Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. U.Tursunov., B.O`rinboev., A.Aliev. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent
1995. 
 
Nishotiy va Munis asarlarining tili va uslubi 
 
Reja: 

 
79
1. Nishotiy va Munis asarlari tili Navoiy an`anasining davom ettirilishi. 
2. «Xusnu Dil» dostonining tili. Asarning morfologik, leksik xususiyatlari. 
3. Munis asarlarining tili va uslubi. 
4. Asarlarning morfologik, leksik, fonetik xususiyatlari. 
 
XVII asrda yashagan, o`z zamonasining etishgan iste`dodli shoiri, adabi, 
tarixchisi, ma`rifat kuychilari bo`lmish Nishotiy va Munis o`z ijodiy faoliyati bilan 
o`zbek adabiyti va adabiy tili tarixida salmoqli o`rin egallaydi. Bu har ikkala shoir 
ham o`z adabiy ijodida, o`z asarlarining tili sohasida ham so`z mulkining sultoni 
bo`lgan Alisher Navoiy an`analarini davom ettirib, uni o`zlariga ustoz, murabbiy 
deb bildilar. Munisning quyidagi misralari buning yaqqol ifodasidir: 
So`z ichra Navoiyki jahongir durur, 
Munisga maoni yolida pir durur. 
Demak, u til va uslubida Navoiy an`anasini davom ettirib, ommaga tushunarli 
tilda yozishga harakat qildi. Shoir xalq uchun xizmat qilishda o`z zamoniing 
Navoiysi bo`lishni istar edi. U xuddi shu niyatni ko`zda tutib, Muxammad 
Raximxonga yozgan bir qasidasida Navoiy darajasigacha etish uchun o`ziga 
xomiylik qilishni so`ragan edi:    
Bas erur, vojib sango aylab xamesha tarbiyat, 
Manki Munisman mani qilmoq Navoiy dastgoh. 
Munisning Navoiy va uning merosiga qanchalik muxabbati borligini 
«Devon»dagi ko`pgina she`rlardan anglab olish mumkin. Bu she`rlardan ma`lum 
bo`lishicha, Munis fikrni ta`sirchan, mukammal ifodalashda, so`z san`atini vazi, 
qofiya va adabiy usullarni yaxshi bilishda Navoiy singari mohir kishi bo`lishni 
istab, amalda asosan bir-biriga juda yaqin bo`lgan ikki yo`lni Navoiy g`azallariga 
muxammaslar bog`lash va Navoiy g`azallariga nazirilar aytish yo`llarini tutgan. 
Shoir Munis Navoiyning «ko`rding-etkurding», «bo`lg`usi», «mango», 
«afsonadur-farmondur», «savdo-g`avg`o», «oromim-jonim» kabi qofiya va radiflar 
bilan tamomlangan ko`pgina g`azallariga muxammaslar bog`langan bo`lib, 
g`azallariga muxammaslar bog`langan bo`lib, ularni «munis-ul ushshoq» devoniga 
kiritgan. Uning: 
Ruhparvar la`minga ruo`n ravonimdur fido, 
Jonifizo shirin so`zinga xasta jonimdur fido. 
Bayti Navoiyning: 
Gulu gulzor sening bog`i jamolingga fido, 
Sarvu shamshod toza nio`olingga fido. 
Baytiga shakl jihatidan o`xshashdir. 
Demak, Munis taqlidchilik qilmagan va Navoiyning so`zlari yoki misralarini 
aynan ko`chirmagan, u navoiy she`riyatidan o`rganishi natijasida mustaqil fikr 
yuritishga, she`riyatda Navoiy izidan borib, yangiliklar yaratishga muvaffiq 
bo`lgan. 
Nishotiyning ijtimoiy-siyosiy fikr va mulohazalari «Xusnu Dil» dostonida o`z 
ifodasini topgan. Bu asar shoir tilini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. 
«Xusnu Dil» dostoning tili asosan mumtoz epik she`riyat uslubi bilan o`zviy 
bog`langan. «Nahri hayot», «Ayni sadoqat chashmasi» kabi ta`birlar Navoiyning 

 
80
«Farhod va Shirin» dostonidagi o`shanday iboralarga, «g`ulg`ula», «valvala» kabi 
so`zlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi so`zlarga hamohangdir. 
Chunonchi: 
Chekti kelib na`ri purg`ulg`ula, 
To`ldi falak dashti aro valvala. 
Shuningdek Nishtoniy dostonidagi: 
Har na emen bo esa ondin emen, 
Bor edi holim mening ey nuqtadan 
Kabi misralarning tuzilishi va leksik xususiyatida Navoiyning «Hayratul-ul 
abror» dostonida shayxlar haqida bitilgan: 
Bul el erur barcha emondin emon, 
Har ne yo`q, ondin emon, ondin emon 
Baytning ta`siri yaqqol ko`rinadi. 
Nishtoniy o`z dostonini xalq og`zaki ijodidan ustalik bilan qoliplash usulidan 
foydalanib, uning ichiga ta`limiy tarzdagi bir qancha masalalarni kiritdi. Ular 
Nishtoniy tilining sodda xalq tiliga yaqinlashishiga olib keldi.  
Dostonning ayrim boblari qofiyalangan nasr uslubida yozilgan. Masalan: 
«Husni dilnavoz, Vafobanum, Sahib e`zaz va Nazi Tannoz, G`amzam, g`ammaz 
Gesun fusunsaz va Mahliqan aynapardaz gudaz. 
Ayrim o`rinlarda xalq ertaklarida uchrovchi mukaddimani ham ko`ramiz: 
Bar edi Yunanda birav padshah, 
Erdi jahon shahi anga haki rah. 
Nishotiy xalq og`zaki ijodi uslubiga erishgan, doston tilini ham ommabop 
qilishga intildi. 
Shuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralari asar misralari 
mazmuniga ustalik bilan singdirgan. Chunonchi, Fuodning mast bo`lib 
Forulqaning domiga tushganini anglatish uchun «Mast parishoxotir bo`lsa, sitam 
ko`radi» aforizmi ayniqsa o`rinli ishlatilgan. 
Lek demish kimsaki diqqatlidir, 
Ash egasi birla yesa tatlidir. 
Har kishining bar esa gar aqli tuz, 
Avval ancha ko`z keragu so`ngra so`z. 
Keltirilgan misralarda «Osh egasi bilan totli», «Avval o`yla, keyin so`yla» 
maqollari keltirilgandir. Nishotiy o`z asarlarida xalq maqollaridan foydalanar ekan, 
ulardan ilhomlanib, o`zi ham xalq maqollari darajasida iboralar ijod qiladi: 
Toyu aza xush turur ahbob ila, 
Shadiiyu g`am ham yana atrab ila. 
Yoki: 
Suvrat eli naqshga mag`rur erur, 
Ma`ni eli naqshdin ul dur erur. 
Nishotiy o`z asarining mumkin qadar sodda, ma`noli, ravon va obrazli bo`lishi 
uchun xalq tili unsurlaridan ustalik foydalanib, original o`xshatish, istiora, kinoya, 
mubolag`a, sifatlash, majoz va qarama-qarshi qo`yish usullarini qo`lladi. Masalan: 
Boldi ayan turfa kitami kabir, 
Qorqusidin tashladi hamlani sher. 

 
81
Shoir bu misrada ishq lashkari bilan aql navkari o`rtasidagi jang tasvirini berar 
ekan, urushning shiddatidan sher ham qo`rqib, o`z qornidagi xomilasini tashlab 
qo`ydi, deb mubolag`a qiladi. Shoir dostonda omonim so`zlardan ham o`rinli 
foydalanadi. Bir so`z bilan bir necha ma`noni ifodalashga xizmat qiladi. 
Yuz uza churuk erdi burun
Har yera borsa, bariban ul burun. 
Bu parchada birinchi misradagi «burun» so`zi odam a`zolaridan biri ma`nosida, 
ikkinchi misrada «avval» ilgari ma`nosida. 
XVII-XVIII asrlarning boshqa shoir yozuvchilarida bo`lgani kabi 
Nishotiiyning «Husnu dil» dostonida ham mahalliy shevaga xos xususiyatlar 
uchraydi. Doston tilida Buxoro va Xorazm shevalariga xos so`z va iboralar ham da 
grammatik unsurlar uchraydi. Masalan, margi nav mubarak, himmati eipahdor, 
husni dilnavoz, Nazi Tannaz kabilar. 
Nishotiy asarlari tilida morfologik jihatdan quyidagi xususiyatlarni uchratish 
mumkin. 
«Husnu dil» dostonida turlanish kategoriyasi hozirgi o`zbek tilidagidek. Ammo 
qaratqich kelishigining qo`shimchasi –ning, -ing shaklida ishlatiladi.  
Arshning astida erur ganji raz.. 
Qamating ag`ushig`a qildi nigah. 
Tushum kelishigi qo`shimchasi –ni (-ni, -i) –i shaklida, chiqish kelishigi 
qo`shimchasi –dan, -din, -din shaklida keladi: 
Qorqusidin tashladi hamlani sher, 
Kelturung aqli dedi kishvarsitan. 
Navoiy va Fizuliy asarlarida bo`lgani kabi Nishotiy asarida jo`nalish kelishigi 
qo`shimchasi –ga, -a tarzida ishlatiladi: 
Har biriga kam edi bir htirom, 
Har yera borsa, bariban ul burun. 
Inkor ma`nosini ta`kidlovchi –na bog`lovchisi bir necha marta makror 
qo`llanilgan: 
Onda na zavqu, na huruzu na nur… 
Onda na ilmu na amal, na yaqin… 
Quyidagi misralarda birin-ketin fikrni kuchaytuvchi sifatlashlar berilgan: 
Oti aning vahmi balojo` edi, 
Bad dilu baddin edi, badgo` edi. 
Olmoshlar Nishotiy asarlari tilida hozirgi o`zbek tilidagi olmoshlarga 
o`xshaydi. Uchinchi shaxs kishilik olmoshlari ul, an tarzida, shuningdek, qaysi 
so`roq olmoshi, nimarsa, kimarsa so`roq gumon olmoshlari ishlatiladi. 
Har ne yoq, andin yaman, andin yamon, 
Parvarish aylar ani ayvon ara, 
Vah qaysi ayvonki dilu jan ara. 
Nishotiy  tilida ravish –lik affiksi bilan hosil qilinadi. Ravishdosh esa –iban 
affiksi orqali ifodalanadi: 
Taliinibanoylaki suvsiz baliq, 
Jan yoq edi anga bugun tanglaliq yordamchi so`zlardan bilan, birla, ila dag`i 
ko`makchilari: kim, ki, gar, agar, ne, lek kabi bog`lovchilar ishlatiladi. 

 
82
«Husnu dil» dostoni leksikasida uluk, kabir, qapu (eshik), g`ulg`ula, valvala, 
dag`i, karam kabi so`zlar uchraydi. 
Mazkur asar XVII asr o`zbek dostonchiligina emas balki o`sha davr o`zbek 
adabiy tili tarixida ham muhim o`rin egallagan ajoyib she`riy qissa hisoblanadi. 
XVII-XVIII asrlardagi ilg`or adabiyotning o`sib, kmol topishida xalq og`zaki 
ijodining roli katta bo`ldi. Adabiy tilda esa xalq tili unsurlari, sheva xususiyatlari 
o`z ifodasini topdi. Xalqning boy og`zaki adabiy me`rosidan, til boyligidan 
ta`sirlanish natijasida o`sha davr shoirlari tilida frazeologik iboralar, turg`un 
birikmalar ko`plab ishlatila boshlandi. Bu bilan ularo`z asarlarining xalqchinligini, 
realistik unsurlar bilan sug`orilishini ta`min etganlar. Shoirlar o`z asarlari tilining 
leksik tarkibi, sintaktik qurilishi, umuman uslubini xalq jonli so`zlashuv tiliga 
yaqinlashtirishga erishganlar. 
Xorazm adabiy muxiti tarixini ko`zdan kechirsak, badiiy ijod sohasida 
Abdulg`ozi Baxodirxon boshlab bergan ishlar XVII asrdan keyin yanada 
rivojlandi, keng quloch yoydi, an`anaga aylandi. Shu an`anani yuksak pog`onaga 
ko`targan Munis Xorazmiy katta iste`dod egasi buyuk shoir, adolatgo`y tarixchi 
olim, mohir tarjimon va nozikta`b xatto sifatida el orasida shuhrat topdi, e`tibor 
qozondi. 
U o`z ijodiy faoliyati bilan o`zbek adabiyoti va adabiy tili tarixida salmoqli 
o`rin tutadi. Munis lirik she`rlarini devon sifatida to`shladi. 1815 yilda 16892 
misrani o`z ichiga olgan katta devonga tartib berdi. Uni «Munisul-ushshoq» deb 
atadi. Shuningdek, 1804 yili yozuv san`atiga bag`ishlangan «Savodi ta`lim» 
she`riy asarni bitdi. Tarixchi olim sifatida «Firdavsul-iqbol» asarini yozdi. XV asr 
tarixchisi Mirxondning «Ravzatus safo» asarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. 
Mnuisning «Firdavsul-iqbol» (Baxt bog`i) asari Xiva xonlari tarixiga 
bag`ishlangan. Unda 1812 yilgacha bo`lgan davr yoritilgan, keyingi voqealar esa 
Munisning jiyani Ogahiy qalamiga mansub. 
Munis o`z adabiy ijodida ham, asarlarining tili va uslubida ham Alisher 
Navoiyni o`ziga pir, ya`ni ustoz sanadi. U til va uslubida Navoiy an`anasini davom 
ettirgan holda, hammaga tushunarli tilda yozishga harakat qilgan. 
Munis o`z asarlari tili ustida qunt bilan ishlab, badiiy vositalarning deyarli 
hamma turlaridan ijodiy foydalangan. Masalan:  
Yiqmasun mazlumlar ashki binoiy davlating, 
Qilma zulm, ey shohki, bordur afati devar suv. 
Shoir bu baytda shohlar saroyining devoriga yozilgan kishilar ko`z yoshini bu 
devorni yiqituvchi suvga o`xshatgan. 
Qaf tag`i bilan hamsang etmish
Har qadamni necha farsang etmish. 
Kabi mubolag`alardan foydalangan. 
Munis o`z asarlarini sodda, ravon, tushunarli va ta`sirchan bo`lishi uchun 
kurashib, ularda xalq iboralari va maqollarini ko`p qo`llaydi. Masalan: 
Ahbab tapdi vaslingu yad etmadi meni, 
Chindur bu so`zki, yoq xabari toqning achdin. 

 
83
Shoir o`z asarlarida o`sha davr uchun xos bo`lgan badiiy vosita sifatida aqli 
donish, guli gulshan, otashin ishqing, ganju husun, guli latif, mehrobi tarh, motomi 
oshifta kabi izofali qurilmalardan ko`p foydalandi. 
Munis Xorazmiy asarlaridagi o`ziga xos tomonlaridan biri uning xalq 
so`zlashuv tilida mavjud bo`lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalanishdir. 
Masalan: umach, atala, tang, lang, hamsang, yavg`an, taqir-tuqir, shaqr-shuqur, 
qabag`, tapuq, qopu, evur, evrulay, evurdi, yurusa, yurimoq, batan kabi so`zlar 
Munis asarlaridan anchagina uchraydi. Bu xil so`zlar asarning tanqidiy-satirik 
kuchini, badiiy qimmatini ancha oshiradi va uni soddalashtiradi.  
Bulardan tashqari Munis asarlarida turli grammatik shakllarini uchratamizki, 
ularning ba`zilari hozirgi adabiy tilimizdagi morfologik belgilardan qisman farq 
qiladi. 
Munis asarlari tilida qaratqich kelishigi qo`shimchalari –ning, -ning, -nung, -
nun, -nig tarzida qo`llaniladi. 
Muning birla qilmayin zulmu azar, 
Itining julidin kimsaga sajjada bo`lurmi? 
Tushum kelishigi qo`shimchasi –na va –n shaklida uchraydi. 
Kesib boshlarin mahv etib namini, 
Ayaq astig`a tashlab ansanmini… 
Jo`nalish kelishigi uchun –g`a, -gə, -qa, -kə, -a, -ə affiksli formalar, chiqish 
kelishigi uchun –din, -din, -tin, -tin qo`shimchalari qo`llanadi: 
Behudlig` alaming`a tushdim… 
Kimga dod aylayki, bir begi xumayunfal… 
Mamlakat g`ilmangiz nuqsanima gar bolsangiz vaqif. 
Na qullardin manga bir itcha ikram 
Xasm atani og`ilg`a, og`lin atadin bashqalab. 
Munis asarlari tilida o`g`uz tilining ba`zi unsurlari ham uchraydi. 
Alisher Navoiy asarlarida bo`lgani kabi Munis asarlari tilida –mish affiksi va u 
orqali yasalgan sifatdosh va o`tgan zamon fe`l shakllari uchraydi. Masalan: 
Faramush olmisham ahbob yadidin aningdekim… 
Valolar ichki kim salmish firoqing. 
Munis asarlari tilida bol fe`li bilan birga xuddi shu man`noda ol fe`li ham 
ishlatiladi. Masalan: Gulshanda gul olsa har ham bolg`usidir. 
Navoiy va Bobur asarlarida bo`lgani kabi birinchi shaxs birlikda tuslangan 
fe`lning bo`lishsiz shakli –man affiksi bilan berilgan: Har necha qilsam taammul 
bilman aning illatin. 
O`tgan zamon ravishlarining –ban affiksi bilan yasalgan shakli ham uchraydi: 
uop yebon hayvan kibi tanni semirturmak iedur. 
Kelasi zamon fe`li –g`ay, -gay affikslari bilan yasaladi: qilmag`ay ul shu`la 
dudi rog`aring qap-qara. 
Kishilik olmoshining uchinchi shaxs birligi on, an shaklida uchraydi: aning 
bedadin boldi ajal tufrog`iga nayab. Munis asarlari tilining o`ziga xos tomoni 
shundaki, unda qo`shma va murakkab so`zlar ishlatiladi: lekin, vagarna, valek, 
magarki, vagar kabi. Vagar ul nokas in`amin alsa XVII-XVIII asrlardagi o`zbek 
adabiyoti va adabiy tili rivojlanishida Nishotiy va Munisning roli juda katta bo`ldi. 

 
84
Ularning asarlari tilining badiiyligi alohida e`tiborga sazovardir. Misralari quruq, 
ilang`och holda emas, balki mumkin qadar ma`noli va chiroyli so`zlar bilan 
boyitishga intiladi. Nishotiy va Munis o`z asarlari tilining leksik tarkibi, sintaktik 
qurilishi, umuman uslubini xalq jonli so`zlashuv tiliga yaqinlashtirishga 
erishganlar. Xalqning boy og`zaki adabiy me`rosidan, til boyligidan ta`sirlanib ular 
asarlarida frazeologik iboralar, turg`un birikmalar, ko`plab ishlatilgan. Ular she`r 
san`atining etuk vakili sifatida ish olib borgan va zamondashlariga hamda o`zidan 
keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga erishganlar. 
Haqiqatdan ham Munis va Nishotiy o`z zamonasining adabiy doirasida ahli 
donishlarning shohi va o`z ona tilining buyuk himoyachilari edi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Tursunov U., O`rinboev B. Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 
1995. 
2. Tursunov U., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 
3. O`zbek pedagogikasi antalogiyasi. T`oshkent, O`qituvchi, 1995. 
4. Abdullaev V.A. O`zbek adabiyti tarixi. Toshkent, O`qituvchi, 1967. 
 
 
Muqimiy, Fitrat va Avaz O`tar asarlarining til taraqqiyotida tutgan o`rni 
 
Reja: 
1. O`zbek adabiy tilin rivojlantirishda Muqimiyning xizmatlari. 
2. Furqat asarlarining ayrim til xususiyatlari. 
3. O`zbek adabiy til taraqqiyotida A.O`tarning tutgan o`rni. 
 
Muqimiy ijodining tili, badiiy tasvir vositalari boy va original bo`lib, shoir 
ijodiy yo`nalishiga mos tushadi, uning g`oyaviy asarlarini o`tkazish uchun xizmat 
qiladi. 
Har qanday yozuvchi tilning taraqqiyoti darajasi uni xalq tiliga yaqinlatishda 
ko`rinadi. Bu yaqinlashishi adabiy tilning xalq tili saviyasi darajasiga tushush 
degan so`z emas, aksincha xalq tili boyliklarini egallab, o`zlashtirib, unga jilo 
berish, unga muntazam, ko`rkam tus berib uni yuqori pog`onaga ko`tarish degan 
so`zlar. 
Ma`lumki, adabiy tilning boyishida, muhim manba-xalq jonli tilidir. Muqimiy 
bu manbadan juda unumli foydalandi va adabiy tilni umumxalq tili hisobiga 
boyitdi. Muqimiy asarlarida buning son-sanoqsiz misollarini topish mumkin: 
«bo`zchi», «kosov», «poxsa», «bezgak», «loy», «arava» va boshqalar. 
Shunga o`xshash so`zlar asrlar davomida xalq ichida yashab kelgan va aloqa 
vositasi sifatida ishlatilgandir. Lekin, turli sabablar bilan bu so`zlar yozuvchilar 
diqqatidan chetda qolib kelgan, adabiy til xazinasiga qo`shilmay qolgan edi. Bu 
boylikdan Muqimiy ustalik bilan foydalandi. 
Muqimiy tili taraqqiyotidagi yana bir manba, bu davrda, ulug` rus tili bo`ldi. 
Muqimiy o`zbek adabiy tilini ulug` va qudratli rus tili elementlari hisobiga boyitdi. 
Bu davrda adabiy tilimizga «zavod», «poezd», «mashina», «samovar» va 

 
85
boshqalar kabi rus internatsional so`zlari Muqimiy asarlari orqali o`zbek tiliga 
kirdi va o`zlashib, adabiy til mulkiga aylandi. 
Shoir Muqimiyning va umuman demokrat shoirlarning xizmati shundaki, ular 
jamiyatda aloqa vositasi sifatidan ishlatilib turgan bu yangi til elementlarni saralab
o`zbek tilining ichki qoidalariga muvofiqlashtirib oldilar va ularni jasurlik bilan 
adabiy til mulkiga qo`shdilar. 
Ma`lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy va siyosiy voqealarga boy davr 
bo`lib, O`zbekiston xalqlari tarixida, o`zbek adabiy tili taraqqiyotida o`ziga xos bir 
bosqichni tashkil qiladi. 
O`zbek adabiy tili ko`p asrlik an`anaga ega bo`lib, u A.Navoiy tomonidan 
shakllantirilgan va rivojlantirilgan. Zamonlar o`tishi bilan Navoiy tilidagi ayrim 
shakllar o`zgarib, eskira boshladi. Muqimiy tili Navoiy tilining eski o`zbek adabiy 
tilining davomi hisoblanganda, undan ko`p jihatdan farq qiladi. 
Buning sababki shuki, til jamiyat va iqtisodiy turmushda bo`lgan hamma 
o`zgarishlarni to`g`ridan-to`g`ri va bevosita o`zida aks ettiradi. 
1. Muqimiy asarlarida so`zlashuv nutqi unsurlari. 
Muqimiyning o`zbek adabiy tiliga qo`shgan xissasi uning xalqchilligida 
namoyon bo`ldi. U xalqqa tushunarli tilda yozishni o`z uslubning ajralmas qismi 
deb bildi, oldingi asrlarda yashab, ijod etgan ilg`or yozuvchilarga nisbatan 
birmuncha ilgarilab ketdi. 
Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat mavzu, syujet va shunga mos 
g`oyanigina olmasdan, shu bilan birga, bitmas-tuganmas manba bo`lgan xalq 
tilidan ham keng foydalandi. 
Muqimiy o`z asarlarini yozishda fol`klor asarlarining uslubi, badiiy usullari, tili 
va boshqa xususiyatlaridan keng foydalandi. U «Tanobchilar», «Moskovchi boy 
ta`rifida», «To`y» kabi asarlarni fol`lor tiliga xos bo`lgan kichraytirish, erkalash 
shakllaridan samaralari foydalandi. 
Masalan: 
Zulfi kokilchilar yuzginasiga tushgan, 
Anga o`xsharki tutar oyginani qoligina. 
Muqimiy o`z asarlari tilini xalqchil qilish uchun fol`klorda ko`p qo`llaniladigan 
sifatlar, o`xshatish so`zlarni ko`chma ma`noda qo`llash, metafora, metonimiya, 
allegoriya, mubolag`a kabi badiiy til vositalaridan keng foydalandi. Masalan, 
«Botini cho`li qozon, qaynar ichida revu rang. Shori muttassib din peshvolarining 
nodonligini ko`rsating uchun ko`ngillarini qora qozonga o`xshatadi. 
Muqimiy asarlarida so`zlashuv nutqiga xos leksik xususiyatlar uchraydi, 
ulardan ba`zilarining adabiy tilda muqobillar bo`lsa, ba`zilariniki yo`q. Shoir 
ko`rpa, tezak, ezma, ko`sav, mag`zaba, uvoda kalla kabi xalq tiliga xos so`zlarni 
ko`p ishlatadi. Muqimiy ishlatgan qoyagich, intiq, taqir so`zlarining o`zbek adabiy 
tilida sinonimi yo`q. 
Oshiqidan choyxo`rni bexabar qolg`ich olur, 
Bir miri otu bir paqir aravang. 
Barcha kallakdoru, barcha pahlavon qurbaqalar, 
Hoji o`zi murdor ekan. 

 
86
Muqimiy asarlarida so`z tarkibidagi bir tovushning boshqa bir tovush bilan 
almashish hodisasini ham uchratamiz. Masalan: q-x almashishi: 
Bo`lsa shu yaxshi debiki maxtag`aning, 
Nigoh kayfi uchkay, kelsa agar taraxlab. 
Ch-sh almashishi: og`izlari maqtanib o`n besh qarshi. 
B-m almashishi: Tabakay mundog` malomat kunjida doim Muqimiy. 
Muqimiy asarlari tilida so`zlashuv nutqiga xos grammatik shakllarni ishlatish 
hollarini ham uchratamiz. Masalan: adabiy tilda –zor affiksi jonsiz narsa-
buyumlarga qo`shiladi. 
Muqimiy keng xalq ommasiga tushunarli xalqchil til uchun kurashar ekan, 
Navoiy, Maxmur, Turdilar izmidan bordi, demokratik kayfiyatga mos she`riy 
me`yorlarni izladi. Muqimiy tilida eski o`zbek tilining xususiyatlari ham 
mavjuddir. 
Muqimiy ijodiga eski o`zbek tilining ta`siri. 
Muqimiy so`z tanlash va ijod qilishda o`zidan oldingi shoirlarga ergashdi. U 
Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Maxmur, Turdi kabilarning asarlarini o`qib-o`rgandi, ular 
kabi g`azallar yozdi. 
Muqimiy asarlari tilida mumtoz shoirlar asarlarida uchrovchi leksik unsurlar, 
grammatik shakllar ko`zga tashlandi. Shori asarlarida eski o`zbek adabiy tiliga xos 
bo`lgan erur, -dur, -ibon, -mish kabi shakllar ishlatiladi. 
Muqimiy tili ba`zi g`arbiy turkiy unsurlarning mavjudligi bilan ham ajralib 
turadi. Unda o`tgan zamon sifatdoshining –mish affiksi va –on shakli, hozirgi-
kelasi zamon fe`lining birinchi shaxs birligi bilmam shaklida, ikkinchi shaxs birligi 
aylayyur shaklida, bo`lmoq fe`li o`rniga bo`lmish fe`li ishlatiladi. 
Muqimiy o`zbek adabiy tilini rivojlantirish sohasida davr talablariga hozir 
javoblik bilan katta xizmatlar ko`rsatdi. U adabiy tilni demokratlashtirishga, uni 
jonli xalq tiliga yaqinlashtirishga, e`tibor berdi, yangi tushunchalarni ifodolovchi 
ko`plab rus so`zlarni ishlatdi. 
Furqatning o`zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ahamiyati shundaki, u demokratik 
shori sifatida badiiy-adabiy til va uslubni so`zlashuv nutqiga yaqinlashtirishga 
harakat qildi. Furqat o`zining «Shoir ahvoli va she`r mubolag`asi xususida» nomli 
asarida ham olg`a suradi. Bunda u til va uslubning soddaligi hamda ommabopligi 
muommolarni ko`tarib chiqadi. 
Furqat xalq so`zlashuv tilini, urf-odatlarini puxta o`rganadi va oddiy xalqning 
hayotiga chuqur kirib boradi. Buni tasdiqlovchi dalil sifatida u yozgan «Gapning 
tasvifi», «To`y tasvifi», «Aza tasvifi» kabi asarlarni ko`rsatish mumkin. 
Furqat xalq og`zaki ijodiy va unga tegishli bo`lgan she`rlar, maqollarni 
o`rganib, shular asosida o`z asarlarining tilini xalqchil qilishga intiladi. 
Furqat novator shoir sifatida o`zbek adabiy tili leksikasini yangi ma`nolar va 
shakllar bilan boyitdi. Masalan: shoir barq, doru, olmos so`zlariga boshqacha 
ma`no yukladi. «Barq» so`zini «Elektr toki» ma`nosida «Olmos» so`zini 
lampochkaning vol`fram simi ma`nosida ishlatdi. 
Furqat asarlarida ijtimoiy hayot, fan, madaniyat, iqtisodiy turmush sohalarida 
paydo bo`lgan yangi tushunchalarni ifodolovchi ruscha so`zlardan va bu til orqali 
kirib kelgan boshqa so`zlardan ham samarali foydalandi. Masalan: akt, bal, zal, 

 
87
teatr, real, gazet, zakun, mashina kabi she`rlarida shunday misralar uchraydi: 
«Kirib vistivkani qildik tamosho». 
O`z davrining ilg`or kishisi bo`lgan Furqat ta`riflayotgan voqea, xodisa, narsa 
va buyumlar tasvirining real chiqishi uchun bu so`zlardan foydalandi. Bu so`zlar 
o`zbek tili leksikasining zamonaviy so`zlar bilan boyiganligini ko`rsatadi. Bu 
davrga kelib tilning grammatik qurilishi ham ancha silliqlashdi. Masalan, 
Navoiyning ko`pgina baytlarini hozirgi o`zbek kitobxonlari qiyinchilik bilan 
tushunsalar, Furqat she`rlarini osongina tushuna oladilar. Lekin Furqat tilini 
hozirgi o`zbek tili bilan tenglashtirib qo`yish yaramaydi. 
Furqat tilida ayrim so`zlardagi affikslar singormanizm talabi asosida 
yozilganini uchratamiz. Masalan, Fono bo`ldim, yo`q o`ldim, ushbu olamdin meni 
rasvo. 
Furqat tilida o`g`uz tili unsurlari ham mavjuddir. Jumladan, o`tgan zamon 
sifatdosh yasa/vochi va –on affiksi, uchinchi shaxs kishilik olmoshi –on shakli 
bo`lmoq fe`li o`lmoq shaklida kelish ko`zga tashlanadi. 
Furqat asarlarida fors-tojik tiliga xos bo`lgan aniqlovchi va aniqlanishning yoki 
qaraqich birikmaning i bilan birikkan izofa qurilmalari ko`p uchraydi. 
Emish Rusiyaga sardori lashkar, 
Olib to`rtinchida ta`lim nemis. 
Furqat XIX asring ikkinchi yarmida Navoiy an`anasini qisman davom ettirish 
bilan birga, o`zbek adabiy tilini yangi grammatik shakllar va rus tilining leksik 
unsurlari bilan boyitdi. O`sha davr o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga munosib hissa 
qo`shdi. Furqat asarlari til orqali o`zlashtirilgan so`zlarning ko`pchiligi hozirgi 
kunda ham adabiy til me`yoriga moslashtirilgan holda ishlatilmoqda. 
O`zbek demokratik adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan yana biri Avaz 
O`tar ham o`zbek adabiy tiliga munosib hissa qo`shdi. 
Barcha shoirlar kabi Avaz O`tar ham A.Navoiy tomonidan asoslangan adabiy 
tilni rivojlantirishga, davr talabiga mos ijodiy shakllar bilan boyitishga harakat 
qildi. Shuning uchun ham Avaz O`tar asarlari tilida A.Navoiy an`anasini xalq tiliga 
xos shakllar uchraydi. 
Avaz O`tar davr talabiga javob beradigan til vositalarini yaratishda, birinchi 
navbatda, xalq tiliga murojaat qiladi. U xalqqa tushunarli tilda ijod etishini o`z 
uslubning asosi qilib olib, o`zidan avval yashab ijod etgan shoirlardan ancha 
ilgarilab ketdi. Shu maqsadda xalq maqollari, aforizmlaridan samarali foydalandi. 
Xalq og`zaki ijodi asarlari shakliga moslab she`rlar yozdi. 
Sipohi pora istar, 
Mulla ijara istar. 
Bechora chora istar
Bir chora zamon bormi? 
Avaz O`tar asarlarida xalq tiliga xos bandi, zindon, chora, ijara, sham, shol, 
qulba kabi so`zlar uchraydi. U yangi badiiy shakllar qidirib topish maqsadida eski 
o`zbek adabiy tili shakllaridan ham foydalandi. 
Uning asarlarida jo`nalish kelishigi –ning, -a, -ga, -g`a affiksli shakllari, 
chiqish kelishigining –din, -dan ravishdoshning –ibon, -ub, -ubon, -uyudur 
shakllari uchraydi. 

 
88
Lozm siza har tilni biluv ana tilidek, 
Abadur izdiedi bax`u izzat. 
Anga bu vajhdin maxfi maqabdur, 
Dam-badam bedoru jabru zo`rliklar aylabon. 
Shori turkman, ozarboyjon tillariga xos shakllardan ham foydalanishga harakat 
qildi: 
Ochib har bir sarida maktabng unvonni aylab cho`k, 
Ketib zulmu sitamin zulmati bo`lmish jao`on ravshon. 
Ey, olami anjum aro orom suranlar, 
Sizlarda daxl mormudur suranlar. 
Avaz O`tar o`zbek demokratik adabiyotining tug`ilishi va taraqqiyotiga ulkan 
qissa qo`shish bilan birga, o`sha davr o`zbek adabiy tilining shakllanishiga ham 
munosib ulush qo`shdi. 
Avaz O`tar ma`rifatparvarlik ruhidagi bir qator asarlar yozadi. Ular ichida 
«Til», «Maktab», «Fidoiy xalqim», «Topar ekan qachon» sarlavhali she`rlar 
mashhurdir. 
Avaz O`tarning ma`rifatparvarlik ruhidagi she`rlari ichida «Til» she`ri alohida 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu she`rda Avaz O`tar madaniyat va 
taraqqiyotning qizg`in targ`ibotchisi, O`rta asr qoloqligiga qarshi tolmas kurashchi 
sifatida maydonga chiqadi. 
Avaz O`tar «Til» she`rida chet tillarni o`rganish kerakligi to`g`risida fikr 
yuritganda, zamonaviy madaniy tillarni, birinchi navbatda, ulug` rus tilini 
o`rganish zamonaviy madaniyatni egallash uchun birdan-bir vosita deb hisoblaydi. 
Shuning uchun u yoshlarga xitob qilib, til o`rganing, til foydali kondir, u orqali ilm 
xazinasiga ega bo`lasiz, deydi. 
G`ayri tilni sa`y qiling bilgali, yoshlar, 
Lozim siza har tilni bluv ona tilidek. 
Avaz O`tar til o`rganish faqat ilm-madaniyatli bo`lish uchungina emas, balki 
uyg`onish, o`z huquqini tanish, turmushni o`zgartish, xo`rlikdan, zulm-haqoratdan 
qutilish uchun zarurdir, degan fikrni ilgari suradi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling