Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi


Mavzu: Toponimika ulka tarixini urganishning asosiy manbalaridan biri


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana19.02.2017
Hajmi0.53 Mb.
#722
1   2   3   4   5   6   7   8

 

 

41

Mavzu: Toponimika ulka tarixini urganishning asosiy manbalaridan biri 



 

Reja: 

1. Toponimika tushunchasi va uning moh’iyati h’aqida 

2. Wlka tarixini urganishda toponimik material tuplash va ulardan foydalanish 

 

Adabietlar: 

1. Nabiev A. Tarixiy ulkashunoslik. T., 1979 T., 1996 

2. Murzaev E.M. «Ocherk toponimiki». M., 1974. 

3. Nafasov T. Wzbekiston toponimlarining izoh’li lug’oti.T.,1988 4. 

Abdimuratov K. «Nege usılay atalg’an».N. 1965 

4. Nafasov T. Wzbekiston toponimlarining izoh’li lig’oti. Toshkent, 

1988. 

5. Nikonov V.A. Vvedenie v toponimku. M., 1965. 



6. Hakimov Z. Buxoro yaqinidagi Chorbakr majmuosi. «Moziydan 

sado» №1-2 (5-6). 2000. 70-73 betlar. 

 

1. 1917 yilga qadar toponimikaning vazifasini tarixiy geografiya Fani bajrib 



kelgan. Toponimika geografik nomlarning, kishi ismlarining kelib chiqishini 

urganadigan Fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili» yani er tili 

deb atashadi. Toponimika termini latin tilidan olingan bwlib, «topos»-joy, «onoma 

–nom swzlaridan yasalib joy  nomlarini urganadigan fan degan manoni bildiradi. 

Geografik nomlar vaz amin qarida urganilmay etgan nomlar, insonlarga quyilgan 

ismlar toponimikaning urganish manbai h’isoblanadi. Mikrotoponimika esa 

(grammatik jih’atdan mayda obektlarni, yani turdosh otlarni) mikroobektlarning 

nomlarni tadqiq qiladi. 

Hozirgi vaqtda toponimika faqat kata va yirik obektlar (tog’lar, urmonlar, 

vodiylar, voh’alar, shah’arlar) nomlarigina emas, balki kichik obektlarning 

(mah’allalar, daralar, jarliqlar, anxorlar, dare irmoqlari, ariq va kullar) h’am 

nomlarini urganmoqda. 

Nomsiz «obekt» toponim emas. Toponimlar bir vaqtning wzida tilshunos, 

tarixiy va geografik faktlar h’am h’isoblanadi h’amda manba sifatida muh’im 

ah’amiyat kasb etadi. 

Toponimika kwpincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muh’tojdir. Masalan, 

biror edgorlikning nomini urganish uchun albatta uning qaysi davrda yaratilgnini 

va nima sababdan shu nom berilganini tarixiy davr sharoiti nuqtai nazaridan tadqiq 

qilish talab etiladi. 

Ezma manbalarga suyangan h’olda nomlar quyilgan davrini aniqlashga, 

nomlar paydo bulishini urganishga qul keladi. 

Toponimika, metodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida urganishda quyidagi 

asosiy talablarni h’isobga olish lozim: toponimlarning paydo bulishiga doir 

malumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bwlgan barcha formalarini 

aniqlash, nom va terminlarni usha joy bilan bog’liq h’olda twplash va eng 

muh’imlarini urganish zarur. Toponimik asarlarga vaqt, manbalar va ywnalishlar 

bwyicha joylarga ah’olining kuchishi, wrnalishi kiradi. Toponimika jamiyatning 


 

42

muomila vositasi bwlgan tilini, iqtisodietini, madaniyatini va tarixiy taqqietini 



urganish jaraenida wsib rivojlanib boradi. 

Toponimika wz obektining «eshini» h’am aniqlaydi. Wz navbatida toponimik 

nomlar tarix uchun bebah’o manbadir. Geografik nomlar malum h’ududdagi u eki 

bu xalqning tili h’aqida guvoh’lik beradi. Nomlar malum bir ah’olining tili h’aqida 

guvoh’lik beradi. Nomlar malum bir ah’olining h’amjih’atini eki tarqoqligiga h’am 

bo»liqdir. 

İbtidoiy jamoa tuzimi davrida nomlar juda kam bwlgan, keyinchalik ah’oli 

paydo bwlib, quyilgan nomlar h’am kwp vaqtlar utishi Bilan boshqa nomlarga 

uzgartirilib borilgan eki butunlay ywq bwlib ketgan. Ayrim shah’ar va 

qishloqlarning eski nomlari urniga yangi nomlar quyiladi, bu eski nom nima uchun 

ywqoldiyu, nima uchun yangi nom quyiladi, buning sabablarini aniqlash mumkin. 

Toponimikaga oid malumot tuplashda, joylarning nomlarini urgnishda ah’olidan 

eppasiga surash uslubi qullaniladi. Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u 

h’ajjatxona  h’ujjatlarini sinchiklab urganish, xalq og’zaki  ijodi asosidagi ayrim 

tomonlar va nih’oyat h’ech qanday manbalarda aks ettirilmgan nomalum joylarni 

bizga malum qiladi. 

Toponimikaga oid tadqiqot olib borilaetgan tumanning tabiiy geografiyasini, 

utmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Shuningdek materiallar twplash 

uchun bevosita tilshunoslikka oid bwlgan va toponimlar deb h’isoblangan quyidagi 

terminlarni bilishlari kerak. Antroponim suzi-lotin tilidan olingan bwlib, «atropo»-

odam, «onoma»-nom, kishi nomi, laqabi, familiyasi demakdir, (masalan, Mah’mud 

Qashg’oriy, Munis Xorazmiy) antroponomika-kishi ismi, shah’ar, qishloq, ovul 

vash u kabi joylarning nomidan olingan topinimlarni urganadi (Masalan: 

Tokentboy, Quqonboy, Xwjaqul, Nukusboy, Shumanoy) etnotoponim esa qabila, 

urug’-aymoq nomiga quyilgan nomlarni urganadi. (Qozoqboy, Qir»izboy, Wzbek, 

Mang’itboy). Gidronim-grekcha «gidro»-suv, «onoma»-nom, suv obektlarining, 

masalan, kanal, ariq, anh’or, dare, soy, jil»a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, kul va 

qultiq, bug’oz, sharsharalarning nomlarini urgnadi. Shu jumladan aloh’ida 

terminlar qullanilishi mumkin: pelagonim-dengiz nomlarini: limonim-qwl 

nomlarini, gelonimlar-baqoqlik nomlarini urganadi. 

Diminutiv- lotin tilidan olingan swz bwlib, kichraytilgan, shakldan toponim 

yasalishi demakdir. Wzbekistonda-cha va aq bazon-ik effikslari diminutiv 

shakldagi toponimlar yasaydi: bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Rudak), 

sifatlardan (Kukcha, Koracha, Saricha), etnonoimlardan (Durmoncha, Naymancha) 

yasalishi mumkin. 

Metateza-lotin tilida metatesis-joy olmashtirish-swzdagi tovushlarning wrin 

olmashish (Besheg’och-Bechog’osh, Sayram-Sarem). 

Metafora (grekcha-»kwchirich)-swzining kwchma manoda ishlatilishi 

(Mingbwloq-kwp buloq, Tuyatosh-katta qoya). Metanomiya (grekcha-»qayta nom 

qwyish»)-toponimikada joy nomining qushni obekt nomiga wtishi,asalan, dare 

nomining shah’ar, tuman nomiga aylanishi (Zarafshon daresi-Zarafshon shah’ri, 

Chirchiq daresi-Chirchiq shah’ri, Amudare-Amudare twmani). 



 

43

Mikrotoponomiya (grekcha «mikro»-kichkina, «onoma»-nom)-kichik obektlar: 



buloqlar, quduqlar, dalalar, wtloqlar, jorlar, ywllar, kichik tepalar, kuchalar va 

h’atto atoqli otga ega bwlgan ayrim daraxtlarning nomlari. 

Oronomiya-er yuzining relf shakllari-tog’lar, chuqqilar, qirlar, daralar, 

teksliklar, jarlar nomlarini urganadi. Speleonim-g’or nomlarini urganadi. 

Polinimiya (grekcha-»polis»-shah’ar). Urbonomiya swzi h’am lotin tilidan 

olingan bwlib, «urbs»-shah’ar, ah’oli punktlari; xutor, ovul, qishloq, shah’archa, 

stantsiya, shah’arlarning nomlarini urgatadigan maxsus fandir. 

Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik 

jih’atdangina emas, balki swz yasalishi jih’tidan h’am tah’lil qilmoqdlar. Masalan: 

Jizzax, Quqon, Ezevon, Galcha kabi toponimlar ikki komponentdan tuzilgan. 

Ammo, Qarshi (Saroy, qasr), Xisor (Qurg’on), Buxoro (bixara-ibodatxona), chim 

(qurg’on), en (bekat), ep (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida 

uchraydi. Bazi toponimlar xalq o»zida qisqartilib aytilishi mumkin. Masalan: 

Taxta (Taxtakupir, Qum (Qumqishloq), Zax (Zaxarik). 

Shunday qilib, toponimika uch printsipga asoslanadi: 1. Tarixni urganish; 2. 

Toponimlarning geografiyaga oid malumotnomalarini aniqlash; 3. asosiy 

qidirilaetgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda aloh’ida-aloh’ida 

urganib, ulardan xulosa chiqarishdir. 

Toponimika soh’asiga qiziqish ertaroqdan boshlangan. Masalan: XI asrdagi 

Maxmud Qashg’ariyning «Devonu lug’ot turk» asarida S.Remezov, M.V. 

Lomonosov, V.N.Tatishev, A.P.Sumarokov, G.V.Miller asarlarida uchraydi. Sibir-

turk va mug’ul toponimikalariga rus arxeologi B.V.Radlov asos solgan. Geografik 

nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi Bilan bo»liq h’olda rganish, ularni 

klassifitsikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu soh’ada atoqli 

toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kata. XX asr boshlarida toponimik 

tadqiqotlar ancha keng quloch eydi. 2-jah’on urushidan oldingi davrda olimlardan 

A.İ.Sobolevskiy, N.Ya.Marr, S.V.Veselevskiy, V.V.Bartold, V.P.Semenov-

Tyanshanskiy, V.G.Shostakovich toponimika soh’asida samarali ishlar qildi. 

Endilikda butun olimlar jamoasi toponomika tadqiqotlar yurgazmoqda. Bu soh’ada 

T.Nafasov («Qashqadare toponimikasi»), Sh.Qodirova («Toshkent 

mikrotoponimikasi») va E.Beshmatovlar wz h’issalarini qushib kelmoqda. 

Respublika toponimikasini wrganishda Ya.G.Gulomov, R.N.Nabiev, 

A.R.Muxamadjonov F.Abdullaev, S.İbroh’imov, Wzbekistonda 1- toponimik 

kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov, geograflardan X.Xasanov, S.Koroev 

va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir. 

2. Toponimikani wrganish malumot tplashdan boshlanadi. Malumot yig’ish 

ishini boshlashdan avval malumotlarni qanday va qaerlardan twplash h’amda 

kimlar bilan qanday mavzuda suh’bat wtkazishning h’ech bwlmaganda taxminiy 

ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Shu reja va dastur asosida puxta 

taergarlik ishlaridan swng dala tadqiqot ishlari wtkaziladi. Dalada tadqiq ishlarini 

amalga oshirish jaraenida ah’olidan eshitgan h’ikoya afsona va utmish h’aqidagi 

suh’batlarni h’amda boshqa materiallarni muntazam ezib boradigan maxsus daftar 

bulishi shart. Shundan swng surishtirish va suh’bat natijasida olingan malumotlarni 

tadqiq qilishda toponimik toifalar bwyicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu 



 

44

asosda lug’atlar tuziladi. Tadqiq qilingan va turlangan toponimik malumotlar 



urkashunoslik muzeylarida aniqlanadi. Shuningdek, bu malumotlar maxsus 

kutubxonalarda aloh’ida bwlim qilib saqlanadi. 

Toponimlardan nom olgan buyumlar, wsimlik, h’ayvonlar shu qadar kupki 

bazan h’atto ularninn etimologiyasi twg’risida uylab h’am utirmaymiz. Quqon 

arava, buxori qovun chust pichog’i kabi swzlarda usha joy nomlari h’amon esga 

kelishi mumkin. Quyida toponim nomlariga misollar keltiramiz. 

Kimeviy elementlar: ameritsiy (Amerika). 

Galliy (Frantsiyaning lotincha nomi Galliya). 

Golmiy (Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmning lotincha Golmiya), litetsiy 

(Parijning lotincha nomi-Lyutetsiya), ruteniy (Rossiya) va h’oqazolar. 

Wsimlik va h’ayvonlardan olingan nomlar. Apelsin-gollandcha «xitoy olmasi» 

demakdik, srdinka-baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan). Yorqshir-chuchqazoti 

(Angliyadagi York-shir grafligi). 

Geologiya va geografiya atamalaridan olingan toponimlar, Agat-kimmatbah’o 

tosh (Sitsiliyadagi Akaita daresi nomidan, xalq tilida aqiq deyiladi). Alebastr-ok 

gips. (Misrdagi shah’ar va tog’). Xozarasp-ming ot, Sariosie-bosh tegirmon. 

Hindiqush-xshtd, qush-ulim, yani h’indlar wlimi manosini bildiradi. 

Gazlamalar: Boston (AQSh shah’ri). Jersi (Normondiya-Frantsiya qirg’og’i 

yaqinidagi orol nomidan) va h’akoza. 

Oziq-ovqat nomlari: Lagmon-(xitoycha) lag-uzun «mann»-xamir manto-

»mon»-xamir, «to»-kolloday gwsht manosini bildiradi. 

İchimliklar nomlari: Borjomi mineral suv (Graziya shah’ri) Essentuki 

(Shimoliy Kavkaz kukort shah’ri), Toshkent mineral suvi (Toshkent shah’rining 

nomi) va h’akozo. 

Kitalar (materiklar) va dengizlar nomlaridan h’osil bwlgan toponimlar, 

Avstraliya-grekcha «Janubiy quruqlik» degan swz. (XIX asrdan shunday atalgan 

(Evropa osuri tilida ereb «qun botish», «Qorongulik», «G’arb» demakdir. 

Osie  –ruscha Aziya, xitoycha Yasiya, yaponcha Adziya. Bu nom dastlab 

Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asrlarida Osie 

deb h’ozirgi Turkiyaning «arbiy qismi anglashilgan. Xullos, Osie nomi Wrta 

dengiz soh’illariga xos atoqli otdir. Bora-bora bu nom sharqiy erlarga h’am eyilib, 

umumlashib ketadi va avali Quyi Osie, swngra Buyuk Osie, Markaziy Osie singari 

ayrim qismlarni anglatuvchi nomlar paydo bwladi. Osie nomining manosi turlicha 

manba va adabietlarda turlicha izoh’langan: Aziya shah’ri nomidan, filosof Aziya 

ismidan, Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb faraz qilinadi, osuri tilida asu 

«kun chiqish tomon», «Sharq» manosida qullanilgan. 

Qizil dengiz-arabcha «Baxri axmlar, grekcha Eritreya, Afsonaga kura, Eron 

shoh’i Eritr (Qizil qalpoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazilgan ekan. 

Bosqacha izoh’i: qir»oqlarida qiz»ish suv utlari va chiganoqlar kwp bwlganligidan 

shunday nom olgan. 

Qora dengiz janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom. Qora swzining 

«shimol», «salg’in» degan manosi h’am bor. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda 

yunonlar Qora dengizni «uzoq shimol» deb h’am atganlar. 


 

45

Wrta dengiz-Evropa, Afrika va Osie wrtalarida joylashgan dengiz. Grekcha 



Meditrrano «Urta er» swzlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, wzbekcha shakli 

shunday qisqartirib olingan. Tarixiy sharq manbalarida kwpincha Rum dengizi, 

Shom dengizi nomlari bilan h’am mashh’ur bwlgan. 

Lotin Amerikasi-Markaziy va Janubiy amerikada ispan va portugal tillari 

tarqalgan. Bu erda yashovchi xalqlarning asosiy qismi lotin tilida swzlashganligi 

uchun shunday nomni olgan. 

Balkon-Evropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balkon, Balkan «tog’», «tog’li 

er» degan manoni aglatadi. Turkmonistondagi Balxan nomini turklar Evropaga 

kuchirgan bwlishi h’am mumkin. (V.F.Minorskiy). 

Avstriya aslida nemischa Osterreyx: ost-»sharq», reyx «ulka», yani «sharqiy 

ulka» degan manoni bildiradi. 

Antroponimika-Turkiy «Axmet», arabcha «Axmad-maktovli, maktovga 

sazavor» degan manoni anglatadi. Baxmet turkiy «boy» eki Axmet arabcha 

Ah’mad swzlarining qushilishidan Baxmetov familiyasi vujudga kelgan. Saymon-

turkiy «saymon» (abjir, chaqqon, dadil manolarida)-Saymonov familiyasi shunday 

olingan. Dashiq turkiy «dushuk»-»tashuk» (dimo»dor, kekkaygan manolarida) 

swzlaridan «Dashkov» familiyasi kelib chiqqan va xaqozolar. 

Toponimik malumotlar wlkashunoslikda tariximizni chuqurroq urganishda 

muh’im manbadir. Masalan: Toshkent shah’ri-Chirchiq daresining soh’ilida 

bundan 2000 yil muh’addam vujudga kelgan. Shah’arda 11 ta tumon bor: 

Ulug’bek, Shayxontovur, Mirobod,  Yunusobod, Yakkasaroy, Bektemir, Sobir 

Raximov, Sirg’ali, Hamza, Chilanzor, Akmal İkromov tumonlari. 

Toshkent 1 asrda Chochgan, V-VIII asrlarda Choch, Shosh, Shoshkent, 

Binkent deb otalgan. IX asrda shah’ar oldingi urnidan shimoli-sharq tomonda 

Bozsuv kanali etagida barpo bwlgan. X asrda eronliklar «Bonokent» deb 

yuritilgan. Beruniy va Mah’mud Qashg’oriy malumotlarga kwra shah’ar XI asrdan 

Toshken deb atala boshlagan. Ular Toshkent «tosh shah’ar» demkadir deb 

kwrsatadi. M.E.Massonning firkicha: Shoshtepa-»Tuproqqurg’on» manosida. 

XVIII asr urtalarida Toshkent 4 daxaga (Sebzor, Kukcha, Vesha»och, 

Shayxontovur) bwlingan bwlib, ularning h’ar birini mustaqil h’oqim boshqargan. 

Bu davr tarixda «Chor h’okim» (twrt h’okim) nomi bilan mashh’ur. Shah’arning 

12 ta darvozasi bwlgan: 1) Labzak. 2 Taxtapul, 3) Karasaroy, 4) Sagbon 5) 

Chig’toy, 6) Kukcha, 7) Samarqand, 8) Kamolon, 9) Beshe»och, 10) quqon 11) 

Qashg’ar, 12) Quymas. 

Sagbon atamasining manosi «itbokor» demakdir. U qadimgi otashparastlik 

etiqodi bilan bog’liq. Taxtaaul-»taxta»-eg’och, pul-fors tilida kwprik, yani taxta 

kwprik manosini bildiradi. 

Termiz Grek Baktriya davlati davrida «Tarimata» nomi Bilan, 

Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan, samoniylar 

davrida «Shah’riy somoniy» delingan. X asr oxirida shah’ar yana «Termiz» deb 

ataladi. 

Samarqand-Afrosieb, Marokanda, Samariana, Saramanka, Sakkana, Sanman-

gen, Samakiyan, Sumron, Shamarkent, Samaran, Simroyat kabi variantlari bor. 

Sug’d tilida Samarokansa, IX asrdan boshlab fors tlida «Samarqand» deb atala 



 

46

boshlaydi. Turkcha «Semizkent» deyilgan. Bu swzni «semiz shah’ar», «boy 



shah’ar» manosini bildiradi degan fikr Beruniy, M.Qashg’ariy, Bobur, Mirxond, 

Klavixo asarlarida h’am baen etiladi. 

Buxoro-Narshah’iy wzining «Numijkat», «Bumiskat», «Madinat-us-Sufriya»-

yaxni «mis shah’ar» , «Madinat ut tujkor» yani «Savdogarlar shah’ri» degan 

nomlarini aytadi. Hadisda Buxoro-Foxira deb kwrsatilgan. V.A.Livshits fikricha 

Vixara (sanskritcha) swzi sug’d tilida parxar shaklida kirgan. Vixara «ibodatxona» 

degann bildiradi, yani «ilm makoni» demakdir. Xofiz Tanish Buxoriyning 

«Abdullanomasida» Buxoro shah’rining nomi aslida Limijkat bwlgan deyiladi. 

Jizzax-asli oti Dizak. Diz-sug’dcha-»qala», «istekxom» demak, aq-bizdagi 

«cha» qushimchasiga tug’ri keladi. Demak «qalacha». 

Nukus-urug’ atamasidan olingan. K.Abdimurodovning takidlashicha Nukus 

suzi-Eron tillariga mansub bwlib nux-»tukkiz» kass «odam» shaklida yasalgan 

deyiladi yani «9 bah’odir» manosida. (K.Abdimurodov, O proisxojdenii nazvaniya 

«Nukus», Vestnik KK N, 1965, N1,  s.93-94). 

Yana bir malumotga kwra Nukus Xorazm tilida swzlovchi xalq tomonidan 

atalgan deyiladi. Bu shh’ar Xorazmshoh’lar h’ukmdorligi h’ududida qurishga 

ruxsat etilgan. Bu swzning etimologiyasi Xorazm tili misolida aniq tushuntiriladi: 

Nux Nuv «Yangi, kass «Bekinch». («materialı po istorii turkmen i Turkmenii.t. 1. 

M-L.,1939, s.187). Demak, Nukus-»Yangi bekinch», «Yangi ovul» demakdir. 

E.Murzaevning fikricha Nu «tukkiz» Kesh-»uyi, joyi» degan manoni bildiradi. 

Shunday qilib, ulkashunoslikda toponimik tadqiqotlar ah’amiyatli bwlib, 

jumladan joylardagi h’ar xil tarixiy-memoriy edgorliklar nomlarining tarixini bilish 

h’am zarurlidir. Ulkashunos-tarixchi bu edgorliklarning dastlabki va keyingi 

utmishini kimlarga tegishli bulganligi va h’ozirgi ah’voli, qanday maqsadlarda 

foydalanaetganliklari h’aqida h’am batafsil ezib, bilib olishlari-ulkamiz tarixini 

yana h’am chuqur urganishimizga ywl ochadi. 



 

 

Wlkashunoslikda ёrdamchi tarix fanlaridan foydalanish 

Reja: 

1. Numuzmatika 

2. Paleografiya 

3. Epigrafika 

Wlkashunoslik  fanida tarixiy manbashunoslik, numizmatika, metreologiya, 

geneologiya, paleografiya kabi ёrdamchi tarix fanlarning tutgan wrni katta. 

Bularning h’ar biri tariximizning belgili bir soh’alarni wrganishga qaratilgan, 

ularning ayrimlari G’arb ellariga kuchli rivojlanib wzlarning jamiyat 

uyushmalariga ega. Masalan, numizmatlar jamiyati, sfragistlar jamiyati v.h’.k. 


 

47

Numizmatika- lotin tilidan olingan bwlib, «numizma», «tanga» degan manoni 



anglatadi. Numizmatika tanga pullarin, yani oltin, kmish va misdan ishlangan 

metal  –pullarni  wrganish (bonistika) va orden, medal, shuningdek, taqiladigan 

belgilarni (znachoklarni) wrganish (faleristika) kiradi. 

Numizmatika tarixning ayrim ah’amiyatli bwlgan siёsiy-ijtimoiy tuzilishini 

ochib berishda, tarixiy h’ujjatlarda wrin olmagan voqealari, h’ukmdorlarning 

h’ukmronlik qilgan yillarni, ularning nomlarini aniqlashda juda kata rol 

wynaydigan asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Masalan, ilk wrta asrda sharq 

musulmon ellari da chiqarilgan barcha tangalarga mah’alliy h’ukmdorlar wz 

nomlari bilan xalifa nomini h’m qwshib chiqarganligi malum. Sababi xalifa 

xudoning erdagi vakili, eng oliy diniy va siesiy h’okimiyat belgisi bwlib 

h’isoblangan. Agar tangalarda xalifaning nomi kwrsatilmagan bwlsa, demak 

mah’alliy h’okimiyat bilan Amir al Mwminning (musulmonlar Amiri) wrtasida 

qandaydir bir siesiy kelishmovchilik borligini ёki unga qaram emasligini, mustaqil 

davlat ekanligini asoslaydigan dalil bwlgan. 

Tanga pullar paydo bwlmasdan avval, juda erta davrlarda, odamlar wz meh’nat 

mah’sulotlarini wzaro almashlab, yani savdoning eng oddiy kwrinishlari qadimgi 

tosh davrlaridan boshlangan. Masalan, bir qavm qurol, ishlaydigan choqmoq 

toshlar koni joylashgan erda yashasa, ikkinchi bir guruh’ unga zarur bwlib 

yashagan. 

Qadimgi Osiё, Afrikaning kwpchilik xalqlari orasida uzoq yillar davomida 

buyum almashishda oddiy baqachanoqlar foydalanilib kelganligi etnografik 

materiallardan malum. Madaniylari erta rivojlangan Xitoy, Yaponiya, Hindiston 

kabi ellarda baqachanoqlar pul xizmatini bajargan. 

Tangalar, wylab topilguncha wzaro savdo da uy h’ayvonlaridan h’am 

foydalanilgan. Buyumlarning qiymati h’wkiz, sigir, quylr bilan aniqlangan. 

Gerodod va boshqa antik davr mualliflarining ezishicha,   birinchi tanga Kichik 

Osiёdagi Lidiya davlatida chiqarilgan. Bu mil.avv. VII asrga twg’ri kelib oltin va 

kumush eritmlaridan elektr tangalar quyilgan. Bundan keyingi tangalar 

yunonlarning Egine  shah’rida chiqarilgan. Natijada Lidiya va Egine tanglari btun 


 

48

Gretsiya bwylab, uning koloniyalariga, Eronga, keyinchalik rimliklarga, 



kwchmanchi qavmlargacha tarqalgan. Shu Bilan birga Qora dengiz, Wrta er 

dengizi bwyidagi Yunonston va Rim davlatlarining yirik shah’arlarida tangalar 

chiqarila boshlagan. 

Hindiston va Xitoy ellarida tangalar juda erta davrlarda paydo bwlgan. 

Masalan Xitoyda mil.avv. 1-mingyilliklarning boshlarida mayda miss tangalar 

tayёrlangan. Tangalarning paydo bwlishi davlatchilikning bir belgisi. Lekin, 

Shumer, Akkad, Vavilon va boshqa qadimgi davlatlar tangani bilmagan. Qadimgi 

Eronda tanga h’amamoniylar davrida, yani mil.avv. VI asrda paydo bwlgan. Wrta 

Osiёda mil. avv. III asr wrtalrida Grek-Baqtriya davlati paydo bwlishi davrida 

tangalarning munosabatda bwlganlgi malum. Eramizning boshlarida paydo bwlgan 

Kushon podsholgida oltin, miss tangalar chiqariladi, bu tangalar Wrta Osiening 

kwpchilik ellarida, shuning ichida Janubiy Orol bwylarida savdoda foydalanila 

boshlagan. 

Janubiy Orol bwylarida birinchi tangalar, h’ozirgi manbalarga qaraganda, mil. 

avv. II-I asrlarda chiqarilgan. Eramizning 1 asrigacha kumush tangalarni chiqarish 

twliq takomillashtrilgan. Shu davrdan boshlab yangi yil h’isobi Xorazm erasi 

boshlanadi. III asrdan boshlab (Vazamar) bozorga kumish tangalar chiqarila 

boshlagan, VII asrga kelib Xorazm pulida katta isloh’ot wtkazilib, avvalgi mayda 

tangalar wrniga endi kumushga teng yirik tangalar chiqarila boshlagan. 

Tangalar wrganiib faqat u ёki bu esdalikning vaqtini aniqlash bilan birga, shu 

davrdagi siesiy ijtimoiy va iqtisodiy trmushni, savdo va madaniy munosabatlarni 

aniqlashga bwladi.  Mil.avv. II-I asrlarda, eramizning 1 asrida Janubiy Orol 

bwylariga yuechjilarning, III asrda etnik xioniylarning kelishi va eronli 

sosoniylarga qaram bwlishi, VII asrning oxiri VIII  asr boshlarida Kerder 

viloyatning shakllanishi elning uch xonlikka (Kerder, Guranj, Janubiy Xorazm) 

bwlinib ketishi, avval mustaqil yashab kelgan Xorazm tangalarida (VIII asr) arab 

ёzuvlarining paydo bwlishi belgili qadimgi va wrta asrlar da wlkamizda 

chiqarilgan tangalarnng markaziy Osie, Shimoliy Kavkaz, Volga bwylaridan 

topilshi h’ar xil aloqadarning bwlganlgidan darak beradi. 


 

49

Paleografiya. Paleografiya qadimgi (paleo) va ezaman (grafo) degan yunon 



swzlarining qwshimchalaridan tuzilgan bwlib, qadimgi ezuvlarni wrganuvchi 

wshimcha tarixiy-filologik soh’a bwlib h’isoblanadi. 

Bu soh’a mtaxassislari bwlgan paleograflar u ёki bu davrlarda ezilgan qwl 

ezma edgorliklardgi) esdaliklaridagi ёzuv xarakterlarni- usullarin wrganib, 

ularning ezilgan vaqti-davrini va wrnni aniqlaydi. Buning uchun bu 

mataxassislikni egallagan paleograflar ёzuv tarixini uning paydo bwlish, 

rivojlanish ywllarini twliq wrgangan bwlib h’isoblanadi. 

Albatta, tarixga nazar tashlasak, ezuvning birdan paydo bwlmaganligini 

kuramiz. Qadimgi ibtidoiy jamoa davrida odamlar, yirik qavm ruh’lari wzaro 

«buyumlar  tilidagi» belgilar «ezuvlar» orqali bog’lanib kelganligi malum. Unga 

Doro boshchiligia forslarning sak-massaget qavmlari ustiga bostirib kelganda 

ularga yuborilgan salomnomlar misol bwladi. Tarixning otasi Gerodotning 

ёzishiga qaraganda Doroga yuborilgan salomnoma ichida qush, sichqon, qurbaqa 

va wq eyning wqi bwlgan. Forslar bu olib kelganari nimani anglatishini swraganda 

elchi, unga shu salomnomani topshirib iziga darov qaytish buyuirlganlgini, agar 

forslar aqlli bwlsa, bu sovg’a slomnomalarning manosini wzlri tshunib olishini 

aytgan. Buni eshitgan forslar kengash chaqrign. Doro sovg’a salomlar orqali 

kwchmanchilar wzlarining erlari va suvlarini, uning qwliga bergan deb tushinadi. 

Sababi, sichqon erda yashab uning mah’sulotlaridan, odam kabi ovqatlansa, 

qurbaqa suvda yashaydi, qush bwlsa otni eslatadi. Wq-ёy bwlsa ularning urushdan 

bosh tortganlgini bldiradi. Lekin, Doroning maslah’atchilarining biri Gebriy ismli 

donshmand bu sovg’a-salomnomalarning manosini «agar sizlarforslar qush bwlib 

osmonga uchib, sichqon kabi er ostiga kirib, eki quurbaqa kabi batmoqlrga qochib 

ketmasanglar, izingizga qayta olmay shu wqlardan nobud bwlasiz»-deb 

tushintiradi. Haqiqatdan h’am buyumlar tilidagi ёzuvlarni donishmand twg’ri 

echgan edi. Sababi kwchmanchilar h’am qadimgi buyumlar tilidan belgi ёzuvlar 

orqali shu fikrni aytmoqchi edi. 

Qadimgi ibtidoiy jamiyatda paydo bwlgan «buyumlar tilidagi» belgi ezvlar 

ayrim jolarda XX asrgacha saqlaib kelgan. «buyumlar tilidan» belgi ёzuvlaridan 


 

50

vaqt wtishi bilan ёzuv paydo bwlishning ikkinchi bosqichi wtadi, yani wzlari 



aytmoqchi bwlgan narsa eki buyumlarning kwrnishlarini tosha solishga wtadi. 

Masalan, qadimgi misrliklar h’ukuz h’aqida aytmoqchi bwlsa, uning surtini toshga 

solgan. Wq-eyli odam kwrnishi h’arbiyni anglatgan. Odamlarda ёzuvga talabning 

kuchayishi ularni qurshagan olam h’aqidagi bilimning ortishi bilan bevosita 

bog’liq bwlgan. Natijada odamlar wz bilimlrini eza biladigan darajaga   erishgan. 

Mil.avv. XVIII asrdagi Ossuriya podsholigidagi klinopis ezuvlari Urartu 

lavlatlarida Ossur va xold tilidagi ezuvlar malum. Wta Osiё tarixida qadimgi 

oromiy ezuvi asosidagi qadimgi Xorazm, Swg’d, Baqtriya va Parfiya ezuvli paydo 

bwlgan. Wlkamizda yurgizilgan arxeologik qozuv ishlari vaqtida Katta Oybuyur 

qaladan mil.av. V-IV asrlarga tegishli ёzuvlari bor kwzalar topildi. Shunday eski 

ёzuvlar Aёz qala, Burliqala, Qwyqirilgan qala antik esdaliklardan malum. 

Tuproqqaladan eg’och, sopol taxtachalar bilan terilarga ёzilgan yuzdan ortiq arxiv 

manbalar topildi. 

U  ёzuvlar qadimgi oromiy ezuvlari asosida mil.avv.1 mingyilliklrda paydo 

bwlgan, 2001 yil 2700 yillik yubileyi wtkazilgan. «Avesto» kitobida shu ezuv 

bilan Janubiy Orol bwylarida paydo bwlgan. 

Oromiy ezuvi asosidagi eski Xorazm ёzuvlari arablarning bosib olishga 

qaramasdan XI asrgacha foydalanilib kelgan. XIII asrda Xorazilik h’uquqshunos 

olim al-Gazminiyning «Xiniyat al muniya» nomli rab tlidagim asarida uch mingga 

yaqin Xorazm swzlari uchraydi. 

VIII asrda arablarning Movarounnaxrni bosib olish bilan arab ezuvlari kirib 

kelgan. VIII asrda tangalrda arab ezuvlari paydo bwladi. Muh’ammad al Xorazmiy 

(783-850) İslmoil imom al Buxoriy (810-870),  Suf Olloer (XVIII) Munis (1778-

1879) va Ogoh’iy (1809-1874) Ajiniёz (1874-1878) Berdaq (1827-1900) va 

boshqa olim va shoirlar wz asarlarini arab imlosida eratgan. Arab ezuvlari XX 

asrgacha kundalik turmushimizda qwllanilib kedi. 1928-yil lotin orfografiyasida, 

1940- yil kril orfografiyasiga wtildi. Shu imlolarda ezilgan qadimgi va wrta 

asrlardan paleografik materiallar, Wzbekiston Fanlar Akademiyasi 



 

51

Qorqalpog’iston bwlimida va Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondida 



saqlanadi va poleograf mutxassislar tomonidan wrganildi. 

Epigrafika grek swzidan olingan bwlib, epi-ustida, grafo-ezaman degan 

manoni bildirib, twliq manosi tosh, suyak, keramika, ёg’och va boshqa byumlar 

ustiga ezilgan qadimgi matnlarni wrganadigan filologik fan bwlib h’isoblnadi. 

Avvalgi jamoa darida odamlar trik qavm guruh’lari wzaro byumlar tilidagi 

belgilar, ezuvning dastlabki ormasi ezuvlar orqali bog’lanib kelganligi mano 

masalan, bir erdan ikkinchi erga salom, xabarnomalar kema buyumlar Bilan 

kelgan. Yuborilgan narsalarni shu vaqtda donishmandlar aytib bergan. Buyumlar 

tilidagi belgi  ezuvlardan keyin vaqtning wtishi Bilan ezuv paydo bwlishnig 

ikkinchi bosqichi paydo bwldi. Yani odamlar wzlari aytilmoqchi bwlgan 

swzlarning kwrinishlrni toshga, erga, boshqa materiallarga chizishni wrganadi.  


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling