. 
4. Gulxaniy asarlarining tili va uslubi. 
 
O`rta Osiyoning siyosiy, madaniy hayotida ro`y bergan tushkunlik XVI asr 
oxiri va XVII asrning boshlarida yana chuqurlashdi. Feodal jamiyatning iqtisodiy-
siyosiy hayotida kuchli tanglik holati vujudga keldi. 
Shayboniylardan keyingi hukmronlik qilgan ashtarxoniylar ham bu o`lkada 
umumiy osoyishtalik, obodonlik va madaniy taraqqiyotning garovi bo`lishi 
markazlashgan hukumat tuza olmadilar.  
O`rta Osiyo uch xonlik va bir necha mayda beklarga bo`lingan edi. Bu 
xonliklar o`rtasida qonli kurashlar davom etdi. 
Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalariga tayangan holda rivojlandi. XVII-
XIX asrlardagi o`zbek adabiy tilini o`rganishda o`sha davrdagi yaratilgan tarix 
asarlari, tazkirlar, shoirlarning ijodlari asosiy manbai bo`ldi. 
XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo tarixchilari tarix va jo`g`rofiyaga doir bir 
qancha asarlar yaratdilar. Said Muhammadtoo`ir bin Abuqosimning «Ajoyibut-
taboqat», Abulqosim bin Shohmirzo ibn Sa`dulla ar Xusayniy al-Kosbaviyning 
«Natoyijul fikr», Abulg`ozi Bohodirxonning «Shajarai-turk», «Shajari-tarokima», 
Muhammad Amin Yaroqchining «Muhituttovarrih», Mullo Sharofiddin A`lam ibn 
Nuriddin Oxund Mullo Farhod Samarqandiyning «Tavorixi-kasira», «Tarixi 
Roqimiy», Mahmud ibn Valining «Bahrul-asror fi monoqibul aher», Suxayloning 
«Imomqulinoma», Muhammad Xoksorning «Muntaxabatul-lug`at» kabi tarixiy, 
jo`g`rofiy, ilmiy asarlari shu davrning mahsulidir. 
Bu asarlar XVII-XVIII asrlarga doir siyosiy leksika va ilmiy atamashunoslik 
bilan tanishishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.  
O`sha asrlar adabiy tilini o`rganishda mazkur davrda yashab ijod etgan shoirlar 
ijodi ham etarli manba bo`ldi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Turli Farog`iy, 
Boborahim Mashrab, Mavloni Vafo, G`oziy, Shavqiy, Mujrim Obidlar munosib 
hissa qo`shdilar. 
Bu ijodkorlar asarlari tilida Navoiy an`anasi bilan birga, g`arbiy adabiy til 
shakllari ham uchraydi.  
Bu narsa Fizuliy she`riyati tilining ta`siri natijasida paydo bo`lgan.  
Zohriddin Muhammad Bobur dunyoviy adabiyotining go`zal namunalarini 
yaratgan lirik shoir va zo`r ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo`lgan memuar asar 
«Boburnoma»ning muallifidir. 
Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri-tilining soddaligidir. U o`z 
asarlarini sodda tilda yozdi va boshqalarini ham shunday yozishga chaqirdi. Bu 
haqda Boburning o`g`li Xumoncha yozgan xati ajralib turadi. O`g`lining dabdabali 
uslubda yozilgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: «Mundin nari betokalluf 
va ravshan pak alfaz bila biti ham sanga tashvish azroq bolur, ham oqug`ichig`a». 
Bobur xalq tili boyliklarini, xalq og`zaki ijodidagi askiyachilik mahoratini yaxshi 
o`rgandi. Natijada u omonim, polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan 
ustalik bilan foydalandi. O`zbek tilida tuyuqning ajoyib namunalarini yaratdi: 
Qadimni firoq mehnati ya qildi, 

 
76
Qo`nglim g`amu anduh otig`a yaqildi. 
Xalimni sabag`a aytib erdim, ey gul, 
Bilman, senga sharh qilmadi, ya qildi. 
«Boburnoma» asarning mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari 
hamda ta`birlariga katta e`tibor beradi. Unda faqat o`zbek maqollari emas, balki 
fors-tojik tili maqolalarini emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz. 
Ular asar tilining shirali, hammaga tushunarli bo`lishi uchun xizmat qilgan: 
Masalan: Kapdug`anini qapmasa, qariguncha qayg`ur. Ko`zlarini to`z tutti. 
Dushman ne demas, tunka ne kirmas. 
Asar tili o`zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlarga 
egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –din/-din, -tin/-tin 
affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o`zbek tilidagi kelishik 
qo`shimchalariga o`xshashdir. 
Masalan: Andijon suyi Oshtin kelur. Aksi suyi Qasandin kelur. 
Lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan tushum, o`rin-payt bilan jo`nalish o`rin-
payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o`rnida qo`llanaveradi: Xojondda kelib 
edi. Jahongir Mirzaqa, Tanbal taqasiga kelib edi. 
Mavhum egalik ma`nosini ifodolovchi –niki affiksining vazifasini qaratqich 
kelishigining qo`shimchasi –ning orqali ifodalagan: har viloyatkim musahhir bolsa, 
chahar lang mirzaning bolg`ay, du dang aning. 
2. «Boburnoma»da sifat yasovchi –li affiksi uchramaydi. Nisbiy sifat va 
mavhum otlar yasash uchun -lig`/--lig, -luq/-luk affiksi ishlatiladi. Masalan: Bu 
ataluq, o`g`umluq Tambalg`a arqalanib, bunday harakatlar bugiyad qildilar. 
Asarda –lar affiksi olgan «yaxshi» sifati ma`lum darajada ishlatiladi. O`zga 
tufang andazlar atmaqqa korsatib yaxshilar atdilar. 
«Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yasalgan 
donolik sonlar, -tadan bilan yasalgan ulush sonlar, -tacha bilan yasalgan chama 
sonlar, -lab bilan yasalgan chama-ulush sonlar uchramaydi. 
Uninchi shaxs kelishik olmosh son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi 
shakli namoyon bo`ladi: 
Ul-ani, aning, anga, andin. 
Hozirgi o`zbek tilidagi ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda 
hozirgi tilimizda bo`lmagan asru (ko`p), otro` (ro`baro`) ravishlari ko`p ishlatiladi. 
Hozirgi kelasi-zamon fe`li –dur affiksini qo`shish bilan yasaladi. Keladurman, 
keladurgan. 
Buyruq-istak maylining I shaxs shakli-aling bilan yasalgan fe`llar keng 
tarqalgan. Masalan: Xon qashig`a Tashkentga baraling. 
«Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri keladi. 
Unda ko`pincha dag`i, vale (lekin), vaya (yoki) bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi. 
Abulg`ozi Bohodirxonning «Shajarai turk» asari o`zining grammatik qurilishi, 
lug`at tarkibi bilan so`zlashuv tiliga yaqin turadi. Hatto Abulg`ozi asarlarini 
muallif tomonidan mohirlik bilan badiiy qayta ishlagan xalq so`zlashuv tili 
namunasi desa bo`ladi.  

 
77
Abulg`ozi o`z asarlarida xalq maqollaridan ham o`rinli foydalanganligini 
ko`ramiz. Masalan: o`z kindigini o`zi kesir tegan, atang evi yav chapsa, birga chap 
tegan turur qara so`zi. 
Abulg`ozi asarlarida morfologik va sintaktik xususiyatlari XV-XVI asrlar 
adabiy tilidan ancha ilgarilab ketganini ko`rsatadi. Ularda xalq so`zlashuv tiliga 
xos morfologik ko`rsatkichlar ko`proq, arabcha-forscha sintaktik qurilmalar 
kamroq uchraydi. 
Abulg`ozining bu asarda quyidagi fonetik, grammatik, leksik xususiyatlar 
uchratish mumkin. 
Fonetik xususiyatlar: d tovushi bilan boshlanuvchi so`zlarda ko`pincha bu 
tovush «tili»ga o`tadi. Masalan: tegan-degan, deb-teb. Ba`zi o`rinlarda so`z 
boshida keluvchi «y» tovushi «j» tovushiga o`tadi. Masalan: yav-jav, yo`l-jo`l. 
Morfologik xususiyatlari: ot yasovchi qo`shimchalar hozirgi o`zbek tilidagi ot 
yasovchilarga o`xshaydi. Ammo –chi qo`shimchasi kam qo`llaniladi va u bilan 
paralell holda –ji qo`shimchasi ham keladi: elchi, tevaji. 
Hozirgi o`zbek tilidagi kabi Abulg`ozi asarlari tilida oltita kelishik bor. 
Tushum kelishigi qo`shimchasi –ni dan tashqari –n shakli ham ko`p qo`llanadi. 
Masalan: kuchlarin, kelinlarin. 
Sonlar, ularning turlari, yasalishi hozirgi o`zbek tilidagiga o`xshaydi. Ammo 
tartib sonlar hozirgi o`zbek tilidagidan farq qilib –lancha, -lənchi affiksi bilan ham 
yasaladi: beshlənchi, toquzlənchi, yetinlənchi. 
Abulg`ozi asarlaridagi olmoshlar hozirgi olmoshlarga o`xshaydi. Lekin kishilik 
olmoshlarining uchinchi shaxsi, olar tarzida ko`rsatish olmoshlari shul, ul, ushbu 
tarzida keladi. 
Buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko`pligi –aling, -ali affiksi bilan 
yasaladi. Masalan: Emdi shoh Malikni aytaling. Yurtni buzg`ali tesalar sintaktik 
xususiyatlari. Sodda gap kurilmalari ko`proq ishlatiladi. Masalan: Qara xanning 
Bug`ri atliq og`li bar edi. Mir Yavi oltirib erdi. 
Qo`shma gaplar ham asar tilida etarli darajada keng qo`llangan. Atasi va anasi 
yo`q va xatini yo`q turur. 
Leksik xususiyatlari «Shajarai turk» asarida quyidagi so`zlar uchraydi. 
Masalan: ko`chlari-xotinlar, zobit-harbiy boshliq, bozurgan-savdogar, teva-tuya, 
masnad-taxt. 
Abulg`ozi ham o`z asarlari tilida Boburga nisbatan ham adabiy til bilan 
so`zlashuv tilini bir-biriga yaqinlashtirish uchun harakat qildi va adabiy tilda xalq 
tili unsurlarining mustahkamligi uchun munosib hissa qo`shdi. 
Muhammad Xoksarning «Muntahabutun lug`at» asari XVIII asr ilmiy 
atamashunosligini o`rganishda eng muhim manba hisoblanadi. 
M.Xoksarning bu asarida turli kasb-hunarlarga doir so`z va atamalar, ijtimoiy-
iqtisodiy va tabiiy fanlarning ayrim sohalari bo`yicha so`zlar beriladi. 
Ularning ma`nosini aniqlashtirish uchun turli uslublarda yozilgan o`zbek tojik, 
eron, ozarbayjon adabiyot namunalaridan, adabiyot yodgorliklaridan misollar 
keltiriladi. 
Masalan: hoksor hasab so`zining faz va hunar hamda «ulug`lik» ma`nolarida 
ishlatilishini izohlab, Navoiy ham shu ma`noda ishlatilganini aytadi. 

 
78
M.Xoksor o`z asarida falsafaga doir baxir, xurafat, bavsarat, besirat so`zlariga 
ham izoh beradi. 
Gulxaniyning asarlari o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti XIX asr boshlaridagi 
ahvolini aniqlashda muhim o`rin tutadi. U iste`dodli shoir sifatida «Zarbulmasal» 
asarini yozgan. U o`z asarlarining tilini sodda va tushunarli qilishga harakat 
yoqildi. Buning uchun xalk tili boyligidan original badiiy vositalar ishlatiladi. 
Unda, uning she`rlarida ozarbayjon tili xususiyatlarini uchratish mumkin: 
Masalan: dasha (toshga), istaram (istayman) kabilar. 
Gulxaniy «Zarbulmasal» ni hikoya ichida hikoya kompozitsiyasidan 
foydalangan holda yozdi. U xalq og`zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga, 
ularning uslubi, tili va boshqa xususiyatlarini saqlashga intildi. 
Bu narsa quyidagi holatlarda ko`rinadi. 
1. «Zarbulmasal»ning ayrim hikoyalari xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan so`zlar 
bilan boshlanadi. «Bar erdi Farg`onada bir sarbon», «Ilgari ayyamda ikki 
kabutar».. va boshqalar. 
2. «Zarbulmasal»da fol`klorning ommaviy janrlaridan hisoblangan 
maqollardan o`rinli foydalangan. U maqollarni ikki tilda keltirib, asar va misralar 
mazmuniga juda ustalik bilan singdirilgan. 
Masalan: Ebi bilan so`zlaganning qurboni bo`lyu. Ev kelgan so`ng qilichni 
(erga) chop. 
«Zarbulmasal» quyidagi til xususiyatlari uchraydi. 
qaratqich va tushum kelishiklari ma`nosi bir shakl orqali foydalanadi. 
Hasili umri edi ul boyni, 
Ati Gulshanbanu bilan ayni. 
K, q tovushlari bilan tugagan so`zlar egalik va kelishik affikslarini qabul 
qilganda, bu tovushlar o`z holicha qoladi. 
Farosat ayaqi aqsaq, Qizni ashiqig`a berdi. 
Shuningdek, vosita, kelishik affikslaridan oldin bir n tovushi orttiriladi: Aning 
yanindin bir yag`achliq yerda. 
Ko`rsatkich va syaroq olmoshlariga qo`shimchalar qo`shilganda quyidagi 
shakllarda keladi: ul-ana, oida, alar; bu-bo`yla; munda, bunda, bo`yda. Masalan: 
Anda Bayog`li aydi. Xamush turmaqlik bo`yli bolurmi? 
Demak Gulxaniy jonli tilning leksik va grammatik imkoniyatlaridan keng 
foydalandi. U jonli tilning ta`birlari va iboralarini qo`lladi. 
Saroy adabiyotining murakkab, og`ir til va uslubini davom ettiradi. 
Gulxaniy adabiy tilni xalq ommasiga tushunarli, turmush uchun zarur bo`lgan 
so`zlar va grammatik shakllar bilan boyitishga tirishgan. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling