Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana21.08.2017
Hajmi5.01 Kb.
#13983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Savol va topshiriqlar: 
1. O’zbek xalši va tilining nomlanish tarixini gapirib bering. 
2. X.Doniyorovning o’zbek so’zining kelib chišishi va šo’llanishi ќašidagi 
mašolasini topish va konspektlashtirish. 
4. O’zbek adabiy tilini davrlashtirish xaqida gapirib bering.  
5.   O’zbek   adabiy   tilini   davrlashtirishda   olimlarning   tasniflari   va 
tamoyillari nimalardan iborat? 

 
20
6. Eski o’zbek tilining tayanch dialekti deganda nima tushunasiz? 
7. Eski o’ebek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayib 
ketishiga sabab nima? 
 
Tayanch tushunchalar 
Sart – so’zining lug’aviy ma’nosi «o’troq» demakdir. M.Qoshg’ariy asarida 
«savdogar» ma’nosida ham qo’llagan. «Sart» so’zi O’rta Osiyoda o’troq yashovchi  
aholisiga nisbatan ham qo’llangan. 
Turk- atamasi M.Qoshg’ariyning asarida keng ma’noda barcha turkiy 
šavmlarga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, Alisher Navoiy hozirda o’zbek deb ataluvchi 
xalqni turk, tilini turkiy deb atagan. 
Qarluq tili gruppasi – o’zbek tili uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq tili 
gruppasiga kiradi. Qarluq tili tarixiy jihatdan  O’rta Osiyo gruppasiga, ayniqsa, 
g’arbiy xun shaxobchasiga kirgan tillar bilan oiladoshdir. 
Ilk davr o’zbek tili - Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan ikki madaniy 
jihatdan rivojlangan xalq: sharkda uyg’ur va g’arbda turk-eron madaniyati bo’lib, 
bu madaniyat o’sha davr tiliga ham kuchli ta’sir qildi. Natijada sharkda qarluq, 
chigil, uyg’ur dialekti asosida sharqiy adabiy til rivojlandi. Movarounnahr va 
Xorazmda esa o’g’o’z-qipchoq dialekti asosida g’arbiy adabiy til vujudga keldi. 
 
O’zbek xalqi va uning nomlanish tarixi 
 
Reja: 
1. O’zbek xalqi va tilining turli xil nomlanishining sabablari.  
2. O’zbek adabiy tilining davrlashtirish masalasi. 
3.   O’zbek   adabiy   tilini   davrlashtirishda   olimlarning   tasniflari   va  
tamoyillari. 
4. O’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari: 
a) ilk davr (XI-XIV) asrlar va eski o’zbek tili. 
5. Eski o’zbek tilining tayanch dialekti masalasi. 
6. Eski o’zbek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayib 
ketishi. 
 
O’zbek xalqi va o’z tilining nomlanishi. O’zbek xalqi, millati nomini olgan 
xalq juda qadimiy tarixga ega bo’lgandek, ular tilining nomlanishi ham har xil 
davrlarda turlicha bo’lgan. «O’zbek» degan nomning mazkur millatga va uning 
tiliga nisbatan qo’llanishi Oktyabr inqilobidan keyin boshlandi. Ungacha Evropa 
turkshunoslari O’zbekistonning o’troq aholisiga nisbatan sart so’zini qo’llaganlar. 
«Sart» so’zining lug’aviy ma’nosi hali munozaralidir. M.Qoshg’ariy uni 
«Savdogar» ma’nosida qo’llanganligani bildiradi. U.Tursunov va B.O’rinboevlar 
sanskritcha sartavan (karvonboshi) so’zidan olinganligini aytadilar.  
Sart so’zi har holda etnik nom emas. Bu nom shahar aholisiga ko’chmanchilar 
va sahroyilar tomonidan qo’yilgandir. Shuning uchun sart Navoiy va Bobur sart 
atamasini tojik-forslarga nisbatan qo’llaganlar. Umuman, XVI asrgacha O’rta 
Osiyo shaharlarida yashovchi tojik aholini sart deyilgan. Shayboniyxon istilosidan 

 
21
keyin bu erlardagi o’troš turkiy aholi ham ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan sart 
deb yuritilgani ma’lum. 
Shuningdek, o’zbek tili hamda o’zbek adabiy tili tarixda davriga qarab turk, 
turkiy, turkcha, turkistoncha chig’atoy, O’rta Osiyo turkiysi kabi nomlar bilan 
atalib kelgan. Mahalliy xalqlar o’zbek deb ataluvchi xalqni «turk» va uning tilini 
«turkiy» deb yuritganlar. Alisher Navoiyning «Muќokamatul-lug’aytayn» asarida 
o’zbek xalqini , turk va uning tilini turk tili deb ataydi. Masalan: «... mening tabim 
turk lafziga muloyim tushgan uchun ta’rifida mubolaђa izќor qilurmen. Bu garib 
ma’ni adosida turkchada bu matla’ borkim» 
«Turk» nomi M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asaridayoq keng 
ma’noda hamma turkiy xalqlarga nisbatan va tor ma’noda Sharqiy turklarga 
nisbatan qo’llangan. «O’zbek» nomi esa hozirgi o’zbek xalqining bir kismini 
tashqil etuvchi qipchoq urug’iga mansub bo’lgan qabilalarga nisbatan ishlatilgan. 
Turk nomi O’rta Osiyo, Krzog’iston, Kavkaz, Volga bo’yi xalqlariga nisbatan 
ham qo’llanganligidan, o’zbek tilini ulardan farqlash uchun turkistoncha, 
chig’atoycha, O’rta Osiyo turkchasi deb nomlaganlar. 
Chig’atoy atamasi mo’gullar istilosilan keyin paydo bo’lgan. Chingizxon 
vafotidan oldinroq bosib olgan o’lkalarni o’g’il va nabiralari o’rtasida taksimlagan. 
Shunda O’rta Osiyo va Shimoliy Afg’oniston o’rtancha farzandi Chig’atoyga 
berilgan. Chig’atoyxon tasarrufiga qaraydigan erlar Chig’atoy yurti, eli; elatlar esa 
Chig’atoy ulusi; bu hududda yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar asta sekin, davrlar 
o’tishi bilan chig’atoy adabiyoti, uning tili sun’iy ravishda chig’atoy tili nomi bilan 
yuritiladigan bo’lgan. Demak, Chig’atoy atamasi hukmdor nomi bilan bog’langan 
atamadir. 
Navoiy «Chor devon»ida Chig’atoy, Jo’ji atamalari uruђ, qabila nomlarini 
bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turk krvmlari Jo’jidur, Inoq, Chig’atoy». 
Adabiyotshunoslikda chiђatoy adabiyoti va chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi 
atamalari uchraydi. Bunda, ya’ni chig’atoy adabiyoti atamasi qo’llansa, o’zbek 
mumtoz adabiyoti deb tushunmoq kerak. Chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi atamasi 
uchrab kolsa, uning eski o’zbek adabiy tili o’rnida ishlatilaganini anglaymiz. 
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S. P. 
Tolstov, A.Yu. Yakubovskiy, Ya. G’. G’ulomov, L.V. Oshanin, M. Vahobov, 
A.Asqarov, B.Ahmedov, I. Jabborov kabi olimlarning har xil tarzdagi tadqiqotlari 
mavjud. O’zbek atamasi garchi «o’zi-bek» -o’ziga bek, mustaqil beglik kabi 
ma’nolarni bildirgan so’z deb yuritila boshlagan bo’lsa ham, qadim bu so’z nimani 
anglatgani aniq emas. 
O’zbek so’zining kelib chikishi va qo’llanishi haqida hozircha eng so’nggi 
ma’lumot professor X.Doniyorov maqolasida ancha batafsil beriladi. Maqolada biz 
uchun yangi fikr muallifning o’zbek atamasining XI asrda ham ishlatilgani 
haqidagi aniq manbalarga suyanib keltirgan mulohazasidir. Shuningdek, bu nom 
bilan ataluvchi qavmlarning hozirgi O’zbekiston, O’rta Osiyo va hatto arab 
mamlakatlari xududida ham ancha ilgaridan beri yashab kelayotganligiga quyidagi 
misollar juda yoršin dalil bo’la oladi. Masalan, XI asrda Suriyada yashagan arab 
tarixchisi Isoma ibn Munqizning «Kitob-al e’tibor» («Ibratli kitob») degan asarida 
yozilishicha, «o’zbek» qavmiga mansub bo’lgan kishilar o’sha vaqtdayoq 

 
22
Arabistonda ancha mavke egallaganlar va evropaliklarning salb yurishlarida 
musulmonlar tomonida turib jang qilganlar. 
Navoiydan keyin XVI asr boshlarida o’zbek xalqi va uning tili o’zbek nomi 
bilan ham yuritilgan. Buni Muhammad Solixning «Shayboniynoma»sidan 
keltirilgan quyidagi baytdan ham bilish mumkin: 
Holi aning eri Turkistondur O’zbak eliga muazzam xondur. 
Shayboniy Dashti qipchoqdan bostirib kirgandan so’ng ko’chmanchilar bilan 
erli qabilalar aralashib ketadilar. Shu tufayli o’zbek degan nom keyinchalik keng 
qo’llana boshlagan. O’zbek xalqi va uning tili šaysi nom bilan atalmasin, shu 
xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo’lib keldi. 
 
 
O`zbek tilining shakllanishida turkiy bo`lmagan  
tillarning o`zaro ta`siri 
 
Reja: 
1. O`zbek tilining shakllanishida tojik tilining tutgan o`rni. 
2. O`zbek tili taraqqiyotiga arab tilining ta`siri. 
3. Mo`g`ul tili bilan tarixan qarindosh. 
4. O`zbek tili lug`ati tarkibidagi ruscha-evropacha so`zlarning mavqei. 
    
Umumxalq tilining taraqqiy etishi hamma vaqt uning boshqa tillar bilan o`zaro 
aloqalarning kengayishi bilan bog`liq holda davom etadi. Ma`lum tilda boshqa chet 
til unsurlarining kirib o`zlashib qolishi tarixiy va qonuniy hodisa hisoblanadi. 
Mamlakatlar va xalqlar o`rtasida ijtimoiy-siyosiy va madaniy munosabatlarning 
rivojlanishi, ayniqsa bir-biriga qo`shni xalqlarning yaqin madaniy aloqalari 
natijasida yangi g`oyalar hamda fikrlar, yangi tushunchalar qabul qilinadi. Bu 
jarayon esa yangi fikr va tushunchalarni ifodalovchi yangi so`zlar qabul qilishni 
taqozo etadi. Bu tarixiy jarayon ma`lum xalq yoki tilning o`ziga xos xususiyatlarini 
cheklab qo`ymay, aksincha, ularning yana ham rivojlanishiga, til lug`at tarkibining 
boyib borishiga, o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi.  
Turkiy va turkiy bo`lmagan tillar orasidagi aloqani va bu aloqaning kengayib 
borishi natijasida turkiy tillarda paydo bo`lgan ba`zi bir fonetik o`zgarishlarni 
M.Qoshg`ariy ham o`z vaqtida to`g`ri ko`rsatib o`tgan.  
O`zbek tilining boshqa tizimdagi tillar bilan birinchi navbatda, tojik tili bilan 
o`zaro munosabati juda muhim masalalardan biridir. Bu o`zbek tilshunosligi bilan 
bog`liq bo`lmay, balki umumiy tilshunoslikka oid g`oyat muhim nazariy 
masaladir.  
Ma`lumki, metisatsiya (qardosh bo`lgan tillarning aralashuvi) va gibridizatsiya 
(turli sistemadagi tillarning chatishuvi) muammosi umumlingvistik REJAda hal 
qilinishi zarur. O`zbek va tojik xalqlarining etnik va til aloqalarini belgilamasdan 
turib, o`zbek adabiy tilining shakllanishini aniqlash mumkin emas.  
O`zbek xalqining tojik xalqi bilan aloqasi qadimdan buyon asrlar bo`yi davom 
etadi. Bunga bir necha tarixiy asoslar va sabablar bor.  

 
23
O`zbek va tojik tillarining bir-biriga ta`sirini ikki katta davrga bo`lish mumkin, 
deb ko`rsatadi prof. M.S.Andreev: 
1. Arablar istilosigacha bo`lgan qadimgi tojik tili yoki so`g`diy tiliga yaqin 
bo`lgan tillar davri; 
2. Arablar istilosidan so`nggi tojik va o`zbek tillari munosabati davri; 
O`zbek xalqi bilan tojik xalqi O`rta Osiyoning eng qadimgi va mahalliy 
xalqlaridandur. Bu ikki xalqning turmush sharoiti bir xil yoki bir-biriga juda yaqin 
bo`lganligi sababli hayotning turli sohalarida hamkorlik qilib keldilar. Bu 
hamkorlik o`zbek va tojik xalqlarining tillarida-fonetikasi, lug`at qurilishi va 
grammatik qurilishida o`z aksini topdi. Bularning eng muhimlaridan biri sifatida 
bevosita tojik tilining ta`siri ostida etakchi shahar shevalarida turkiy til fonologik 
tizimiga xos bo`lmagan tovushlarning paydo byalishini ko`rsatish mumkin. 
Chetdan kirib qolgan bu qo`shimcha omil ta`sirida til oldi unlilarning 
konvergentsiyasi yuzaga keladi. Buning natijasida Toshkent tipidagi shahar 
shevalarining vokalizmi tojik tili unlilarga yaqinlashib bordi. Bu hodisa o`zbek 
tilida singormanizmning qisqarishiga, shahar shevalarida esa asta-sekin 
kuchsizlanib yo`qola borishiga olib keldi. 
O`zbek tiliga tojik tilidan fakat ot turkumiga oid so`zlargina emas, balki sifat, 
ravish, bog`lovchi va yuklamalarda ham o`zlashtirildi. Masalan, shudgor, joy, 
chora, jon, jonajon, askar, devor, dasht, bekor, don, hamroq, hammom … kabilar. 
O`zbek tilida tojik tilidan o`zlashtirilgan so`z yasovchi morfemalar sifatida –
bon, -boz, -do`z, -paz, -furush, -simon, -parvar, -xo`r kabi affikslar ishlatiladi. 
(ariqboz, etikdo`z, oshxona, xudbin, odamsimon, g`amxo`r kabilar). 
O`zbek tiliga tojik tilidan –ser, -kam, -be, -bar, -bo, -no, -xush kabi prefikslar 
ham o`zlashtirilgan: sergap, beburd, badavlat, barvaqt, beodob, noto`g`ri, hamnafas 
kabi. 
Bu morfemalarning ko`pchiligi o`zbek tiliga forscha-tojikcha so`zlar tarkibida 
kirib kelgan bo`lib, o`zbekcha so`zlardan so`z yasashda ishtirok etmaydi.  
Turkiy (o`zbek) va fors-tojik xalqlarning bir-biri bilan qo`shilib aralashib 
ketishi, bu xalqaro tillarning o`zaro ta`siri natijasida forsiy va turkiy izohlar, 
aralash forsiy-turkiy so`z birikmalari keng qo`llangan: mahbubi dil, ayemi avasl, 
sharhi vasl, junu vadisi, shiq ahli, muxabbat siri, jondin batang. 
Ko`p asrlar davomida bu hududda yashash, bir xil turmushi tarzi va madaniy 
hayot bu xalklarning tillarida yaratilgan hikmatli so`zlar, maqol va iboralarda ham 
o`z aksini topdi. Odamning qo`li gul-Dasti odam gul; Orzuga ayb yo`q-Orzu 
aybpodarad; Mehmon otangday ulug`-Mehmon az padarat buzrug kabi hikmatli 
so`z va iboralar mazmunan ham, tuzilishi tomonidan ham bir-biriga o`xshaydi. Bu 
kabi hikmatli so`z va iboralar bu tillarda bir vaqtda yoki olinma-keyin yuzaga 
kelgan. O`zbek va tojik-fors tillarining o`zaro bir-biriga ta`siri bizning 
davrimizgacha davom etdi, yana ham mustahkamlanib berdi. Buning natijasida 
ikkitillilik hodisasi yuzaga keldi, shiru-shakar usulida yozilgan asarlar payda 
bo`ldi. 
Turkiy tillarga, jumladan, o`zbek tiliga kyaproq uning lug`at tarkibi boyishiga 
arab til ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Mahalliy xalklarning tillariga arab tilining 
ta`siri bevosita VIII asr boshlarida arablarning O`rta Osiyoni bosib olishi, arab 

 
24
xalifaligi hukmronligining boshlanishi va bu erdagi xalqlarning musulmonlikni, 
islom dinini qabul qilishi bilan bog`langan. 
Arab tili ilm-fan tiliga oylangan. Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farobiy, 
M.Qoshg`ariy kabi olimlar o`z asarlarini tilda yozdilar. 
Arab tilidan o`zbek tiliga asosan, ot va fe`l turkumiga oid so`zlar o`zlashgan: 
intizom, daftar, maktab, kashf, karor, fan, g`ayrat, g`alaba, millat, musobaqa, 
majlis kabilar. 
Arab tilidan o`zbek tiliga o`zlashgan ba`zi grammatik kyarsatkichlar, jumladan, 
-iy, -viy, -ot, -iyat, -an kabilar o`tatil so`zlari tarkibida qo`llangan va 
shundayligicha o`zbek tiliga qabul qilingan: amoliy, madaniy, ommaviy, hayvonot, 
shaxsan, xususan. 
Mustaqillik sharofati tufayli arabcha so`z-atamalarining mikdori kundan-kunga 
ortib bormoqda. Ma`lum sabablar bilan majburan iste`moldan chikarib yuborilgan 
so`z-atamalarning ayrimlari qayta tiklanmokda. Masalan, tijorrat (savdo), 
doilfunun (universitet), rieznet (matematika), dorilhikmat (akademiya), tabobat 
(meditsina), munaqqid (tanqidchi) va sh.k. 
Ba`zi arabcha so`zlar o`zbek adabiy tili va uning shevalarida o`z asl ma`nosida 
qo`llanishi bilan birga, ma`nosi kengaygan, toraygan va o`zgargan holda ham 
uchraydi. Masalan, g`assoleo`zi arab tili va uning dialektilarida, umuman 
«yuvuvchi, tozalovchi» ma`nolarida ishlatiladi; idehum g`assolno`nen-ular 
qo`llarini yuvishdi kabi. Namangan shevasida esa g`assol so`zi fakat «o`lik 
yuvuvchi» ma`nosini bildiradi.  
Arab tilidan kirib kelgan yangi o`zlashtirmalar dastlabki paytlarda ko`proq 
islom bilan, diniy-axloqiy akidalar bilan bog`liq tushunchalarni ifodalovchi 
so`zlardan iborat bo`lgan: hikmat, ummat mashhar, hadim, oyat, qur`on, haq, 
iymon, boshorat, taqdir, qudrat, avliyo, ibodat, mo`min, musulmon kabilar. 
Keyinroq esa adabiyot, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda 
ijtimoiy hayotning turli sohalariga oid mavhum va aniq tushunchalarni, belgi-
xususiyat kabilarni ifodalovchi kyaplab arabcha so`z va iboralar o`zbek tiliga qabul 
qilindi: vatan, ijozat, adabiyot, maslahat, javob, alifbe, idora, ilova, bino, raqam, 
dunyo, ijobiy kabilar.  
O`zbek tilining lug`at tarkibida shunday so`zlar ham uchraydiki, ularni qaysi 
tilga taaluqli ekanini aytish mushkul. Bu so`zlarning tarkibi o`zbekcha+arabcha, 
arabcha+tojikcha, arabcha+o`zbekcha, arabcha+tojikcha+o`zbekcha yoki uning 
aksiga tuzilganini ko`ramiz. 
Masalan, atirnok (ar. Atir+o`zb.nok), uchtaloq (o`zb.uch+ar.taloq), kasalvand 
(ar.kasal+toj.vond), dimiog`dorlik (ar.dimog`+toj.dor+o`zb.lik), beqaror 
(toj.be+ar.qaror), g`ayrli (ar.g`ayir+o`zb.li). 
O`zbek tilining mo`g`ul tili bilan alokasi juda uzoq davrlarga borib taqaladi. 
O`zbek tilining lug`at tarkibida XIII asrgacha va undan keyin kirib o`zlashgan 
mo`g`ulcha so`zlar mavjud. Narin nariyin ingikcha, tor, yuqa ma`nosidagi ot; 
ovqat nomi. Bu so`z mo`g`ulchadan o`tgan. Solishtiring: Ko`z egim bo`ldi 
io`g`ulning norini. Norin daresi kabi; 
O`kton-tagcharli, mol terisidan tayyorlangan charm; Xom terini iylasang o`eton 
bo`lur, Nafsini tiygan odam sulton bo`lur(m). MahmudQoshg`ariyda uxdaq-qo`y 

 
25
oleg`i. O`rda (o`r)-baland, tepalik, yuqorilik: o`rda-balandikka qurilgan saroy, 
qal`a, qararoq. O`rdukent=o`r+du+kent tepalikka joylashgan shahar. Mo`g`ul tilida 
ul-poshna, tog`lik, shina, bazis, asos kabi ma`nolarni bildiradi. 
Navkar-askar, mulozim, xizmatkor, kuyov o`rtoqlari ma`nolarida ishlatiladi. 
Qүiyoslang, kuyov navkarlari; rais dalabegi emas, dala navkari; ulus. Mo`g`. Uls-
el, xalq, kishilar (XIII asr); qo`l ostidagi mamlakat va sh.k. 
Turkiy tillar bilan mo`g`ul tilining kelib chikishiga nazar tashlasak, ularning 
qarindosh tillar ekanligi ko`rinadi. Eng qadimgi davrda hozirgi turkiy, mo`g`ul, 
tungus-manchjur tillari oltoy tili oilasiga kirgan. Ular ko`p sonli urug`, kabilalar 
ittifoqidan iborat bo`lib, bir-birlariga yaqin lahjalarda so`zlashganlar. Oltoy tili 
oilasiga kirgan tillar guruhlari u vaqtda hali umumiy edi. 
Til taraqqiyotining keyingi davrlaridla turkiy va mo`g`ul tillari o`zaro ajralib 
alohida taraqqiy etganlar. Shuningdek, turkiy va mo`g`ul tillari o`rtasida ayrim 
fonetik farqlarni hisoblamaganda, bir-birlariga o`xshash so`zlar anchagina bor. 
Bularni turkcha-mo`g`ulcha yoki mo`g`ulcha-turkcha so`zlar deb atash mumkin. 
Hozirgi o`zbek adabiy tili lug`at tarkibidagi turli sohalarga oid so`zlar bilan 
mo`g`ulcha so`zlarni muqoyasa qilsak, yuqoridagi fikrimiz yanada oydinlashadi. 
         O`zbek tilida 
          Mo`g`ul tilida 
Aka 
Xotin 
Quda 
Boja 
Ho`kiz 
Buqa 
Matlay 
Ax(a) 
Xatan 
Xud (II quda) 
Baz 
Uxor 
Bux 
magnay 
O`zbek tili lug`at tarkibining ma`lum qismini rus tili va u orqali Evropa 
xalqlari tillaridan kirgan so`zlar tashkil qiladi. 
O`zbek va rus xalqi Oktyabr` inqilobdan ilgari ham iqtisodiy, madaniy hayotda 
o`zaro munosabatda bo`lib kelgan. Agar biz O`rta Osiyo xonliklarining Moskva 
davlati bilan XVI-XVII va XIX asrlarda olib borgan savdo va diplomatik 
aloqalariga oid turli yorliklar, elchilar maktublari, tarixiy-ilmiy hujjatlariga nazar 
tashlasak, o`rus, knoz, put (pud), dujna (dyujina), yashik (yachik), samovar, konfut 
(konfeta), patnus (podnos), lampa kabi so`zlarni o`zbek tilida qo`llanganini 
ko`ramiz. Ushbu so`zlar ko`proq so`zlashuv orqali kirgani uchun fonetik 
o`zgarishlarga uchrab o`zbek tilining ichki taraqqiyot qonunlariga bo`ysingan. 
O`zbek va rus xalklari o`rtasidagi munosabatlar XIX asrning II yarmiga kelib, 
ya`ni O`rta Osiyo rus mamlakatlari tomonidan istilo qilinganidan keyin keng 
quloch yoydi. Natijada o`zbek tilining lug`ot tarkibiga turli sohalarga oid 
ko`pincha so`z va atamalar o`zlasha boshlagan. Bu so`zlarning ko`pchiligi ruscha 
va u orqali o`zlashgan Evropa xalqlarining tiliga mansubdur. Masalan: poezd, 
vagon, vokzal, pochta, telegraf, adres, zavod, doktor, gazeta, mashina, soldat, 
fonar, pristav, duma, lampa, kartoshka va sh.k. 
O`zbek tiliga rus tilidan kirgan so`zlarning aksariyati ot turkumiga kiruvchi 
so`zlar va qisman nisbiy sifatlardan iborat bo`lgan. Yuqorida keltirilgan so`zlar 
o`zbek tilida aynan, fonetik o`zgarishlar bilan va kol`ka holida ishlatib kelingan. 

 
26
O`zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan juda kyap so`z va 
atamalar tilimizning tabiatini hisobga olib, yangilanmoqda va eskilari qaytadan 
tiklanib keng qo`llanilmoqda.  
Xulas, o`zbek adabiy tilining lug`at tarkibida o`zbekcha-umumturkcha shu 
bilan bir qatorda, tojikcha-forscha, arabcha, ruscha-evropacha, mo`g`ulcha kabi 
o`zlashgan so`zlarning ishlatilishi tilimizning lug`aviy boy va murakkab jarayonini 
bosib o`tganligini ko`rsatadi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Tursunov U., O`rinboev B. Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 
1995. 
2. Muxtarov A., Sanaqulov U. O`zbenk adabiy tili tarixi. Toshkent, 1995. 
3. Aliev A., Sodiqov Q. O`zbek adabiy tili tarixidan. Toshkent, 1994.  
4. Tursunov U., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1982. 
 
 
ARAB, FORS VA BOShQA ShARQ TILLARINING O’ZBEK TILINI 
RIVOJLANIShIGA TASIRI 
 
Reja: 
1. Qadimgi turkiy tiliga arabcha va forscha so’zlarning kirib kelishi. 
2. Arab-fors so’zlarining shoirlar asarlarida qo’llanishi. 
3. A.Navoiy asarlarida arabcha va forscha so’zlar. 
 
 
Akademik V.Radlov eski o’zbek tili, chig’atoy tili, usmonli turk tili kabi turkiy, 
arab va fors elementlarining aralashuvidan hosil bo’lgan su’niy bir til degan fikrni 
ilgari suradi. 
Ma’lumki bunday elementlarning shu davr adabiy tilida mavjud bo’lishi turli 
tarixiy sharoitlar bilan bog’liqdir. Albatta, bunga sabab fors-tojik adabiyoti bilan 
o’zbek adabiyotining yaqinligi bo’ldi. Shu tufayli XIV asrning 2-yarmi va XV 
asrdan boshlab šadimgi turkiy so’zlar zamona talablariga muvofiq arabcha va 
forscha so’zlar bilan almashtiriladi. Bundan tabiiy ko’pchilikni diniy-ilohiy 
tushunchalar ifodasi bo’lgan so’zlar tashqil qiladi: idi-ega, xudo, alla, taolo; 
uchmaq-jannat, behisht, tamug-do’zax kabilar. 
Qadimgi turkiy so’zlarning arabcha-forscha so’zlar bilan almashtirilishi diniy 
tushunchalar doirasida emas, balki hayotiy so’zlar doirasida ham yuz bergan: 
baliq-shahar, asig-fāyda, achun-dunyo, irin-lab va h.o. 
O’zbek tili o’zining shakllanishi va rivojlanishi protsessida qadim zamonlardan 
buyon O’zbekiston tarixi bilan taqdir bog’lab kelgan ko’pgina tillar bilan 
munosabatda bo’lib keldi. Shu protsessda aloqador tillardan zaruriy so’z va 
iboralar o’zbek tilining lug’at sostaviga kelib qo’shildi.  
O’rta Osiyoning va O’zbekistonning sho’rolar to’zumi davrigacha qabul 
qilingan so’zlarning asosiy qismini arab, fors-tojik tilidan olingan so’zlar tashqil 
qiladi. Bu so’z va iboralar hamda ular bilan bog’liq holda kirib kelgan ayrim 

 
27
grammatik formalar zamonlar o’tishi bilan o’zbek tilining tub elementlari qatoriga 
o’tib keggandir. Arab va fors tillarining ta’sir doirasi ayniqsa XV asrda kuchaydi. 
Ma’lumki, o’zbeklar o’ratasida feodal munosabatlarning rivojlanib borishi va u 
bilan bog’liq bo’lgan moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanib borishi arabcha va 
forscha so’z, iboralarning tilga kirib kelishi uchun keng yo’l ochib berdi. Tojik va 
o’zbek adabiyotining o’zaro yaqinlik munosabati o’zbek tilidagi badiiy 
adabiyotning misli ko’rinmagan darajada rivoj topishi, o’zbek klassik 
adabiyotining tug’ilishi va taraqqiy etishi bilan arabcha va forscha so’zlar o’zbek 
tilida keng va chukur ildiz yoyib keldi. O’zbek adabiy tilida bu hol XIV asrdan 
boshlab XU-XU1 asrlarda ochiqroq ko’rindi. Xuddi shu davrga kelib forsiy tili deb 
atalgan eski tojik adabiy tili va adabiyoti o’zbek savodxonlari orasida keng 
tarqaldi, shuhrat qozondi. Bu hol o’zbek adabiyotiga ta’sir qilmasdan qolmadi. 
Arab tilining poetik elementlari ham o’zbek tiliga tojik tili orqali kirib keldi. 
O’zbek tilida yozilgan yodgorliklarning syujet va janriga qarab ularning lug’at 
sostavi har xil bo’lgan. Ba’zi yodgorliklar tilida  arabcha va tojikcha so’zlar 95 foiz 
va undan ortiq edi. Lekin ular grammatik struktura jihatidan shubhasiz o’zbek 
tilining qonuniyatlariga bo’ysinar edi. Shuning uchun ham ularni o’zbek tili 
yodgorligi deb yuritiladi. Bunday hodisani poetik asarlar tilida uchratish mumkin. 
Masalan Navoiyning; 
Harārat jonima ul ātashin la’l āhgarindindur 
Aңa taskin ham iz ravzasiniң kavsarindindur 
Sachiңniң tiyra shāmidan yүzүң subhida yol tapmaq 
Bināgo’shuң dag’i durri tabafro’z axtarindindur. 
Taxurā bādasi derlər erur jānbaxshu ruqafzā 
Magarkim chachini ul mayg’a la’liң sag’arindindur. 
Yuqoridagi uch baytda 33 ta so’z formasi qatnashgan bo’lib, shundan 9 
tasigina turkiy (o’zbekcha) kolganlari esa arabcha-forscha so’zlardir. 
Atoyidan  olingan  quyidagi  2 baytda esa so’zlarning deyarli barchasi  
arabcha-forschadir. 
Dilrabā la’liң sharābi āb kavsardin latif 
Qāmating naqli dag’i sarvu sanubardin latif 
Sarhai xusnung qashida munfail avrāqi gul 
  Nuqtai  xāliң abiri mushki anbardin latif. 
 Bunda faqat dag’i, qosh, xol so’zlarigina o’zbekchadir. 
Shu davrda ijod etgan o’zbek shoirlarining ba’zi asarlari tili ham yuqoridagidan 
qolishmaydi. Hatto o’zbek tilining himoyachisi sifatida nom chiqargan Navoiy 
ham arab, fors-tojik so’z - iboralarni ma’lum sabab va sharoitlarga ko’ra ko’p 
ishlatgandir. 
Shu davr adabiy tilida arab, fors-tojik so’z va iboralarning haddan tashqari ko’p 
ishlatib yuborilganligi o’zbek tilining kambag’al vav ma’lum tushunchalarni 
ifodalay olish imkoniyatiga ega bo’lmagan til ekanligani bildirmaydi. 
O’zbek tili arab va fors-tojik tillaridek murakkab tushunchalarni ifoda qilish 
imkoniyatiga ega bo’lgan tillardan bo’lgan. Lekin bu til zamonasiga ko’ra adabiy-
badiiy jihatdan, ilmiy terminologiya jihatdan ishlanmagan edi. Ma’lum 
tushunchalarni ifoda qiluvchi so’z va ifodalar o’zbek tilida mavjud bo’lishiga 

 
28
qaramasdan xorijiy tillardan so’z va iboralar, ilmiy tushunchalarni bildiruvchi 
terminlar qabul qilingan. Buning o’ziga yarasha tarixiy sabablari mavjud. 
Ma’lumki, arab tili asrlar mobaynida faqat islom dinining tili bo’lib qolmasdan, 
balki musulmon sharqida fan hamda madaniyat bilan ham bo’lgan. Arab tilida 
asrlar mobaynida ishlangan va ilmiy jihatdan silliqlangan tayyor terminlardan 
o’zbek shoirlari va madaniyat arboblari foydalanganlar. Arabcha ilmiy termin
so’z-iboralarni o’zbek tilida yozilgan ilmiy, falsafiy, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar 
tilida keng qo’llanilgan. Shu so’z va terminlardan Navoiy ham keng foydalangan. 
Navoiyning ko’pchilik asarlar nomi ham arabcha berilgan. Buning o’ziga xos 
sababi bor. Birinchidan, Navoiy tomonidan mavjud traditsiyaning saqlanishi 
bo’lsa, 2-si o’zbek tilida yaratilgan asarlariga ko’pchilik diqqatini jalb etish bilan 
bog’liq. 
O’zbek tilining murakkab tushunchalarni ifoda qila olish qudratiga ega ekanligi 
Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn asarida keng isbotlab berilgan. 
Yozuv yodgorliklarida fors-tojik va arab tillari madaniyati merosiga 
yondashish va ulardan foydalanish printsiplari turlicha bo’lgan. Bu printsiplar shoir 
va yozuvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotidagi tutgan o’rni va yo’llariga qarab 
hamda asarlarining janr va uslublariga qarab har xil shaklga ega bo’lgan. Shoir va 
yozuvchilar asarlarida arab va fors so’zlarini o’rinsiz ishlatgan o’rinlari va g’oyat 
darajada ajnabiy til elementlariga mehr qo’yib yuborgan o’rinlar ham uchraydi. 
Bunday hol ayniqsa diniy asarlar uchun xarakterlidir. Progressiv adiblar arab va 
fors tillari merosidan har doim ijodiy foydalanish uchun intilganlar. Shu xildagi 
intilishlar o’zbek adabiy tilining boyib, mukammallashib kelishi uchun muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan. O’zbek adabiy tili o’zining shakllanish va rivojlanish 
protsessida arab va fors-tojik tillaridan qanchalik ko’plab so’z va iboralar olib 
kelgan bo’lmasin, lekin u shu bilan birga o’zining tub xususiyatini yo’qotib 
yubormadi, balki o’zining grammatik strukturasini va asosiy lug’at fondini saqlash 
bilan birga asrlar davomida tarixiy bog’liq holda va izchillikda taraqqiy etib keldi. 
Progressiv shoirlar va yozuvchilar hamda umuman madaniyat arboblarining ulkan 
tarixiy xizmatlari tufayli boshqa tillar adabiy merosidan ijodiy foydalanib, ulardan 
olingan namunalar tufayli o’zluksiz boyib, rivojlanib keldi. 
 
 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling