Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Davo muddati o’tishining oqibatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23

 
4. Davo muddati o’tishining oqibatlari 
Davo qo’zg’atilgunga qadar davo muddatining o’tishi davoni rad qilish uchun asos bo’ladi. 
Binobarin, davogar (haqdor) o’z huqu-qini majburiy ravishda amalga oshirish imkoniyatini yo’qotadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan davo muddati o’tishining asosiy oqiba-tini belgilaydigan qoidadan 
tashqari qonunda shu yuridik fakt bilan bog’liq bo’lgan boshqa qoidalar ham belgilanadi. Jumladan, 
asosiy talab bo’yicha davo muddati o’tishi bilan qo’shimcha talab-lar, chunonchi: neustoyka, garov, 
kafolat va boshqalar bo’yicha davo muddati ham o’tgan hisoblanadi (FKning 162-moddasi). 
Bazi hollarda qarzdor o’z majburiyati davo muddati o’tgan-dan so’ng ham bajarishi hollari yuz 
berishi mumkin. Bunday hollarda avval majbur shaxs o’z tomonidan bajarilganligi, to’langan 
summaning qaytarilishi to’g’risidagi talabni qo’ya olmaydi. FKda qarzdor davo muddati o’tganidan 
keyin majburiyatini bajargan holda, garchi ijro etish paytida davo muddatining o’tib ketganligini bilan 
yoki bilishi lozim bo’lganligidan qati nazar bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emasdir, 
deb ko’rsatiladi (FKning 161-moddasi). 
 
5. Davo muddati joriy qilinmaydigan talablar 
Buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish uchun ko’pchilik hollarda davo muddati belgilansa, 
davo muddati quyidagilarga qilinmaydi: 
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 
omonatchilarning o’z omonatlarini berish to’g’risida bankka qo’yadigan talablariga; 
fuqaroning hayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan zararni to’lash haqidagi talablariga. Davo muddati 
o’tganidan keyin qo’zg’atilgan talablar davo oldingi ko’pi bilan uch yil bo’yicha qondiriladi; 
jinoyat tufayli etkazilgan zararni to’lash haqidagi talablarga; 
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o’z huquqini har qanday buzilishlarni, shu 
jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmagan buzishlarni bartaraf etish haqidagi 
talab-larga; 

 
76
mamlakat mustaqilligi elon qilinishidan oldin uning chega-ralaridan tashqariga olib chiqib 
ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo’lgan mol-mulkni hamda qimmatbaho 
obektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga; 
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga (FKning 163-moddasi). 
Bazi mualliflar yuqoridagi holatlardan tashqari davo muddati joriy qilinmaydigan talablar 
qatoriga mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan manaviy zararni undi-rish haqidagi 
talablarni kiritishni taklif etadi.
1
 
Tabiiyki, bu talablar fuqaro va shaxslar, shuningdek davla-timizning real huquqlaridan kelib 
chiqadi. Bu normalarning kiri-tilishi fuqarolik huquqiy munosabatlar tengligi munosabatlari, normal 
munosabatlar ekanligining yana bir bor tasdig’idir. Ushbu talablar bilan bog’liq munosabatlar 
O’zbekiston Respublikasining joriy qonunlarida ham normalangan.  
                                                           
1
 Мамасиддиқов М.М. Меҳнатга оид низоли ишларни судда кўришнинг процессуал хусусиятлари. Ўқув қўлланма -
Т.: ТДЮИ. 2004. -42 б. 

 
77
12-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR 
 
1. Mulk va mulk huquqi tushunchalari 
2. Mulk huquqining mazmuni 
3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari 
4. Mulk huquqining asosiy tamoyillari 
5. Mulk shakllari 
6.Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari 
7.Xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi 
8.Boshqalar mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut huquqi) 
 
1. Mulk va mulk huquqi tushunchalari 
Mulkchilik munosabatlari-jamiyatdagi boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy 
munosabatlardir. Mulkchilik, birinchidan  insonning boyligi bo’lmish ashyo, buyum yoki boshqa 
narsaga nisbatan egalik his-tuyg’usi bilan bog’liq munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, nemat 
xususida kishilar o’rtasida vujudga  kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlarni, nematlarni o’ziniki 
qilib olgandagina o’zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o’zganiki bo’lgan nematlarni o’zlashtirib 
bo’lmaydi. Mulk sohibi o’z mulkiga mustaqil tayanib ish ko’radi. Mulksiz o’zganing mulkini ijaraga 
oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs manoda hali mustaqil emas. Nematlar ikki yo’sinda: 
ishlab chiqarish resurslari, yani vositalari va ishlab chiqarish natijalari sifatida o’zlashtiriladi. 
 
 
 
Yuridik manodagi “mulk” tushunchasi to’g’risida to’xtalib shuni aytish kerakki, shaxslar 
tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini o’zlashtirishda bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi-yuridik manodagi “mulk” tushunchasida 
qo’llaniladi. Bu manodagi mulk mulk huquqi sifatida ko’riladi. 
 
2. Mulk huquqining mazmuni 
Mulk huquqi o’z navbatida ikki manodagi: obektiv va subektiv manodagi mulk huquqiga 
bo’linadi. 
Obektiv manodagi mulk huquqi deganda tabiat ashyolarini ijtimoiy o’zlashtirishning mavjud 
zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko’zlab 
belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig’indisi nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk 
to’g’risidagi umumiy qoidalar obektiv huquq normalari hisoblanadi. 
Subektiv manodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, yani huquq subektlarining (davlat, yuridik 
shaxslar va fuqarolarning) obektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan 
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. 
O’zbekiston Respublikasining Mulkchilik to’g’risidagi qonunda belgilanishicha, mulkdor o’ziga 
tegishli mol-mulkka o’z ixtiyoriga ko’ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu 
manoda mulkdor o’z mulkiga bo’lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda , o’z xohishiga ko’ra amalga 
oshiradi. Mulkdorning o’z xohishi deganda, uning o’z erki, irodasi bilan o’zining  manfaatlarini 
ko’zlab, birovning  (uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, zo’rlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar 
mulkdorga  nisbatan bunday holatda zo’rlik, tazyiq ko’rsatilgan bo’lsa, qonun mulkdorning xohish-
irodasini erkin amalga oshirishning kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda  mulkdorning o’z 
xohishiga ko’ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim. 
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va 
uni tasarruf etishdan. 
Mulkni egallash huquqi mulkni qo’lda yoki unga nisbatan o’z huquqlarini amalga oshirishga 
imkon beruvchi biron joyda saqlab turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o’z qo’lida yoki o’z 
erki-irodasi tasiri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, 
mulk egasiga tegishli bo’ladi. Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun 
yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo’lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo’yicha 
ijaraga qo’yilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat qo’yilishida yoki 
mamuriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga 
o’tkazilishida egalik huquqi mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo’lishi mumkin. 

 
78
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo’lda saqlab turishga qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy 
asoslar bo’lmay turib birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o’g’irlatgan yoki 
yo’qotgan mulkini qo’lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi. 
Mulkdan foydalanish huquqi-mulkning foydali xususiyatlarini o’zlashtirish, mulkdan iqtisodiy 
manoda foydalanishdir. Mulkdan qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shuu mulkdan 
foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni egallash huquqi bilan 
chambarchas bog’liqdir. Mulkni egallamay, qo’lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo’lmaydi. 
Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk butunlay istemol qilinadi 
yoki birmuncha vaqt davomida asta-sekin eskiradi. 
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan  belgilangan asoslar bo’lmay 
turib foydalanilsa, bunda foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o’g’irlangan yoki 
yo’qotilgan mulkdan foydalanish. 
Mulkni tasarruf etish huquqi -mulkning yuridik taqdirini  belgilash, yani mulk yuzasidan boshqa 
shaxslar bilan bo’ladigan huquqiy munosabatni belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan 
huquqdir. 
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan mulk yuzasidan xilma-xil bitimlar, shartnomalar, 
chunonchi, ashyoni sotish, hadya qilish, ijaraga qo’yish to’g’risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo 
butunlay keraksiz bo’lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi, o’zidan biron-bir usul 
bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har 
qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan mol-mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi 
yoki unga boshqacha yo’llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki mol-mulkni boshqacha 
usul bilan tasarruf etishga imkon beradi. 
Bu huquqning qo’ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo’lgan egalik huquqi ham qo’ldan ketadi. 
Masalan, mulkni omonatga qo’yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga qo’yishda ashyoni egallash va 
undan foydalanish huquqi birovga o’tsa, ashyoning sotilishi yoki hadya qilinishida esa subektiv mulk 
huquqining har uch elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa 
shaxsga (yani mulkdorga) o’tadi. 
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo’qotish, o’g’irlatish  hollarida mulk egasi o’z mulkni 
egallash, foydalanish va uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo’lsa ham, egalik huquqini qonunda 
belgilangan hollarda va muddatlarda o’zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli mulk o’g’irlatilganida uning 
kimning qo’lida bo’lishligi aniqlanganidan so’ng qonun bilan belgilangan uch yillik davo muddati 
davomida talab qilib olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo’lgan egalik huquqi yo’qoladi. 
FKning 172-moddasida batafsil talqin qilingan. Ushbu moddaga asosan mulk huquqini amalga 
oshirish shartlari quyidagilardan iborat: 
1. Mulkdorning o’z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan 
qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart; 
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning 
mol-mulkidan cheklangan tarzda  foydalanishiga  yo’l qo’yishga majbur (masalan, ko’chmas mulk-er 
uchastkasi egasi qo’shni er uchastkasi egasi qo’shni er uchastkasining egasidan zarur hollarda, boshqa 
er uchastkalarining egalaridan ham o’zganing er uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut) 
huquqini berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport yo’li, elektr, aloqa, gaz 
yoki suv quvurlari o’tkazish uchun zarur bo’lishi mumkin. Er uchastkasida servitut belgilanishi er 
egasini mulk huquqidan aslo mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan er uchastkasi egasi 
o’rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko’chmas mulkka oid bitimlar kabi ro’yxatdan o’tkaziladi. 
Sersitut belgilangan uchastkaning egasi agar qonunda boshqa turtib nazarda tutilmagan bo’lsa, servitut 
kimning foydasini ko’zlab belgilangan bo’lsa, o’sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik uchun 
mutanosib  haq talab qilishga haqlidir (FKningn 173-moddasi); 
3. Mulkdor o’zining ustunlik mavqeini suiistemol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va 
qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o’zga harakatlarni qilishga haqli emas; 
4. Mulkdor o’z huquqini amalga oshirganda fuqarolarning sog’lig’iga va atrof-muhitga zarar 
etkazishning oldini olish choralarini ko’rishga majbur. 
 
3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari 

 
79
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari deganda, mulk huquqining olinishi 
yoki yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi. 
Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o’z ifodasini topadi. Mulk 
huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga bo’linadi. 
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo’yicha mulkka nisbatan 
egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo’lmagan mulkka nisbatan yoki avvalga mulk egasining 
huquqi bilan bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga 
kelishi: 
birinchidan, tabiat nematlarini o’zlashtirish; 
ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida yangi 
ashyolarni vujudga keltirish; 
uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi; 
to’rtinchidan, egasi bo’lmagan mulkka yoki egasi bo’lsa ham xo’jaliksiz bilan saqlanayotgan 
mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan 
topilgan ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi. 
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat o’ziga xosdir. 
Mulkdor bo’lmagan, lekin ko’chmas mol-mulkka o’n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh 
yil davomida o’ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan 
mulk huquqini oladi, yani to’la manoda mulkdor huquqlariga ega bo’ladi (FKning 187-moddasi). 
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridanyana biri hamma yig’ib olishi mumkin 
bo’lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. FKning 189-moddasida ko’rsatilishcha, qonun hujjatlarida 
yovvoyi mevalar, yong’oq, zamburg’lar, rezavor mevalar hamda o’simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz 
tabiatning hamma olishi mumkin bo’lgan boshqa obektlarini yig’ish yo’li bilan fuqarolar mulkiga 
aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo’yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi o’rmonlardan 
qo’ziqorin, mevalar terish, dasht-u tog’lardan dorivor giyohlar to’plash, daryo va ko’llardan baliq 
ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq, malumki, ushbu mulk obektlari o’sgan mavjud hudud 
xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo’lmasligi  lozim. Mulk obektlarining bazilarini 
ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat (litsenziya) olingan bo’lishi talab etiladi. Ayni vaqtda 
baliq va boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo’l qo’yiladi, aks holda 
ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo’yilishi  va ularga nisbatan tegishli jazo 
choralari qo’llanilishi mumkin. 
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. Egasi bo’lmagan 
yoki egasi nomalum ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Egasiz ko’char ashyolarga nisbatan egalik qilish 
huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo’lga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat 
organi yoki fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko’chmas mol-mulkni davlat  
ro’yxatiga oluvchi organda hisobga olinib, uch yil o’tgach tegishli davlat organi talabi asosida sud 
tomonidan davlatga o’tkazilishi mumkin. 
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning vujudga kelishi xususiyatlari 
belgilangan. Unda ko’rsatilishicha, yo’qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo’qotgan  
shxsni yoki  ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo’lgan o’zga malum shaxslardan birontasini 
darhol habardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda 
yoki transportda topilgan bo’lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo’lmish shaxsga 
topshirilmog’i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo’lga 
kiritadi va uning majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo  qaytarilishini talab 
qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs nomalum bo’lsa yoki uning manzili bo’lmasa, ashyoni topib olgan 
shaxs topilma to’g’risida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organiga malum qilishi shart. 
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib 
olgan shaxs unga egalik huquqini  qo’lga kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat 
mulkiga o’tadi). 
FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga kelishi xususiyatlari belgilab 
qo’yilgan. Xazina deb egasini aniqlash mumkin bo’lmagan yoki u qonunga binoan huquqlarini 
yo’qotgan, erga ko’milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmatbaho buyumlarga 
aytiladi. Yashirib qo’yilgan mol-mulk (er uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo’lgan shaxsga va 

 
80
xazinani topgan shaxs mulkiga agar ular o’rtasidagi kelishuvga muvofiq  boshqacha tartib belgilangan 
bo’lmasa, teng ulushlarda tegishli bo’ladi. 
Xazina u yashirib qo’yilgan er uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasining mulkdorining 
roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu 
xazina  u topilgan er uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi shart. Tarix va 
madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat 
ixtiyoriga o’tadi. Biroq xazina topilgan er uchastkasi  egasi va xazinani topgan shaxs xazina 
qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli. 
Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga 
kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar, geologlar)ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo’llanilamaydi 
(FKning 196-moddasi, 5-bandi). 
Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli deganda muayyan shaxs 
tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki mulk egasining huquqiga bog’liq bo’lgan usul nazarda 
tutiladi. Bu usulda mulk huquqining malum ashyoga nisbatan paydo bo’lishi yoki bu ashyoga nisbatan 
mulk huquqining ilgari malum shaxsga tegishli bo’lishi bilan bog’liqdir. Shu manoda mulk huquqining 
boshqa shaxsga o’tishi haqida so’z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo’yicha mulk huquqi vujudga 
kelganda bu mulkka nisbatan bo’lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga ko’chirilishi  to’g’risida 
so’z boradi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yo’li bilan o’zlariga tegishli ashyoga nisbatan 
egalik huquqi bir shaxsda, yani  sotib oluvchida paydo bo’ladi. 
Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko’rsatilganidek, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida 
mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki  shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, 
ashyo topshirilgan paytdan boshlab  vujudga keladi. Agar ashyoni birovga o’tkazish to’g’risidagi 
shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lsa, egalik huquqi 
bunday shartnoma notarial guvohlantirilgan yoki ro’yxatdan o’tkazilgan patidan etiboran vujudga 
keladi. 
Qonunda uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelishi belgilangan tartibda ajratib 
berilgan er uchastkasida ko’rilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan 
paytdan boshlab vujudga kelishi belgilangan. 
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko’rilayotgan uy-joy qurilish tamom bo’lgancha va 
ro’yxatdan o’tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi 
mumkin emas. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira) ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. 
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi 
kooperativ azosi pay badallarini batmom to’lab bo’lgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-
moddasi). Bazi ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi  ashyo topshirilishidan so’ng yoki ashyoning 
qiymati to’la yoki qisman to’langandan so’ng  vujudga kelishi belgilanishi mumkin. 
Mulkka nisbatan egalik huquqining o’tish payti qonunda muqarrar belgilanishi birovga 
o’tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud bo’lishi yoki buzilishi xavf-xatari, yani buning natijasida 
kelgan zarar kimning zimmasida bo’lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir. 
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo’yicha mol-mulkning tasodifan nobud bo’lishi yoki 
buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazxarda tutilgan bo’lmasa, 
kelgan zarar mulk egasining zimmasida bo’ladi. 
Agar ashyolarni birovga o’tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi ularni qabul qilishni 
kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo’lishi yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda 
bo’ladi. Masalan, sotib oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan 
nobud bo’lishi yoki buzilishidan kelgan zararni o’z zimmasiga  oladi. 
Mulk huquqining bekor bo’lish usullari ham xilma-xil. Bu usullarni quyidagicha 
turkumlashtirish mumkin: 
1) mulkdorning o’z erki-irodasi bo’yicha mulk huquqini bekor bo’lishi (masalan, mol-mulkni 
sotish, hadya qilish va sh.k.); 
2) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo’q qilib tashlash) yoki nobud bo’lishi natijasida 
mulk huquqining bekor bo’lishi (FKning 198-moddasi); 
3) mulkdorning erki, irodasidan tashqari mol-mulkning olib qo’yilishi orqali mulk huquqining 
bekor bo’lishi. Mol-mulkni mulkdordan olib qo’yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va 

 
81
tartibda mulkdoning majburiyatlari bo’yicha undiruv  ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, 
shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsuiya va musodara qilish tartibida yo’l qo’yiladi (FKning 
199-moddasi). 
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo’la olmaydigan mol-mulk uning mulki bo’lib qolsa, 
ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo’yilgan mol-mulkning 
qiymati shaxsga to’lanadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi). 
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi bazi hollarda mulk egasining erkidan tashqari ham bekor 
bo’lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan 
nobud bo’lishida mulk huquqi mulk egasining erkiga bog’liq bo’lmagan holda bekor bo’ladi. Bazi 
hollarda, chunonchi, qarzni qoplash uchun ijro varaqasi bo’yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning 
musodara qilinishida egalik huquqi mulk egasining  erkiga bog’liq bo’lmagan holda bekor bo’lishi  
mumkin. 
 
4. Mulk huquqining asosiy tamoyillar 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36,53,54-moddalar), FK (164, 165, 172, 228, 231-
moddalari) va boshqa qonunlarda mulk huquqining quyidagi asosiy tamoyillari o’z ifodasini topgan: 
1. O’zbekiston Respublikasida mulk dahlsiz, mukldorning mulkiy huquqi qonun bilan 
kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina 
mahrum etilishi mumkin; 
2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o’sishiga yordam beradigan har 
qanday shakldagi mulkchilik  bo’lishiga ruxsat beriladi. 
3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan  kafolatlanadi va ularning teng 
rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi. 
4. Mulkdor o’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday hatti-harakatlarni o’z 
xohishiga ko’ra sodir etishga haqli. 
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar va davlat huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo’riqlanadigan 
manfaatlarga putur etkazmasligi shart. 
6. Har kim mulkdor bo’lishga haqli. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling