Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Takrorlash uchun savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Takrorlash uchun savollar: 
1. Atamalar va ularning qo’llanishi to’g’risida fikringiz qanday? 
2. Nutq uslublari deganda nimalarni tushunasiz? 
3. Nutq uslublari, asosan, necha kurinishga ega? 
4. Har bir nutq uslubini belgilaydigan xususiyatlari haqida so’zlang.  
Tayanch tushunchalar: 
ASNO – 1. biror ish harakat, voqea-xodisa bo’lib turgan payt,  fursat, chog; 
   
   2. qisqa muddatli ikki voqea-xodisa oraligi. 
ANDOZA 
- kiyim bosh, poyafzal yoki biror boshqa narsa bichish 
tayyorlash uchun ishlatiladigan kalin kog’oz. 
ANDUX - ruhiy azob, xafagarchilik, gam-gussa, qayg’u. 
DODXOX- Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul 
qiluvchi lavozimli kishi. 
VOIZ – diniy mazmunda va’z qiluvchi, va’z aytuvchi, va’zxon. 
VOJIB - har bir musulmonga payg’ambar tamonidan buyurilgan, bajarilishi 
majburiy bo’lmagan shartlardan biri. 
 
Adabiyotlar 
1. O’zbek  nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. Yo. Tojiev, N. Xasanova, 
X.Todimatov. O. Yuldosheva. 33:48 betlar. 
2. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. R. Kungurov va boshkalar 67 bet. 
3. Nutq madaniyati asoslari. 28 bet. 
4. O’zbek  nutqi madaniyati ocherklari. 73 bet. 
 
 
Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari. 
 
Reja: 
1. Nutqning to’g’riligi. 
2. Nutqning aniqligi. 
3. Nutqning tozaligi. 
4. Nutqning mantiqiyligi. 
5. Nutqning ifodaliligi. 
 

 
98
 
Har qanday nutq ma’lum bir so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan tinglovchi 
yoki o’quvchiga qaratilgan matnning shakllantirilgan tashki ko’rinishidir. Albatta 
bu yo’llangan nutq tinglovchiga etib borib ma’lum bir ta’sir ko’rsatsagina unga 
nisbatan yaxshi nutq deyishimiz mumkin. Nutq har tomonlama yaxshi bo’lishi 
uchun o’z oldiga ma’lum talablarni quyadi. Bu talablar nutqning asosiy sifatlari, 
xususiyatlari deb yuritiladi. Ular nutqning to’g’riligi, anikligi, mantiqiyligi, 
ta’sirchanligi, tozaligi, tushunarliligi, va maqsadga muvofiqligidir.  
1. Nutqning to’g’riligi. «To’g’rilik deganda, - deb yozadi V.G. Kostomarov, - 
nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda 
qabul qilingan normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffo’z, imloviy 
lug’at va grammatik normalarini egallashni tushunish lozim bo’ladi». 
Nutqning to’g’riligi uning eng muxim aloqaviy fazilatidir. 
Nutq to’g’ri bo’lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron buladi. 
Nutqning to’zilishi to’g’ri bulmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga 
muvofiqligiga ham putur etadi. 
Nutq to’g’ri bulishi uchun, asosan, ikki normaga – urgu va grammatik normaga 
qattiq amal qilishni talab qiladi. So’zlardagi urguning kuchishi bilan ma’noni ham 
ba’zan o’zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning 
bo’zilishiga olib keladi: Olma-olma; hozir-hozir, yigitcha-yigitcha; o’quvchimiz-
o’quvchimiz, yangi-yangi va hakazo. 
Gap tarkibidagi bir so’zga tushadigan mantiqiy (logik) urguni ham ma’noni 
farqlashdagi xizmati katta. 
Grammatik normaga rioya qilish deganda gap to’zish qoidalaridan to’g’ri 
foydalanish, o’zak va kushimchalarni kushishda xatoga yo’l qo’ymaslik, kelishik 
qo’shimchalarini o’z urnida qo’llash., ega va kesimning mosligi, ikkinchi darajali 
bo’laklarni ularga bog’lanish qonuniyatlari tushuniladi. 
2. Nutqning aniqligi – bu so’zning o’zi ifodalayotgan vokealikka mutlaqo mos 
va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida 
qadimdan ma’lum. Garb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq 
sifatlarining birinchi sharti deb hisoblanganlar. Aristotel: Agar nutq noaniq bulsa, u 
maqsadga erishmaydi»,- degan bulsa, Kaykovus: «Ey farzand so’zning yuz va orqa 
tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so’zlaganda ma’noli gapir, bu notiklikning 
alomatidir. Agar gapirgan vaktingda so’zning qanday ma’noga ega ekanligini 
bilmasang qushga uxshaysan...» deydi.  
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorkin ifodalash qobiliyati bilan, nutq 
predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so’z ma’nolarini bilish bilan 
bog’lik bo’ladi.  
Agar notik o’zi fikr yuritmokchi bulgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos 
so’zlar tanlasa va o’zi tanlagan so’zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa nutq 
aniq bo’lishi tayin. Aniqlik ikki xil bo’ladi: narsaning aniqligi va tushuncha 
aniqligi. 
3. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to’g’rilik va aniqlik bilan 
chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to’g’ri to’zilmagan nutq 
ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug’aviy birlik ham 

 
99
matinning bo’zilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning bo’zilishi 
tinglovchi va o’quvchiga ifodalanayotgan fikrning to’liq borib etmasligiga, ba’zan 
umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni to’zishdagi e’tiborsizlik natijasida 
ba’zan, xatto, mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling «Ferma 
jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar 
(gazetadan)». Gapda so’zlarning tartibi to’g’ri bulmaganligi, «olti oylik» 
birikmasining «sotish» so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur etyapti, 
xatto xato fikr ifodalanyapti. 
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy 
izchillik bo’lishini taqozo qiladi. Ammo, bu talabni nutqiy jarayonning hamma 
ko’rinishlarida ham urtaga quyib bo’lmaydi. Masalan: vazifaviylik uslublarda, 
xususan ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib 
ko’raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir to’zilishga ega. Unda kirish, 
asosiy qism va xulosa mavjud bo’lib, ular yagona bir xalkaga birlashadi. Matnda 
bayon qilinayotgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq to’zilishi 
esa, bir oz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelindi-yu, 
birdaniga o’zilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu 
narsa guyo mantiqiy izchillikka putur etkazganday ko’rinsa-da, aslida unday emas. 
Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng planlilik tasvir 
ko’rilishini ana shunday to’zishni taqozo qiladi. Mantiqan putur etmaganligi 
bunday asarlarning ohirida ma’lum bo’ladi. 
Xulosa qilganimizda, nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir sistema asosida 
to’zilgan, fikrlar rivoji izchil bulgan, xar bir so’z ibora anik maksadga muvofiq 
ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz.  
4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, eng avvalo, uning adabiy 
tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darxakikat, 
yaxshi, ideal nutq hozirgi o’zbek  adabiy tili talablariga mos xolda to’zilgan 
bo’lishi, turli til, g’ayri adabiy til unsurlaridan xoli bo’lishi kerak. Bu masalaning 
lisoniy tomoni bulib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam 
bo’lmagan ahamiyatga ega.  
Nutqimizning toza bo’lishiga xalaqit berayotgan lisoniy unsurlar, asosan, 
dialektizmlar va varvarizmlardir. To’g’ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz 
bo’lmaydi. Chunki, badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar bilan ma’lum 
badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga 
oshirishga xizmat qilishi mumkin. Aytaylik, muallif milliy kaloritni bermoqchi 
yoki asar qahramonining qaerlik ekanligiga ishora qilishda dialektizm va 
varvarizmlarga murojaat qilishi, xatto, zarurdir. Masalan: «Yoshulli, saning qizing 
bunda gatirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara batkirdor, na sababda 
mundoq yomon so’zlarni elga tarqatding» (Mirmuxsin). Ushbu misolda 
dialektizmlar xududiy koloritni berishga xizmat qilgani kabi quyidagi misolda 
varvarizmlar - chet so’zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko’maklashgan. 
«Dubora» yana bordi bir ishga shul, (sukib – net, - dedi, kelma durrak, poshul!) 
(Mirmuksin). 
Parazit so’zlar deb ataluvchi lug’aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. 
Ular, asosan, so’zlashuv nutqida ko’p ishlatilib, notikning o’z nutqini ko’zatib 

 
100
bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bo’ladi va bora  bora odatga aylanib 
qoladi. Masalan: ayrim kishilar o’zlari sezmagan holda demak, xo’sh kabi so’zlarni 
qaytaraverishga o’rganib qolganlar. «Bir dokladchining bir soatli nutqida, - deb 
yozadi A.Axmedov – «o’rtoklar» so’zi 101 marta, «ya’ni» so’zi 73 marta, 
«demak» so’zi 60 marta takrorlanganligini guvohi bo’lamiz. Qarang, bir soatlik 
nutqda 234-ta ortiqcha, «bekorchi» so’z ishlatilgan» (Axmedov A. Til boyligi – 
Toshkent, 1968, 27-bet) 
5. Nutqning ta’sirchanligi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, og’zaki 
nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhimdir. Ya’ni, notik 
tinglovchilarni hisobga olishi kishilarning bilim darajasidan tortib, xatto 
yoshigacha, o’z nutqining tinglovchilar eshitayotgan paytdagi kayfiyatigacha 
ko’zatib turishi, o’z nutqining tinglovchilar tomonidan qanday qabul qilayotganini 
nazorat qilishi lozim bo’ladi. Professional bilimga ega bo’lgan kishilar oldida jun, 
sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi, oddiy, etarli darajadagi 
ma’lumotga ega bulmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda 
gapirishga xarakat qilish kerak emas. Xullas, notikdan vaziyatga qarab ish tutish 
talab qilinadi va ifodalamoqchi bo’lgan fikrni to’laligicha tinglovchilarga 
etkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Xo’sh, ta’sirchan nutq deganda 
qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.N. Golovin shunday ta’rif beradi: 
«Ta’sirchan nutq deb nutq qurilishining tinglovchi va o’quvchi e’tibori va 
qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi, o’z navbatida shu xususiyatlarga 
ega bo’lgan nutq ta’sirchan sanaladi». 
Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish notiklar oldiga 
quyiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida 
aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq 
belgilangan rejasi bo’lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali 
tarzda to’zib, ularni o’zaro bog’lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tanishtirib, 
gapni bog’lash lozim. Vaktni hisobga olish notiklik fazilatlaridandir. Chunki 
so’zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bulsa, sal 
oldinroq tugatilsa, tinglovchilar zerikmaydi. 
So’zlovchining o’z nutqiga munosabati ham muhimdir, chunki, shunday 
bo’lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish bo’ladi. So’zlovchi va tinglovchi 
o’rtasidagi aloqa yaxshi bo’ladi. Notik fikrlarni o’zi yoki tinglovchilar hayotidan 
olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir sub’ektiv fikr  
mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli bo’ladi. 
 
Takrorlash uchun savollar:  
1. Nutqning kommunikativ sifatlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Nutqning to’g’riligi nutq madaniyati uchun qanday ahamiyatga ega?  
3. Qanday nutqni biz aniq nutq deymiz? 
4. Nutqning aniqliligiga qanday yo’llar bilan erishiladi? 
5. O’zbek  shoir va yozuvchilarining so’z boyligi haqida so’zlang.  
 
Tayanch tushunchalar:   

 
101
Voiz – diniy mazmunda va’z qiluvchi, va’z aytuvchi, va’zxon.  
Jargon - (frantso’zcha) Biror ijtimoiy guruxning o’ziga xos, va o’zigagina 
tushunarli bulgan, boshqalar tushunmaydigan yasama tili. 
O’zus – Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bulgan imkoniyatlarning 
foydalani kelinayotgan qismi o’zus deyiladi. O’zus bir tilni boshqasidan ajratib 
turadigan shartlarni ham tilning ichki normalarini ham o’z ichiga oladi. 
 
Adabiyotlar:  
1. «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari». R. Kungurov. E. Begmatov. E. 
Tojiev. 1992. 
2. «Nutq madaniyati asoslari» T. Kudratov. 
3. O’zbek  nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. Yo. Tojiev. N. Xasanova. 
X. Tojimatov. O. Yuldosheva. 1994. 
4. O’zbek  nutqi madaniyati ocherklari. E. Begmatov A. Boboeva. M. 
Asomiddinova. B. Umurkulov. 
 
MUNDARIJA: 
Kirish………………………………………………………………….2 
Milliy til, adabiy til va xalq shevalari………………………………….9 
O’zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish………………………………13 
O’zbek xalqi va uning nomlanish tarixi………………………………..20 
O`zbek tilining shakllanishida turkiy bo`lmagan  
tillarning o`zaro ta`siri………………………………………………….22 
Arab, fors va boshqa sharq tillarining o’zbek tilini  
rivojlanishiga ta’siri…………………………………………………….26 
Turkiy run yozuvi yodgorliklari va qadimgi turkiy til…………………..29 
Uyg`ur yozuvi yodgorliklarining til xususiyatlari……………………….38 
Mahmud Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asari va  
uning til tarixidagi o`rni………………………………………………….41 
XI- XII asrlarda yaratilgan asarlar va ularning til xususiyatlari………….43 
XI-XIV asrlardagi rasmiy hujjatlar tili va uslubi…………………………50 
Eski o`zbek adabiy tili va uning xususiyatlari……………………………60 
Navoiy nazmiy asarlarining tili va uslubi………………………………..65 
A.Navoiyning turkiy va turkiy bo`lmagan tillarga munosabati …………..69 
XVI asr o`zbek adabiy tili taraqqiyotida Bobur va M.Soliq  

 
102
asarlarining o`rni………………………………………………………….71 
XVI asr va XIX asrning birinchi yarmi o`zbek adabiy tili……………….75 
Nishotiy va Munis asarlarining tili va uslubi…………………………….79 
Muqimiy, Fitrat va Avaz O`tar asarlarining til taraqqiyotida tutgan o`rni…85 
Milliy o’zbek adabiy tili…………………………………………………..89 
Gazeta-publitsistika uslubi, uning paydo bo`lishi va shakllanishi………..92 
Nutq madaniyati va uslubiyat………………………………………………96 
Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari…………………………………98 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling