Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Muqimiy asarlari to`plami. Toshkent, 1960. 
2. Tursunov U., O`rinboev B., Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 
1995. 
3. Karimov G`.K. O`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1987. 
 
 
MILLIY O’ZBEK ADABIY TILI 
 
Reja: 
1. Milliy til haqida tushuncha. 
2. Milliy til shaklida Hamza Haqimzoda Niyoziy asarlarining tili. 
3. 1920-yillar o’zbek adabiyotida imlo qoidalar. 
4. «Chig’atoy gurungi» tashqiloti, tayanch dialekti masalasi. 

 
89
5. 1930-yillar o’zbek adabiyotida rus tilining qo’llanishi. 
6. 1920-30 yillarda o’zbek adabiyotini o’rgatishda ijodkorlar asarining 
ahamiyati. 
O’zbek milliy tili hozirgi o’zbek millatiga mansub bo’lgan hamma kishilarning 
umumiy va yagona tilidir. Bu til o’zbek xalqlning o’zaro aloqa va fikr almashuv 
quroli, shu xalqning hamma a’zolari uchun umumiy bo’lgan tildir. 
O’zbek milliy tilining shakllanishi o’zbek millatining shakllanish protsessi 
bilan bog’likdir. O’zbek millati shakllanguniga qadar u urug’ tili va elat tili tarzida 
yashab, rivojlanib kelgan. Ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishi 
bilan birga millatlar ham tashqil topa boshlaydi. Ana shu millatlarning tashqil 
topishida uning asosiy elementi bo’lgan til birligi - milliy til ham yuzaga keladi. 
O’zbek milliy tili XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida shakllana 
boshladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilining boyishi, rivojlanishi va 
mukammallashuvida eski o’zbek adabiy tili an’analari, xalq, tili, mahalliy 
dialektlar va xalq shevalarining materiallari bilan bir qatordagi tilning ta’siri ham 
kuchli bo’ldi. 
Yuqorida bayon qilinganlarga ko’ra, o’zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti 
katta uch davrni tashqil etadi: qadimgi turkiy adabiy til, eski o’zbek adabiy tili va 
hozirgi o’zbek adabiy tili. Bularning har biri yagona umumxalq o’zbek tilining 
asosiy va eng muhim taraqqiyot bosqichlarini o’zida aks ettirdi. Har bir davrning 
adabiy tili ish ko’rish doirasi, fonetik, leksik hamda grammatik qurilishi jihatdan 
o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari bilan farq qiladi. O’zbek adabiy tili birinchi va 
ikkinchi davrlarda xalq tili sifatida ish ko’rgan bo’lsa, uchinchi davrga kelib, milliy 
til sifatida ish ko’rayotir. Hozirgi kunda uning ish ko’rish doirasi nihoyatda 
kengaygan, lug’at sostavi beqiyos darajada boyigan, grammatik qurilishi 
mukammalashgandadir. 
O’zbek tilining ichki resurslari asosida yangi so’zlar yaratiladi. Bunday so’zlar 
strukturasiga ko’ra sodda yoki qo’shma bo’lib, hayotning barcha sohalariga oid 
tushunchalarni qamrab oladi. Masalan, faqat xarbiy ish sohasidagina jangchi, 
ko’zatuvchi, o’šlovchi, mo’ljalchi, šuroldosh, xaloskor, hujumkor, simto’siq kabi 
qator yangi so’zlar paydo bo’ldi. Bulardan tashqari, -v(-ov), -chi, -chilik, -
shunoslik, -kor kabi affikslar vositasida yasalgan so’zlar ham hisobga olinsa, 
o’zbek tili leksikasining sovet davrida qanchalik boyiganligini aniq tasavvur qilish 
mumkin. 
Bu o’rinda shuni alohida qayd etish kerakki, jonli tilda oddiy tushunchalarni 
ifoda qiluvchi minglab so’zlar asta-sekin terminlik vazifasini bajara boshladi. 
Masalan, matematikaga oid to’rtburchak, qo’shish, ayirish, bo’lish; tilshunoslikka 
oid ega, ot, gap, sifat, ravish, qo’shimcha, yordamchi so’z, bog’lovchi, aniqlovchi, 
o’zak; geografiyaga oid burun, qo’ltiq va boshqalar shunday so’zlar jumlasiga 
kiradi. 
O’zbek adabiy tilining so’z yasash imkoniyatlari ham kengaydi. Familiya 
yasovi -ov, -ova, --ev, -eva affikslari o’zlashtirildi. Ismi-sharifi esa ota ismidan 
yoki familiyaga asos bo’lgan nomdan erlar uchun -ovich (evich), ayollar uchun -
ovna (evna) affikslarini qo’shishi bilan yasaladi: Rustamov Yo’ldosh 

 
90
Mahmudovich, Aliev Erkin Rustamovich, Karimova Zulfiya Sultonovna, Shodieva 
Manzura Shodievna kabi. 
Ruscha va internatsional so’zlarga o’zbekcha -la, -lash, -lashtir kabi affikslarni 
qo’shib yangi so’z yasash usuli yuzaga keladi: rejalashtirish, sintezla, faollashtirish 
kabi. O’zbek adabiy tilda rus tili ta’sirida qisqartirish yo’li bilan so’z yasash usuli 
vujudga keldi. TDPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti), BMT 
(Birlashgan Millatlar Tashqiloti), AQSh (Amerika Qo’shma Shtatlari). 
O’zbek adabiy tilida yuz bergan o’zgarishlar uning grammatikasida ham 
ko’zga tashlanadi. Bu o’rinda, eng avval, uning normalasha borganligini, ayrim 
tipologik siljishlar yuz berayotganligini ko’rsatish kerak bo’ladi. 
 Uning morfologiyasida ko’plik affiksining funktsiyasi kengaydi. Xususan, 
birikma holidagi atamalarning birinchi komponenti keyin kelib, yangi so’z-
terminlar yasashda aktiv ishtirok qilmoqda: Bolalar bog’chasi. Jins tushunchasini 
ifoda qilish  bir  qolipga tushirildi:   Zulfiya  Hoshimovna  Valieva.   Egalik  
affikslari  normaga tushdi, kelishiklarning funktsiyasi kengaydi, har bir kelishik 
ma’no va funktsiyalari formalari jihatidan qatiy ravishda ajaralib normaga tushdi. 
Kelishikli konstruktsiyalar o’rnida ko’makchili konstrutsiyalarning qo’llanishi 
keng tus ola boshladi: O’qishingni gapirmaysanmi? Hozirgi zamon fe’l formasi (-
yapti) ning adabiy tilimizdagi ma’no va funktsiyasi kengayib borib, barcha dialekt 
va sheva vaqillari, ziyolilarimiz nutqida ancha o’zlashib koldi. 
O’zbek milliy tili ko’p dialektli tillardan hisoblanadi. Bu hol uning o’ziga xos 
murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o’zbek millatining o’tmishdagi xilma-xil 
etnik sostavi bilan izohlanadi. 
O’zbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi bor. 
Bular: 1) qorluq-chigil-uyg’ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o’g’o’z lahjasi. 
Bularning har biri o’z navbatida bir qancha dialekt va shevalarga bo’linadi. 
O’zbek tilining dialekt va shevalari o’zoq o’tmishda o’zbek xalqining tarixiy 
sharoiti bilan bog’liq ravishda o’zaro umumiylik kasb etib, yagona o’zbek umumiy 
xalq tili bo’lib, birika borgan va uning ajralmas qismiga hamda kuyi formasiga 
aylanib qolgan. Lekin o’zbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi 
ko’pgana farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, o’zbek 
tilining qipchoq shevalarida singarmonizm xususiyatining to’liq saqlanib 
qolganligi, 9 ta unli fonemaning mavjudligi, so’z boshida ko’pincha y tovushi 
o’rnida j tovushining qo’llanishi, f tovushining deyarli qo’llanmasligi, x 
tovushining ko’pchilik shevalarda q tarzida qo’llanishi, so’z o’rtasi va oxirida g’ 
tovushining ko’pincha v tovushiga o’tishi, ba’zi hollarda so’z oxirida g’, q, k 
tovushlarining tushib qolishi, ba’zan esa o tovushining a sifatida aytilishi (jay, 
chay, chach kabi), ba’zan l tovushining so’z o’rtasida tushib qolishi (bo’sa, kesa, 
osa) boshqa hollarda o yoki a tovushining i tovushi bilan almashinishi (masalan: 
qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik jihatdan qaraganda oltita kelishik 
qo’shimchasining to’liq saqlanganligi ikki shaxs o’tgan zamon fe’lida oddiy va 
hurmat formalarining to’liq saqlanib qolganligi o’tgan zamon felining uchinchi 
shaxs ko’plik formasi (o’qiydilar)ning deyarli ishlatilmasligi; leksik tomondan 
qaraganda qipchoq shevalarida: checha (yanga), bo’la (xolavachcha), jelak (Xotin-

 
91
qizlarning boshiga yopinadigan buyumi) singari ko’plab o’ziga xos qadimiy so’z 
va terminlarning saqlanib qolganligi yuqorida aytilgan fikrlarni tasdiklaydi. 
O’zbek adabiy tilining lahjalari orasida, odatda, qorluq-chigil lahjasi hamda 
unga qarashli bo’lgan ayrim sheva va dialektlar o’zbek adabiy tilining tayanch 
sheva va dialektlari hisoblanadi. Bunda ularning talaffo’z normalarini 
belgilashdagi roli, ko’pgina terminlarning ularda ilgaridan shakllanganligi, bu 
sheva vaqillarining ko’p jihatdan milliy madaniyat va leksik an’analarimizni 
boshqarishda o’zlariga xos xizmatlari borligi asosga olingan. Ba’zi olimlar o’zbek 
adabiy tilining normalarini belgilashda Toshkent shevasini fonetik jihatdan, 
Andijon, Farg’ona shevalarini esa morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar. 
Toshkent shevasi poytaxt shahar shevasi sifatida leksik tomondan ham o’zining 
ko’pgina elementlarini adabiy tilga kiritgan va kiritmoqda. Lekin aslida 
A.K.Borovkov qayd etib o’tganidek, o’zbek tilining birorta shevasini ham adabiy 
tilga hamma jihatdan asos bo’lgan deb aytib bo’lmaydi. Chunki o’zbek tilining 
hamma dialekt va shevalarini adabiy til taraqkiyotiga ma’lum bir hissa qo’shgan, 
ikkinchi tomondan, ularning har birida juda ko’p o’ziga xos xususiyatlar mavjud. 
Masalan, Andijon, Farg’ona shevalari o’zbek adabiy tiliga eng ko’p tarqalgan 
grammatik formalaridan birini - hozirgi zamon fe’lining -yap affiksi vositasida 
yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Andijon va Farg’ona shevalari 
o’zbek adabiy tilining asosiy talaffo’z bazasi sifatida ham xizmat qiladi. Bu 
shevalarning adabiy tilimizga o’zlarining fonetik xususiyatlari bilan ham maksimal 
darajada yaqinlashuvi shu bilan izohlanadi. Bu shevalar o’zbek adabiy tiliga 
o’zlarining leksik boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa til vositalari bilan 
ham hissa qo’shgan. 
Shunisi xarakterliki, bir qarashda o’zbek adabiy tilidan birmuncha o’zoqroq 
turgandek ko’ringan qipchoq shevalari ham o’zbek adabiy tiliga juda ko’p leksik 
boyligi, stilistik imkoniyatlari hamda boshqa grammatik vositalari bilan hissa 
qo’shgan. Masalan, o’zbek adabiy tilidagi qaratqich kelishigining to’liq formasi 
qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe’lining -
yotir affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o’g’o’z dialektlariga 
xos formadir va hokazo. 
 
 
Gazeta-publitsistika uslubi, uning paydo bo`lishi va shakllanishi 
 
Reja: 
1. Gazeta-publitsistika uslubining paydo bo`lish davri va shakllanishi. 
2. Gazeta-publitsistika uslubining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan 
adiblar. 
3. O`zbek vaqtli matbuooti tilining ayrim leksik-semantik xususiyatlari: 
a. qadimgi tarixiy so`zlar. 
B. boshqa tillardan o`tib qolgan leksik qatlam. 
V. polisemiya. 
G. Kal`ka masalasi. 

 
92
4. XX asrning birinchi yarmidagi o`zbek vaqtli matbuootining ayrim semantik-
stilistik xususiyatlari. 
5. Ayrim affiksal morfemalarning stilistik belgilari. 
 
Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi turli xil iqtisodiy va madaniy 
aloqalarning ma`lum darajada rivojlanishiga sabab bo`ldi. Rossiyaning chekka 
o`lkalariga adabiy va madaniy harakat islom dinini isloh qilish, uni burjuaziyaga 
moslashtirish yo`li bilan olib borildi. Natijada milliy burjuaziya mafkurasi vujudga 
keldi. 
Turli tamoil va manfaatlar ta`sirida Rossiyaning chekka o`lkalarida «umumiy 
turk tili» to`g`risidagi nazariyalar tarqaldi. Demokrat-ma`rifat parvarlar esa o`zbek 
tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. 
Bular XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo`lgan nashriyot va vaqli 
matbuoot o`z ifodasini topdi. 70-yillardan boshlab Turkistonda vaqtli matbuoot 
nashr etila boshlandi. U rus tilida nashr etilgan «Turkiston vedomosti» gazetasidir. 
1871 yildan boshlab dastlab shu gazetaga ilova tarzida, keyinchalik mustaqil holda 
o`zbek tilida «Turkiston viloyatining gazeti» chiqa boshladi. Shu davrdan boshlab 
o`zbek adabiy tilida gazeta-publitsistika uslubi paydo bo`ldi va shakllandi. Gazeta-
publitsistika til uslubining paydo bo`lishida rus tili ta`sir ko`rsatdi. Ma`lumki, 
O`rta Osiyoga Rossiya bostirib kirgandan so`ng rus tilidan qilinadigan tarjima 
asarlari soni ko`paydi. Bunga asosiy sabab rus tilining madaniy hastdagi roli va 
ahamiyati oshganligi edi.  
Shunday qilib, «Turkiston viloyatining gazeti» XIX asrning ikkinchi yarmi va 
XX asr boshlarida o`zbek madaniyati, xususan adabiy tili tarixida ma`lum rol` 
o`ynaydi. Bu narsa Furqat, Sattarxon, Ishoqxonlarning adabiy va publitsistik 
faoliyatlarida yaqqol ko`rindi. Ular shoir, olim, tarixchi bo`lish bilan birga, 
publitsist sifatida gazeta-publitsistika til uslubining rivojlanishiga munosib hissa 
qo`shdilar. 
Furqat «Turkiston viloyatining gazeti»da faol ishtirok etdi. Dastlab gazetaga 
«E`lonnoma» deb qaragan Furqat, keyinchalik uning ijtimoiy-siyosiy ma`nosini 
tushunib, gazetada o`z materiallari bilan faol ishtirok etdi. Ishoqxon ham davr 
o`zgarishlari haqidagi fikrlari bilan gazetada qatnashib turdi. Sattarxon «Turkiston 
viloyatining gazeti»da muharrir yordamchisi va tarjimon bo`lib ishladi. 
Ular demokratik ma`rifatparvarlar sifatida gazetada o`z asarlari, publitsistik 
maqolalari bilan qatnashib, undan ezilgan ommaning fikr-to`yg`ularin ifoda etish 
uchun foydalandilar. 
Ular rus tili va fanini o`rganishni tarqib qildilar. 
Umuman, Furqat, Sattarxon, Ishoqxonlar o`zbek tilining lug`at tarkibini 
rivojlantirish, gazeta-publitsistika uslubini yangi so`z, iboralar, atamalar hisobiga 
boyitish uchun kurash olib bordilar. Shu sababli ularning tili ravon, aniq va boydir. 
Shunday qilib, demokratik-ma`rifatparvarlar gazet- publitsistika til va uslubning 
shakllanishiga munosib hissa qo`shdilar. 
O`zbek vaqtli mutbuooti tili leksikasi bevosita adabiy tili leksikasining o`ziga 
xos bir tarmoqdir. Shu boisdan, o`zbek tili leksikasining taraqqiyotini belgilovchi 
asosiy va etakchi omillardan biridir. Tilning leksikasi uchun asosiy ob`ekt so`z va 

 
93
uning ma`no valentliklaridir. Chunki so`z tilining real ma`no ifodolovchi asosiy 
belgisi sanaladi. «Leksika esa ko`p sonli so`zlar, ular o`rtasidagi ma`naviy aloqalar 
sistemasidir». Demak, leksika tilning lug`at fondidagi barcha so`zlarning oddiy 
yig`indisi bo`lmay, balki so`zlar o`rtasidagi semantik munosabatlarning faktori 
hamdir. 
XX asrning boshida O`zbeksitonda «Osiyoning umr guzorligi» (1905), 
«Xurshid» (1906), «Taraqqiy» (1906), «Ulug` Turkiston» kabi gazetalar nashr 
qilingan edi. 
Oktyabr` to`ntarishining birinchi yillardan boshlab, avval, «Intirokinoi» keyin 
«Qizil bayroq», so`ngra, «Turkiston» 1924 yilning 5-dekabrdan boshlab «Qizil 
O`zbekiston» nomi bilan markaziy gazeta chiqarila boshlangan edi. Joylarda esa 
xududiy gazetalar nashr etilgan. Demak, O`zbekistonda vaqtli matbuootning 
yuzaga kelishi bir tomondan, xalqning madaniy, siyosiy, xo`jalik va ijtimoiy 
hayotida katta voqea sanalsa, ikkinchi tomondan o`zbek adabiy tili leksikasining 
boyishiga katta yordam berdi. XX asrning birinchi yarmi o`zbek vaqtli matbuooti 
tilining leksik-semantik xususiyatlarini tadbiq qilishda quyidagi sohalarni tanladik: 
1. Qadimgi tarixiy so`zlar. Istalgan tillar leksikasida shu tilga xos qadimgi 
tarixiy so`zlar katta o`rin tutadi. Uzoq o`tmishda paydo bo`lgan va turli tuman 
leksik ma`nolarni ifoda etgan tarixiy so`zlar qatlamida o`ziga xos o`rin egallagan. 
Gazeta leksikasida qo`llanilgan qadimgi so`zlarni tekshirish va o`rganish hozirgi 
kun uchun katta ahamiyatga ega. Chunki «leksika tarixini o`rganish umuman tillar 
tarixini o`rganish uchun ham muhimdir». 
XX asrning birinchi yarmiga aloqadar o`zbek vaqtli matbuooti tilida ishlatilgan 
tarixiy leksik qatlamni diaxronik jihatdan uch guruhga ajratish mumkin. 
Tamg`a, so`qir, balx, baqir, bitik, so`g`on kabi so`zlar eng qadimgi davrga xos 
leksik qatlamni tashkil etadi. 
Kent, botmon, nag`ma, ulus, mezon kabi so`zlar esa XIV-XV asr o`zbek tili 
leksik qatlamini eslatadi. 
Yuqoridagi so`zlarni bunday guruhlashda biz tegishli filologik lug`atlarga, 
boshqa asarlarda berilgan fikrlarga suyanish mumkin. 
Gazeta leksikasida ishlatilgan urdu, limon, toboq, pud va shunga o`xshash 
so`zlar o`zbek tili leksikasining keyingi davri taxminan XVII-XX asrlarga xos 
bo`lib tarixiy filologik lug`atlardan bu so`zlar o`rin olmagan. 
Jamiyat taraqqiyotida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`z ifodasini tilda topadi, 
avvalo tilning so`z boyligi, uning leksik qatlami nazarda tutiladi. Shuning uchun 
ham tilning so`z boyligi tilning tovush sistemasi, grammatik qurlishiga nisbatan tez 
o`zgaradi, davr talabiga tez moslashadi. 
Xalqlar va millatlar o`rtasidagi doimiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy vloqalar 
so`zsiz ularning tillarga, tilning lug`at boyligiga doimo ta`sir etib turadi, bir tildan 
ikkinchisiga ko`plab so`zlarning o`tib turishiga sabab bo`ladi.  
O`zbek vaqtli matbuooti tilida boshqa tillardan kirgan so`zlarning 
qo`llanilganligi gazeta materiallaridan olingan faktlar asosida quyidagicha 
ko`rsatish mumkin: Tatarcha leksik qatlam, Ozarboyjoncha-turkcha so`zlar. 
Ruscha leksik qatlam. XX asr boshidan nashr qilingan bir qator o`zbekcha 
gazetalar tilida ishlatilgan tatarcha leksik qatlamning paydo bo`lishiga 3 sabab bor. 

 
94
Birinchidan, XX asr boshida, 1905 yildan boshlab, turkiy xalqlar o`rtasida 
«Umumiyturkiy adabiy tillar yaratish» g`oyasi keng tarqalgan edi. Bu g`oyaga 
ko`ra O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Krim, Ozarboyjon, Ural, Volga bo`yi va 
boshqa joylarda yashovchi turkiy xalqlar uchun yagona bir tillar yaratish 
maktablarning yuqori sinflarda bu tilni o`z ona tili o`rnida majburiy o`kitish talab 
qilindi. 
Ikkinchidan, 1917 yilning 25 aprelidan boshlab Toshkentda «Ulug` Turkiston» 
gazetasi chiqarila boshladi. Bu gazetaning birinchi sonida bosilgan «Maslik va 
maqsad» sarlavhali maqolida quyidagi fikr bayon etilgan: 
«Ulug` Turkiston» isminda turk-tatar tilida bir gazeta chiqarurg`a va bu 
gazetaga bosh muharrir etib Nunburug`da chiqaturg`on mu`tabar «Vaqt» 
gazetasining xay`at thririya og`alaridan Kabir afandi Bakirni chaqirurg`a qaror 
qilingan edi. Kabir afandi ham asos e`tibori ila taklifimizni qabul etdi». Ko`rindiki, 
umumturkiy adabiy tillar yaratishning ta`siri bilan «Ulug` Turkiston» gazetasi 
turk-tatar tilida nashr etilishi vaqtli matbuoot tilida tatarcha leksik qatlamning 
paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. 
Uchinchidan, XX asr boshida, mavjud bo`lgan o`sha sharoitda, to`la savodli, 
jurnalistika ishi bo`yicha tajribali o`zbek ziyolilari hali etishmas edi. 
Bunday sharoitda gazeta nashriyotlarida bor bo`lgan o`zbeklar bilan bir qatorda 
tatar ziyolilaridan ham foydalanishga ehtiyoj sezilar edi. 
Ozarbayjoncha-turkcha so`zlar. 
Faktlar shundan dalolat beradiki, XX asr boshidagi o`zbek vaqtli mutbuooti 
tilida ishlatilgan ozarbayjoncha-turkcha leksik qatlamning namoyon bo`lishi ham 
ma`lum ob`ektiv sabablar bilan bog`likdir. Bunga sabab qilib, birinchi navbatda, 
yuqoridagidek, umumiy turkiy tillar adabiy tillar yaratish g`oyasining ta`sirini 
ko`rsatish mumkin. Bundan tashqari Ozarbayjoncha ham Turkiyada o`sha yillarda 
nashr qilingan gazeta va jurnallarning O`rta Osiyoga jumladan, O`zbekistonga 
tarqalishini ham ozarbayjoncha-turkcha so`zlarning o`zbek vaqtli matbuooti tiliga 
kirib kelishi uchun sabab bo`ldi.  
Arabizmlar. O`zbek adabiy tilida mavjud bo`lgan, arabizmlarning tarixi 
arablarning O`rta Osiyo, jumladan O`zbekiston xududiga bostirib kirishlari, VII-
VIII asr tarixiy davri bilan bog`likdir. O`zbek tilida mavjud bo`lgan arabizmlarni, 
ular ifoda etgan ma`noga ko`ra, bir necha guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Halim-Halima, Karim-Karima, Kamil-Kamila kabi kishilar nomlari. 
2. Qozi, mufti, amir, so`fi, hokim, hukumat kabi adminstrativ soha bilan 
bog`lik ma`noni ifodolovchi so`zlar. 
3. Xat, xabar, maktab, kotib kabi madaniyat sohasi bilan bog`lik so`zlar. 
4. Savtiya, sarf, nahv, xandasa kabi ko`plab ilm-fanga doir so`zlar. 
5. Mamnun, fano, sir, zikr, farz, qudrat kabi abstrakt tushunchani ifodolovchi 
so`zlar va boshqalar. 
Polisemiya. Polisemiya lingvichtik xodisa bo`lib, u yoki bu so`zning bosh 
ma`nosi zaminida shu ma`no bilan bog`lik bo`lgan boshqa ma`nolarning yuzaga 
kelishigi ifoda etadi.  
So`z va uning leksik ma`nolar bilan bog`lik bo`lgan masalalarni tekshirish, 
o`rganish tom ma`nosi jihatidan semasiologiyaning ob`ekti bo`lishi bilan birga, 

 
95
polisemiyaga aloqadordir. So`z ma`nosida yuz beradigan polisemantik o`zgarish 
albatta jamiyat taraqqiyoti, davr xususiyati bilan bevosita bog`lanadi. 
Kal`ka masalasi. Tilshunoslikda kal`ka aslida ma`no o`zlashtirish, ma`no qabul 
qilish demakdir. Lingvistik jihatdan kal`kani uch xil nom bilan ko`rsatish mumkin: 
1. Til faktlarida so`zma-so`z tarjima qilish yyali bilan hosil qilingan so`zlar 
leksik kal`ka deyiladi. 
2. Boshqa tilda mavjud bo`lgan ko`chma ma`noli so`zlar. 
3. U yoki bu tilda boshqa tillar ta`siri oqibatida hosil qilingan sintaktik 
modellar sintaktik kal`kaga kiradi. XX asrning birinchi yarmiga taaluqli o`zbek 
vaqtli matbuooti tilida bu 3 xil kal`ka uchraydi. 
XX asrning birinchi yarmi, ayniqsa, birinchi choragi ijtimoiy va sotsial jihatdan 
murakkab davr edi. O`sha davr o`zbek adabiy tili, o`zbek vaqtli matbuooti tili 
o`zida so`zsiz ana shu davr xodisalari bilan bog`lik bo`lgan turli tuman 
tushunchalarni aks ettirdi. 
Shuning uchun ham bu davr o`zbek adabiy tili leksik-semantik va stilistik 
jihatdan o`ziga xos bir kator belgilarga ega. 
Bu belgilar ishlangan, keltirilgan ma`lumotlarda ifoda etilgan. 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Tursunov T., Aliev A., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 
1995. 
2.  Yusupov T. O`zbek adabiy tilining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari. 
Toshkent, 1986. 
 
 
Nutq madaniyati va uslubiyat 
 
Reja. 
1. O’qituvchi nutqida atamashunoslik, so’z qo’llash va nutq madaniyati 
masalalari. 
2. Nutq madaniyati va uslubiyat. Nutqning uslubiy turlari. 
3. O’zbek tilining vazifaviy uslublari va nutq madaniyati. 
 
 
1. O’qituvchi nutqida atamashunoslik, so’z qo’llash va nutq madaniyati 
masalalari, bugungi kunda eng ahamiyatli masalalar safidan joy olgan. Chunki 
o’zbek tiliga davlat tili makomi berilishi unga bulgan munosabatni tubdan 
o’zgartirdi. Hozirgi kunda hamma-hammaning diqqat e’tiborida tilimiz taqdiri bor: 
yoshlar, keksalar, talabalar; kasbidan, sohasidan qat’iy nazar har bir ziyoli 
tilimizning ravnaqi, kelajagi haqida qayg’urmoqda, o’z fikr-mulohazalarini bayon 
qilmoqda. Shu bilan birga keyingi davrda fan-texnikaning barcha sohalari 
rivojlandi, shakllandi. Natijada o’zbek  tilida ham barcha sohalarga oid atamalar 
vujudga keldi; o’zlashtirildi, yangi atamalar yasaldi. Mavjud atamalarning 
ko’pchiligi o’zgardi, yangilandi. 

 
96
Bu atamalarning aksariyati umumadabiy tilga o’tib ommalashib ketdi va 
hamma uchun tushunarli bo’lib qoldi. O’zbek  tili atamachiligida ilgari mavjud 
bulgan, boshqa tillardan, jumladan, ko’proq arab tilidan o’zlashgan: jumxuriyat, 
munajjim, muarrix, munakkid, muallif, inqilob kabi so’zlarning o’rnini rus tilidan 
yoki u orqali o’zlashgan baynalminal so’zlar egalladi. Keyingi davrda esa yana 
usha arab tilidan o’zlashgan so’zlarni qo’llash kuchaydi. Boshqacha aytganda, 
ayrim so’zlarga qaytadan «jon» ato etildi: Jumxuriyat, baynalminal, jamoa, 
anjuman, shuro kabilar. Ayrim so’zlarni qo’llashda esa ikqilanishlar ham yo’q 
emas. Bunga sabab mazkur so’zlarga extiyojning qolmaganligidir: kashshof, firka, 
mirshab, lang, kabilardir. Shu urinda aytib o’tish lozimki, bir qator so’zlar borki, 
ularni hozirgi maktab o’quvchilari ham, oliy maktab talabalari ham maxsus 
lug’atlarsiz yoki o’qituvchilarning yordamisiz tushunishlari kiyin: munshi, kozi 
dodxox, xaram, avrapush, sipoxsolor, vikor, vojib, voiz, badxu, alfoz, andux, 
andoza, asno, afgor, aftoda, miskol, mufti, kushbegi, pansod, kabilar. Bunday xolat 
mumtoz adabiyot namunalarini to’g’ri sharhlab berishga, ulardagi badiiyatni 
chukurroq xis qilishga xalakit qiladi, u yoki bu baytning asl moxiyatini, shoir 
(adib) ko’zda tutgan asosiy maqsadni to’la anglab etmaslikka sabab buladi. Ana 
shu kabi so’zlarning ma’nolarini o’rgatmaslik, o’quvchiga singdirmaslik esa, asar-
gazalning chala tushunilishiga olib keladi, o’quvchilarni ularning sir-asroridan 
bebaxra qiladi. 
Bu urinda R. Dekartning quyidagi fikrini eslatib o’tish maqsadga muvofiqdir: 
«So’zlarning ma’nolarini odamlarga tushuntirib bering, shunda siz insoniyat 
olamini anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo’lasiz».  
Inson asosan o’qish-yozishni, umuman ilmni urta va oliy maktablarda
o’rganadi. Shunday ekan, asosiy ahamiyat o’qituvchi bilimi, saviyasiga borib 
taqaladi. Bu degani faqat o’qituvchi tilni mukammal bilsin degani emas, bu bilan 
cheklanib ham bo’lmaydi. Umuman go’zal va serqirra tilimizdan foydalanishda, 
atamalarni qo’llashda har bir soha vaqili ham juda extiyotkor bo’lishi shart. Aks 
holda ma’lum bir mavzuni tushunishni, anglashni qiyinlashtiradi. Bu esa tilimizga, 
madaniyatimizga putur etkazadi.  
Shuning uchun savodxonlikni yuksak darajaga ko’tarishga, o’qish-o’qitish 
ishlariga e’tiborni kuchaytirish kerak. 
2. Mavjud ilmiy adabiyotlarda nutq madaniyati va stilistika (uslubiyat) asosan 
birgalikda talqin qilinadi. Ba’zi xollarda bu ikki tushuncha bir-biri bilan qorishtirib 
yuboriladi, ular orasidagi farq lunda, aniq ajratib berilmaydi. Yuqorida nutq 
madaniyati tushunchasiga to’la aniqlik kiritildi va uning moxiyati ochib berildi. 
Stil - so’zi grekcha so’zdan olingan bulib, yozish uchun ishlatiladigan uchi 
utkirlashtirilgan tayokchani bildirgani ma’lum. Qadimgi rimliklar, gretsiyaliklar 
stilga kishilarni ishontirish san’ati sifatida qaraganlar. Stil so’zining asl moxiyati 
hozirgi kunda ham ana shu izohlardan unchalik o’zoqlashgani yo’q. Faqat keyingi 
davrlardagi talqinlarda vazifaviy stilga (aslida uslub ushadir) alohida e’tibor berib 
yuborilgan: uslub (stil) nutqning jamiyat ijtimoiy faoliyati ma’lum tomoni bilan 
boglangan o’ziga xos lug’ati va boshqa xususiyatlariga ega bo’lgan ko’rinishi 
bulib, nutqning huddi shunday boshqa turlaridan o’z ichki xususiyatlari bilan 
tafovut qilib turadi. 

 
97
Ana shu tafovutlar u yoki bu nutq kurinishi uchun asos buladi. 
Stil so’zi bilan uslub so’zlarining asosiy ma’nolari esa hozirgi kunda bir-biriga 
tengdir: Yozuvchining o’ziga xos uslubi (yoki stili); badiiy uslub (badiy stil) kabi. 
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda til uslublari quyidagi turlarga ajratiladi: 
1. So’zlashuv nutqi uslubi (tilning aloka-aralashuv funktsiyasi). 
2. Ilmiy uslub 
3. Rasmiy ish kogozlari uslubi, (tilning xabar, axborot berish funktsiyasi). 
4. Publitsistik uslub. 
5. Adabiy – badiiy nutq uslubi (tilning ta’sir qilish, targibot, tashvikot 
orasi). 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling